Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida


II BOB. Ertak va topishmoq janrining bolalar nutqining shakllanishida tutgan o’rni



Download 69,67 Kb.
bet6/8
Sana01.07.2022
Hajmi69,67 Kb.
#727715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5188171891994531912

II BOB. Ertak va topishmoq janrining bolalar nutqining shakllanishida tutgan o’rni.
2.1. Ertak janrining bolalar nutqi shakllanishida tutgan o’rni.
Har bir inson umri davomida xalq o’g’zaki ijodidan bahramand bo’lib ulg’ayadi. Bolaligida ertak eshitib katta bo’lmagan odam bu dunyoda yo’q desak, mubolag’a bo’lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli darajadagi ertak, rivoyat, afsonalarni eshitadi va aynan o’shalar orqali dunyoni o’rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni tushunish, odam va olam munosabatlarini o’rganishga yordam beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko’pchiligini ertak, qo’shiq, topishmoq maqol, tez aytish kabi xalq og’zaki ijodi asarlari tashkil ctadi. Bu davr bolalar kitobxonligi, asosan, ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla yetakchilari-yu tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o’qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo’ladilar. Kattalar o’qib, aytib, hikoya qilib beradigan asarlar bu davr bolalari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu davr bolalariga o’qib beradigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo’lishi zarur. Shuningdek, bunday kiloblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bog’cha yoshidagi bolalarga ham, avvalo, maqol va topishmoqlarni, so’ng hayvonlar haqida, umuman, tabiatni sevishga o’rgatuvchi ertaklarni aytib berish yoki o’qib berish juda foydalidir. Ularga mehnatsevarlikni o’yinlar orqali o’rgatilsa, yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Masalan, «Sholg’om», «Bo’ri bilan Qo’zichoq», «Tulki bilan Turna», «Tulki bilan uzum», «Ur, to’qmoq!» kabi masal va ertaklar bolalarni mehnatsevarlikka, tabiatni sevishga, rostgo’ylikka o’rgatadi, aldamchilik va xudbinlik. baxillik va ochko’zlik yomon illat ekanligini tushuntiradi.
Ertak janri o`zbek folklorining epik turiga mansub. Ularda oddiy maishiy hayotda ro`y bergan ibratli voqea hikoya qilingan. Keyinchalik inson fantaziyasi bu hodisalarga har xil to`qima lavhalar qo`shgan va yangi-yangi ertaklar milliy ma`naviyat xazinasidan o`rin olgan. Bu orzu-havaslar natijasiz bo`lmadi, albatta. Masofalarni bir zumda bosib o`tish, dunyoning turli burchaklaridagi voqealardan xabardor bo`lish niyatlari jam bo`lib, bugungi kunda raketa, samolyot, avtomobillarning, televizor, masofadan boshqaruvchi texnikaning; qolaversa, telefon-telegrafning kashf etilishiga olib keldi.
Mahmud Koshg`ariy “Devonu lug`otit turk” asarida biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish ma`nosini “yetuk” so`zi anglatishini yozadi. Olim bu so`z aslida biror narsani hikoya qilishdan olingani haqida xabar qiladi. O`zbeklar qadimgi paytlardagi voqealarni tafsilotlari bilan aytib berishni “ertak” deb ataganlar. Atamaning qadimiyligini qozoq, qirg`iz, turkman xalqlarida ham bu so`z aynan shu ma`noda qo`llanilishidan bilsa bo`ladi. Ertak yurtimizda shu qadar ko`p va xilma-xil mavzularda tarqalganki, ayrim hududlarda uni o`zlaricha ataganlar. Xususan, ayrim joylarda “shuk”, “ushuk”, “matal”, “cho`pchak”, “cho`rchak” deb ham yuritilgan. Bizning ertaklarimiz mavzusiga, til vositalaridan foydalanish usuliga, voqealar tizimiga ko`ra shartli ravishda uch yirik turlarga bo`linadi:
1. Hayvonlar haqidagi ertaklar.
2. Sehrli ertaklar.
3. Maishiy ertaklar.
Bulardan tashqari, ertaklarning bir xil turlari bor bo`lib, ular asosan hajm, mavzu, maqsad jihatidan bolalar folkloriga oid ertaklarni tashkil etadi. Tabiiyki, ertaklar kattalar folkloridagi namunalardan syujetdagi va tildagi soddalik bilan ajralib turadi. Ularning matnlari ham hajm jihatdan qisqa bo`ladi. Ishtirok etadigan qahramonlar— obrazlar esa ko`pincha hayvonlardir. Kattalar yosh bolalarga bag`ishlangan ertaklar orqali bir qator maqsadlarni nazarda tutganlar. Jumladan, bunday ertaklar bolalarni ovutishga, ayrim yovvoyi va uy hayvonlari, qushlar haqida ma`lumot berishga, ularning nutqini o`stirishga, uxlashdan oldin tinch-sokin kayfiyatni hosil qilishga qaratiladi. Boladagi ezgulikka intilishni shakllantiradi, rivojlantiradi. Masalan, “Qarg`a bilan Qo`zi” ertagida qarg`a qo`zini yemoqchi bo`ladi. Qo`zi qarg`aga tumshug`ini halollab olishini maslahat beradi. Qarg`a daryo bo`yiga tumshug`ini halollash uchun keladi. Shu bilan qarg`ani daryo ko`za uchun kulolga, kulol ko`za qilish uchun tuproqqa, tuproq tuproq qazish uchun kiyikka, kiyik shoxini sindirish uchun tozi itning egasi Po`latvoy akaga, Po`latvoy aka tozi kuch to`plashi uchun sigir sutini olib kelishga va hokazo Toshvoy akaga, o`tga, ustaga, ko`mirga jo`natishibdi. Oxiri qarg`a o`roqni olib uchib ketayotganida o`roq qarg`aning qanotini kesib ketibdi va u o`libdi. Eng muhimi, qarg`a o`zining qora niyatiga yetolmaydi. Ammo ertakning oxiridagi qarg`aning so`zlari bilan tanishsak, bolalar eslashi uchun qiziq bir monolog hosil bo`lganini ko`ramiz:
Qarg`a bu yerdan ham uchib o`shal ko`mirchilarning oldiga borib:
— Ko`mirchi aka, Ko`mirchi aka, bering ko`mir, qilsin o`roq, o`ray quroq, yesin sigir, bersin sut, ichsin tozi, quvsin kiyik, tashlasin shox, qaziy tuproq, qilsin ko`za, olay suv, chayqay tumshuq, semiz, a`lo, yeyman qo`zi, — debdi.
Agar e`tibor bersak, qarg`aning bu monologida ertakning boshidan oxirigacha mazmuni to`la singdirilganiga guvoh bo`lamiz. Yosh bola bu ertakni eshitar ekan, hayotidagi hamma voqea-hodisalar bir-biri bilan uzviy aloqada ekaniga tushunadi. Yakka shaxs, yakka kasb hech qachon hayotdan ajragan holda yashay olmaydi. Ertakchi daryo, kulol, tozi, kiyik, dala, ko`mirchi — hammasi qo`zi tarafida. Qo`zi esa beg`uborlik, tozalik ramzi sifatida tasvirlanadi. Shuning uchun qo`zini yemoqchi bo`lgan qarg`aning o`zi o`lib ketadi. Bolalar folkloriga oid deyarli hamma ertaklarda ana shu yo`nalish yetakchi hisoblanadi.
Maslahatlar ma`nosidan ham ma`lum bo`lib turibdiki, ular aslida har bir o`zbekning farzandiga qiladigan nasihatidan iboratdir. Binobarin, ular bevosita bizlarga ham taalluqlidir. Ertak matni esa ana shu pand-nasihatning badiiy ifodasini tashkil etadi. Shuning uchun ham bolalar ertaklarida ortiqcha xayoliy fantaziyalar kattalar folkloridagi kabi bo`lmaydi. Bolalar ertagi faqat soddaligi, tilining ravonligi bilan emas, hayotga yaqinligi bilan ham e`tiborni o`ziga tortadi.

Xalq ertaklarining badiiy ijod namunasi sifatidagi janr xususiyatlari quyidagilardan iborat:


1. Ertaklar xalq og’zaki ijodining epik jinsi (turi)ga mansub.
2. Ertaklar, asosan, nasrda yaratiladi. Faqat ayrim asarlardagina («Yoriltosh», «Tohir va Zuhra» va b.) qo’shiqni eslatuvchi she’riy parchalar uchraydi.
3. «Bir bor ekan, bir yo’q ekan» boshlamasi va «murod-maqsadiga etibdi» yakunlanmasi ertaklarning an’anaviy belgisi hisoblanadi.
4. Xayoliy-fantastik tasvir ertaklar syujetida qo’llanadigan ustuvor usuldir.
5. Ertaklarning umumiy mazmunida IMF formulasi doimiy takrorlanadi.
Har bir ertak I – initsial – boshlanma; M – medial – asosiy qism; F – final –yakunlanmadan iborat bo’ladi. (11.61-62). Ertaklarning miflardan ijod usulini o’zlashtirganligi haqida fikr yuritgan edik. Bu an’ana o’zbek xalq ertaklarining umumiy mazmunida bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Ehtimol, bu janr asarlarining yashovchanligini ta’minlagan asosiy xususiyat ham shundan iboratdir. Xalq o’z ertaklarida chegarasiz ravishda xayolot olamini kezib chiqadi. Ya’ni ularda xalq fantaziyasi mahsuli bo’lgan chegara bilmas uydirmalar, transfiguratsiya (bir shakldan ikkinchi shaklga o’tish) holatlari tinglovchini o’ziga jalb etadi. Vaholanki, ertak boshlanmalaridagi “Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir och ekan, bir to’q ekan, bo’ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan...” (olimlar boshlanmadagi tarkibiy “ekan” qismlarning 20 ga yaqin bo’lishini belgilashgan) ibora va jumlalar mutaxassislar fikricha, ertakda bayon qilingan voqealarning aslida umuman bo’lmagani va ro’y berishi mumkin emasligini anglatar ekan. Haqiqatan ham, dostonlarda biz bu mazmundagi boshlanma – zachinlarni uchratmaymiz. Shu bois odatga ko’ra dostonlardagi voqealar hayotda bo’lgan deb qabul qilinadi. Ertakda esa tamom boshqa holat hukm suradi. Chunki bu janr boshlanmasidagi “bor-yo’q”, “och-to’q” so’zlarining o’zi hikoya qilinayotgan voqeaga nisbatan shubha uyg’otadi. Ammo masalaning qiziq tomoni shundaki, voqea boshlanmasdan atayin shubha uyg’otishga bo’lgan harakat tinglovchiga deyarli ta’sir qilmaydi. Biz ertaklardagi uydirmalarga to’la ishonamiz, asar qahramonlarining taqdiriga befarq qaray olmaymiz, sevikli malika yoki cho’pon muvaffaqiyat qozonsa, bu g’alaba o’zimiznikidek quvonaveramiz. Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy hayotning hamma masalalari o’z ifodasini topadi, desak xato bo’lmaydi. Shuning uchun ham er yuzining hamma mintaqalarida yashaydigan xalqlarda umumiy hayot tarzi yaqin bo’lgani sabab bir xil mazmundagi ertaklar ko’p uchraydi. Fransuz, ingliz, xitoy, yapon ertaklari aksariyat hollarda o’zbeklar ijodidagi bu janrdagi asarlar mazmunini takrorlaydi. Faqat fransuzlarda pishloq, uzum; xitoylarda guruch; o’zbeklarda tuxum yoki qatiq kabi narsalar farqi seziladi. Agar boshqa xaqlardagi ertaklar matnida shu yoki boshqa narsalar nomini milliy predmetlar bilan alishtirsak, ko’pincha, boshqa xalqlar namunalari ham o’zbekniki bo’ladi-qoladi. Bu holat sababini avval qayd qilganimizdek, bir xalqdan ikkinchi xalqning o’zlashtirishi deb emas, umumiy hayot tarzining yaqinligi bilan asoslashma’qulroqdir.
Masalan, yoqut xalqidagi “Bekinmachoq”, ruslardagi “O’n ikki oy” (“Morozbobo”) va o’zbekdagi “Zumrad va Qimmat” ertaklarida voqea tugunidan tortib yechimigacha bir xil yo’nalishda kechadi. Ammo bu asarlarning har biri bevosita o’sha xalq ijodi namunasi deb tan olinadi. O’zbek folklorshunosligi rivojiga munosib hissa qo’shgan Mansur Afzalov o’zbek xalq ertaklari yuzasidan ilmiy ish yozar ekan, bu janrning o’rganilishi tarixiga alohida to’xtagan. Olimning ma’lumot berishicha, o’zbek ertaklariga bo’lgan ilmiy e’tibor XIX asr ikkinchi yarmidan boshlangan. Bu o’rinda A.A.Kushakevich, N.Lapunova, A.Vasilev, A.N.Samoylovich, V.V.Bartold kabi bir qator ziyoli va taniqli olimlar ismlari keltirilgan. Shuningdek, «Farhod va Shirin», «Shirin qiz», «Samarqand», «Shahzoda Nazar Muhammad va Malika Nazarbibi», «Annamurod bova haqida», «Erni er qilgan xotin», «Donishmand Cho’pon» kabi afsona va ertaklar matnlarining yozib olinishi, dastlabki tadqiq qilish jarayoni haqida ma’lumotlar qayd etilgan. O’zbek ertaklari o’z vaqtida Miyon Buzruk Solihov, Hodi Zarifov, Xolid Rasul, Buyuk Karimov kabi olimlar tomonidan o’rganilgan. Keyinchalik bu faoliyatni K.Imomov, T.G’oziboev, G’.Jalolov, X.Egamov, H.Razzoqov, J.Yusupov kabi olimlar davom ettirishdi. Xalq tabiatan hamisha adolatni yoqlaydi, himoya qiladi. Ertaklar yaratilish jihatdan miflarga asoslansa, mavzuning tanlanishi, obrazlar tizimidagi yo’nalishlar, hayot muammolarini aks ettirishda adolat mezoniga bo’ysunadi. Qalloblik, vijdonsizlik, xiyonat, yolg’onchilik, ma’naviy nopoklik kabi illatlar doimiy ravishda qoralanadi. Mardlik, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, iymonlilik, poklik fazilatlari hurmat bilan tilga olinadi. Voqeaning tuguni ham hamisha ana shu fazilatlarni ulug’lash bilan echimini topadi. Mohir xalq farzandlari tomonidan o’ylab topilgan fantastik hodisalar, uydirma lavhalar, sehrli narsa-buyumlar, jodular, g’ayritabiiy hodisalar esa tom ma’noda yovuzlikning qoralanishi, ezgulikning maqtalishida poetik xomashyo sifatida foydalaniladi.
Xalq ertaklarining mazmun va hayotdagi voqealarni tasvirlash yo’nalishiga ko’ra uch turi mavjudligi M.Afzalov, K.Imomov tomonidan ko’rsatib o’tilgan. Bu tasnifga ko’ra ertaklar sehrli va hayotiy turlarga bo’linadi. Ammo ayrim adabiyotlarda hayvonlar haqidagi, sehrli, maishiy turlarga bo’linadi. Mansur Afzalov tasnifida yana hayvonlar, sehrli-fantastik, hayotiy-satirik turlar ham ko’rsatilgan. Umumiy tahlilning oson va tushunarli bo’lishi uchun biz ana shu tasnifga binoan ish ko’rishni ma’qul topdik. Ertaklarni tasnif qilish qanchalar murakkab ekanligini ularni tahlil qilish jarayonida o’zingiz anglab etasiz. Ertak aytuvchilarni qadimda «ertakchi», «matalchi» deb atashgan. Ertaklarning xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o’rin beriladi, mubolag’a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E’tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g’alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifodalaydilar.
Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo’ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Ertaklar turli mavzularda bo’lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo’linadi.

Download 69,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish