Abdurauf Fitrat


Chexovning hikoyasi haqida



Download 2,73 Mb.
bet27/30
Sana31.12.2021
Hajmi2,73 Mb.
#229552
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 qism

Chexovning hikoyasi haqida



Rus adibi A. P. Chexov dunyo hikoyachiligiga katta hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri sanaladi. Uning hikoyalari qisqa- ligi, real hayotiy voqealarga asoslangani, shuningdek, o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi. A. P. Chexov o‘z hiko- yalarida ulkan tarixiy yoki favqulodda jahonshumul hodisalar- ni qalamga olmaydi. Balki oddiy rus odamlari qatnashgan, bir tomondan juda sodda ko‘ringan voqealarni qiziqarli bayon qiladi; unga mahorat bilan badiiy bo‘yoq beradi. Jumladan, adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoya- si bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayot- ning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi. Hayot hamma vaqt go‘zal, ayniq- sa, saodatli va fayzli umr har qanday odamning orzusidir. Bunday hayot tarzi uchun faqat cheksiz boylikning o‘zigina yetarli emas. Bunday umr uchun dunyoning hamma turdagi kerakli-keraksiz minglab kitoblarini o‘qish ham kamlik qiladi. Muhimi – uqish. O‘qilgan kitoblar ijtimoiy hayot va inson umri bilan bog‘lanishi, har qanday odamni kamolot cho‘q- qisiga olib chiqishi, shuningdek, umr mazmunini teranroq anglashga yordam berishi lozim. Aks holda, bunday ta’lim va tahsil hayotdan uzilgan bo‘ladi. Shu ma’noda hikoyadagi bayonga ko‘ra bankirni hamisha boyliklaridan ajralib qolish xavfi ta’qib qiladi. Garov o‘ynashning o‘zi bema’nilik emas- mi? Boshidayoq bankirni shu savol qiynaydi. Savolga o‘zicha javob ham topadi: «G‘irt bema’nilik bu. Bu narsa kamina tomonidan badavlat kishining shunchaki to‘qlikka sho‘xligi bo‘lsa, huquqshunos tomonidan – pulga o‘chlik, boylikka hirs qo‘yish, tamom-vassalom...» – deb mulohaza yuritadi. Oradan yillar o‘tgan sari uning boyliklari kamayib, hatto qarzga botadi. Shunda o‘z boyliklari, xususan, ikki million pulini asrab qolish uchun qamoqda o‘tirgan huquqshunosni qatl etishni niyat qiladi. «Har holda, yashamoq – o‘limdan afzalroq» degan fikrini isbotlash va garovga qo‘yilgan pul uchun o‘zini o‘n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos qirq yoshga yetganida hayot mazmunni o‘zicha, o‘z qarichi bilan o‘lchab ko‘radi. Ma’lum bir xulosalarga keladi. Shu xulosalarini mahbus qog‘ozga tushiradi. Bankir qamoqxonaga kirib, ozib-to‘zib qolgan va pinakka ketgan mahbus yonida shu maktubni ko‘radi. Bu mulohazalari davo- mida bir necha marta kitoblarni tilga olib: «Endi kamina o‘zimni sizlarning barchangizdan har jihatdan komil va yetuk ekanligimga ishonch hosil qilmoqdaman...» – deb ta’kidlay- di. Dunyoning noz-u ne’matlarini o‘tkinchi sanaydi, faqat mol-dunyogina insonni baxtli-saodatli qilmasligini anglab ye- tadi. Shuning uchun puldan ixtiyoriy ravishda voz kechadi; o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatda qamoqxonadan atayin

qochib, garov shartini buzadi. Huquqshunos yozgan maktub bankirga ham ta’sir ko‘rsatadi; u o‘zidan o‘zi nafratlanadi.



A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga shar- qona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o‘rtaga qalqib chiqadi. Bir qa- rashda, mahbus o‘z-o‘zini tarbiyalagan, komillikka erishgan va ruhan tozalangan inson sifatida ko‘rinadi. Biroq inson zoti bu dunyoni deb u dunyoni esdan chiqarmasligi hamda u dunyoni deb bu dunyodan kechmasligi lozim. Hikoya shunday muhim hayotiy masalada ham ogohlikka chorlaydi. Umr yelga sovurilmasligi kerak. Shu ma’noda hikoya noo‘rin bahs-munozaraning oqibati, xususan, garov ikki inson taqdi- rini boshqa o‘zanga solganligi haqida saboq beradi.








  1. A. P. Chexov hayoti va ijodi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lu- motlar toping.

  2. Hikoya nima sababdan «Garov» deb nomlangan? Sarlavhani izohlang.

  3. Garov boylash uchun qanday zarurat bor edi?

  4. Hibsda o‘tirgan odam nimalar bilan shug‘ullangani to‘g‘ri- sida so‘zlang.

  5. Huquqshunos qancha muddat va qaysi yillar oralig‘ida hibsda o‘tirdi? U nima sababdan pullardan voz kechdi?

  6. Bankir hayotni qanday tushunadi? Huquqshunos-chi?

  7. Huquqshunosning maktubi bankirga qanday ta’sir ko‘rsatdi?

  8. Bankir nima uchun huquqshunosni qatl etish fikridan qaytdi?

  9. Huquqshunos nima uchun maktub yozdi, deb o‘ylaysiz? Axir, yozmasligi ham mumkin edi-ku.

  10. Yozuvchi ikki odam o‘rtasida garov bog‘lashni tasvirlash bilan qanday g‘oyani ilgari surgan? Hayotda garov o‘ynagan yoki birovlarning garov bog‘lashganiga guvoh bo‘lganmisiz?

  11. Ayting-chi, hozirda siz qanday adabiyotlarni o‘qishga ko‘proq ehtiyoj sezyapsiz? Nima uchun?

  12. «Mening kitob javonim» mavzusida ijodiy matn yozing.




Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish