Abdurauf Fitrat



Download 2,73 Mb.
bet22/30
Sana31.12.2021
Hajmi2,73 Mb.
#229552
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
2 qism

Savol va topshiriqlar





Mustaqillik davri dramaturgiyasi.

Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuza- ga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi- ning ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Ada- biyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albat- ta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bami- soli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon» (Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namu- nalarni o‘qigansiz, albatta.

Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada mual- lif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan voqelikning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi. Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin» nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi, chuqur o‘yga toladi.

O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mam- lakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Sahnadagi qahramonlarning so‘zla- ridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi che- gara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi.

Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamo- loti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi. Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolis- ligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazi- latlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi.

Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramon- larining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni to- moshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishi- ni yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obrazlar tabiati ham dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut, yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining umrboqiyligini ham belgilaydi.

Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yosh- larining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mus- tahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.

Mustaqillik davri dramaturgiyasidan namuna


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish