Abdurahmon jomiy, alisher navoiy, jaloliddin davoniy, husayn voiz koshifiylarning ta’limiy-axloqiy qarashlari reja



Download 19,75 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2022
Hajmi19,75 Kb.
#562155
  1   2
Bog'liq
ABDURAHMON JOMIY


ABDURAHMON JOMIY, ALISHER NAVOIY, JALOLIDDIN DAVONIY, HUSAYN VOIZ KOSHIFIYLARNING TA’LIMIY-AXLOQIY QARASHLARI
Reja
1. Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari
2. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
3. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asari.
4. Husayn Voiz Koshifiyning axloqiy qarashlari. Allomaning “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” asarning axloqiy tarbiyada tutgan o’rni.
Abdurahmon Jomiyning ma’rifiy-tarbiyaviy qarashlari. “Tuhfat-ul-ahror” asari
Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi.
Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Xajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi).
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Mahbub ul-qulub” asarlari va ularda ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g’oyalar. Allomaning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik,tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Xamsa", "Maxbubul qulub" kabi ta’limiy - axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vaqfiya", "Majolisun nafois", "Muxokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi.
Buyuk mutafakkir olim Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birgalikda ta’lim-tarbiyani ham takomillashtirishga e’tibor bergan. Uning hamma asarlarida tarbiyaga oid qarashlar o’z ifodasini topgan. Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-ahloqiy asarlarida esa komil insonning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etadi. U inson kamolotida ilm -fanning o’rni aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib beradi.
Alisher Navoiy ilmni inson kamoloti uchun eng zarur fazilatlardan deb biladi. U insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqaruvchi omil deb ta’riflaydi. SHunga ko’ra o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. CHunki egallashdan maqsad ham xalqning, o’z mamlakatining baxt saodatli, farovon hayot kechirishi uchun xizmat qilishdan iboratdir deb ta’kidlaydi.
U bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u (fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.
Alisher Navoiy «Ixlosiya» deb nomlangan madrasa va uning qoshida maktablar ochadi. Madrasa va maktabda ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda katta intizom va talabga rioya qilishni talab etadi.
Alisher Navoiy o’zi barpo etgan «Ixlosiya» madrasasida o’z zamonasiga yetuk muddarislarini yig’di va ilm izlagan talabalar ana shu madrasalarda peshvolaridan tahsil oldilar.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini uz manfaatidan ustun qo`yadi:
Yuz jafo qilsa menga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Alisher Navoiy inson kamolotida ilmning o`rnini muhim deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlik, jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ilm olishni insoniy burch deb biladi. U bilimda barcha fanlarni urganishni targ`ib etadi.
Navoiy ilm - fanni yuksaltirish uchun Ixlosiya madrasasini tashkil etadi, uning yonidan maktab ochib, o`z vaqfidan mablag` ajratadi. Madrasada qattiq intizomga amal qilingan.
Adib ustoz - murabbiylarga ham katta talablar qo`yadi, ularni avvalo o`zlari bilimli va tarbiyali bo`lishlari lozim deydi. Shu bilan birga ustozlarning mehnatini juda qadrlaydi:
Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuzganj ila.
Shoirning "Xamsa"siga kirgan "Hayratul abror" dostoni va "Maxbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin: 1. Falsafiy masalalar. 2. Ijtimoiy - siyosiy masalalar. 3. Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6 - bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot quyish, so`ngra yaxshi muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoishiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
Hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Tun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Alisher Navoiy o`z pedagogik qarashlarida bolaga yoshlikdan ta’lim va tarbiya berish, o`g`il - qizlarni 6 yoshdan muallimga berish lozimligini aytadi. Turli fanlar va hunar egallashni maslahat beradi.
U o’zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», « Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik, kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Navoiyning haqiqiy insoni-pok, mehnatsevar, sof vijdonli, insofli, to’g’ri, sahovatli, odobli, kamtar, hayoli, muruvvatli shaxs. Bu hislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun ularda ana shu oliyjanob hislatlarni tarbiyalash kerak deydi va ahloqiy fazilatlarga ta’rif beradi, ularning oqibatlarini tushuntiradi.

Download 19,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish