II bob bo'yicha xulosalar
Ibn al-Arabiy falsafasi keying ta’limotlarning yaratilishi uchun chebocha, shuningdek eng kuchli dunyoqarash shaklida undan keying mutasavviflar uchun eng bahs-munozarali ta’limotiga aylandi.
Abu Bakr Kalobodiy insonga dunyoni keng tushunish, faol harakat qilish, vaqtni asrash va umrning har onini g'animat bilish, hushyor va ogoh bo'lib, halolu pok yashash, butun borliq, tabiat, tirik va notirik mavjudotga mehr – muhabbatli bo'lib yashashni targ'ib etadi.Shuningdek, dunyo taqdiri inson fikri, bilimi, fe'l-atvori va aqliga bevosita bog'liqligini nazariy jihatdan asoslab berdi. Bu ta'limotning nazariy, ilmiy – amaliy dolzarbligi hozirgi kunda ham o'z qiymatini mustahkam saqlab kelmoqda.
Aziziddin Nasafiyning “Zubdat ul-haqoyiq” asari inson paydo bo’lishida irsiyatning o’rni, shuningdek inson takomillashuvida “insoniy ruh” ta’siri, inson o’zligini anglamoqligi haqida ilmiy asoslab beriladi.
III BOB. FALSAFA VA TASAVVUFDA INSON MASALASI.
Mutasavifchi allomalarimizning tasavvuf antropologiyasi va uning o’ziga xos jihatlarining o’rganilishi.
O’rta Osiyo hududida ilk tasavvuf tariqati-“hakimiya”ning asoschisi Hakim at-Termiziyning ilmiy merosi ilm-fan, xususan islom dini rivoji uchun muhim o’rin tutadi. Hakimiya tariqatida inson ilm bilan Allohni topish va ilm bilan Allohni tanish, ilm-nur,ya’ni shu nur bandani Alloh vasliga musharraf aylaydi. Ilm – bu nurdir”, “Nur- haqni nopokdan ajratadi”, “Nur- sodiq qulini iymonga yetaklaydi”, “Nur- Alloh tomonidan banda qalbiga joylashtirilgan”, “Qalblarni munavvar etuvchi narsa- Alloh nuri” singari g’oyalarni ilgari surdi. Hakim at-Termiziy inson ma’naviyati haqidagi fikr-mulohazalarini o’zining mashhur “Al-Jomi’ as-sahih” asaridan tashqari “Shimoili Nabavariya”(“Payg’ambar alayhissalomning shakl va sifatlari”), “Kitob uz-Zuhd” (“Zohidlik kitobi”), “Asomi’u as-sahoba” (“Sahobalarning ismlari”), “А1-asmo’ valkuno” (“Ismlar va kun’yalar”), “Kitobul ilal” (“Illatlar kitobi”) va boshqa kitoblarida bayon etdi74.
Uning ta’kidlashicha, inson ma’naviy madaniyatini shakllantirishda va uni yanada rivojlantirishda bilim muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ayniqsa, uning hikmatlarining ma’no- mazmuni beqiyos, ularda dunyo iztiroblari, bandalarining nojoiz qiliqlari qoralangan. U “Navodir al-usul” asarida ayrim kimsalarning goho o’zini ojiz va notavon deb his qilishi, o’zini xurlangan deb bilishining asosiy sabab qilib, “Insonning umidsizlikka tushishi bu uning Allohni bilmaganidandir”75,- deb ko’rsatadi. Alloh insonni yaratib, nega umidsizlikka tushuradi degan savol tug’iladi. Bunda alloma aytmoqchiki, Allohni tanigan banda zinhor umidsizlikka tushmaydi, u doim Allohga suyanadi. Inson taqdiridan nolish bandaga xos ish emas, inson taqdiridan emas, o’zini umidsizlik botqog’iga kishanlagan- nafsidan o’pkalashi kerak. Shuningdek, asarda inson butun umr sinovlarda sinalib, Allohning imtihonidan o’tadi. “Navodir al-usul” bayonida “ Alloh bandasiga bu dunyoda boylik, faqirlik, izzat, ulug’lik va tubanlik kabi xislatlarni ato etib, ularni imtihon qiladi”76. Shunday ekan, inson dunyoda Allohning imtihonidan qochib qutalolmaydi, Alloh ham faqirlik ortidan bandasi boylik bilan siylaydi.Bu kabi yaxshi-yomon tushunchalar inson hayotida yonma-yon va uzluksiz davom etib boradi. Allomaning hikmatlarida bir nechta insonlar toifasiga ta’rif beradi, xususan:
Aziz odam shuki, gunoh uni xor qilmaga bo’ladi
Ozod odam shuki, ta’ma uni qul qilmagan bo’ladi;
Xoja odam shuki, shayton uni asir etmagan bo’ladi;
Oqil odam shuki, xudo yo’lida zararli qiliqlardan o’zini tiygan va o’z nafsining hisobini qilgan insondir77.
Alloma insondagi ichki xilqatlar “ruh”, “qalb” va “aql” to’g’risida ham purma’no hikmatlar qoldirgan. Uning fikricha, “ruh” ning qarorgohi inson boshida, nafsning qarogohi inson qornida bo’ladi. “Qalb” Allohning rahmatini, Uning nuri xususiyatlarini va bulardagi sirlarni idrok etadi. “Aql” esa Allohning tadbiri va uning xususiyatlari hamda undagi hikmatni anglaydi. “Qalb” “aql” ustida hukmdordir. Keyinchalik allomaning qarashlarini Ibn al-Arabiy rivojlantirib :” Inson dunyosining asosi- “qalb”dir, uning vaziri- “aql”dir”,- degan qarashni ilgari suradi78.
Hatim at-Termiziyning “Manozil ul-iboda” asarida Alloh bandalarining yetti manzili haqida so’z yuritiladi. Asarda har bir manzilning asl xususiyatlari, ularning talablari, maqomi va mavqeyi bayon etilgan Har bir manzilda inson nafsga duch kelib, manzilga yetmoqlik uchun inson shu nafs bilan kurash olib borib, uni yengishga undaydi. Asarning umriboqiyligi ham shunda, ya’ni nafs insonni ko’zini ko’r, quloqlarini kar qiladi, unga qarshi kurash esa “qalb” ko’zini nurli qiladi, zotan bu insonni teran mushohadaga yetaklaydi. Ushbu asar insonni islomiy ma’naviyatni anglashga, yosh avlodni kamolot sari mushohada etishga da’vat etadi. Asar ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobida inson yetishi kerak bo’lgan yetti manzil bayoni keltirilgan. Bular quyidagilar: Tavba, Zohidlik, Adovat un-nafs, Muhabbat, Qat’ ul-havo, Qurquv, Qurbat( yaqinlik). Ikkinchi bobda birinchi bobdagi ayrim manzillar Qur’oni Karim oyatlari va hadislar bilan sharhlanadi. Birinchi manzil-Tavba manzili, “Allohni izlovchi va unga talpinuvchilarning eng avvalgi manzilidir. Bu manzilga yetishish sharafiga erishgan bandalar Allohning buyruqlariga so’zsiz amal qilguvchi, U man etgan narsalardan tiyiluvchilardir”79. Bu manzilda nafsga, kibr-u havoga qarshi kurash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu “jihod”(kurash) uning ta’biricha, ikki xil bo’lib, botiniy jihod nafs, hasadga qarshi qilingan ichki jihod bo’lsa, ikkinchisi”dushmanga qarshi kamon, nayza bilan urushib, uning molini tortib olish zohiriy jihoddir”80.
Ikkinchi manzil- Zohid(parhexkor)lik yo’lidagi insonlarning odatlari sharhlanadi. Zohid (nobop harakat va nopok qiliqlardan tiyilish)lik yo’li mashaqqatli yo’l, uni bosib o’tish, zabt etish uchun sobitlik talabi ustuvor turadi, chunki “dunyo shayton tuzoqlari”ga limmo-limdir.81 Bu yo’lni faqat banda gunohlaridan poklansagina, banda “qalb ko’zi” bilan bu dunyoga nazar tashlasa maqsadiga erishadi. Zotan, hadislarimizda bejizga “ Bu dunyo mo’min kishiuchun hibsxona, kufr ahli uchun jannatdir”- deb aytilmagan.
Uchinchi manzil- adovatun nafs, ya’ni nafsga dushmanlik manzilidir. Banda nafsga qarshi kurashni doimo olib borish, shuningdek kurash oxirida o’z samarasini berib, banda yuvosh va itoatgo’y bo’lishi shu manzilda namayon bo’ladi. Hakim at-Termiziy nafsga jihod bu-“xalq uchun mezon. U bilan odamlarning darajasi o’lchanadi.. Chunki nafs Allohning dushmanidir”,- deydi.82
To’rtinchi manzil- muhabbat manzili bo’lib, muhabbat kalomi, uning ijtimoiy negizi, hayotiy o’zagi tasavvuf ilmida boshqa talqinda uchraydi. Xususan, “ Manozil ul-ibod min al-iboda” asarida muhabbatga “xabbat ul-qalb” deb murojaat qilib, bu yerda qalbning tomirlari jam bo’ladigan makonidir deb ta’kidlaydi.
Beshinchi manzil- Qatul- havo manzilidir. Bu manzilda banda xoy-u havasni yengib o’tishi, uning “o’ta yashovchanligi”, u bandalarni mag’lub etishi mumkinligi aytib o’tilgan. Uni yo’q qilguvchi qurol esa insonning iroda kuchi ekanligi “Toxa”,”A’lo” va “Tavba” suralari bilan fikrini asoslaydi.83
Oltinchi manzil- qurquv manzilida bandaning Allohga shak keltirishi va uning ziddi bo’lgan Alloh rizoligi uchun yomon yo’llardan qaytishi bayon etilgan. Bu manzil boshqa manzillardan farq qilib, uning asosi insonni Alloh ma’rifatiga yo’llash hisoblanadi.
Oxirgi manzil esa- bu qurbat, ya’ni yaqinlik manzilidir. Bu manzil banda uchun eng og’ir sinovlar badaliga vosil bo’ladi. Alloh vasliga munosib bandalar “qurbat” manzilida mustahkam makom egallaydilar. Ushbu bob quyidagi so’zlar bilan tugallanadi: “Hidoyat( to’g’ri so’z), tavfiq(madad), qurquv va quvvat- barchasi ulug’ Allohdandir”84 . Shuningdek, alloma nafs va dunyo boyliklariga xirs qo’yish yomon illatlardan biri deb hisoblab,”Dunyo sevgisi-achchiq suv, nafs sevgisi esa sho’r suv deb ta’rif beradi. Hakim at-Termiziy o’z asarida Allohning bandalarini uch toifaga ajratadi, bular:Allohning maxbuslari- mo’minlar, shaxvatning maxbuslari-fosiqlar, shaytonning maxbuslari- kofirlardir. Xullas, ushbu asarda bandaning eng katta jihodlaridan biri- o’z nafsiga qilingan jihod ekanligi, haqiqiy mo’min banda esa Allohga yaqinlik maqomiga erishish uchun bir necha mashaqqatli sinovdan o’tishi kerakligi, bu imtihonda “ xurmo bargigek yonishi” mumkinligiga qaramay iroda orqali Allohning madadiga tayanib bosib o’tib, “qalb nuri” ila manzilni yakunlashi bayon etilgan.Asarning qiymati ham, uning bandani Allohga ixlos, chin e’tiqod,itoat, so’ng ilmga amal qilishlikni targ’ib qiladi.
Allomaning “Navro’znoma” risolasi alohida tahlil etish uchun muhim manba hisoblanadi. Risolada tabiat va jamiyat, tabiat va insoniyat aloqalari, ular o’rtasidagi mutanosiblik va nomutanosiblik holatlari, shuningdek tabiat mo’jizakorligi oldida insonning ojizligi bilan bayon etiladi. Insoniyatning necha asrlik turmush tarzi, ularning hayotiy tajribalari mujassam etilgan. Sharq olamida yetti raqami ulug’lanib kelingani, hatto inson a’zolarini ham yetti sayyora bilan nomlangan. Masalan, orqa miya-Zuhal, qalb(qon aylanish tizimi)- Quyosh, oshqozon- Oy, bosh miya-Mirrix, o’pka(nafas yo’llari)-Atorud, jigar- Mushtariy, buyrak- Zuhra. Allomaning fikricha, inson tabiatida ham yettita xulq mavjud: g’azab, rag’bat, raxbat(hadik, qo’rquv), shaxvat, g’aflat, shak, shirk. Shuningdek, “Ixtilojoti a’zo” deb nomlangan risola debochasida inson sochi yoki ko’zining rangi, bundan tashqari, qosh, kiprik, yuzining ranglari va ularning inson tabiatiga, fazilatiga, xususiyatiga ta’siri haqida sharh berilgan.85
Hakim at-Termiziyning ya’na bir risolasi “Aql va havo” da “ aql va havoning ellikta yordamchisi”ni sanab o’tadi. Shuningdek, risolada insonning har bir xususiyatlari ziddi orqali tafsir etgan. Xususan, “aqlning yordamchilari”- aql, fahm, basar(ko’rish), ma’rifat, yaqiyn(shak-shubhasiz),fiqh, vaqf(to’xtab turish), hilm(yumshoqlik),ilhom, ixlos, tavozu’, saxovat, to’g’rilik, nasihat, xisba, niyat, shafqat, murosayu madora, vara’, shukr, rizo, sabr, xavf, taqvo, jaxd, istiqomat, zuhd,farosat, ulfat, inobat, shavq, tazarru’,muhabbat, xifz, sidq, hidoyat, zehn, farog’at, omonlik, tavakkul, ishonch, qanoat, to’lib toshmoq, ofiyat, rohat, xushu’, tafakkur, ibrat, istixora, salomatlik, hurmat-e’tibor, uzlat, tayyorgarlik.
XIV asrda Muhammad ibn Muhammad Naqshband (1317-1389) “Naqshbandiya” tariqatiga asos solib, uning ta’limotiga ko’ra solik yo’lini hayotdan ajralmagan holda, inson turmush tarzi bilan chambarchas bog’lanishga egadir. Bahouddin Naqshbandning quyidagi beshta: "Hayotnoma" yoki "Arbobi urfon", "Dalilul-oshiqin", "Al-avrod al Naqshbandiya", "Xadiyyat us-solikin va tuhfat ut-tolibin", "Tanbeh al-g’ofilin" asarlari ilmiy meros sifatida talqin etiladi. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida Bahouddin Naqshband haqida “ Xoja Hazratlarig‘a Tengri taolo inoyatidin voqe’ bo‘lubdur. Tariqat mashoyixig‘a mutaaxxirlardin hech kimga bo‘lmaydur”.- deb ta’rif beradi. U Allohga erishish, haqni tanib olish uchun jamiyatda yashash, xalq dardi bilan yashash va xalq manfaatini ustun deb bilish, insoning dili Alloh bilan, qo’li esa mehnat bilan band bo’lishini uqtirgan. Ushbu ta’limot o’zining soddaligi, hayotiyligi va insonning jamiyatdan ajralmagan holda o’z kasb-hunari bilan halol yashashga chorlov sifatida boshqa tariqatlardanajralib turgan. Xususan, naqshbandiya tariqati “safar dar vatan”,”xilvat dar anjuman”,”dil ba yor, dast ba kor”,”ho’sh dar dam, nazar ba qadam” kabi ham irfoniy, ham amaliy shiorga asoslanadi.86
Naqshbandiya ta’limotining asosida "dil ba yoru, dast ba kor" shiori yotadi. Naqshbandning fikricha, bandaning Allohga sirtdan turib e’tiqod qo’yish, iymon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlos va ma’naviy kamolot asosiy o’rin egallaydi. Axloqiy poklik, qanoatli, xalq g'ami bilan yashash, mehnatsevarlik, sabrli bo’lish,o’zi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mustahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni ma’naviy kamolot uchun sarflash, hatto ixtiyoriy faqirlik bilan Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi.Bahouddin Naqshband odamning qadrini mansabi, boyligi bilan emas, ma’naviy komilligi bilan o’lchaydi. Unda hunar, kasb egallab, o’z mehnati bilan halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik bilan kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi.Inson hamma yumushni o'zi qilishligi, uyda xizmatkor saqlash, o’zganing mehnatidan foydalanish( eksplutatsiya) ham ta'qiqlangan.
Ushbu tariqat Yusuf Hamadoniy va Abduxoliq G‘ijduvoniy asos
solgan hojagon tariqatining sakkiz qoidasiga yana uch qoida qo‘shib, uni yanada takomillashtiradi va o‘n bir qoidadan iborat naqshbandiya ta’limotini vujudga keltiradi. Bu uch qoida quyidagicha:
Birinchi qoida-“Vuqufi adadiy”, deb yuritiladi. Ushbu
qoidaga muvofiq, zikr qilayotgan har bir kishi ma’lum bir
o‘lchov, mezonga rioya qilish jarayonida zikrning o‘zgarib ketishiga, chalg‘ib turishga yo‘l bermaydi. Insonni parishonxotirlikdan saqlaydi. Butun fikr- mulohazalar Olloh vasliga intilish sari yo‘naltiriladi.
Ikkinchi qoida- “Vuqufi zamoniy”ga ko‘ra, barkamollikka da’vogar kishi o‘z ahvoli to‘g‘risida hamisha o‘zi aniq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. O‘tayotgan umrining har bir lahzasini be’mani ishlarga emas, balki xayrli ishlarga sarf qilishi, o‘z faoliyatini doimo kuzatib, tergab bormog‘i darkor.
Uchinchi qoida- “Vaqufi qalbiy”, deb ataladi. Bu qoidaga ko’ra, har bir kishi qalbdan hamisha Xudo bilan birga bo‘lmog‘I lozim. Olloh tomonidan berilgan, ya’ni Olloh uchun zarur bo‘lgan har qanday yumushni bajarishga fikran tayyor bo‘lib turmog‘i zarur.87
Alloma tariqat haqida quyidagi so'zlarni keltirib o'tadi: banda yo jazba, yoki suluk yo'li bilan tarbiyalanadi. Bu bandaning ixtoyoridagi tanlov sanaladi. Bu tariqatni tanlaganlar orasida ba’zilarining dillarida muhabbat urug’i mavjud, ammo dunyoviy aloqalar tufayli rivojlanmay, o’smay qolgan. Tariqatning vazifasi ularning dillaridagi o’sha aloqalarni sindirib tashlash hisoblanadi. Aksincha, ba’zilarning qalblarida esa muhabbat urug’i yo’q. Bu qalblarda muhabbat urug’larini yuzaga keltirmoqlik ham tariqat ishidir. Naqshbandiya ta'lomoti esa bandani Suyukliga yetkarishga vosita hisoblanib, ushbu yo’lga kirganlar oxirida bu sulukdan ayrilib, Allohga yetishlik muvarraf bo'ladi. Bu yo'lda insonga faqirlik katta yordamchi bo'ladi. Banda nimaga erishsa ham shu sifati bilan erishishi aytiladi. Suluk yo’liga endigina qadam qo’ygan inson, avvalo odamlarning so’ziga quloq solish lozim. Agar ular Allohdan gapiryotgan bo’lsalar, vujudim bilan tinglash kerak, aksincha bo'lsa bunday odamlardan uzoqlashish kerak. Bu yo'lni tutguvchilar nimaga erishgan bo'lsa Qur’oni karim oyatlari va hazrat payg’ambar alayhissalom hadislariga amal qilganlik orqaligina bo'ladi. Bu amaldan biron natijaga erishmoq uchun taqvo qilib, shariat qoidalariga azimat bilan rioya qilmoq, ahli sunna val jamoa asoslariga amal qilmoq hamda bid’atlardan qochmoq kerakligi uqtiriladi. Bu suluk egalari tavhid siriga erishmoq mumkin bo'lmasa ham ma’rifat siriga erishmoqligi mumkin. Suluk shiori esa quyidagicha bo'lishi lozim:“Dast ba koru dil ba Yor, tan dar bozoru dil ba Yor” – qo’ling ishda, ko’ngil Allohda bo’lsin, tan bozorda bo’lsa ham ko’ngil Yorda bo’lsin”.Bun yo'lda inson hoy'u havasga berilmasligi, nafs ahli tutgan ishlar asosoning sababchisi zalolat ekanligi va inson qilajak ishlarida niyatni to'g'ri qilish u uchun eng muhim narsa hisoblanadi.Kishi o’zining nafsiga tuhmat qilishi kerak,shu orqalu o’z nafsining yomonligini taniydi,uning hiyla-nayrangini anglaydi, bunday qilish insonga bu yo'lda yurushlik oson bo’ladi. Bu ish insonda hatto o’zgalarning gunohini ham o’zlaridan deb bilish hollari ko’p bo’ladi. Banda uchun musulmonlik — bu iloji boricha hukmlarga bo’ysunish, taqvoga rioya qilish, amalni bajarishga intilish va bekorlikdan uzoq bo’lib, bularning hammasi nuri safo va rahmat hamda valoyat darajasiga yetishish vositasi sanaladi. Agar bu yo’l toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bo’lsalar, bu suhbatda xayru baraka ko’p bo’ladi. Solik bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi… Xoja Bahouddin Naqshband tariqatida iymonga quyidagicha ta’rif qiladi: “Iymon – qalbni Allohdan boshqa o‘ziga rom etuvchi foydali va foydasiz narsalardan uzib, Haqqa bog‘lashdir”.88
Uning "Al-avrod al Naqshbandiya" asari necha yillar ilm-fanda o'rganilmagan bo'lsada, Ali ibn Ahmad al-G’uriy yozgan sharh — “Sharhi avrod” asari keng jamoatchilik qiziqishiga sabab bo'ldi. Asarda banda barcha ilmlarni qodir emasligi, bandaning ilmlari ma’lum hududga egaligi, faqat Allohgina barcha ilmlarni o’rab olgan va barcha narsalar adadining hisobi Unda ekanligi aytilgan. Banda Allohdan o'z ilmini o'rganishga, Uni fahmlashga qobilyat berishini, shukr qilishga, serduo va gunovlardan qaytuvchilar qatoridan qilishlikka,toatli, mutavoze'-kamtar bo'lishlikka,behuda so'zlashlikdan asrashni doimo so'rashligi uqtiriladi. Insonning badxulq xislatlari- mafrat, o'zgalarni yomon ko’rishni yuragidan uzoqlashtirish,qalbida kina, fasod, g’azab saqlashmasligi aytiladi. Chunki ular "qalb hijobi" deb hisoblaydi. Xususan, asarda eng katta g'am- sarosimalik deb ta'kidlaydi.89
Naqshbandning e'tiroficha, insondan talab qilinadigan asosiy narsa —o'z qalbini dunyo g’uborlaridan tozalash, o’z nafsi bilan kurashish, qalbda Alloh nomlarini takrorlab yurish shart qilinadi. Ushbu tariqat Yassaviya tariqatidan farqli ravishda inson Allohni zikr qilishda "zikri xufiya"(yashirin zikr tushish) bilan ajralib turadi.
Naqshband insonni yakkalikka emas, jamoa bo'lib yashashga chorlaydi.U insonni suhbatdoshlar ichra bo’lishga, bilmaganni bilib olishga, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramand bo'lishlikka da'vat etadi. Agar inson buning aksini qilsa,yakkalik insonni bilimdan, ma’rifatdan mahrum qilishini ta'kidlaydi.
Naqshband e'tiroficha bu yo'lda ta'lim-tarboya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Murshid o'z tolibning o’tgan, hozirgi va kelajak kabi uch holidan boxabar bo’lishi kerak, shundagina uni tarbiya qila oladi. Tolibning esa amal qilishi zarur bo’lgan shartlardan biri shuki, u Haq Taolo do’stlaridan biri bo’lgan do’st bilan hamsuhbat bo’lib, o’z holidan voqif bo’lishi zarur. Hamsuhbat bo'lgan vaqtida o’zining o’tmish bilan solishtirib, shukr qilmoqligi lozim, o'z nuqsondan kamol sari ketayotganiga ichonch hosil qilishi u uchun eng yaxshi amal hisoblanadi.Shuningdek, ustoz oldida ham asosiy vazifa- ta’lim berish vazifasi turadi. Ta’lim berish uchun, u o’z shogirdlarining o’y-tashvishlari-yu qat’iy muddaolarini hisobga olishi kerak. Chunonchi, agar shogird buxorolik bo'lsa, buxoro tilini qo’llashi, hatto bag’doddlik bo'lsa ham bag’dod tilida so’zlashi kerak deb hosoblaydi.
Naqshband odobga xususida quyidagicha ta'rif beradi: Odob bu – xulqni chiroyli qilish, so’zni va fe’lni soz qilish hisoblanadi. Har bir insonda odob turlicha ko'rinishda bo'ladi. Xususan, podshoh-u xizmat ahlida ham. Xizmat odobi ulug’ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi — amalning qabuli, tug’yon esa amalning buzuqligidir .Inson odobni saqlashligi -muhabbat samarasidandir, odob yana muhabbat daraxti misol, uning vazifasi insonlarga muhabbat urug’idek sochilmoqlik hamdir… Agar inson odob borasida ozgina nuqsonga yo’l qo’ysa, keyin nimaiki qilsa ham barcha qilgsn amali beadablik sifatida baholanaveradi.Inson axloqiy yetuklikka erishmoq uchun avvalo o'zini isloh etishligi, nafsini qul bo'lmasligi lozim. Agar inson kimdir bilan do'stlashmoq istasa, do'stini boricha qabul etishi kerak. Chunki do’st aybiga boqsa, kishi do’stsiz qoladi, bu dunyoda hech kim beayb emas. Bu borada kishida kechirimlilik va halimlilikni kasb etishi shart.
Naqshbandning quyidagi hikmatiga nazar soladigan bo'lsak:
Bayt:
Hosili daryo na hamin dur buvad,
Yak hunar az odami pur buvad.
Tarjimasi:
Dengizdan hamisha izlamagin dur,
Odamga bir hunar bas, ezgu turur.90
Ushbu ikki mirsada inson "dengiz", ya'ni bu dunyoda boylik, zeb-ziynatga, hasham va o'tkinchi narsalarga mehr qo'ymasligi kerakligi uqtirmoqda. Chunki bu "ko'zni quvontirguvchi" narsalar insonda bir umr sodiq emas. Inson uchun nomini ulug'lovchi,uni xor etmaydigan-uning hunari ekanligi barcha boylikdan ezgu turadi. Bu yerda insonni boylik bilan emas, o'z hunari bilan faqir yashashligi afzal ekanligi ham anglash mumkin.
Islom dunyosining aqtobi arbaa (to’rt qutbi)ga mansub qodiriylik tariqatining muassisi Abdulqodir Giloniy ham o’z asarida inson masalasiga to’xtalib o’tadi.91 O’z davrining buyuklaridan bo’lgan Hazrati Navoiyning yozishicha: “Shayx Muhyiddin Abdulqodir Jiliy (q.s.) karomatlari tavotur (uzluksiz)… jahon shayxlarining birortasiga bunday karomatlar zohir bo’lmagan92”.
Abdulqodir Giloniyning tasavvuf ilmiga oid “ Sirrul asror” va “Sirrul fi yahtajju ilayhil abror” (“ Aziz va pok kishilar toifasining ehtiyojlarini atalgan sirlarning siri”) mavjud. Uning “Maktuboti Giloniy” yozishmalarida insonning eng muhim “a’zosi” - qalb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha,” Ey inson! Qalb bir qandil kabidirki, undan nur taralmog’i zarur. Bunday taralayotgan nurga, har saboh atrofni yoritadigan quyosh va uning ziyosi misol bo’la oladi. Qalbingdagi ana shu ziyoni topishga kirish93” deb ta’rif beradi. Inson har doim shayton lashkari va qalb qo’shini o’rtasidagi to’qnashuvga duch keladi. Bu to’qnashuvda shayton odamzot uchun ochiq dushmandir. Uning “yordamchi askarlari” esa “Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga ko’ngil qo’yish chiroyli qilindi…” (Oli Imron: 14) oyati karimasida bildirilgan toifa ham ko’makchi hisoblanadi. Qalb qo’shini chekinib, chorasiz qola boshlagan payt inson hol va muhtojlik tili bilan yolborishni boshlaydi.
Bu yolborishu iltijodan so’ng Alloh insonni kufrga qarshi kurashda g’amgin bo’lmaslikka chaqiradi. Bu to’qnashuvda haqiqiy iymon egalarigina g’olib bo’lishini ta’kidlanadi. Va oyati karimasini misol qilib keltiradi: “ Albatta, Biz payg’ambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo’lib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz” (G’ofir: 51). Giloniy inson qalbi har doim iymon nuri bilan ziyo taratib turishini, shaytoniy amallardan yiroq bo’lishga undagan.
Abdulqodir Giloniy inson ma’naviyatida qozonish kerak bo’lgan xislat - irfon, ya’ni ma’rifat tuyg’u deb tushuntiradi. “Irfon butkul boshqa bir xislat bo’lib, inson (o’zi) solik bo’lgan tariqidagi qozona bilajagi ilk qiymatdir, ya’ni ma’rifat tuyg’usi. Bu tuyg’u sening botiniy olamingni qurshagan samodirki, unda chiqajak bir emas, bir necha quyosh bor. Yo’lning yorug’ bo’lmog’i uchun ma’rifat samosida quyosh tug’ilmog’i lozim. Bu tug’ilmoqlik uchun esa holingni kamolga yetkazishing darkor. Bu komillik94 “…Bugun sizlarga dininggizni komil qildim…” (Moida: 3) oyati karimasi bilan asoslaydi. Insonlarga ma’rifat samosidagi quyoshlarni faqat Islom dini orqali nur chaqinlari chaqib, atrofni oydinlatishini, Osmonlar va yer qo’shinlari (ya’ni koinotdagi barcha jonzot va kuchlar) yolg’iz Allohnikidir” (Fath: 4) ekanligini, yerda (undagi tog’u toshlar va vodiy – daralarida, dengizlar va daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o’zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib, vujudlaringizdagi har bir a’zoyingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o’z o’rniga joylashtirilganida va o’z zimmasidagi Yaratgan buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishlikni anglasagina inson shu bilan sharaflanishi aytiladi. Alloh chiroyli amallar qilgan kishilarning ajr-mukofotini berajakligini va “Zotan, Alloh taqvodor bo’lgan va chiroyli amallar qilguvchi zotlar bilan birgadir” (Nahl: 128) ekanligini ya’na uning qalbidagi iymon bilan bog’laydi.
Giloniyning tushuntirishicha, insonda ya’na bir qalb bordirki, uning ismi “Salim”dir. U shunday qalbki, insonga INSON ekanligini bildirib turadi. Ammo uni hech ham ko’ksingda joylashgan ushbu oddiy go’sht parchasi deya hisoblamasligini uqtiradi. Chunki, “ Haq taolo azimotini olgan qalb salim qalbdir. Bu esa zohirdan azamati ko’rilayotgan hech qanday buyuklik bilan tavsif etilmas. Sen shusan; SHU QALBSAN. Uni mudom izla, qidirib topgilki, bashoriyat sohibi bo’lgaysan95”. Inson bilish doirasi cheklangan, chunki faqatgina ushbu dunyoni bilgan idrok, undan olislarni seza olmoq uchun yetarli emas. Unga bir boshqa tushuncha va o’zgacha bir hissiyot kerak. Bu (idrok sohibi) faqat ko’z o’ngidaginigina ko’ra oladi. Ko’rilajak narsaning ustiga biror parda tortilsa yoki biror to’siq chiqib qolsa ko’rolmay ham qoladi. Ya’ni gap zohiriy va botiniy ilmlar haqida ketmoqda “Ma’rifat”ga erishmoqlik ham oson emas. Faqat, erishmoq uchun inson qalbda sodiq basirat ko’zini ochmoq kerakki, mushohada etmoqlikni va fikr yuritmoqlikni talab etadi. Insondagi salim qalbga kelsak, u hammasidan o’zgacha. Zotan salim qalb sohibi bo’lgan zot uchun boshqa yaxshiliklar ham o’z-o’zidan kelaveradi. Shuningdek, har bir qalbda iste’dod, qobiliyat bo’lishligi ham kerak. Inson har ishning boshini qalbi salimlik bilan boshlanishi kerakligini va buni hech qachon unutmasligini eslatib o’tadi.96
Naqshbandiya tariqati yirik vakili- Abdulxoliq G’ijduvoniyning falsafiy- irfoniy merosida dunyoviylikni o’zida singdirgan, insonning ilm-ma’rifat, oliy axloq, ma’naviy yuksalishga intilish g’oyalari teran ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Uning “Odobi tariqat”, “Vasiyatnoma”, “Maqsad as-solikin” kabi tasavvufiy risolalarida insonning bu dunyodagi vazifasi haqida so’z yuritiladi.97 Risolada insoning asosiy maqsadi - oxiratda Alloh vasliga yetishish uchun tayyorgarlik deb aytiladi. Bunda inson yaxshi xislatlarni egallashi, kasb-hunar ega bo’lmoqligi, beva-bechora va muhtojlarni yordam berishi, zaif va nogironlarga mehr-muruvvatli bo’lishlik, doimo saxovatli va qo’li ochiq bo’lishligi e’tirof etiladi.
Abdulxoliq G’ijduvoniy “Vasiyatnoma” risolada soliklarni o’z nafsini tiyish, kam uxlab, kam yeyish va keragidan ortiq gapirmaslikka chaqiradi. U inson yomon insonlarga ham yaxshilik qilishga mehr-oqibatli bo’lish kerakligi uning e’tiborga sazavor fikrlaridan biri sanaladi. Uning fikriga ko’ra, agar biron kishi boshqa odamning ko’nglini og’ritgan yoki unga ozor bergan, zarar yetkazgan bo’lsa, zinhor undan qasd olish fikrida bo’lmaslik kerak.Aksincha, inson o’zgalarga ozor bermasdan, iloji boricha xayrli ishlar bilan mashg’ul bo’lgani ma’qul. Bu dunyoda inson fursatni boy bermaslikka, kishilarni har bir daqiqadan unumli foydalanishga da’vat etadi, jamiyatga foyda keltiradigan ishlar bilan shug’ullanish lozimligini ta’kidlaydi.
Ushbu tariqatda komil insonni tarbiyalash yo’li me’yordagi yo’l sanaladi. Chunki u shariatga asoslanadi. Bu yo’l sunnatga uyg’un, bid’atdan yiroq bo’lib, fanodan baqo holatigacha insonni kamolotga yetaklash yo’llarini ko’rsatadi. Xojagon tariqati shaxs ruhiy xususiyatlarini inobatga olib, kamolot yo’lini belgilagan suluklardan biridir. Uning asosi ham soliklarni bag’rikenglik ruhida tarbiyalashdan iborat.Ya’ni “Inkor ham etmaslik, maqbul ham qilmaslik” bag’rikenglikda namoyon bo’lgan.Shuningdek, bu tariqatda valiylik darajasiga erishgan ayollarga ham teng munosabatda bo’lingan.
Xojagonlar nafs tarbiyasiga alohida e’tibor berib, nafs insonni fano darajasiga olib kelishini isbotlashga harakat qilganlar. Unga ko’ra, banda ixtiyori to’la ravishda ilohiy ixtiyor bilan uyg’unlashib, bandaning asosiy maqsadi Haq rizoligiga erishish hisoblanadi. Tariqat peshvolarining fikricha, insonga barcha jismoniy, aqliy, nafsoniy, ruhiy quvvatlarni boshqara olish, o’z-o’zini anglash va o’zining mikroolamida makroolamni ilohiylikni joylashtirishning eng Afzal yo’llarini izlab topganlar. Qalbda ilohiy fayzni to’plash, insondagi mavjud zahiralarini ochish, ularni borliqni go’zallshtirish kabi ezgu ishlarga safarbar etish uchun “Nazar bar qadam” rashqasi asosida qo’l va oyoq quvvatini jismonan va ruhan to’g’ri yo’naltirgan.
Abdulxoliq G’ijduvoniy o’n nur ta’limoti orqali inson qalbida o’nta nurni mujassam etish mumkinligini ko’rsatdi. Komil inson qalbida iymon, islom, tavhid, ma’rifat, hidoyat, yodkard, bozgasht, nigohdosh, yoddosht, shayx nurlari tajalliy etgan bo’lib, bundan inson butun mavjudotga ilohiy ishq bilan mushohada, nazar, munosabat qila oladigan bo’ladi98.
Uning fikricha Haqning maskani insonning o’z qalbi, ko’ngli bo’lib, bu dunyodagi ko’plikning yagonalik jihatini, yagonalikning abadiy aslini anglagan kishi Haqqa yaqinlashadi. Kimki ko’plik olamida Yagonalikni nazorat etsa, kimki sanoqsiz jonlarda Yagona abadiy hayot, Ruh, Jonni ko’rsa, kimki turli shakllar olamida Yagona Mutlaq Vujudni payqasa, u abadiy baxt-saodatga erishib, oromlik holatiga yetishadi. Haq vasliga yetishishni niyat qilgan inson uchun zaruriy shartlaridan biri qalbni, ko’ngilni poklash, soflash va odamlarga, barcha tirik mavjudotlarga yaxshilik, mehribonlik qilish kerakligi uqtirilgan.
Xususan, Abdulxoliq G’ijduvoniyning tasavvufiy risolalaridan tashqari, uning bir qancha sufiyona ruboiylari ham ma’lum. Hozirgacha mutasavvufchining 15 ta ruboiysi aniqlashgan, lekin ko’pchiligi hamon ilm ahli tomonidan tahlil etilmagan.Bular quyidagi ruboiylari: 1953-yili Tehronda chop etilgan “Ruboiynoma” to’plamida 8 ta ruboiysi; 1993 yilda Toshkentda bosilgan “Vasiyatnoma” asari muqaddimasida 4 ta ruboiysi; M. Hasaniy va K. Qilichevlarning “G’ijduvoniy ilm ahllari xotirasida” risolasida 2 ta ruboiysi; M. Hasaniy va M.Razzoqovalarning “Ulug’ donishmand” maqolasida uning Buxoro to’g’risidagi bir ruboiysi shular jumlasidan iborat.
Chunonchi:
Gar dar dilat az kase shikoyat boshab,
Dardi dili tu az o’ bag’oyat boshad.
Zinhor ba intiqom mashg’ul mashav,
Badro badii xesh kifoyat boshad.
Mazmuni:
Gar bir kishidan dilda shikoyat bo’lgay,
Dil og’rig’i undan benihoyat bo’lgay.
Hech o’ylama intiqom olishni, chunki
Yomonga yomonligi kifoyat bo’lgay99.
Ushbu ruboiyni ham falsafiy, ham tasavvufiy, ham pand-nasihat tarzidagi tahlili ko’rib chiqsak.Birinchidan, biror kishi sening ko’nglingni og’ritsa, bundan behad diling og’risa-da, lekin aslo undan o’ch olishni o’ylama,chunki yomonning yomonligi unga yetarli, deb pand- nasihat qilmoqda. Ikinchisi, bu dunyoda yomonning yomon bo’lib yaratilgani o’zi u uchun bir umrlik jazodir. “Inson harchand urinsa ham, unga bundan ortiq jazo berolmaydi”,-deb falsafiy xulosa chiqarish mumkin. Uchinchidan, Yaxshilik ham Yomonlik ham Allohdan deb bilish kerak. Yomon yomonligiga borib, o’z haddini bilmay ranjitibdimi, inson yaxshi bo’lsa, shu yaxshiligicha qolsin, unga teng bo’lmaslik lozim, chunki inson qasd orqali yomonga aylanib,ilohiy amrlarga qarshi chiqqan bo’lib qoladi. To’rtinchidan, mo’min inson birovga kek-gina saqlamasligi kerak, o’ch olish mo’minning ishi emas, balki shayton buyurgan ishlardan biridir. Inson yomondan o’ch olish istagi uyg’onsa, albatta shayton tuzog’iga ilinib, iymoniga putur yetadi. Beshinchidan, tasavvufiy talqinda inson birovga sitam yetkazish, dilini vayron qilish, biror kimsani ranjitish kabi taomili yo’q, balki har bir tasavvuf ahli vakili har qancha qayg’u-azob cheksa ham, barcha jabru jafolarga sabr qilishi, g’azabini ichga yutishi, insonlarga doim ochiq chehra bilan muomalada bo’lishi, yomonga ham yaxshi munosabatda bo’lishi kerakligi uqtiriladi. Oltinchidan, “ yaxshilikka yaxshilik-hammaning ishi, yomonlikka yaxshilik-mard kishining ishi”,- deb bejizga aytilmagan. Chunki yomonning ishi uchun qaytarilgan javob ishi insonni olihimmatlik kursidan tushurib, oddiy odamlar qatoriga qo’shib qo’yadi. Va, oxirgi tahlil esa, yomonlikka yomonlik qaytarishni o’ylagan kishi tom ma’nodagi yaxshi odam emas,uning qonida qaysidir darajada yashirin yomonlik urug’lari mavjud va birov yetkazgan sitam orqali u o’zini namayon qilmoqchidek go’yo.
Islom dinining insonparvarlik mohiyatida o’z hissasini qo’shgan mutasavvufchilardan biri, “Porsoiya” ta’limoti asoschisi Muhammad Porsoning falsafiy-irfoniy qarashlari inson kamoloti uchun pozitiv ta’sir ko’rsatgan. Muhammad Porsoning tasavvufiy qarashlarida tinchlik, adolat, diniy bag’rikenglik, inson huquqlarini toptalishini tanqid ostiga olish, insonda ruhiy-ma’naviy uyg’unlikni targ’ib etish muhim rol o’ynagan. Uning inson tabiiy va ruhiy me’yor sohibi, uning kamoloti shu “me’yor”ning saqlanishiga bog’liq ekanligini o’zining “nafs haqqi va nafs nasibasi orasidagi farq” deb nomlangan konsepsiyasida dalillab bergan. Muhammad Porsoning tasavvufiy asarlaridan “Tahqiqot” asari insonning axloqiy sifatlari: farosat, basirat, yaqin, kashf, fahm sofligi tushunchalari mohiyati batafsil yoritilgan. Uning inson borlig’i barqarorligi(tamkin) shaxs ma’naviy(ruh, nafs, qalb tarbiyasi), xulq-atvor go’zalligiga(husn-u xulq g’oyasi) bog’liqligi va inson mohiyati haqidadagi qarashlari falsafiy ta’milotning antropologik xusussiyatlari bilan o’zaro ta’sirda ekanligi isbotlab berilgan. U ilk bor insonni ma’rifatga undovchi komillik mezonlardan biri- mukammal axloq-axloqi avsat (“ o’rtacha axloq”) g’oyasini ilgari surdi.
Porsoning “Tahqiqot” asarida “ وجود” “vujud” haqiqati “Mutlaq borliq”100 dir. Ahadiyatdan “ واحديات” vohiyatga, vohiyatdan “ ربوبيات” rububiyatga va undan “jome’ai insoniyat” ga tajalliy qilib, “حضارات كلي” “xazoroti kulliya”ni tashkil qilishi haqidadagi “tajalliy”(“in’ikos”) nazariyasini ishlab chiqadi. Bu tajalliyotdan Olamdagi barcha moddiy va nomoddiy narsalar vujudga keladi va ular doimiy o’zgarishda bo’lib, “اروج” “uruj” takomillashishda bo’lishi ta’kidlangan. Mutasavvufning “Tahqiqot” asaridagi “Haq o’zining vujudi bilan ashyolarga shakl va tamoyillar kiydirdi. O’zining vujudi nuri bilan ularni ko’rinadigan qilib qo’ydi. O’zining shuhudi baqosida boqiy bo’lishlari uchun tajalliy etdi. O’zining uluhiyatining (ilohiy mutlaqiyat) dalili uchun vahdatda kasratni (birlikda ko’plikni) joylashtirdi”101 degan irfoniy-falsafiy g’oyasini kiritdi .Muhammad Porsoning Alloh odamni yerning barcha tomonlaridan olingan bir siqim tuproqdan yaratgani sababli, odam avlodi yerning turiga o’xshab, “qizil tanli”, “oq tanli”, “qora tanli” deb tadqiq qiladi. “Yerning Yumshoq, qattiq, nopok joylari bo’lgani kabi insonlar ham turlicha bo’lib, pokiza tuproq odamlari muloyim, karomatli, ulug’ xislatli bo’lib, ular orasida hur va erkin mukarram kimsalar bo’lishi”102 haqida aytib o’tilgan. Shuningdek, kitobning “Qolibi odamiy” ( “odam andozasi”) deb nomlangan faslidagi inson qolipi tuproqning makoni zohir va ayon ekanligi, suvning makoni alohida bo’lib, latifligi, bu latiflik suvning latofatiga o’xshashligi, suvning havoning makoni o’ziga xos bo’lib, suvning makonidan ham latifroq ekanligi, havoda olovning makoni bo’lib, u ham havoning makonidan latifroqligi hamda “ruh” ushbu barch zarlarning zari, haqiqat va mavjudligi to’g’ridagi g’oyalar ilmiy tahlil etilgan.Xususan, “mohiyati ruh misoli bo jasad mohiyati Haq ast”103,ya’ni “ruhning mohiyati misoli jasadda Haqning mohiyati kabidir”- dega talqin inson borlig’idagi har bir unsur o’z makoniga ega hamda “Ruh” mohiyatini barcha unsurlar ichida muhim ekanligi ta’kidlanadi.
Uning “Faslul-xitob” asarida inson borlig’ini daraxtga qiyoslab, inson yog’och bo’lmagan tanadan iborat. Daraxt tomirlariga tayangani kabi, inson ham oyoqlariga turg’azib qo’yilgan. Inson o’zida bir-biriga zid bo’lgan to’rt unsur tuproq, olov, suv va havodan jamlangan “daraxt” deb hisoblaydi.Bu unsurlar bahs, xusumat va nizolarni talab qiladi. Bu bilan Olamdagi barcha narsalar o’zaro aloqada, yerda va samoda yagona qonun asosidagi harakat mavjud ekanligini ifodalaydi. “Tahqiqot” asarida shuningdek, “Dar adl va hikmat bad onki, harchi xudoyi taolo ofaride ast. Dar haqqi odamiy chohor qismat. Yaki onki, ham dar in jahon sudmand ast va ham dar on jahon chun ilm va xulqi neyku dar in jahon ne’mat bihaqiqati on ast”104. Ya’ni, “Hikmat va adolat Undan keyingi, har bir narsaning yaratuvchisi Allohdir. Darhaqiqat, to’rt qismat insonga xosdir. Birinchisi, inson bu olamda foyda keltiruvchidir. Ikkinchisi, Inson har ikki olam gunohkoridir, g’ayri insoniy va jirkanch, yaramas hamda falokat va baxtsizliklarning haqiqati u bilandir.Uchinchisi, kaltafahmlar uchun bu olam keng rohat qiladigan joydir.To’rtinchisi esa,
olamdagi rohatlanish, lazzatlanish uchun qilingan riyozat xuddi shaytoniy shahovatga o’xshashdir.Muhammad Porsoning “Faslul-xitob” asarida inson nuqsonlari quyidagilardan iborat:
Insonning banda ekanligi.
Insonning borlig’i Alloh borlig’ining o’zidan emas, balki u yaratilmishdir.
Insonning johiligi uning nuqsonlarining avvalidir.
Muhammad Porsoning fikricha, “inson” nomi bilan yaratilgan mavjudot uch xil bo’ladi:
Birinchisi, aqli to’liq shakllangan va aniq bo’lmagan tasavvurlarga qaram odam.
Ikkinchisi, turli e’tiqodlarga taqlid qiluvchi odam.
Uchinchisi, o’zining nafsoniy istak-mayllariga qarshi kurashib, nafsini tozalagan va o’zining yomon sifatlaridan voz kechgan komil inson.
Asarda inson bilimlarini ham uch martabada hosil bo’lishi haqida fikr yuritiladi. Ulardan biri, “ilmul-yaqin” insonning mushohada shu’lasi ma’lum va muhaqqiq ravshanlashish va ro’yobga chiqish martabasidir. Ikkinchisi, “Aynul-yaqin” mushohada va mu’oyin(kuzatish) orqali bo’ladi, xayol va asmo al-husna bilan dil xotirjamlikka erishadi. Uchinchisi, “Aynut-tavhid” ya’ni Haqning yagonaligini bilish, Haqni tanimoqlik, unga erishishdir105.
Porsoning fikricha, ilm Haqqa yaqin bo’lish va uning sifati, ulug’ vasila hisoblanadi. Ilm vositasi bilan ulug’ darajalarga yetishish mumkin. Biroq, inson ilmdan mol to’plashda, obro’ keltirish yoki dunyodagi chiroyli ne’matlarni qo’lga kiritish vositasi deb bilmaslikka chorlagan. Ilmni hayotning mazmuni va oxirat uchun ogoh bo’lgan holda ishlatish lozimligini uqtirgan. Ilmni kasb etgan olimlarning toifalari mavjud bo’lib, Birinchi toifa: zohiriy ilmlarni egallagan olimlar; botiniy ilm sohiblari;
Zohiriy va botiniy ilmdan xabardor olimlar; Ikkkinchi toifa : 1. til olimi, dil johilidir-ular Allohdan qo’rqish va oxiratdan umidvorlik yo’q; 2.ilm o’rgatish va yoyishda mol-u obro’ topish, xalq qabuli va mansab uchun intiladi; 3. Nafs havolari g’olib bo’lgan, ilmi nafs-u havosiga bo’ysungan, ilmiga amal qilmaydiganlar.
Xususan, “Faslul-xitob” asarida “Nafs haqqi va nafs nasibasi orasidagi farq” konsepsiyasining ijtimoiy-axloqiy ahamiyati ham ochib berilgan. Unga ko’ra, nafs hadga ega bo’lib, dunyoviy va diniy halal uni to’sib turadi. Insonlarda nafsning hadda o’tishi, nafsning nasibasi hisoblanadi. Chunki, inson o’z ehtiyojlariga, o’z mijoziga ko’ra zaruriyatga ega bo’ladi. U tabiiy va ruhiy me’yor sohibi bo’lib, uning kamoloti shu me’yor106 ning saqlanishiga bog’liqdir. Har bir inson o’z nafsini tanishi, nafsning talablarini bilishi va uni me’yorda saqlanishi muhim. Muhammad Porsoning “Tahqiqot” asarida “Hazrati dil’ konsepsiyasiga ko’ra, “dil’ ilohiylik va insoniylik o’rtasidagi oxirat ko’zi ekanligi yoritilgan. Inson saltanati “Hazrati dil” ga har jihatdan bog’liqdir. Insondagi sifat o’zgarishi aynan dil orqali amalga oshadi. “Dil’ni xasta qiluvchi: behuda va foydasiz gaplarni ko’p gapirish; johillar va g’ofillar bilan majlis qurish va xushchaqchaqlik qilish; harom narsalarni yeyish vaichish; me’yordan ortiqcha kulishdan kelib chiqadi. Sog’lom va nosog’lom dil xususidagi fikrlarining mohiyati quyidagicha ochib berilgan: nosog’lom dil ortiqcha yeyish, ichish, ta’qiqlangan narsalarni yeyishdan vujudga kelgan lazzatdan o’zida toat topa olmaydigan, so’kirlik kasaliga chalingan dildir; sog’lom dil esa, tavhid nuriga to’lgan, ixlos, zuhd va qanoat, ilmdan, sabrdan to’yingan dildir. Shu bilan birga, “Nafs haqqi va nafs nasibasi orasidagi farq” konsepsiyasi axloqiy g’oyaga bo’ysundirilgani va komillik mezonlaridan biri sifatida talqin etilgani, inson nafsini tarbiyalashda ustoz mas’ulligini, ustozi bo’lmagan inson ustoz topgunga qadar nafsini tanishi va tiyishi lozimligi ham aytib o’tilgan.
Sharq mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri Farididdin Attor107 insonning ilohiy olam sirlarini hech qachon tushunolmasligi o’zining qarashlari bilan tahlil qilishga uringan. Allohni tanimagan, Uning ma’rifatini bilmagan odam bu tafakkurdan musovo ekanligi aytib o’tilgan. “Agar odam Allohni bilsa, o‘zining ham naqadar aziz, sharafli zot ekanligini tushuna boshlaydi. Buni tushuna
boshlagach esa odam o‘zidagi yomon fe’l-atvor, tuban qiliqlar, baxillik, ichi qoralik, badnafslik, boshqa insonlarga jabr-zulm qilish, kibru havo, jahl-g‘azab bilan kamtarin, sofdil odamlarning dilini og‘ritish — inson ishi emasligini, odam tabiatiga nomunosib ekanligini tushuna boshlaydi”.108
Farididdin Attorning fikricha, inson ilohiy sirlar olamidan tashqaridadir. Agar, ichkarida bo‘lsa, bu olamda axmoqona, gunoh ishlar bilan, vayrongarchilik bilan, jabr-zulm qilish bilan o‘zini do‘zaxga tayyorlamas edi. Shu sababli, sofdil insonlar bu dunyoda mashaqqatda yashaydilar.109 Insonlar bu moddiy olamda ko’rinmasdir, chunki bu Olam cheksiz va Haq shu qadar ulug’, qudratliki Yaratuvchining olamlarni, hayotni qanday yaratganligini bilishga inson aqli ojizdir, yaxshisi - inson o‘zini turli illatlardan poklab, Yaratganga shukronalar aytib yashashi kerakligini ta’kidlaydi. Attorning “ Mantiq ut-tayr” dostonida nomi keltirilgan har bir qushning sifatlari inson sifatlari yanglig’ o’xshatishlar va vazifalar taqsim qilib berilgan. Masalan, Hudhud- yo’lbochi, xabarchi; Devni(nafsni) zindonband qilguvchi; Musicha- ma’rifat kuyini chalguvchi;Kaklik- haq yo‘lida hormay xirom etguvchi, irfon ko‘chasida noz bilan sayr etguvchi;Qarchig’ay- Azal ishqi nomasini oyoqlaringga bog‘lovchi; Durroj-Alast me’roji, nafsni «bale»dan bezor qilguvchi; Bulbul- ishqning dardu dog‘idan nola qilguvchi, vujudni mum(yumshatuvchi) qilguvchi; Tustovuq- uzoqni ko‘ruvchi, ko‘ngil chashmasini nur dengiziga cho‘mgan holda ko‘rguvchi; Qumri- yomon yo‘lga boshlovchining boshini uzguvchi va hokozo.
Inson gavhar( boylik)ni doimo sevadi, lekin “gavharning asli usti biroz bo’yalgan toshdir. Inson ana shu tosh savdosida (g‘avg‘osida, ishqida) dilin toshday qotib qolibdi. Agar ustidagi rangni ko‘chirib tashlasang, gavhar bir tosh kabi bo’lib, qaysi insonkim rangi yo‘q ekan, u shubhasiz, toshning o‘zi bo‘lib qoladi. Qaysi insondaki “ruh” bo‘lsa, u rangni istamaydi, chunki mard (asl inson) tosh istamaydi”110,-deb tushuntiradi.
Uning ta’kidlashicha, inson ma’naviy dunyosida insof najot sultonidir. Agar inson insof bilan ish qiladigan bo’lsa, bu bir umr namoz o’qib, boshini sajdaga qo’yishidan ko’ra yaxshiroq. Jahonda odamlarga beg’araz insof bilan muomala qilish, insonlarga bildirmay hojatlarini chiqarishdan ulug’roq savob, yaxshiroq javonmardlik yo’q. Kimki oshkoro ravishda insof ko’rsatsa, bunday odamda riyo kam ko’rinadi. Inson Haq yo’liga kirsa boshqalardan insof talab qilmaydi, ammo o’zlarida insof ustuvor bo’ladi, u uchun inson borini bag’ishlaydi.111
Farididdin Attorning e’tirof etishicha, inson tuproq va ruhdan tarkib topgan bo’lib, buning sababini Allohning o’zigagina ayon. Inson Iblis qutqulari(shubha, gumon) bilan doimo kurash olib borishi, Alloh sari talabda bo’lishlikdan to’xtamasligi lozim. Mard inson Alloh talabida intizor bo’lib, hatto yuz jonni Alloh yo’lida nisor qilishga tayyor turmoqligi kerak. Har bir o’tadigan oni talab bilan mashg’ul etsin. Agar bir lahza bu ishdan to’xtasa, inson bu yo’lda beadablik qilgan murtad( rad etilgan) bo’lib qoladi.
Agar insonning birinchi qadami xato bo‘lsa, uning keyingi qadamlaridan ham foyda yo‘q. Inson avvalo manmanligini yo‘qotib, o’zligini topmoqligi kerak. Chunki bu dunyo mashaqqatli tor bir saroydir. Bunday tor va qorong‘i joydan qutulish uchun insonga ilm chirog‘i mayoq bo‘lishi kerak. Insonga ilm javhari jonbaxsh bo‘lib, najot yo‘lini ko‘rsatadi. Agar inson ilmsiz bo‘lsa, boshdan-oyoq qorong‘ilikda qoladi. Agar inson ilm javhari atrofida aylanaversa, ammo uni topmasa ham, pushaymon bo‘lmaydi,balki bundan xushnudlik topadi.Inson oxiratda baxtsiz bo‘lgandan ko‘ra bu dunyoda yomon ishlardan pushaymon bo’lish yaxshiroqdir. Insonning joni bu dunyoda ham, u dunyoda ham faqirdir.Aniqrog’i, bu dunyoda insonning joni, ya’ni ruhi g‘arib va u dunyoda esa insonning tani zaifdir. Inson bu zaiflikdan qutulishni istasa, g‘arib ruh yashayotgan joydan tashqariga chiqishi lozim, ana shunday joylar xos odamlarning joyidir.
Farididdin Attorning fikricha, Inson ko’za, ilohiylik esa daryoga qiyoslash mumkin. Agar ko’zani suvga botirganda, uning ichi suvga to’lguncha quldirab ovoz chiqaradi, ammo ichiga suv to’lganidan keyin u ovoz chiqarmay qo’yadi, daryoga qo’shilib ketadi. Attor bundan shunday xulosaga keladi: biz aslimiz Ilohga yetguncha nola qilamiz, Ilohga yetgandan keyin esa, U bilan birlashib ketamiz, nolamiz ham tugaydi. Bundan tashqari, ko’zaning vujudi loydan, insonning vujudi ham shunday: uning ichi suvga, ya’ni ruhga to’la, loydan asar ham qolmaydi. Daryo ichida qalbing ham daryoga aylanadi, qalb ko’zi ochiladi.112 Alqissa, Inson ruhi qalbning ilohiy ko’zgusidir. Har bir insonda ruh mavjud ekan, u o’zidagi ilohiy tomoni anglashi va unga intilmog’i kerak. Inson o’zidagi buyuk olamni tushunish orqali Haqni ham anglab yetadi. Shuning uchun inson o’zini anglasa Haqni ham anglashga qodir bo’ladi. Bu yo’lda insonning o’zi ham yuksaklik sari intilmog’i lozim.Yuksaklikka ko’tarilmoqlik uchun esa insonga yashash tarzi, qilgan amallari va qilmishlari tirgak bo’ladi.
Abdurahmon Jomiyning insonparvarlikka yo’g’rilgan qarashlari uning qator
asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning "Nafohot ul-uns" asari tasavvuf tarixini o`rganishga katta manba hisoblanib, unda 616 ta mutasavvif hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berilgan bo`lib, ulardan 34 nafari ayollardir. Jomiy o‘zining «Lavoyiq» («Lavhalar») va «Sharqi Ruboiyot» asarlarida olamdagi barcha narsalar (jumladan, inson ham) bosqichma-bosqich Xudodan emanatsiya yo‘li bilan kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi qarashlarini bayon etgan.113
Allomaning “Subhat ul abror” dostonida futuvvat avvalo inson past xislatlarni tark etib, oliyjanoblikni kasb etishligi lozim deb hisoblaydi. Futuvvatning birinchi sharti miskinlar(bechoralar) dardiga davo bo’lish deya ta’kidlaydi:
Chand ro’ze zi mustaqimon bosh,
Dar payi hojati miskinon bosh.
Sham’ shav, sham’, ki xudro so’zi,
To ba on bazmi kason afro’zi!
(Mazmuni: Bir necha kun din-u diyonati mustahkamlar safida bo’l, miskin, g’ariblarning hojatini chiqarishni o’yla. Sham bo’lgin, sham, toki o’zing yonib, o’zgalar bazmini yorita olsang!)114.
Ushbu ruboiyni tahlil qilsak, inson sham misoli yonib o’zgalar hojatini chiqarish (kulbasini yoritish), beva-bechoralarga yordam berish inson uchun sharafli va oliyjanob xislatdir. Inson faqat o’zini o’ylamasdan o’zgalar haqida ham qayg’urishi bu ezgu g’oya insoniylikni ilohiylik darajasiga ko’targanlar. Jomiy javonmardlik etagini tutgani hisobga olsak, javonmard inson hammaga birday saxovat qilmoqligi, insonlarga bir xil ko’z bilan qarab, faqat o’zini o’yla masligi lozim.Bu komil insonning sifati ham, chunki ko’z komil inson timsolidir. Komil inson hech qachon o’zini o’ylamaydi, u hamisha boshqalar g’ami bilan hayot kechiradi.
Allomaning “Bahoriston” asari ham umuminsoniy aqidalar va insonparvarlik g‘oyalarining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Jomiy o‘zining insonparvarlik g‘oyalarini obrazlar orqali ham, xususan asosiy syujet chizig‘idan tashqarida qoladigan chetga chiqishlar va muayyan boblarda ham ifodalab bergan. Mutafakkir bu asarda o’zining ezgu g’oyasini do‘stlik, kechirimlilik, murosa va adolat kabi xislatlar orqali ochib berib, hikoyat, naql, go‘zal baytlar bilan jamlangan sakkiz jannat ravzasiga qiyoslagan.
Bu asaridagi birinchi ravza - darveshlar haqida bo’lib, bir nechta hikoyalar orqali inson yuragidagi kibrni yo’q qilishdan ko’ra igna bilan tog’ni qo’porish osonroq ekanligi aytilgan. Chunki kibrsizman deyishi qiyin, chunki inson o’zidagi kibrni ko’ra olishi qiyin, xuddi bu “qorong’uda chumolini izini ko’rishga urinish” kabi deb uqtiradi. Keyingi o’rinlarda esa do’stlikka to’xtalib, inson chin do’stligi mehr rishtasi bilan bog’langan bo’lib, agar do’stiga qiyinchilik kelsa,do’st do’stdan qochmaydi, balki unga yordam qo’lini uzatadi. Uning fikricha, bu dunyoda biror narsa evaziga yoki biror narsani ko’zlab, do’stlik qilgan kishidan ko’ra xunukroq narsa yuq. Mard inson bo’lishni xohlasang, ikki xislatni o’zida kasb etishlikni aytiladi: birinchisi o’z do’stlarining kamchiligini kechirishlik, hatto xatolari ko’p bo’lsa ham; ikkinchisi ketidan uzr so’raydigan ish qilmaslik.
Insonda barcha yaxshilik jam bo’lsa, xuddi bir uy misoli, uning kaliti tavozu va kamtarlik bo’lsa, insondagi barcha yomonlik uyining kaliti esa manmanlikdir.
Asarning ikkinchi ravzasi- Donolar hikmati bobida inson “ qo’ldan kelgancha narsalar haqidagi haqiqatlarni bilishga intilgan va bilganlaridan faqat kerakli ishlargagina rahnoma qilgan va shunigina nafsning malikasi deb bilgan kishini donishmand kishidir”115
Jomiy asarda yozadiki, Iskandar bilan hakim suhbatida falsafiy tahlil qilsak, “Inson tani qindir, jon esa qindagi qilich. O’tkirlik va kesmoqlik qilichning ishi”116. Inson xulqi xalqi bilan yaxshi bo’lmasa, uning badanidagi terisi o’z uchun zindonidir,chunki o’z vujudi oh-vohdir, zindon uning oldida oromgohdir.117
Insonning yomon xulqlaridan biri hasad qilish uni doim kulfatga yetaklaydi, xalqdan ta’ma qilishlik insondagi alam tuyg’usining asosi bo’lib, uning bunday qilishligi aqlsizlik deb ta’kidlaydi. Uning fikricha, inson yaxshi hayotni istasa, unda shu besh narsa bo’lishi kerak. Bular: birinchisi-tan sihatlik;ikkinchisi- omonlik; uchinchisi- rizqning mo’lligi; to’rtinchisi- sodiq do’st va beshinchisi esa farog’at.Agar insonda bu narsalar bo’lmasa xushhayot eshiklari yopiq bo’lishi aytilgan.
Jomiy “korxonayi ilohiy” tushunchasi bilan borliq olamini tushunib inson bu olamda yashar ekan “forig‘ o‘lturmoq” – g‘aflatda bo‘lmoq “yaxshi ermasdur” deb, “Dil ba yorlik”ni “Dast ba korlik” bilan birga uyg‘un, mutanosib, mustahkam aloqada bo‘lishi lozimligi va bu yo‘ldagi insonlar birovni og‘irini yengil qilish g‘amida yurishi kerakligini ta’kidlagan. Asarning to‘rtinchi ravzasida himmat va saxovat bobidir, unda pand-nasihat ruhida yozilgan bo’lib, u hikoyatlar orqali yoshlarni, va butun insoniyatni saxovatpesha, muruvvatli bo‘lishga undaydi va o‘zida bo‘lgan bor narsalarni o‘zgalarning baxt-saodati uchun ehson qilish karamlilik fazilati ekanligini aytadi. U ehson va saxovatning qay miqdorda ekanligi emas, balki iqtisodi og‘ir bo‘lsa ham, o‘zidagi bor narsasini berishga tayyor bo‘lish ezgu fazilat ekanligini uqtirmoqda.
Necha asrlardan buyon inson mohiyatini ochib berishda umuminsoniy qarashlari bilan ilm-fanda ulkan meros qoldirgan, Sharqning mashhur shoiri Alisher Navoiyning asarlari bashariyat uchun yirik manba sifatida o’rganish obyektiga aylangan.
Alisher Navoiyning umri oxirida yozilgan-"Mahbub ul qulub" asarida o‘z davri ijtimoiy- siyosiy voqe‘likni hokim mafkura bilan yangicha talqin qilgan. Alisher Navoiy e‘tirof etishicha, ushbu asar insonni ulug‘lash, uni barkamol ko‘rish, zamondoshlari va avlodlarga o‘rnak bo‘lish, yaxshilik va yomonlikni anglash, go‘zallikni ardoqlashda, ezguliklarga intilish, chirkin xislatlar va yovuzliklardan asranishda dastu ul-amal bo‘lish nazarda tutilgan.
Ushbu asarning birinchi qismida bayon etilgan qarashlar shoirning hayotiy tajribalari bo‘lib,unda atrofdagi voqea-hodisalardan doimo ogoh bo‘lishga da‘vat etiladi. Bu da‘vatlar barcha tabaqadagi insonlar uchun tegishli bo‘lib, insonlarni jamiyat hayotida ro‘y berayotgan hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.
Asarning ikkinchi qismida insonning komillikka erishish yo‘li, tasavvuf tamoyillari haqida fikr yuritiladi. “Ushbu qismdan yomonliklardan mosivo bo‘lishning eng to‘g‘ri yo‘li nafsni riyozat bilan mavh etib, sabr-u qanoat bilan pok yashash,ruhni chiniqtira borib,hamida axloqqa erishish xususida fikr yuritiladi. Nafsni mag‘lub etib, ilohiy fayzdan bahra olishning dastlabki bekati-tavbadir.Tavbadan murod haq yo‘liga kirgan solikning barcha yomon ishlardan ogoh bo‘lib, ulardan butkul voz kechishi,har taraflama poklanishdir”118.
O‘n fasldan tarkib topgan asarda bu qismida jami 1ta masnaviy, 3 ta qit‟a, 4 ta ruboiy, 14 ta bayt, shuningdek hikoya va maqomatlar keltirilgan. Asarning “Mutafarriqa favoid va amsol surati” (“Turli foydali maslahatlar va maqollar”) deb nomlangan qismida axloq masalalariga doir 400 yaqin maqol va hikmatli so‘zlar qo‘llangan bo‘lib, adib ular orqali pand-nasihat berib, go‘zal insoniy fazilatlarni egallashga, yomon illatlardan saqlanishga, ilm o‘rganishga, yaxshilarga yor, muhtojlarga madadkor bo‘lib, xalq va Xoliq oldidagi burch, vazifalarini halol ado etishga da‟vat etadi”119.
“Mahbub ul-qulub”da Navoiy bevosita o‘z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga baho beradi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligini boshqa asarlaridagiga qaraganda kengroq, chuqurroq va aniqroq bayon etadi”120.
Pandnoma “Odil salotin zikrida”sharhida adibning bir umrlik orzusi odil podshohlarni go‘zal tashbehlar bilan juda chiroyli tasvirlaydi. ”Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufroqdin gullar ochar va mulk ahli boshig‘a oltun bila durlar sochar. Fuqaro va notavonlar aning rifq va madorisidin osuda, zalama va avonlar aning tig‘i siyosatidin farsuda. Hirosatidin qo‘y-u qo‘zi bo‘ri xavfidin emin va siyosatidin musofir ko‘ngli qaroqchi vahmidin mutmain ”121.
Asarda odil podshoh quyoshga, bahor yomg‘iri,qo‘riqchi, cho‘ponga qiyoslanib, saroy amaldorlarining yaxshi yoki yomon fe‘l sohibi bo‘lishini hukmdorga bog‘liq deb bilgan. Shuning uchun ham podshohning eng yaqin maslahatchisi vazirning vazifasi podshohni to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi, to‘g‘ri hukmlar chiqarishi uchun mas‘ul ekanligi ta‘kidlanadi. U vazir haqida fikr yuritarkan, ”Vazir vizrdin mushtarakdur va bu fe‘l aning zotig‘a ahak va alyakdur.
Bu ishni pisandida qilg‘on Osaf ermishkim, nigini naqshi “qad rahimallohu man an safa ermish”. Dahr elida birovki Osafnihondur, bilgaykim, Sulaymon taxti barboddur”122.
Navoiy ushbu asarida qanoatga shunday ta‟rif beradi: “Qanoat-bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi, u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug‘i izzat va shavkat hosilini beradi, u bir daraxtdirki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir”123. Shuningdek, qanoatli inson nafsning g‘alvasidan qutilishi, do‘st –dushmanga muhtojlikdan xalos bo‘lishi, hayoti rohat va farog‘at bo‘lishi aytib o‘tiladi.Qanoat xalqni ikkita ofatdan saqlaydi: ulardan biri- xasislik, ikkinchisi- tamagirlikdir.
Beshinchi bob sabr xususida bo‘lib,“Sabr - iymonning yarmi deydilar, chunki so‘fiyning dushmani bo‘lgan nafs sabr orqali jilovlanadi,
toatdan halovat topish ham sabr bilan bo'ladi”124. Asarda sabr orqali inson bemor bo‘lsa sog‘likka erishadi, ishqqa mubtalo bo‘lsa, yor vasliga yetishadi, hajr azobini tortayotgan kishilar esa oxirida dildor ko‘rishini isbot etadi. Inson barcha qiyinchiliklarni sabr-chidam bilan yengish, azob-uqubatga bardosh ko‘rsatish orqali baxtga erishish mumkin.
Oltinchi bob “Tavoze‟ va adab zikrida” deb nomlanadi. "Tavoze"-bu odob. Odob kishilar tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlikdan saqlaydi, kattalar hurmatda, kichiklar izzatda bo'ladi va odamni hazil- mazahdan, kamsitilishdan himoyalaydi. Odobli va go‘zal xulqli odamlar ko‘payaversa xalq o‘rtasida mehr– muhabbat oshadi.
Bayt:
Aqlu hikmat ishidur bo‘yla maoshu oyin,
Qayda topqay muni har nafsparastu xudbin125.
Mazmuni: Kimki mehnat qilsa nasibasiga yarasha har oy maosh oladi. Nafsparast xudbin esa axloqsizligi tufayli hech narsaga erisha olmaydi.
Yettinchi hikoyat zikr haqida. Navoiy fikricha, zikr aytish, gapirish demakdir. Inson so‘zlaganda ham gapning o‘rni va vaqtini bilib so‘zlashi kerak. Chunki noo‘rin so‘zlangan nutq boshga balo keltiradi. O‘z vaqtida gapirilgan so‘z esa kishiga boylik va baxt olib keladi.
Navoiy asarlarining deyarli asosiy mavzusi ishq ilohiy ne‘mat, solikning jazbali holati hisoblanib, unga faqat sodiq va pok insonlar yetishishi tasvirlanadi. Adib ishqni quyidagi uch qismga bo’ladi:
1. Avom (omma, ko’pchilik) ishqi. Bu ishqning eng yuqori cho‘qqisi shariy nikoh bilan tugaydi.
2. Xoslar, yapni alohida kishilar ishqi. Mazkur toifaning maqsadi-“ul pok ko‘zni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va ko‘ngul ul pok yuz oshubidin qo‘zg‘olmoq va bu pok mazhar vositasi bila pokboz mahbubi haqiqiy pok jamolidin bahra olmoq”126.
3. Siddiqlar, ya‘ni o‘ta sadoqatli kishilar ishqi. Bundaylar haq tajalliyoti
jamoliga boshqa narsani vosita qilmaydi.Bundaylarning “kamoli visol mayi
zo‘ridin ko‘ngullari behud va mast”127. Bu toifani vosillar, ya‟ni vaslga yetganlar
ham deyishlari aytiladi. Navoiy asarda bunday toifa kishilarni haqni ko‘z bilan
mushohada qilish umidlari o‘zni unutish darajasiga yetgan va bundan ham o‘tib,
halok bo‘lish maqomiga ko‘tarilgan bo‘ladi deb ta‘riflaydi.
Alisher Navoiyning pandnoma ruhida yozilgan asari - " Hayrat ul- abror" o‘zing yuksak insoniy tuyg‘ular- iymon, sahovat, qanoat, vafo, to‘g‘rilik va ezgulik haqida hikmatona so‘zlar bayon etadi. "Hayrat ul-abror" dostonida odamiylik, halollik, vafo, do'stlik kabi masalalarga keng o'rin berilgan. Shoir asardainsonparvarlik, axloq, odobning qadri, insoniyat jamiyatidagi o'rni vatanparvarlik kabi g'oyalar ham g'oyat keng ifodalangan. Navoiyning ushbu asarida ota-onaga ehtirom, ularning xizmatida bo'lish, ularga yaxshi muommilada bo‘lishlik insoniy fazilatning yuksak darajasi sifatida talqin etiladi. Bu ikki zotning xizmatlarini bir xil bajarish, bu xizmatlarni imkon boricha ko'proq ado qilish, ularnjng roziligini olish va pand-nasihatlariga doim quloq tutishlik har bir mo‘min farzandning burchi sanaladi.
Asarning birinchi maqolati- iymon haqida bo‘lib, bu dunyoda inson bo‘lib kelgan har bir bandaning belgisi iymon bilan belgiladi. Insonda sabr, shukr va hayo bo‘lsagina Inson dcgan sharafli nomga munosibdir, buning aksi esa iymondan uzoq bo'lgan kishilarni esa bu nom bilan atab bo'limaydi. Iymon olti qismdan iborat bo‘lib, u har bir kishini olti jihatdan himoya qiladilar. Bular: maqsud, ya'ni Haqning mavjudligini bilmoq; farishtalar; osmon kitoblari; payg'ambarimiz mash'ari; qiyomat va oxirgisi qadar haqida.
Asarning insoning ot chiqarish, nom qoldirish, ismini ulug‘lash uchun barchaga ko‘z-ko‘z qilib boylik sochishi va manfaat istab hayr-ehson qilishi aqllilarga munosib ish emas.Bu mast yoki jinni kishi bunday bema'ni ishga qo'l urishi mumkin.
Navoiy asarning oltinchi maqolati-odob xususida. Inson el-yurt oldida molu dunyo, shon-sharaf, obro‘ bilan sharaf topmay, balki uning axloqiy xislatidan hayo va odob bilan e‘zozlanadi deb ta‘kidlaydi128. Odobsiz kishilar izzatli bo'lmaydilar. Odobsizlikning belgisi-bu kulgu bo‘lib, u insonni yomon ko‘rsatib qo‘yishga olib keladi. Kulgu o'z haddidan oshgach, yig'lash undan ko'p yaxshiroq bo'lib qoladi. Odobli insonlar kulguga ko'p ham og'iz ochavermaydilar. Lekin ayni vaqtda hayo va odob kelsa, darhol kulgu daf bo‘ladi. Har bir aql-hushli inson o'z so'zini aql bilan so'zlaydi. Mast odamgina shovqin-suron solib gapiradi. Inson odobda uning muayyan shartlariga amal qilmoqligi muhimdir. Har kishiga muomala qilinganda, uning senga nisbatan yoshi, obro'-e'tibori, qandayligi hisobga olinishi kerak. Agar boshqalarning obro'yi senga nisbatan pastroq bo'lsa ham, baland bo‘lsa ham, uning mavqeyiga qarab emas, barchaga birdek yaxshi muomalada bo‘lish kerak. Sening martabangdan past insonlarga yoqimli muomalada bo'lish, unga hamisha yaxshilik qilish, ularning ahvollaridan xabardor bo'lib turish zarurdir. Shuningdek, inson oilasi va ayoliga ham mehribonlik ko‘rsatish, farzandlarini kichiklikdan parvarish qilishi, farzandga yaxshi ism qo'ymoq va bolaga ta'lim berish va ilm-u odobni o'rgatish uchun yaxshi muallim topish muhim ekanligi bayon etiladi. Bolani tarbiyalashda unga shafqat ko'rsatish, uni taqdirlab borish ham darkor, lekin bu xil ishlar: maqtash, mukofotlash haddidan oshib ketmasligi kerak. Bolaga mehrni ham, jazo berishni ham me'yoridan oshirmaslik keyinchalik bola uchun yaxshi odob uchun xizmat qiladi. Odobning yana bir ko‘rinishi - bu siylai rahm bo‘lib, inson qarindoshlarga sadoqat, ularga mehribonlik, doimiy aloqada bo‘lishni, qarindoshlarning barchasi bilan doimo munosabat bo‘lish, yoshi ulug‘larini xizmatida bo‘lishlik, kichiklariga shfqat va tengqurlariga ehtirom ko‘rsatish haqida nasihat qilinadi.
Asarning to‘qqizinchi maqolati “Ishq o’ti” qismi boshida Alloh Insonning tuproqdan yasab, keyin unga tong saharlab taniga ruh kirgizgani aytib o‘tilgan129.
Insonning ma'naviy kamolotini yuksaltirishda Alisher Navoiyning tasavvufga oid asargina emas, uning g'azallaridan ham "ma'nolar xazinasi"ni kafsh etish mumkin. Najmiddin Komilov o'zining "Tasavvuf" asarida shoirning "Qaro ko‘zim" g'azali tahlil etgan. Bu g'azal quyidagicha boshlanadi:
Qaro ko‘zim, kelu mardumliq emdi fan qilg‘il,
Ko‘zim qarosig‘a mardum kibi vatan qilg‘il.
Xususan, ushbu g‘azal oshiqning yetuklik va kamolot timsoli- Komil insonga muhabbati ifodalangan.130 Chunki tasavvufiy istilohlarda ko‘z- Komil inson timsoli hisoblanadi. Ko‘zni sevish orqali Allohni sevish ifodalanadi. G‘azalning har bir baytidan tasavvufiy ma‘no- mazmunga boy timsollar, tashbexlarni uchratish mumkin. Xususan, Komil inson shoir uchun eng aziz, eng mahbub, eng qadrli va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga intiladi, unga talpinadi, butun vujudi bulan shu vujudga singib ketmoqchi bo‘ladi. U Yorini shu darajada sevadiki, uning har qanday jafosiga chidashga tayyor, hatto u Yordan xokisor oshiqni azoblash, qiynoqlar girdobiga tashlashni istaydi. G‘azalning keyingi baytlariga kelib, murojaatlar va iltijolar falakka qarab nola fig‘on bilan so‘zlashga o‘tadi. Mazmunan shoir odamning loydan yaratilgani, Haqqa bo‘lgan ishqning azaliy va abadiyligi, Odam atodan qolganligiga ishora etadi. Mutlaq ruh dunyoniyaratar ekan, unga o‘z nurini taratib(tajalli etib) harakatga keltirgan. Husnu jamol bag‘ishlagan. Dunyo - kasrat, ya‘nh ko‘plikni anglatadi, bunda Ilohning sifatlari mujassam.Dunyo bepayon va Iloh manbasiga nisbatan qorong‘uroq-zulmatlidir. Inson esa tajalliyotning oxiridir, u asl manbaga qaytishga intiladi, chunki u Mutlaqiyatdan ajralgan, hijronda. Lekin dunyo tashvishi, zulmatini yengmasdan turib, Mutlaq ruh jamoliga musharraf bo‘lolmaydi. Haq visoliga erisholmaydi. Inson falak aylanishi, zamonlarning o‘tishi, tabiat qonuniyatlariga qarshilik qilishga ojiz. Shuning uchun inson Yor visoliga intilishi, g‘animat damlarini behuda o‘tkazmay umr shodliklaridan bahramand bo‘lishi lozim. Inson bunda o‘tkinchi dunyoga mehr qo‘yish, olam-olam qo‘shin yig‘ib jahongirlik qilish, molu mulk yig‘ishga berilmasligi da‘vat etadi. Zero, qancha mehr qo‘yma, dunyo baqosiz,faqat ilohiyot abadiy,vafoli yor ham Allohning o‘zi bo‘lishi bayon qilingan. Alqissa, oshiqning Yor visoliga intilishi cheksiz bir orzu, qo‘l yetmas idealiga talpinish hisoblanadi. Zotan, axloqiy poklanish va bu poklikka muhabbat mutassil davom etadigan ,chin inson qalbini yondirib turadigan tuyg‘udir. Yor diydori orzusi yuragini band etib, zo‘raysa,to‘lib toshsa Yor o‘qi dardiga giriftor yurak hamma vaqt yoniq, mash‘alador bo‘ladi131.
Mirzo Abdulqodir Bedil132 umri davomida xalq hayotini yaqindan о‘rganib,
zamon evrilishlari va munofiqliklarini kо'rdi, bularni о‘z ijodida aks
ettirishga, insonlarni doimo yuksaklikda, ittifoqlik va mehr-muruvvatlilikda bo‘lishga chaqirdi. Mirza Bedilning inson to‘g‘risidagi qarashlari asosini hamma narsa Xudoda o‘z ifodasini topganidek, Xudo ham hamma narsada o‘z ifodasini topadi degan qarashga asoslanadi. Uning fikricha, Koinot abadiy, uni hech kim yaratmagan, inson esa, real borliqning, koinotning mahsuli hisoblanadi. Shuning uchun faqat insongina Olamni bilishga qodir.
Bedilning fikricha, bilish murakkab jarayon bo‘lib, ikki yirik bosqichga ega: hissiy va aqliy bosqichlaridir. Bilishning birinchi-hissiy bosqichi borliqning tashqi ta’siri natijasida hosil bo'ladi. Hissiy bilish bosqichida, asosiy
rolni inson sezgilari orqai anglash mumkim: hidlash (shoma), ko‘rish (binoi), ta’m
tuyg‘usi-maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri sezishi-paypaslash (lomisa).Bilishning ikkinchi- aqliy bosqichida sezgilar orqali anglangan bilim bu yerda charxlanib ,mukammal holga keladi.Inson aqlida tashqi olamdagi barcha narsalarning suratlari, obrazlari o‘z ifodasini topadi. Fikrlar, mulohazalar tashqi olamning inson miyasidagi in’ikosidir.133
Najmiddin Komilovning e’tiroficha, Bedil ijodi- bu faylasuf so’fiy shoirning tafakkuri va kechinmalari, hayotga, Ilohga, insonga munosabati, an’anaviy hikmatlarni yangi zamon talablari bilan muvofiqlashtirib, xalqning dardu hasrati, turmush chigalliklari va oliy haqiqatlarni ifodalagan o’ziga xos bir murakkab va jozibali badiiy olimdir. Bedil qarashlarining boshqa so’fiy shoirlardan farqi-Ilohdan insonga qarab emas, balki insondan Ilohga qarab borish g’oyasi yotadi.134
Xususan, insonparvar shoir insonni birinchi o’ringa qo’yganligi bois, uning tabiatidagi yolg’onchilik, ishyoqmaslik, ochko’zlik, xiyonat, jaholat va zolimlik kabi yomon illatlarni badiiy vositalar va san’atlar yordamida tanqid qiladi, aksincha, undagi kamtarlik, saxiylik, haqgo’ylik, donishmandlik, vafodorlik va mehnatsevarlik kabi yaxshi fazilatlarni ta’rif va tavsif etadi. Bedilning ijodida borliq va inson o’rtasidagi robita masalasi asosiy o’rin tutadi, chunki u bu falsafiy masala bilan doimiy ravishda shug’ullanib, faqat o’zigagina xos bo’lgan dunyoqarashni takomillashtirib bordi.135
Bedil insonlarni xalqdan keladigan yaxshilik va yomonlikka adovat qilmaslikka, ularni afv etishlikka, inson kibr-hasadga berilmaslik kerakligi, chunki Insonga sajda qilmay jannatdan quvilgan shayton kabi kibrga ketmaslikka chaqiradi. Insonni mansab, shon-shuhratga berilishlik inson uchun azobdir, chunki hasham insonni soflikdan yiroqlashtirib qo’yadi.Mansab sabab inson savobli ishlarini bajarishlikni unutadi. Chunki uning mavqeyiga to’g’ri kelmasligini id’dao qilishni boshlaydi. Qancha inson yuqorilagan sari undan pastdagi insonlar unga kichikdek tuyula boshlaydi. Uning asarlarida insonning jamiyatda tutgan mavqei,ma’naviy-axloqiy fazilatlari, inson erkinligi, kishi tafakkuri hurligi, insondagi kamchiliklar: tanballik, makr, xiyonat, qalloblik, ochko‘zlik, xasislik, kibr-u havo, manmanlik kabi illatlar bilan tinimsiz kurashi insonning o‘ziga bog’liq deb hisoblaydi. Uning qilgan yaxshilik-u yomonliklari, insonning buyukligi va uning amallari insonni yo jannatga yetaklashi, yoki do’zax oloviga otilishini belgilovchi mezon faqat insonni o’zida bo’ladi.
Shoir ijodining o’ziga xosligi- komil inson qiyofasini, uning ezgu xislatlarini yerdagi oddiy insonlardan izlaydi va har bir insonni o’zligini tanishga chaqiradi.Uning fikricha: “insonda ikki dunyoning asrori mujassam , balki u ikki dunyodan ulug’roq”,-deb hisoblaydi.
Chunonchi:
Olam - xarob zimiston, bu zulmatda har odam
G ‘ururi shu’lasida kuyadi misoli sham.
Ushbu ruboiyda shoir bu Olamni bir qorong’u va g’arib ekanligi, agar inson o’z g’ururi bilan hayot kechirsa, bu insonni sham misoli kuydirishini aytmoqda. Shuningdek, Bedil inson ruhini olovga o’xshatadi. Insonning badfe’l xulqi uning jismini kul qilmaguncha tinchimaydi.
Bedil qarashlarida insonlarni mehnatsevarlikka targ’ib qilish, mehnatkashlarning jamiyatdagi roli,inson biror bir kasbni egallashga, halol mehnatdan or qilmaslikka,xalq bilan doimo hamnafas yashamoqlikka, odamzod doimo yaxshilar suhbatiga qobilligi, xalqdan ajralishlik xato ekanligi o’z ruboiylarida keltirib o’tadi.
O’zbek faylasufchilardan Ja’far Muhammad(Xolmo’minov) fikricha, Mirzo Bedil qarashlari asosan insonparvarlikni targ’ib etib, insoniy fazilatlarni ulug’laydi, shu bilan birga yomon xislatlar va nuqsonlarni mazammat etadi. U insonni milliy va diniy farqlar nuqtai nazaridan emas, balki umumbashariy inson naslidan ekanligi tushunchasidan kelib chiqqan holda yuksaklikka ko’taradi va aynan shuning uchun ham insonni eng yuksak hurmat va e’zozga loyiq ekanligi, shu bilan birga u insonlarni vatanni sevmoqlikka chorlab, insondagi vatanparvarlik tuyg’usini ulug’lashini asarlarida ilg’ash mumkin.136
Do'stlaringiz bilan baham: |