chalkashgan yeri” (O’.T.I.L.218-bet)ko’chma ma’nosini anglatib kelgan. Bu esa
adib asarining badiiyligini yanada oshirishga xizmat qilgan.
Zakovat har doim shunday uqtiradi:dag’al so’z kishi boshidagi ofat.
(Qutadg’u bilig. 13-bet)
Mazkur”dag’al so’z” birikuvidagi “dag’al” so’zining asl ma’nosi “tashqi
ko’rinishi, tuzilishi beo’xshov,qo’pol, xunuk” (O’.T.I.L.I tom.216-bet)
ma’nosini anglatadi. Ushbu birikuv(dag’al so’z)da “dag’al” so’zining asl
(qo’pol, xunuk) ma’nosidan “kishiga qattiq tegadigan, qattiq botadigan, ”
semasi o’sib chiqqan. Natijada ma’no ko’chishining metafora usuli hosil
bo’lgan. Bunda ikki belgi xususiyatning nisbiy o’xshashligiga asoslanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |