Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich


O‘quvchilarning qizikishi bo‘yicha ta’limni tabaqalashtirish



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/107
Sana08.06.2022
Hajmi7,4 Mb.
#643049
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107
Bog'liq
fayl 1992 20211005

 
O‘quvchilarning qizikishi bo‘yicha ta’limni tabaqalashtirish 
O‗quvchilarning qiziqishi bo‗yicha ta‘lim tabaqalashtirilganda ma‘lum 
yoshdan boshlab qiziqishlar bo‗yicha sinflar, ba‘zan maktablar ham guruhlanadi, 
ularni qiziqtiruvchi fanlar chukqur o‗rganiladi. O‗quvchilarni tabaqalashtirib 
o‗qitish O‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‗g‗risida"gi Qonuni, "Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi" milliy maktablar ta‘limini tashkil etish prinsiplariga 
qarshi emas. U ta‘limni demokratlashtirish prinsipiga tayanadi, chunki unda barcha 
sinflar teng, o‗quvchini qaysi sinfda o‗qishini davom ettirishini o‗zi tanlaydi. 


193 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining umumiy o‗rta ta‘lim maktabi 
bo‗limida shunday yozilgan. 
O‗quvchilar u yoki bu bilim sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishini 
namoyon bo‗lishini ota - onalar, o‗qituvchilar va o‗quvchining o‗zi ham oson 
kuzatishi mumkin. Turli metodikalarni qo‗llagan holda o‗tkazilgan qator 
izlanishlar, qiziqishlarning aksariyat ko‗pchiligi o‗quvchilarda 14 - 15 yoshda 
namoyon bo‗lishini ko‗rsatmoqda. Ushbu yoshdan boshlab o‗quvchilarning 
qiziqishi bo‗yicha tabakqalashtirilgan ta‘limni boshlash maqsadga muvofiqdir. 
Iqtidorli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash 
Iqtidorli odam oddiy qobiliyatga ega bo‗lgan odamga nisbatan jamiyatga 
sezilarli darajada foyda keltirishi mumkin. Shu bois jamiyatimiz va maktab oldida 
hamma vaqt qobiliyatli bolalarga ta‘lim va tarbiya berish muammosi dolzarb bo‗lib 
turgan va dolzarb bo‗lib qolmoqda. Ushbu muammoning keskinligi ijtimoiy ishlab 
chiqarishning borgan sari rivojlanishi bilan o‗sib boradi. 
Talantli bolalarni o‗qitish va tarbiyalash muammosi, ayniqsa, keyingi chorak 
asr davomida keskin tus oldi. Ishlab chiqarishga murakkab zamonaviy texnika va 
ilg‗or texnologiyalarning kiritilishi munosabati bilan jamiyatimizning ekstraklass 
mutaxassislariga bo‗lgan talabi tobora oshib bormoqda. Bunday mutaxassislarni, 
talantli kishilarini o‗qitish, tayyorlash mumkin. Bunday maktablar, ayniqsa
,
AQSH, 
Yaponiya, Angliyada ko‗p. Mazkur maktablar turli nomlar bilan atalsada, ularning 
ijtimoiy funksiyasi bitta: talantli bolalarni izlab topish, mamlakat manfaati uchun 
ularni o‗qitish va tarbiyalash uchun maksimal sharoit yaratishdan iborat. 
Iqtidorli bolalarni qaerda va qanday o‗qitish muammosi yetarli darajada 
o‗rganilmagan va murakkab jarayon hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish 
uchun iqtidorli bolalar maxsus maktablarning tajribasini o‗rganishi hamda ularni 
bitiruvchilarning hayot yo‗llarini kuzatishlari zarur. 
Mamlakatimiz umumiy o‗rta ta‘lim maktabi ish tajribasining guvohlik 
berishicha, u umuman iqtidorli bolalarni namoyon qilish va o‗qitishni 
ta‘minlamoqda. Bizning fikrimizcha, iste‘dodli bolalarni layoqat va qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun maxsus maktablarni bunyod etish ehtiyoji yo‗q. Barcha 


194 
maktablarda o‗qitish shunday yo‗lga qo‗yilishi kerakki, iqtidorli bola oilasidan 
ajralmagan holda maktabda o‗z iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‗lsin.
Talant o‗z - o‗zidan insonning ma‘lum faoliyatidan tashqarida bo‗lmaydi, 
uning shakllanishi ta‘lim va tarbiya jarayonida sodir bo‗ladi. Talant - bu bolaga 
maktab va oila sarflagan mehnat. Tayyor talantni izlab topish - bu muammoning 
yechilishi emas. Muammo esa talantni tarbiyalash, uning tabiiy layoqatlarinn 
rivojlantirishdan iborat bo‗lib, uni har bir maktabda qo‗llay olishdan iboratdir. 
Buning uchun esa har
 
bir maktabda sharoit yaratish zarur. Ushbu sharoitlarni 
yaratish uchun talant nima, talantli bola qanday bo‗lishi kerakligini bilish lozim. 
Psixolog olim N.S. Leytesning fikricha iqtidorli bolalar uchun shaxsning 
quyidagi xususiyatlari xarakterlidir: 
1.
Ziyraklik, zo‗r berib ishlashga doim tayyorlik. 
2.
Mehnatsevarlik, mehnatga tayyorlik, charchamaslik va dam olmasdan qattiq 
mehnat qilishga ehtiyoj. 
3.
Tafakkurning tezligi, aqliy jarayonlarning tezligi, aqlning batartibligi, tahlil 
va umumlashtirish imkoniyati yuqoriligi, aqliy faoliyatning yuqori 
mahsuldorligi. 
Bu qaysi sharoitlar? 
Bu birinchi galda yuksak qobiliyatlarga erishishning 
potensial imkoniyatini aniqlovchi, biroq ularni kafolatlamaydigan ma‘lum tabiiy 
layoqatlarning mavjudligi. 
Aytilganlarga yakun yasab, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1.
Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarning individual xususiyat (qiziqishlari, 
layoqat va ularning rivojlanish darajasi, o‗qishga qobiliyati va h.k.)larni 
o‗quvchilarga individual yondashuv doirasida (ichki tabaqalashtirish) ta‘lim 
va tarbiya maqsadlari uchun hisobga olish va foydalanish mumkin. 
2.
Yuqori sinf o‗quvchilarining individual xususiyatlarini hisobga olish va 
pedagogik foydalanish uchun tashqi ifodalangan tabaqalashtirish muvofiq. 
3.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabida o‗quvchilarning qiziqishi va balog‗at 
yoshiga etganda egallaydigan kasbni loyihalash bo‗yicha ta‘limni 
tabaqalashtirish mumkin. 


195 

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish