1 Ницше Ф. Сочинения в 2 т. т. 1. М ., «Мысль», 1990. С. 735.
2 0 ‘sha manba. С. 43.
3 0 ‘sha manba. С. 44.
4 0 ‘sha manba. С. 45.
www.ziyouz.com kutubxonasi
aybini lsoni dunyoga keltirganlikda ko‘radi. Isoni esa odam larni
shalpaygan, erksiz mavjudotga aylantirib qo‘yganlikda ayblaydi.
Shuni alohida ta ’kidlab o'tm oq joizki, Nitshe - Shopenhauerning
shogirdi. Eslaylik: Shopenhauer axloqiy illatlami birinchi o ‘ringa qo'yib,
fazilatlarni mustaqil hodisalar emas, balki illatlarning aksi tarzida talqin
etgan edi. Nitshe esa bu borada yana ham ilgarilab ketadi: illatlarni
fazilat tarzida, fazilatlarni illat tarzida taqdim qiladi. Uning nazdida,
inson o‘z illatlarini tuzatmasa ham, ularni ochiq, halol e ’tiro f etishi
illatlarim izni fazilatlar orasida berkitib turishdan, fazilatlar bilan
niqoblashdan afzaldir. Nitshe, shu sababdan ham ezgulik, shafqat, burch
kabi tushunchalarni emas, to ‘g‘rilik va axloqiylikni axloqning negizi
deb biladi. D em ak, Nitshe ta ’limotini o ‘rganish uchun ko‘p o ‘rinlarda
unga nivelirning durbini orqali qarash, ya’ni fikrlar ortidagi teskari
m a’noni tushunm oq lozim bo‘ladi. Chunonchi, u Isoni, nasroniylikni,
boya aytganimizdek, aybdor deb sanaydi, ular sha niga achchiq gaplar
aytadi, o ‘zini aksilnasroniy deb ataydi; faylasuf hatto so‘nggi asarlaridan
biriga «Dajjol» nomini ham bergan. Lekin aslida u Isoni, nasroniylikni
sevadi; M en qalban hech qachon nasroniylikka qarshi gunoh ish
qilmaganman, deydi Nitshe. So‘nggi maktublariga esa uning «Xochga
parchinlangan kimsa» deb imzo chekkanligi m a’lum. Bularning sababi
shundaki, mutafakkir insonni ham , Isoni ham, axloqni ham sevadi,
lekin ular o'zlari o ‘zligini namoyon qila olmaganidan, chekiga tushgan
vazifani bajarm aganidan, ko‘tarilishi mumkin bo lgan yuksaklikka
ko‘tarilmaganidan — maydalashib ketgan buyuklikdan g azablanadi, alam
bilan, jahl bilan fikrlaydi. «Jahl kelganda, aql ketadi», degan maqol
nazarimizda ko‘proq Nitshega taalluqli.
Nitshening axloqshunosligi va siyosatshunosligida bo rtib ко zga
tashlanadigan fikr, bu — uning dem okratiyaga tish-tirn o g i bilan
qarshiligi. Demokratiya, uning nazdida faqat bir hil «taraqqiyotga» -
odam larning maydalashuviga, o ‘zlarining teskarisiga aylanib qolgan
mavjudot bo'lishlariga olib keladi. Ana shunday m uqarrirlik bilan
insoniyatning qum-quyqasi paydo bo‘ladi: hammasi nihoyatda bir xil,
nihoyatda kichik, nihoyatda dumaloq, nihoyatda yashovchan, nihoyatda
zerikarli, deydi mutafakkir. Demokratiya va sotsializmni u past, quyi,
maydalashgan inson hukmronligining shakllari sifatida talqin etadi. Agar
biz hozirgi eng ilglor G £arb demokratiyasiga nazar tashlaydigan bo lsak,
N itshening xavfsirashi bejiz emasligiga ishonamiz. M asalan, о ta
dem okrtik mamlakatning prezidenti yo bosh vaziri, deylik aw al о z
www.ziyouz.com kutubxonasi
m a m lak tid a bir nech a d a v la tla r d eleg atsiy a larin i qabul q ilish ,
shartnom alari tuzish bilan shug‘ullanib so‘ng, Afrika yoki Yaqin Sharq
mamlakatlari bo‘ylab bir haftalik safarga chiqdi, qaytib kelgach, ikki-
uch shtat yo viloyatda ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatlari bilan shug‘ullandi.
Natijada u soliq deklaratsiyasini o ‘z vaqtida toMdirib berolmadi. Ayni
shu paytda о sha mamlakatdagi xususiy etikdo‘zlik d o ‘koniga ega yoki
tobutsozlik bilan shug ullanadigan fuqaro o ‘z darom adini kamaytirib
ко rsatish yo llarini qidirib topishga urinib, u ham soliq deklaratsiyasini
о z vaqtida to ldirmadi. Natijada millat, mamlakat va davlat manfaatlari
yo lida tinim bilmagan, shu manfaatlarni qonundan ustun ko‘rgan odam
bilan o ‘z foydasini ko‘zlab, qonunni buzgan etikdo‘z yoki tobutsoz bir
xil jazoga tortiladi. Buning ustiga, etikdo'z yo tobutsoz jarim asini to ‘lab
qutilib ketaveradi. Prezident yoki bosh vazirning jazosi ja rim an i
to laganidan keyin boshlanadi; gazeta, jurnal, radio, televideniye —
hammasi rahbarning qonunni buzganligi haqida ja r soladi, uni hatto
davlatni boshqarishga axloqiy jih atd an nom unosib odam deb atay
boshlaydi. V aholanki,
huquq va axloq niqobini kiyib, rah b arn i
sh a rm a n d a qilishga k irish g a n g u ru h n in g m aq sad i b itta — u n i
hokimiyatdan chetlatish, juda b o ‘lmasa, qayta saylanish yoki tayinlanish
imkonidan mahrum qilish ham da shu yo‘l bilan o ‘zgalaming hokimiyat
tepasiga kelishini ta minlash. Bu — axloqiylik niqobidagi axloqsizlik.
M ana shu axloqsizlikni amalga oshirishda — ulkan insonni burdalab-
maydalab tashlashda om m a va ommaviy axloq yordam beradi. O m m a
esa Nitshe nuqtayi nazaridan faqat quyidagi uch xil yondashuvga loyiq
xolos. ular ulug insonlarning zaif, qonsiz nusxalari, buyuklarga qarshilik
ко rsatuvchi kuch, buyuklarning q o ‘lidagi qurol. Ana endi N itshening
a lo odamni axloqdan, qonundan yuksak turuvchi, o ‘zi qonun yaratuvchi
deb ta ’riflashini tushunish mumkin.
G arb dem okratiyasidagi, sotsializm dagi tenglik, b a ’zi h ollarda
adolatsizlikka aylanishining tenglashtirish bilan aynanlashuvining xavfi
borligini Nitshe oldindan ko‘ra bildi. « 0 ‘ta dem okratiya»ning insonga
xavfli ekanini AQSH Prezidenti Bill Klinton ustidan olib borilgan sud
ham ko‘rsatib turibdi. Bu yerda mamlakat, millat manfaati emas, AQSH
Prezidentiga muholifat guruhning maqsadi, hokim iyatni q o ‘lga olish
birinchi о rinda turibdi. Axloqiylik talab qilayotganlarning botiniy va
dahshatli axloqsizligi shundaki, ular, jahon jam oatchiligi oldida AQSH
davlatini, uning dem okratiyasini, xalqi saylab q o ‘ygan prezidentini
sharmandai sharmisor qildilar, bularning ham masi m anfaat yuzasidan
161
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilingan, an’anaviy axloqiy va demokratik mezonlar doirasidagi ishlardir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Prezident Islom K arim ovning
O'zbekistonning o ‘z taraqqiyot yo‘li borligi, biz o‘z huquqiy davlatimizni
kimlardandir nusxa ko‘chirish yo‘li bilan emas, balki o ‘zimizga xos
Sharqona demokratiyani, nafaqat huquqiy balki axloqiy demokratiyani
joriy etish yo‘li bilan qurishimiz to ‘g‘risidagi gaplari nihoyatda e ’tiborli
va qadrlashga loyiq.
Yana shuni ham aytish lozimki, m a’lum m a’noda, Nitsheni olmon
Nostradamusi deyish mumkin. U sotsializmning qisqa vaqt oralig‘ida
o ‘ta terrorchilik vositasi bilangina mavjud boiishini aytadi, uni «dahshat
hukmronligi» deb ta ’riflaydi. Darhaqiqat, Lenin, Stalin sotsializmi ham,
Mao Sze Dun, Pol Pot, Sharqiy Ovro‘pa sotsializmi ham juda qisqa
um r ko‘rdi va shu qisqa muddatda o ‘zini qatag‘onlar vositasidagina
saqlab turdi. Nitshe eng tinch davrlarda, insoniyat urush xayolidan
yiroq yillarda tarixda misli ko‘rilmagan urushlarning ketm a-ket kelishi,
ularda yer yuzida hukmronlik qilish uchun Rossiya bilan birlashgan
Ovro‘pa kuchlarining to ‘qnashuvi haqida yozadi. Darhaqiqat, Nitshe
vafotidan keyin o ‘n to ‘rt yil o‘tar-o‘tmas Birinchi jahon urushi boshlandi,
keyin Rossiya inqilobi, Antanta hujumi, fuqarolar urushi, Stalin va
H itler qatag‘onlari, undan so‘ng Ikkinchi jahon urushi; Xirosima,
Nagasaki fojialari, milliy ozodlik uchun olib borilgan urushlar, Vetnam
urushi, Lotin Amerikasi va Afrikadagi partizanlik harakatlari, fuqarolar
urushlari, Eron, Iroq, Afg‘oniston, Tojikiston... Bunday urushlar hozir
ham davom etm oqda. Uning Rossiya, Olmoniya, hatto Ovro‘pa Ittifoqi
haqidagi fikrlarini ham bemalol bashorat deyish mumkin. U oldindan
ko‘ra bilgan Ovro‘pa xalqlari Ittifoqida har bir alohida xalq, jug rofiy
maqsadlariga muvofiqlashgan chegaralarda muayyan kanton о mini
egallaydi. Ulardagi o ‘zaro munosabatlaming qurolli kuchlar emas, balki
«o‘zaro foydalilik» tamoyili asosiga qurilishini ta ’kidlaydi. Bu Ittifoqning
tuzilganiga, tamoyili haqiqatan «o‘zaro foydalilik» ekaniga, pul birligi
«evro»ning m uom alaga kirganiga o ‘zimiz guvohmiz.
Biroq, bularning ham masi N itshe qiyofasining bir jih ati, uning
ikkinchi jihati ham bor: bir tom ondan, tabiiy tanlov yo‘li bilan, ikkinchi
tom ondan — millionlab ojiz va omadsizlarni zo‘rlik bilan yo‘qotish
yo‘li orqali kelajak odamini yaratish kerak, deydi u. Boshqa bir o'rinda
u, hayot — urushlar natijasi, jam iyat — urush quroli, urushdan bosh
tortish katta miqyosdagi hayotdan bosh tortmoq demakdir, degan fikrni
aytadi. N itshe insoniyat kelajagida ikki yo‘nalishni ko‘rdi: biri —
www.ziyouz.com kutubxonasi
sotsializm , ikkinchisi
fashizm , u so tsializm n in g te rro rla ri-y u
tenglashtirishlaridan nafratlanib, fashizmga yon bosdi. Shu m a’noda
buyuk olmon yozuvchisi Tom as M anning, Nitshe fashizmni em as,
fashizm Nitsheni bunyodga keltirdi, degan fikri ham diqqatga sazovor.1
Xullas, Nitshe axloqiy ta ’limoti g‘oyat o ‘ziga xos. Bu ta ’limotdagi
ikki xil qarash о zaro dialektik munosabatni inkor etadi. Unga beqarorlik
falsafasi — sinergetika nuqtayi nazaridan yondashmoq lozim. Nitshening
timsolli tili bilan aytadigan b o ‘lsak, bu «yoqimsiz haqiqatlar» faylasufi
yangi va nihoyatdamiqyosli falsafiy yo‘nalish yaratdi. Biz istaymizmi,
yo qmi, uning ta ’limoti ko‘pgina nuqsonlarga qaram ay, jahon falsafasi
taraqqiyotiga katta hissa b o ‘lib q o ‘shildi; hozir ham uning eng ilg‘o r
qarashlari yangi-yangi falsafiy oqim larning yuzaga kelishi uchun turtki
vazifasini o'tam oqda
Do'stlaringiz bilan baham: |