1
9-MA’RUZA: O’ZGA GAP VA UNING TURLARI.
O'zga gap va uning turlari
Ayrim hollarda so'zlovchi o'z nutqida o'zganing gapini ham ishlatishi mumkin.
Bunday qo'llangan o'zgalarning gapi so'zlovchi nutqida hech qanday o'zgarishsiz
yoki mazmuni saqlangan, ammo grammatik xususiyatlari o'zgartirilgan holda
qo'llanishi mumkin.
Shunga ko'ra o'zga gap, asosan, ikki turga bo'linadi: 1) ko'chirma gapli qo'shma
gap. 2) o'zlashtirma gap.
Mazmuni, leksik va grammatik xususiyatlari o'zgartirilmay, aynan berilgan o'zga
gap ko'chirma gap deyiladi. Bunday gap odatda so'zlovchi (avtor) gapi bilan birga
qo'llanadi. Shuning uchun ham ko'ehirma gap ikki qismdan iborat bo'ladi: 1)
ko'chirma gap (o'zganing gapi), 2) avtor (so'zlovchi) gapi.
Ko'chirma gap so'zlovchi avtor (gapi bilan birga qo'llanadi) va so'zlovchi gapi
ko'chirma gap kimning gapi ekanligini bildiradi.
So'zlovchi gapining kesimi ko'pincha dedi, deb so'radi, deb javob berdi, gapirdi,
so'zladi, aytdi kabi fe'llar bilan ifodalanadi. Ko'chirma gap so'zlovchi gapidan oldin
va keyin keladi. Shuning uchun so'zlovchi gapi ko'chirma gap ichida va ko'chirma
gap avtor gapi ichida keladi.
Agar ko'chirma gap darak gap shaklida bo'lib so'zlovchi gapidan oldin kelsa,
ko'chirma gapdan keyin vergul va tire qo'yiladi va ko'chirma gap qo'shtirnoq ichiga
olinadi.
Masalan: "Men maymunjon tergani shu yerga kelgan edim —dedi Qo'ziboy.
(H.N.) ko'rinishi "K"-, S.
Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa, so'roq va undov
belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi: "Ota, qayergacha quvib
bordingiz?" - dedi Haydarov cholning gaplarini tez-tez yozib borarkan. (S. A.)
"K"?- S. "Xat !" xat!" deb shivirlashdi bedapoyaga yugurgan bolalar. (H.N.)
"K!"—S.
Agar ko'chirma gap so'zlovchi gapidan keyin kelsa, so'zlovchi gapidan keyin ikki
nuqta qo'yiladi. Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa, so'roq
va undov belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin, ko'chirma gap darak gap bo'lsa,
nutq qo'shtirnoq yopilgandan keyin qo'yiladi.
2
Dedi: "Qaydin sen, ey, Majnuni gumroh!"
Dedi. "Majnun Vatandin qayda ogoh "
S: "K?" S: "K!" S: "K." So'zlovchi gapi ko'chirma gap ichida kelsa, tinish belgilari
quyidagicha ishlatiladi: Ko'chirma gapning uzilgan qismida vergul, nuqtali vergul,
ikki nuqta qo'yilgan bo'lsa yoki hech qanday tinish belgisi bo'lmasa, so'zlovchi
gapining har ikki tomonidan vergul va tire qo'yiladi. Masalan: Kampir ketish
uchun eshikka tomon borarkan, Aleksey: "Rahmat
buvijon", -dedi -S: "K".
Ko'chirma gapning uzilib qolgan qismidan so'ng nuqta qo'yilgan bo'lsa, so'zlovchi
gapidan oldin vergul va tire, undan keyin esa nuqta va tire qo'yiladi. Ko'chirma
gapning davomi bosh harf bilan yoziladi. "Mana shu bo'rsiq Mirzacho'lda
yakkalanib qolgan hayvonlarning eng oxirgisi, - deb ta'kidladi bobom. Mening
nomimdan hayvonot bog'iga topshirib yubordi. "K, _S. -K" Ko'chirma gapning
uziligan qismidan so'ng so'roq yoki undov belgisi qo'yilgan bo'lsa, so'zlovchi
gapidan oldin tire, undan keyin nuqta va tire qo'yiladi. Ko'chirma gapning davomi
bosh harf bilan yoziladi "Arilarning g'ashiga tegmang!"—deb ogohlantirdi bobom.
Bir yopishsa qo'ymaydi". "Qiziq! - dedi Ahmad. - Arilarga tegin-moqchi bo'lasiz".
"K?-S. -K". "K!-S. -K". Ko'chirma gap so'zlovchi gapi ichida kelsa, so'zlovchi
gapining uzilib qolgan qismidan so'ng ikki nuqta qo'yilib, ko'chirma gap
qo'shtirnoq ichiga olinadi. Ko'chirma gapdan keyin vergul va tire qo'yiladi,
so'zlovchi gapning davomi yoziladi. Xadicha aya doim: "Baraka top qizim,
obro'ying, iqboling bundan ham baland bo'lsin". - der edi. (H. N.)'S: "K , -S.
Ko'chirma gap so'roq, buyruq yoki his-hayajon gap bo'lsa. so'roq va undov
belgilari qo'shtirnoq yopilmasdan oldin qo'yiladi.
O'qituvchi: "Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanini o'qiganmisan?"—deb
so'radi. S: "K?" -S.
O'zlashtirma gap
Shakli o'zgartirilib, mazmun saqlangan o'zgalarning gapi o'zlashtirma gap deyiladi.
Bunday gaplarda o'zgalarning gapi leksik, semantik, grammatik va ohang jihatidan
o'zlashtirilib beriladi, yani o'zgalarning fikri so'zlovchi tomonidan hikoya qilinadi.
Misollarni qiyoslaymiz:
Ko'chirma gapni:
"Kitob aqlning kaliti", - dedi
o'qituvchi.
O'zlashtirma gap:
O'qituvchi kitob aqlning kaliti ekanligini aytdi.
Ko'chirma
gap:
''Imtihonlarga
qanday
tayorlanyapsan?"-
deb
so'radi
kursdoshim.O'zlashtirma
gap:
kursdoshim
imtihonlarga
qanday
tayorlanayotganimni so'radi.
3
Document Outline - O'zga gap va uning turlari
- O'zlashtirma gap
Do'stlaringiz bilan baham: |