Abdulla sher axloqshunoslik


Otalarga о ‘xshamay qoldi turqing



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

Otalarga о ‘xshamay qoldi turqing,
Yopiray muncha ketdi, elim, xulqing!
Birlik yo ‘q, baraka yo ‘q, buzildi fe ’I,
Qani yiqqan davlating, boqqan yilqing?1
«Xulqi ketgan», «fe’libuzilgan», «aldamchi», «suq», «ochko‘z» singari, 
sirtdan qaraganda o ‘z xalqiga nisbatan beshafqatlarcha, hatto haqorat 
darajasiga ko‘tarilgan bu so‘z va iboralar aslini olganda, millatni jondan 
ortiq sevgan buyuk shoir qalbining alamli yig‘isidir.
Shunisi qiziqarliki, Abayning axloqiy qarashlari ma’lum jihatlari bilan 
g'arblik mashhur zamondoshi, buyuk olmon faylasufi, adibi Fridrix 
N itsh ening b a ’zi qarashlariga yaqin. A mmo, ta ’kidlash kerakki, 
N itsh e d ag i o ‘ta keskinlik, o ‘ta beq arorlik Abayga yot. Shunga 
qaramasdan, hayotbaxsh nigilizm, qadriyatlarni qayta baholash, lozim 
bo‘lsa, butun millatni qayta tarbiyalash kabi g‘oyalar Abayga ham xos. 
Xususan, u xalqni o ‘z fe’lini o ‘zgartirishga, bu yo‘lda, zarurat tug‘ilsa, 
an ’anaviy hayot tarzidan, ota-bobolardan qolgan o ‘git-maqollardan, 
hatto asrlar mobaynida m entalitetga singib ketgan chorvachilikdan 
kechishga da’vat etadi. Chunonchi, Abay o‘zining mashhur «Nasihatlar» 
deb atalgan axloqshunoslikka va amaliy axloqqa doir kitobida shunday 
deb yozadi: «Qozoqlarning bir-biriga dushman bo‘lishining, birining 
tilagini ikkinchisi tilamasligining, rost so‘zi kam, mansabparast, yalqov 
b o ‘lishliklarining sababi nim ada? Bunga dunyoda o ‘tg an barcha 
donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi — qo‘rqoq 
va g‘ayratsiz b o ‘ladi; har qanday maqtanchoq qo‘rqoq kishi — aqlsiz, 
nodon bo'ladi; har qanday aqlsiz nodon kishi — orsiz bo ‘ladi; har
Abay. Tanlangan asarlar. Т., G ‘.G ‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1995, 15-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


qanday orsiz kishi — yalqov, kishi oldida tilamchi, ochko‘z, suq b o ‘ladi; 
bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga do‘st bo‘lmaydi. Bu 
illatlarning hammasi to ‘rt oyoqli molni ko‘paytirishdan boshqa narsa 
xayoliga kelmaydigan kishilardan chiqadi. Agar inson ekin-tikin, ilm- 
hunar, savdo ishlari bilan shug‘ullansa, bunday yomon fazilatlar (ya’ni, 
illatlar — A.Sh.) unga dorimagan bo ‘lur edi»1.
«Nasihatlar» risolasininng boshqa bir o ‘rnida Abay maqollarni tahlil 
etish orqali, yuqorida aytganim izdek, m a’lum m a’noda a n ’anaviy 
qadriyatlami qayta baholashga intiladi: «Bizning qozoqlami aytib yurgan 
maqollari ichida, — deydi Abay, — ishga yaroqlisi ham, yaroqsizi ham
bor. Ba zilari yaroqsiz bo‘lishi u yoqda tufsin, hatto na musulmonchilikka 
va^na odamgarchilikka to ‘g ‘ri keladi. Awalo: «Faqir bo'lsang — orsiz 
b ° 4I!» deyishadi. Ordan ayrilib tirik yurgandan ko‘ra, o ‘lgan afzal... 
«Oltinni ко rsa farishta ham yo‘ldan ozadi», deyishadi. Sadqai farishta 
k e tg u rla r - e y ! Bu s h u n c h a k i u la rn in g o ‘z s h u m n iy a tla r i n i 
m a qullamoqchi bo lib aytganlari em asm i?...2 Boshqa bir o ‘rinda m ana 
bunday deydi: «Yarim kunlik umring qolsa ham, bir kunlik mol yig‘», 
«О zingda yo q bo Isa, otang ham dushman», «Mol — odam ning jigar 
go shti», «Moli ko‘pning — yuzi yorug1, moli yo‘qning yuzi — choriq», 
«Yegan og iz uyalar», «O lag'on ko‘zim berag'on»... Bundan m a ’lum 
b o ‘ladiki, qozoqlar tinchlik uchun g ‘am yemas ekan, balki aksincha 
m ol-dunyo uchun g‘am chekar ekan... Agar moli bor b o ‘lsa, o ‘z otasi 
bilan ham yovlashishdan uyalishmas ekan... Ishqilib, o ‘g ‘rilik, shumlik, 
tilanchilik, qo‘ying-chi, shunga o ‘xshash yaramas fazilatlar (ya’ni illatlar) 
bilan mol topsa ham buni ayb sanamasligimiz kerak ekan»3.
Yana bir joyda esa buyuk m utafakkir imon haqida so‘z yuritib, b a ’zi 
m aqollar to g‘risida tag‘in shunday deydi: «Imonga shak keltirgan 
bandalarni Alloh taolo afu etmaydi va payg'am barimiz ham shafqat 
qilmaydi, bu mumkin ham emas. «Qilich ustida shart yo‘q», «Xudoy 
ta o lo n in g k ech m as g u n o h i y o ‘q», d eg an q a lb a k i m a q o lla rg a
suyanganning basharasi qursin!»4.
Abay о z millatini nihoyatda sevgan inson. U hech kim ni haqorat

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish