VI BOB
TURKISTON MA’RIFATCHI-JADIDLARINING
AXLOQIY QARASHLARI VA KEYINGI DAVRLAR
0 ‘ZBEK AXLOQSHUNOSLIGI
REJA
1. Turkiston m a’rifatchiligining o ‘ziga xos xususiyatlari.
2. Atoqli jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari.
3. Jadid matbuotida axloqiy tarbiya muammolari.
4. Keyingi davrlar o ‘zbek axloqshunosligi.
Tayanch tushunchalar
M a rifatchilik, Jadidchilik, U yat, Insof, A dolat, Ijtimoiy zulm ,
Vijdon, Vatanni suymak, Tarbiya, Oila, Mayl, Iroda, Tafakkur erkinligi,
Taraqqiyot.
1. Turkiston ma’rifatchiligining o ‘ziga xos xususiyatlari
Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tom onidan bosib
olindi va mustamlakaga aylantirildi. Bu mustamlakachilik mohiyatini
Turkiston o ‘lkasi general-gubernatorlaridan biri A .N .K uropatkinning
о z kundaliklaridagi qaydlari, biz T urkiston xalqlarini yarim asr
mobaynida jahon madaniyati va sivilizatsiyasidan chetda tutib turdik,
q a b ilid a g i so zlari yaqqol a n g la ta d i. L ek in , ayni p a y td a , rus
taraqqiyparvar ziyolilari orqali rus ham da jahon ilm-fani va madaniyati
ch o r m a’muriyati to ‘siqlari orasidan Turkistonga sizib kirar edi. Shu
ijobiy ta sir asta-sekinlik bilan mazlum Turkistonda yangi Uyg‘onish
davrini boshlab berdi. M ahalliy ziyolilar orasida o ‘z xalqini ozod
ко rishga va jahonning boshqa millatlari bilan tenglasha oladigan darajaga
olib chiqishga intilish natijasida bu Uyg‘onish Ovro'pa m a’rifatchiligiga
nisbatan juda shiddatkor ham da miqyosli bo‘ldi. Shuningdek, 0 ‘rta
asrlar o ‘rtaga tashlagan m a’rifatparvarlik g‘oyalari uchun ham endilikda
am aliy shakllarda yangicha — m a’rifatchilik tarzida nam oyon b o ‘lish
im koniyati yaratildi. Zero, o ‘sha g ‘oyalarni yangilangan shakllarda
amalga oshira oladigan faoliyatli ziyolilar vujudga kelgan edi. U lam i
keyinchalik jadidlar deb atay boshladilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ma’rifatchilik asosan uch soha orqali tezkor tarzda taraqqiy topib
bordi. Bular — m aorif (yangicha maktablar ochish, ta ’lim usulini
yangilash), san’at (badiiy adabiyot, teatr) va matbuot. Pirovard maqsad
millatni, bir tom ondan, ilmli-ma’rifatli qilish bo‘lsa, ikkinchi tom ondan,
uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jih a tn in g
uyg‘unlashuvi natijasida o'zligini, o ‘z qadrini anglagan bilimli shaxsni
voyaga yetkazish edi. Turkiston m a’rifatchilari tom onidan ana shu
maqsadni amalga oshirish yo‘lida katta ishlar qilindi.
Turkiston m a’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g ‘oyalar
asosan badiiy va didaktik shakllarda o ‘z aksini topdi. Shu jihatdan
o ‘zbek va tojik xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donishning (1827
1897) «Navodir ul-vaqoye» asari diqqatga sazovor. Ahmad D onish o ‘z
asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzum i bilan
solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni paytda, a n ’anaviy
axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho-
hukm dor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi.
Agar hukm dor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma
sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab-yashnashiga
yo‘l ochib bersa — xalq hayoti farovon bo'ladi, fazilatlar kuchayib,
illatlar zaiflashadi. U, hukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega
b o iishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga
keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina m a’rifatli va yuksak
axloq egalari b o ‘la oladi.
Shuningdek, Ahm ad Donish o ‘z davridagi johillik, riyokorlik,
poraxo‘rlik singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta ’kidlar
ekan, din peshvolarining noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketganini, shayxlarning
yolg‘onchiligini, ulamolarning poraxo‘rligini fosh qiladi.
Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827—1900)
she’rlarida ham o ‘sha davr axloqiy muhiti o ‘z aksini topadi; u ham din
peshvolarining o ‘zlari oxiratga ishonm asliklarini, tovlam achilik,
ochko‘zlik, tekinxo‘rlik illatlariga mubtalo bo‘lganliklarini va bu bilan
islom ildiziga bolta urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi.
Buyuk o‘zbek mumtoz shoirlari Furqat (1858—1909), Muqimiy (1859
1903), D ilshod (1 8 0 0 -1 9 0 6 ) asarla rid ag i axloqiy m u a m m o lar
taraq qiyp arv arlik g ‘oyalari bilan cham barchas bog‘lan ib ketadi.
Chunonchi, Furqat «Ilm xosiyati», «Gimnaziya», «Taijimai hoi» kabi
asarlarida m a’rifatli boMish yuksak axloq egasiga xos xislat ekanini, lekin,
afsuski, nodonlik oxir-oqibat turli xulqiy notavonliklarga olib kelishini
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta kidlaydi. Shoir g azallaridan birida alam bilan shunday deb yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |