Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
82
— Agar Otabek bu ikkinchi uylanishka rizo bo‘lsa edi, birinchidan ruxsat olish uchun 
Marg‘ilong‘a kelib yurmas... 
— Shoshmang-chi, — dedi Oftob oyim, — o‘zingizcha nimani so‘zlay yotibsiz? 
— Bu ikkinchi uylanishda Otabekning rizosizligini. 
— Kuyavingizning rizolig‘i bo‘lmasa xudo xayrini bersin, vassalom. 
— Gap unda emas-da, — dedi kulib qutidor. 
— Nimada? — dedi qizishib Oftob oyim. — Qizingiz ustiga kundash balosini o‘z 
qo‘lingiz bilan yuklamakchi bo‘lasiz shekillik! 
Qutidor sovuqina qilib kulib qo‘ydi: 
— Tushunmay yotibsan, xotin. 
— Hamma gapka tushunib turibman. 
— Tushungan bo‘lsang bu xatka nima deb javob beramiz? 
— Bizga ma’qul emas, deng. 
— Ma’qul emas, deyish bilan ish bitmaydir, birarta dalil ko‘rsatish kerak. 
— Toparsiz, axir dalilni. 
Qutidor tamoman to‘nni teskari kiyib olg‘an xotinig‘a qarab boshini qashib oldi: 
— Xatda ikkinchi uylantirish uchun bo‘lg‘an sababni qizimizni Toshkand 
yubormag‘anlig‘imizda ko‘rsatila-dir, — dedi qutidor. — San aytkancha kuyaving 
Toshkanddan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldig‘a turg‘un qilib 
yuborayliq, tuzikmi? 
— Nega men yolg‘iz qizimni Toshkandga yuboray, — dedi ko‘zini olalandirib, — biz 
qizimizni berishda Marg‘ilondan tashqarig‘a olib ketmas va’dasi bilan berganmiz. 
— Bu gaping to‘g‘ri-ya, — dedi qutidor, — men ham Kumushni Toshkand yubormoqqa 
qarshiman. Gap bu yerda: biz Otabekdan bu va’dani olg‘an choqda, «Ota-onang‘dan 
kechasan, ikkinchi uylanmaysan» degan va’dani ham olg‘anmi edik? 
— Bunday va’dani bergan bo‘lsin-bo‘lmasin, — dedi entikib, — suyub olg‘andan so‘ng 
ikkinchi uylanish so‘zini ham og‘zig‘a olmasin. 
— Kim aytdi sanga, og‘zig‘a oldi, deb? 
— Hech kim aytmagan bo‘lsa ham siz orag‘a tushmang deyman, o‘z oyog‘ingizga 
o‘zingiz bolta qo‘ymang, deyman. 
— Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a, degan bir gap bor, — dedi jiddiy 
vaziyatda, — mendan ham san yaxshiroq tushunib turibsanki, agarda bizning rizoligimiz 
bo‘lmas ekan, Otabek sira ham ikkinchi uylanmaydir. Masalan, biz ikav — qudalarning 
o‘rnida bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limiz boshqa bir shaharda, biz tanimag‘an bir qizg‘a uylanib 
qolg‘anda — o‘ylab qara, chiday olurmi edik. O‘g‘limiz ko‘nmaganda ham o‘z 
shahrimizdan ikkinchi uylantirishka kirishmasmi edik. Bu tilagimizga qarshi tushib 
o‘g‘limizni o‘z shahri va o‘z uyida olib o‘lturg‘uchi qudalarimizg‘a la’nat o‘qub o‘lim 
tilamasmi edik? 
Bu so‘z Oftob oyimni bir oz o‘ylatib qo‘ydi. Lekin hali ham oyoq uzatmag‘an edi. 
— Endi nima qilmoqchisiz? 
Nima qilar edim, — dedi qutidor, endi hamma ixtiyorni o‘z qo‘lig‘a olib qo‘yg‘an edi, 
— Otabek ko‘nmaganda ham ko‘ndirib, o‘zim birgalashib Toshkand tushaman... 
— Qizingiz bechoraga... 
— Qizimga hech gap yo‘q. Hali ham izzati, hurmati o‘z qo‘lida. 
— Qurib ketsin shu dunyoning ishlari! 
— Qizingni Toshkand jo‘natishka ko‘n bo‘lmasa. 
Oftob oyim javob berish o‘rniga o‘krab-o‘krab yig‘ladi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish