Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
80
Otabekka yana kulib qarab turar edi-da, go‘yoki shu ku-lish bilan o‘z sihrining qaysi 
darajalarda kuchlik bo‘lg‘anini so‘zlab faxrlanar edi. 
* * * 
O‘rtadan o‘n besh kunlar vaqt o‘tdi. Kumushning qaytalab so‘rashig‘a: 
— Chindan-chindan: mundan so‘ng Toshkand bormayman, — degan javobni berar 
edi. Kumush bu gapka ajablanar, to‘g‘risi, shodlanar edi. 
* * * 
Marg‘ilon kelganning yigirmanchi kuni. Otabek hozirg‘ina qayoqqadir chiqib ketkan 
edi. Qutidor odatig‘a qarshi bozordan kunduz soat uchlarda qaytib keldida, Otabekni 
so‘radi, yo‘qlig‘ini bilgandan so‘ng xotinini mehmonxonag‘a boshlab chiqdi. 
— Tinchlikmi? — deb so‘rag‘uchi Oftob oyimg‘a so‘yinch va yo quvonchlig‘i 
bilinmagan bir vaziyat bilan javob berdi: 
— Tinchlik. 
Mehmonxonada eru xotin yonma-yon o‘lturishdilar. Oftob oyim bu boshi-oyog‘i yo‘q 
ishdan yorilar darajasiga yetayozgan edi. 
— Otabekdan hech bir so‘z eshitdingmi? — deb so‘radi qutidor. 
— Qanday so‘z eshitay, har qachon so‘zlaydir, albatta men eshitaman. 
— Toshkand to‘g‘risida hech gap aytmaydimi? 
— Toshkandga bir gap bo‘lg‘anmi? 
— Toshkandga hech gap bo‘lmag‘an, — deb kulimsiradi qutidor. — Manim muddaom 
boshqa to‘g‘rilarda. Qizingdan ham hech gap eshitmadingmi? 
— Hech gap... Ha, aytkandek kecha, erining mundan keyin Toshkand bormaslig‘ini 
so‘zlag‘andek bo‘lg‘an edi. 
Qutidor bir ishka tushungandek ko‘zini o‘ynatib oldi va so‘radi: 
— Endi Toshkand bormas emishmi? 
— Bilmadim; chinmi, chin emasmi, haytovur qizingizdan eshitkandek bo‘lg‘an edim. 
Nima, ota-onasi bilan urishib kelganmi? 
— Yo‘q, — dedi qutidor va cho‘ntagidan bir narsani ola-ola aytdi, — men bu kun 
Toshkanddan qiziq bir xat oldim. 
— Kimdan? 
— Qudangdan, — dedi qutidor va xatni ocha-ocha,— shuni sanga o‘qub 
bermakchiman, — dedi. 
— Axir o‘zi nima gap? — deb so‘radi Oftob oyim. 
— Eshitsang bilasan. 
«Qudamiz Mirzakarim qutidorg‘a va qudachamiz xo-nimg‘a yetub ma’lum bo‘lg‘aykim, 
bizlar munda sog‘-salomatdirmiz va ul jonibdagi siz hurmatlik va izzatliklarni 
parvardigori olamdin sihhatlaringizni saloti xamsa oldida so‘rab turmoqdamiz. Ba’da 
maxfiy qolmag‘aykim, kuyav o‘g‘lingiz xizmatlariga yuborilg‘an edi. Inshoolloh, salomat 
yetkan bo‘lsa kerak. Ammo siz hurmatlularga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga 
farzandimiz bo‘lmay, dun-yoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan 
orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir. Muhtaram siz burodarimizning 
shul yagona o‘g‘limizni farzandlikka qabul qilib, ammo bizning kelin bolamizni 
Toshkandga yubormag‘anlari bizning janobla-ridin bo‘lg‘an minnatdorlig‘imizni va yana 
o‘g‘limizg‘a bo‘lg‘an marhamatlarini bir oz tugallay olmadilar. Ammo kaminalari bu 
xususdagi aybni sizning ustingizga butunlay yuklay olmaymiz, zeroki, bizning 
boshimizda bo‘lg‘an «yolg‘iz tuyoqliq» savdosi sizning ham boshingizda bordir. 
Nachukkim, Otabekning ko‘p umri Marg‘ilonda o‘tib, bizlarni ham siz o‘ylag‘an og‘irliqqa 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish