Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
77
olg‘an edi. Otabekcha eng nozik sanalg‘an bu masala qaroshidag‘i javob kutib 
o‘lturg‘uchilarni nihoyat zeriktirdi. 
— Bizni kutdirma, o‘g‘lim. 
Otabek mag‘lub bir boqish bilan bu so‘zni aytkuchi otasig‘a qaradi va yalinchoq bir 
ohangda javob berdi: 
— Men sizlarning orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig‘ingiz shu bilan bo‘lsa 
— har vaqt hozirman. Ammo bir bechoraga ko‘ra-bila turib jabr ham xiyo-nat... 
Hoji o‘g‘lining maqsadig‘a darrov tushuna olmadi va so‘radi: 
— Kimga, xotiningg‘ami? 
— Yo‘q, sizning oladirg‘an keliningizga. O‘g‘lingiz-ning vujudi bilan orzuingizni 
qondirish oson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur 
qilingiz. 
Yusufbek hoji yalt etib xotinig‘a qaradi. O‘zbek oyimning bo‘lsa oladirg‘an keliniga 
e’timodi yuqo-rilig‘idan o‘ylab-netib turmadi: 
— Mayli, bolam; buyoqni hozir san o‘ylamay qo‘y,— dedi. 
Otabek bir og‘iz so‘z aytmay sukut qildi, Yusufbek hojining esa o‘g‘lining so‘zini 
to‘g‘rilig‘ig‘a, keyindan yuz ko‘rsataturg‘an ko‘ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, ammo bir 
mulohaza yuzasidan istiqbolning qorong‘i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko‘rmadi: 
— Juda to‘g‘ri aytasan, o‘g‘lim; biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq men 
labimni tishlab qolg‘an edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman, — dedi va: 
— Biz hozir andi-shaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo‘yg‘an: biz-ning 
oiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir. 
Otabek ota-ona orzusig‘a o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizoliq berdi. Ammo o‘z 
rizolig‘ining sharti qilib to‘ydan ilgari Marg‘ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytib 
o‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko‘chishiga so‘yingan 
ona Otabek-ning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi va orzuliq to‘yni tez boshlash uchun 
o‘g‘lini Marg‘ilon ketmakka qistay boshladi. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish