Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
90
— Bor, bolam, bor. Yaxshi emas bu ishing... — O‘zbek oyim so‘zini bo‘lib daricha 
yonig‘a kelib to‘xtag‘an Oybodoqqa qaradi. 
— Sutchoy tayyor bo‘ldi, suzib kiraymi? 
— Ikki kosani kelinlik uyga ber, men bilan Hasan-alinikini shu yerga keltir. 
Oybodoq keta boshlag‘an edi, Otabek uni to‘xtatdi: 
— Manikini ham shu yerga olib kir, — dedi. Oybodoq O‘zbek oyimg‘a qaradi. O‘zbek 
oyim o‘g‘lig‘a xo‘mraydi. Otabek xo‘mrayishg‘a iltifot qilmay, Oybodoqqa «shundoq qil» 
ishorasini berdi. 
— Bo‘lmasa kelinnikini ham shu yerga berib, o‘zini chaqir. Hasanali uyida ichsin, — 
dedi O‘zbek oyim. Oybodoq ketkach, o‘g‘lidan so‘radi: — bu nima qiliq, bolam? 
— Qiliq emas. 
— Kelin bilan birga ichsang nima bo‘lar edi? Biravning bolasini munchalik xorlash 
yaxshi emas. 
— Bundan xorlag‘anliq chiqmaydir. O‘zini shu yerga chaqirdingiz — ish bitdi. 
O‘zbek oyim tag‘in nimadir aytmakchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi. 
— Kelinga aytdingmi? 
— Aytdim. 
Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. O‘zbek oyim kosasiga non tashlab ko‘zi eshikda, 
ya’ni kelinni kutar edi. Kelin eshikdan ko‘ringach, o‘g‘lig‘a «qarshi ol» degandek qilib 
qarab qo‘ydi. O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik 
Zaynab qayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavozi’ — odoblar bilan bitta-bitta bosib 
dasturxon yonig‘a keldi. Qayin ona tomonidan «o‘lturing» ruxsati berilganidan so‘ng, 
qisilib-qimtinib tovush chiqarmayg‘ina o‘lturdi. O‘zbek oyimning ko‘zi o‘g‘lida. O‘g‘li 
bo‘lsa choyga non ho‘llab yemoqda edi. Bir-ikki qayta xo‘mrayib-xo‘mrayib o‘g‘lig‘a 
qaradi-da, uning ko‘zini uchrashdira olmag‘andan keyin, unga so‘z qotishg‘a majbur 
bo‘ldi: 
— Charlaring ham bo‘la qolmadiki, qayin otangni borib ko‘rsang. Yoki charlarsiz ham 
ko‘ra qolasanmi? 
Zaynab ko‘zini eriga tikib qoldi. Otabek salqing‘ina onasig‘a javob berdi: 
— Ko‘rsam bo‘ladir... — dedi va kulimsiragansumon Zaynabka qaradi. Zaynab ham 
kulgan bo‘ldi. Shu kich-kinagina kulimsirash O‘zbek oyimni ancha tinchitdi. Ammo 
musohaba shuning bilan to‘xtalib, orag‘a yana boyag‘i jimjitlik kirdi. O‘g‘lining miridan 
sirini ajratib o‘lturg‘uchi ona yana olazarak og‘rig‘ig‘a yo‘liqdi. Zaynabning ko‘zi tez-tez 
Otabekka tushar, u bo‘lsa xo‘r-xo‘r choyni ichar edi. Bu holdan O‘zbek oyim ich-etini 
yeb, yutkan luqmasining mazasini ham bilmas, qisqasi o‘lturish so‘zsiz, go‘yo tuzsiz va 
ma’nosiz edi. Bu ma’nosizlik tadbirini ko‘rish yana O‘zbek oyim ustida: 
— Kelin poshshog‘a tilla uzuk buyurdingmi? 
— Buyurdim. Erta-indin bitib qolar. — Otabek so‘zni cho‘zmoqqa yo‘l qo‘ymadi. Ammo 
onasi gapdan gap chiqarib, so‘zga so‘z ulamoqchi edi: 
— Tilla chochpopugingiz bor edimi? 
Zaynab eriga qaradi va iymanibgina javob berdi: 
— Yo‘q. 
— Yo‘q bo‘lsa olib beraman, — dedi Otabek. O‘zbek oyim anchagina jonlanib oldi. 
Tag‘in undan-mundan so‘z urintirmoqchi bo‘lg‘an edi, uncha muvaffaqiyatlik chiqmay 
boshladi. Sutchoydan so‘ng qumg‘onda choy keldi. Zaynab birinchi piyolaga quyib 
o‘rnidan turdi va qayin onasig‘a ikki qo‘llab uzatdi, ikkinchi piyolani to‘l-dirib o‘rnidan 
turmoqchi bo‘lg‘an edi, uni Otabek to‘xtatdi. 
— Mundan keyin choy berishda o‘rningizdan turib o‘lturmang, — dedi. — O‘lturgan 
yeringizdan bersangiz ham bo‘ladir. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish