Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

4. JODUGAR HINDI 
Qayin otasining og‘rig‘an kasalidan tuzala olmay va yo tezroq o‘lib tiriklarni 
qutultirmay «charlar» balosi bilan o‘zini ipsiz bog‘lang‘ani uchun so‘ng chekda si-qilg‘an, 
shunga ko‘ra onasig‘a achitib so‘zlamakda edi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
89
— O‘ylab-boqing onajon! Bir bechora sizning orzuingizni deb, qizi ustiga kundash 
yukladi va birgalashib to‘yingizni o‘tquzishdi. Ish kuchidan qolib, o‘n kunlab Toshkandda 
yurdi. Nima bo‘lg‘anda ham biravning yaxshilig‘ini bilish kerak edi. 
O‘zbek oyim o‘zining bir haftalik so‘zini takrorlar edi: 
— Endi nima qil deysan bolam, o‘tquzmay ketishing uyat. 
— Uyat deysiz-da, uyatka o‘zingiz tushunmaysiz. 
O‘zbek oyim o‘g‘lining ters so‘zidan qizishdi. 
— Juda hovliqa berma, o‘g‘lim. Charlar ham o‘tar, andining yuzini ham ko‘rarsan!.. 
— Onajon, — dedi Otabek, — sizning zaharlik so‘zlaringizga nima deyishka ham 
hayronman... Billoki, maning hovliqishim siz aytkancha bo‘lsa... xoti-nimnig‘ina emas, 
uning ota-onalarini andishasida shoshaman. Ularning ko‘ngillariga gap kelmasin degan 
mulohazada hovliqaman. Men sizning orzungizga butunlay qarshi tushib, 
Toshkandingizni tilga olmasliqqacha borg‘animda o‘sha bechoralar sizning rioyangiz bilan 
meni bu yerga sudrag‘andek qilib olib keldilar... Uyatni bilsangiz, eng ozi shuning 
andishasi kerak emasmi? 
— Bo‘lmasa charlarni kutmagin-da, yugira qol, — dedi O‘zbek oyim, — 
marg‘ilonliqning o‘kchangdan urg‘anlig‘i aniq ekan. 
Otabek kamoli bo‘g‘ilg‘anidan sukut qilishg‘a majbur bo‘ldi, chunki bu orzu havas 
onasi yarani har zamon kattaroq ocha borishg‘a juda ham usta va bu ustaliq uning 
barcha kutkanlarining kundan-kunga bo‘shka chiqa borg‘anlig‘idan edi. Ayniqsa unga 
hozir butun ma’nosi bilan sir onglashilib, marg‘ilonliqning jodusini juda ham kuchlik 
ekaniga imon keltirdi. O‘g‘lining orzu-havasini ko‘rdi — ko‘rish bo‘lsa — orzulag‘andan 
ortiq. Biroq bu orzu-havas orqasidan kutilgan marg‘ilonliq balosidan o‘g‘lini qutqarish 
masalasi uning tilagicha bo‘lib chiqmadi-da, yana marg‘ilonliqning sihri o‘tkirlik qildi... 
Nikoh kuni Otabekning kiyimlarini juhud domladan o‘qutishlar, marg‘ilonliqdan sovitib 
toshkandlikka isitishlar — barchasi ham hozir o‘z ajzlarini unga iqror qilar edilar. Keyingi 
«beshbosh» domlaning bergan tutatqi, ezib ichki, duo va tumorlari ham negadir ta’sir 
asarini sezdirmadilar... 
O‘zbek oyim marg‘ilonliqning domlasini kuchlik ekanida shubha qilmasa ham, ammo 
bir ishka juda hayron edi: juhudning qilg‘an jodusini — juhud, musulmon domlanikini — 
musulmon daf’ qila olur edi; nega bular asar qilmaydi sira? — Hozir O‘zbek oyim buning 
sirrini o‘ylab topolmas edi. Bu boshi berk ko‘chada ul uzoq qamalib qolmadi — buning 
sirrini daf’atan topdi, ham juda to‘g‘ri topdi: «Marg‘ilonliqning domlasi juhud ham emas, 
musulmon ham emas — hindi! Hindilarning ham hannosi: bas, hannosining sihrini na 
musulmon domlasi qaytarsinu, na juhud. O‘shal hindining o‘zi qaytarmasa, o‘zga iloj 
yo‘q!» 
Nima qilmoq kerak? Toshkandda birarta hindi dom-lasi yo‘qki, ilojini qilib bersa... Endi 
xotin boshi bilan marg‘ilong‘a murojaat qilsunmi? 
Boshqa tushkanni ko‘z ko‘rar, degan so‘z bor. O‘zbek oyim ham boshig‘a tushkan bu 
kulfatni ko‘rishka majbur edi: «Shu galdan qoldirmay Otabekning yonig‘a Hasanalini 
qo‘shib Marg‘ilong‘a yuboraman, Hasanali u yerdagi hindi domlag‘a uchrashib, Otabek 
ustidagi sihr-jodularni yeshdirsin... Hindi har qancha olsa ham mayli, bisotdan u-buni 
sotib pul qilib beraman». 
Otabek onasining qarshisida boyag‘i sukutka ketkanicha jim o‘lturar edi. O‘zbek oyim 
haligi kashfi-yotdan qutilib bu to‘g‘rida so‘ngg‘i qarorini ham berib bo‘lg‘ach, Otabekka 
dedi: 
— O‘g‘lim... yangi uylangan oting bor. Manim oldimda o‘lturib nima qilasan? Bechora 
yolg‘iz o‘lturibdir. 
Otabek onasig‘a bir qarab oldi-da, javob bermadi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish