Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

18. JAR 
... Bu kun soat o‘n ikkida Otabek ila qutidorning isyon-chiliq gunohi bilan dorg‘a 
osilishlarini jarchi shaharga xabarlab yurar va xalq og‘zida Otabeklarning emish-memish 
hikoyalari edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
Homid ila birgalashib kirgan mirshabni qo‘rboshi tashqarig‘a chiqmoqg‘a buyurdi-da, 
Homidni o‘lturishka imladi. 
Qo‘rboshi nimanidir so‘zlamoqchi bo‘lsa ham, negadir uning tili osonlik bilan 
harakatka kelmas va o‘zi ham bir turlik o‘ngg‘aysizliqda edi. Nihoyat qo‘rboshi o‘ziga bir 
turlik jasorat berdi: 
— Bobolar: «Dunyoniki miri kam ikki» deganlar, — dedi, — to‘g‘risi ham shundog‘: 
o‘zingni yuz yoqg‘a ursang ham tiriklikning yana bir boshqa yamog‘i chiqib turadir... 
Tuyg‘un Homid qo‘rboshining nima maqsadi borlig‘ini payqadi: 
— To‘g‘ri so‘zlaysiz, taqsir, — dedi, — dunyoniki hamisha mirikam ikki, shu 
yetishmaslik balosidan to‘yib, ba’zi vaqtlarda kishining dunyodan chiqib ketkusi kelib 
qoladir. Yaxshikim, dunyoda oshna, og‘ayni degan kimsalar bor... Agar shular bo‘lmasa-
chi, kishi allaqachon dunyodan chiqib ketadir. Shuning uchun men og‘aynilarni ko‘zlarim 
ustida tutaman, ularni muhtojliq chog‘larida ko‘rsam, o‘zimni garav qo‘yib bo‘lsa ham 
ehtiyojdan chiqarishg‘a tirishaman. 
Qo‘rboshi tizasi ustiga ko‘ndalang qo‘yg‘an qilichi-ning ikki tarafidan bosib, bir 
qo‘zg‘alib qo‘ydi: 
— Bali, bali, mulla Homid, munday og‘aynilarning sadaqasi ketsang ham arzir, — dedi 
tomoqlarini qirib qo‘ydi. — Shu kunlarda o‘g‘ilchalarning yoshi yetib, sunnati nabiyunani 
bajo keltirish taqozo etadir... To‘y keraklaridan ko‘pini tadorik qilg‘an bo‘lsam ham, 
yetishmagan yerlari ham ko‘b. Shuni sizning kelishingiz oldida o‘ylab o‘ltirar edim... 
— Bek aka, — dedi Homid va tusiga yasama kulish chiqardi, — siz achchig‘lansangiz 
ham aytay: beklar zoti kishiga sira ham oshna bo‘lmas ekanlar. Ayniqsa siz hamon 
o‘zingizning beklig‘ingizga borib, istig‘nongizni eskicha olib borasiz... Boshingizda 
shunchalik qayg‘ingiz bo‘lur emish-da, bir og‘iz menga aytmas emishsiz? 
Qo‘rboshi Homidning zakovatiga qoyil bo‘lib iljaydi: 
— Yo‘q, yo‘q, mulla Homid, — dedi, — bu yoqda gap bor: hukumat xizmatida 
turg‘aningdan keyin yuz yoqning mulohazasini qilar ekansan... 
— Tuzik, bek aka, ammo manim oshnachilig‘im tamom boshqachadir, — dedi Homid 
va yonchig‘ini chiqarib bir qo‘lidan ikkinchi qo‘lig‘a oltinlarni sanab tushira berdi. 
Qo‘rboshining ko‘zi oltinlar ustida o‘ynab bular barakasida qiladirg‘an sunnat to‘yisini, 
Marg‘ilon beklari oldida ortdiradirg‘an obro‘sini o‘ylamoqda edi. Oltinlardan yigirmatasi 
ajratilgach, sanoqqa ishonmay ko‘rib turg‘anim tushmi, deb uyqusiradi. Homid oltinlarni 
uzatdi, — mana, bek aka, bu arzimagan oltin xolis oshnalig‘imizning bog‘lanishidir, yana 
yetmagani bo‘lsa qarab turmasmiz. 
Qo‘rboshi titrab, qaxshab oltinlarni joyladi. Homiddan nihoyatda xursand edi: 
— Xo‘sh, mulla Homid, endi bu kungi hangamalardan so‘zlashayliq, — dedi bek. — 
Pochchangiz ila jiyaningizning bu ishka oralashib qolg‘anlari yomon bo‘ldi-da. 
Bu so‘zdan Homidning yuziga qayg‘irish alomati chiqdi va e’tibor bilan qo‘rboshining 
og‘zig‘a qaradi. 
Qo‘rboshi davom etdi: 
— Bu ikki begunohning qamalishlarig‘a ham o‘sha yaramas sabab bo‘ldi. Yo‘qsa ularni 
qamoqqa olishg‘a qushbegi buyurmas edi. Ammo kechagi qushbegiga so‘zlag‘an 
so‘zingiz Otabek ila qayin otasini o‘limga mahkum qilganidek, pochchangiz ila 
jiyaningizni bir qadar oqlaydilar. Shuning uchun men borg‘an so‘ng bo‘ladirg‘an hukm 
majlisida ehtimol qarindoshlaringizni qutqazishg‘a muvaffaq bo‘lurman. Har holda 
qarindoshlaringizning qattig‘ jazo tortishlari shubhalikdir, siz payqadingizmi, yo‘qmi 
kecha men jarchig‘a bu kungi osilg‘uchilarni Otabek ila Mirzakarim bo‘lg‘anlig‘ini 
ta’yinlagan edim. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish