Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
118
Bir kun kechasi ul yangi odati bo‘yicha allaqayoqqa ketkan edi. Hasanalining ko‘ngli 
bu kun ham bir ishka guvohlik bergandek bo‘lib, ichkarida yotkusi kelmadi, o‘rinni 
mehmonxonag‘a yozib, darbozani zanjirlab keldi. Agar bu kun ham ul o‘sha holda 
qaytsa, bir narsa demakchi, ya’ni qo‘lidan kelgan nasihatni qilmoqchi edi. Uxlamay kutib 
o‘lturdi. Ammo ul tungi soat o‘n bir bo‘lsa ham kelmas, o‘n ikkida ham daraksiz edi. 
Nihoyat, kuta-kuta uyqusi tang qilg‘ach, o‘rniga cho‘zilib kipragini kipragiga ulab yotdi 
va uxlab ketganini o‘zi ham sezmay qoldi. Oradan noma’lum bir muddat o‘tib 
darbozaning so‘naqasiz taqillashidan cho‘chib uyg‘ondi va yo‘lakka yugurdi. Qorong‘uda 
zanjirni timiskilar ekan, «kim?» deb so‘radi va javobig‘a «mmmman» degan sarxush 
tovushni eshitdi. Bu tovush uning yuragini uyushdirib yuborg‘an va «bu kun ham 
shunaqa» degan so‘zni ko‘nglidan o‘tquzg‘an edi. Zanjirni tushurib, darbozaning bir 
tabaqasini ochishi hamono shu tabaqag‘a suyalib turgan Otabek Hasanalining oyog‘i 
ostig‘a yiqilib tushdi. Hasanali bu kungi kayfning o‘tacha ketkanligini payqag‘an, yo‘lakni 
tutib ketgan ichkulik isidan o‘qchiyozg‘an edi. Otabekni suyab mehmon-xonag‘a kelturar 
ekan, ikki ko‘zi ichkari havlining eshigida, chunki Yusufbek hojining tunlari tashqarig‘a 
chiqaturg‘an odatining shu vaqtg‘a to‘g‘ri kelib qolishidan yuragi taka-puka edi. Otabekni 
yeshintirar ekan, rizosiz bir ohangda dedi: 
— O‘g‘lim, sizga shu shaytoni ishning nima zarurati bor? 
Otabek mastlarcha kuldi: 
— Mmmenga zarurati bo‘lmasa kkkimga bor?! 
— Nima bo‘lg‘anda ham men bu ishingizdan rozi emasman, — dedi Hasanali va 
qanday javob eshitishini kutib turdi. Otabek o‘rniga yotib olg‘ach, kuchlik qilib bir uflab 
oldi. Hasanali undan javob kutar ekan, bir ozdan so‘ng javob o‘rniga xurrak tovshini 
eshitdi... Otabekning kutilmaganda bu yanglig‘ yaramas ko‘chalarga kirib ketishiga hech 
bir turlik ma’no beralmay boshi qotsa ham, ammo uning ko‘z o‘ngidan ignaga zo‘rlab 
taqilg‘an ip nariga ketmas edi. Undan so‘ng, ikki oylardan beri Marg‘ilonni tilga 
olmasliqda uni bir oz shubhaga tushirib, «oralaridan birar sovuqchiliq o‘tdimi ekan», deb 
ham ko‘nglidan kechirdi. Otabek bilan birga choy ichish maqsadida ertalab Oybodoqning 
damlag‘an choyig‘a bormay, Otabekning uyg‘onishini kutib yurdi. Otabek tushka yaqin 
uyg‘ong‘ach, Hasanali choy hozirladi. Dasturxon yozib o‘zini kutib o‘lturgan Hasanali 
yonig‘a qisinib-qimtinib Otabek keldi. Tundagi holi esiga tushib bo‘lsa kerak, boshini 
yerdan ko‘tarib Hasanaliga qaramas va bir og‘iz bo‘lsin so‘z aytmas edi. Otabekning bu 
holi Hasanalining nichka yuragiga qattig‘ ta’sir etkan va o‘ylab qo‘yg‘an nasihatlarni 
unutib, bekzodani bu og‘ir holdan qutqazish fikrigagina tushkan edi. 
— Yoshlik — beboshlik, degan ekan mashoyixlar, — deb kulib qo‘ydi Hasanali va: — 
uy ichidan bitta-yarimtasi sezib qolmag‘ay deb juda xavotirda bo‘ldim... Haytovur hech 
kim payqamapti, — dedi. Otabek tashakkur etkansumon Hasanaliga kulib qaradi va o‘zi-
ning bu ketishidan rizosizlik bildirgan kabi entikib tin oldi. Hasanali so‘zni urintirib 
Otabekni o‘z holig‘a qo‘ymas edi. Unar-unmasdan bahs qilib, nihoyat, bu unar-
unmasning oxirig‘a shu savolni ham ulab yubordi: 
— Bu gal Marg‘ilong‘a kechikdingizmi? 
Biz yuqorida ham turtib o‘tkan edikkim, Otabek na Yusufbek hojig‘a, na O‘zbek 
oyimg‘a va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan, Marg‘ilon 
bilan uzil-kesil aloqasi uzilganligini churq etib so‘zlamagan, so‘ralmag‘an so‘zga javob 
berilmas qabilidan jim-jit alamini ichkulukdan olibg‘ina yurgan edi. Ikki oydan beri 
birinchi martaba Marg‘ilon to‘g‘risidan so‘ralg‘an savol ham faqat shu Hasanalining 
keyingi so‘zi bo‘lib, sirni ochish o‘nqovida kelgandek edi. Lekin javob tamom 
haqiqatka mug‘oyir va kishini hayratka solarliq bo‘ldi: 
— Bu kun jo‘namoqchi bo‘lib turibman, — dedi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish