Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
110
— Ezmalik bo‘lsa ham boshimdan o‘tkanlarni so‘zlab beraymi, mehmon? — dedi. 
O‘z sarguzashti bilan farqsizg‘a o‘xshab ko‘ringan bu hikoyani eshitishka uning 
ishtiyoqi ortqan edi: 
— Siz so‘zlamasangiz-da, men so‘zlatmoqchi bo‘lib turar edim. 
— Manim sarguzashtimda siz kutkan qiziqliq yo‘q. Lekin shunday bo‘lsa ham so‘zlab 
berayin, — dedi va yostiqni ko‘kragiga qo‘yib olg‘ach, hikoyasini boshladi: 
— Men o‘zim asli qo‘qonliqman. Ota-onamdan yoshliqda yatim bo‘lib, tog‘amning 
qo‘lida o‘sdim. Yoshim 17—18 larga borg‘andan so‘ng o‘z kunim o‘zimga qolib, bir 
o‘rtog‘imning kengashi bilan bundan yigirma yillar burun Marg‘ilong‘a kelib, bu kungi 
ustakorimning otasig‘a to‘quvchiliq hunariga shogird tushdim. To‘rt yil chamasi qilg‘an 
xizmatimdan so‘ng haligi ustakorga xalfa bo‘lib ishlay boshladim. Boshqa yigitlardek 
ortiqcha o‘rinsiz sarflarim bo‘lmag‘ani uchun oz zamon ichida uch-to‘rt tilla pullik ham 
bo‘ldim. Ishimga ixlos bilan qarag‘anim uchun maning to‘qug‘an ishlarim o‘zgalarnikidan 
qadrlik yurar va xalq orasida ham otim «usta Alim kichkina» bo‘lib shuhratlangan edi. 
Ma’lumki, bofandalar oldig‘a ko‘pincha xotin-qizlar kelib, yangi nusxa qidirib yuriydirlar. 
Maning to‘qug‘an ishlarim va chiqarg‘an nusxalarim hammaga maqbul, ayniqsa xotin-
qizlar uchun mashhur bo‘lib, har doim to‘quv do‘konim yonidan xotin-qizlar ayrilmas 
edilar. 
Kunlardan bir kun hali kishidan qochar darajaga yetmagan o‘n uch-o‘n to‘rt yoshlar 
chamaliq do‘ndiqqina bir qiz kelib, men chiqarg‘an yangi nusxa shohidan so‘radi. Qizning 
so‘rag‘an nusxasi to‘qilib va sotilib ketkan edi. Shuning uchun «yo‘q» deb javob berdim. 
Qiz ko‘zini jovdiratib turib, «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» deb so‘radi. Men 
qizning yuziga qarab, «mumkin emas opa, bir kiyimlik shohi deb nusxa bo‘yash og‘ir», 
dedim. Qiz so‘zni aylantirib mendan va’da olishg‘a tirishar edi. Men so‘z orasida yana 
unga qarab oldim. Yonimdag‘i xalfalardan bittasi qizg‘a o‘la, «to‘qib bering, usta, opani 
xafa qilmang!» deb qo‘ydi. Uchunchi qarashda o‘zimda qizg‘a qarshi bir yaqinliq his 
etkan, unga uzoqqina qarab qolishg‘a majbur bo‘lg‘an edim. Garchi qiz aytkan nusxani 
tayyorlash og‘ir bo‘lsa ham qandaydir bir kuch ta’sirida haligi qizg‘a va’da berib 
yuboribman. Ul chiqib ketkach, qanday va’da berganimni o‘ylab ko‘rib, va’da kuni kelsa 
to‘quy olmadim derman, degan so‘zni ko‘nglimdan o‘tquzdim, lekin qizning gunohsiz 
o‘ynab turg‘an qora ko‘zlari, qizil olmadek taram-taram yuzlari hamon ko‘z o‘ngimda 
ko‘rinib turar edilar va «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zi quloq ostimda takror 
aytilgandek bo‘lar edilar. 
Bir necha kun shu yo‘sun ikkilanib yurg‘ach, niho-yat o‘zimga tushunilmagan bir savq 
ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o‘ttuz kiyim bo‘laturg‘an 
ipakni bo‘yash, tanda, arqoq, go‘la mashaq-qatlari ko‘zimga hech ko‘rinibdir. Va’damdan 
ikki kun ilgariyoq shohini to‘qib, uning kelar yo‘lini poylar edim, ul kelmas edi. Nihoyat 
va’da kuni ham kelib o‘tdi, kel-madi. Sizga shuni ham aytib qo‘yayki, bir ko‘rgan 
kishingizning tusini albatta uzoq fursat xotiringizda tutolmaysiz, lekin bu qiz to‘g‘risida 
man tamom boshqacha holatda bo‘ldim: shundoqki, uning qoshini, ko‘zini, tusini, 
qo‘g‘urchoqdek qaddini ko‘z o‘ngimda tuta-tuta tamom bir yillik bilishlardek bo‘lib 
qolibman. Uning tovush ohanglari qulog‘im xotirasida u daraja yaxshi saqlanmag‘an 
bo‘lsa-da, ammo «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zini hozirg‘ina eshitkandek 
bo‘lar edim. 
Va’da kunidan uch-to‘rt kun o‘tib ketkan bo‘lsa ham hanuz ul kelmas edi. Men uning 
ko‘chasini so‘rab qolmag‘animdan xafa bo‘lar edim. Chunki, shohini o‘zim eltib berishka 
ham endi hozirlanib qolg‘an edim. Bu kutish kunlarimda na uchundir yonimdag‘i xalfa 
shogirdlar bilan bo‘laturg‘an muomalalarim ham o‘zgara boshlag‘an, ya’ni so‘zlarim 
dag‘al va tundlikka aylangan, go‘yo buning ila Alining kekini Validan olar edim. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish