Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
107
Uy egasi oshg‘a savzi bosib, Otabek yonig‘a keldi, ul boshqa hissiyot va fikrlarini 
vaqtinchag‘a unutib, o‘zini tetiklikka oldi. Uy egasi Otabek yonig‘a o‘lturar ekan, so‘radi: 
— Sizniki qayerda, mehmon? 
— Toshkanddan, mulla aka. 
— Ismingiz? 
Otabek manglayini qashib olg‘ach, javob berdi: 
— Shokirbek... 
— Marg‘ilong‘a birinchi kelishingizmi? 
— Birinchi kelishim... 
— Savdo vajhi bilan kelgandirsiz? — uy egasi Otabekning qiyofat va ust-boshidan 
savdogarga o‘xshat-qan edi. 
— Yo‘q... Man asli Qo‘qong‘a kelgan edim, ammo Marg‘ilonda otam tanishlaridan 
bittasida ozroq olasimiz bo‘lib, shu kishiga uchrashib ketayin, deb Marg‘ilong‘a o‘tkan 
edim, — Otabek o‘zining yolg‘on-lashidan o‘ng‘aysizlanib bir oz to‘xtab oldi: — bu 
kishining qayer-da turishi manga ochiq ma’lum emas edi va Marg‘ilonda boshqa tanishim 
bo‘lmag‘anliqdan va vaqtning kechligidan adashib qoldim... 
Uy egasi kuldi: 
— Nasibdan qochib bo‘lmaydi, Shokirbek; bu kun kechasi menga mehmon bo‘lishingiz 
bor ekan. Uchra-shaturg‘an kishingizning oti nima? 
— Komilboy... 
Uy egasi o‘ylab turdi-da: 
— Bizning bu yaqinlarda bunday kishi yo‘q, ehtimol nariga dahadadir, — dedi va turib 
oshig‘a qarab ketdi. Otabek o‘zining qip-qizil yolg‘onlashidan vijdoni oldida qizarindi. 
Ammo ul bir tomondan bunga majbur ham edi, chunki uning qutidor bilan qamalish va 
o‘lumga hukm etilish tarixi butun Marg‘ilong‘a mashhur bo‘lib, haqiqiy ismini yashirmay 
aytkanda, ehtimolki boshqa sirlarni ham ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Uy egasi qozon 
yonig‘a ketkach, ul ham o‘rnidan turib havlig‘a tushdi. Ayvonning narigi yoni bilan 
sharqqa qarab kirilaturgan bir yo‘lak orqaliq bir boqchag‘ami, maydongami chiqi-lishini 
bilib shu yoqqa yurdi va kichikrak bir mevazorga chiqdi. Kechaning qorong‘ilig‘i ustiga 
mevalarning quyuq yaproqlari qo‘shilishib, bu maydon ayniqsa Ota-bekning hozirgi 
ko‘ngliga yaqinlashib kelar edi. Uning ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqi’a bilan qanday 
o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan 
bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘skan daraxtlar qanday meva 
beradir — ajratish qiyin edi. Ul shu qorong‘izor bilan qo‘shilishib ketkandek va 
qorong‘iliqning quchog‘iga kira borg‘andek mevazorning ichkarisiga yuriy bordi. Va 
nihoyat butoqlari bag‘rig‘a solinib tush-kan bir daraxtning ostig‘a o‘lturdi va bu 
o‘lturishda uzoq fursat qotib qolg‘andek harakatsiz edi. O‘n besh daqiqalardan so‘ng 
ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborgach, o‘rnidan turdi. Boqchaning 
kunbotari bilan xarobazor imoratlarni yonlab yurdi. 
Otabek ayvong‘a qaytib kelganda, uy egasi oshni damlab bo‘lib ayvonda kutib 
o‘ltirmakda edi. 
— Otingizga ozroq johori berib qo‘ydim. 
— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, uy egasi nimadir so‘zlamakchi bo‘lsa ham 
o‘ngg‘aysizlang‘an sumol Otabekka tikilib-tikilib qo‘ymoqda edi. 
— Kasbim to‘qug‘uchiliq, Shokirbek, — dedi uy egasi. Otabek so‘zni tugalmaganligini 
bilib, uning og‘zig‘a qarab turar edi: 
— Doim zaxda o‘lturib ishlaganimdanmi yoki o‘zimning tabi’atimda zaiflik bormi, ish 
qilib nima bo‘lsa ham ko‘p vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman,— dedi va davom 
etdi, — goho ko‘krak ham og‘rib qo‘yadir. Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatkan edim, 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish