Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
103
bu ikkinchi soxta xatni yozdirishda garchi hozir Otabekning qo‘lyozmasi o‘z qo‘lida bo‘lsa 
ham yana qo‘rqunchi yo‘q emas edi. Endigi xatni niho-yatda ehtiyot bilan nusxaga
qarab yozdirishni ko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana qaysi to‘g‘ridadir uzoq o‘ylab olg‘ach, 
Sodiqqa dedi: 
— Inim Sodiqboy, sizga ham yana katta bir xizmat bor, basharti... 
— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman! 
Homid Sodiq bilan Jannat opag‘a qarab oldi va: — Shundoqmi? — deb 
ishonmag‘ansumon takror so‘radi, undan ijobiy javob olg‘ach, yonini kavlashdira berib: 
— Jannat opa, — dedi Sodiq horib qorni ochib kelgan ko‘rinadir, man ham ertadan beri 
tomoq yegan emasman, biz Sodiq bilan so‘zlashib o‘ltursak-da, siz mana shu pulga 
guzardan chiqib bir chorak et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz. — Jannat opa paranjisini 
yopinib etka ketdi, so‘ngra Homid Sodiqdan takror so‘radi: 
— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman, deng-chi? — negadir Homid 
Sodiqning takror-takror: «qochqon odam emasman, sinamasdan xizmatini aytabering», 
deyishiga ishonmas edi. Nihoyat: 
— Basharti sizga buyuradirg‘an xizmatim bu kungacha qilg‘an ishlaringizdan tamoman 
boshqa va og‘ir bo‘lsa-chi», — dedi. Sodiq Homidning maqsadig‘a tushungandek bo‘ldi 
va o‘ylab turmay: 
— Odam o‘ldirishmi? — deb so‘radi. Homid Sodiqqa ishonmag‘ani holda bir daqiqa 
chamasi qarab turdi, so‘ngra tevaragiga alang‘lab olg‘ach, hazil tariqasida: 
— Basharti odam o‘ldirish bo‘lsa-chi? — deb so‘radi. 
— Bu kungacha ikkitasini joylashdirdim, uchunchiga o‘tsa nima qiladi? — dedi Sodiq 
va mag‘rur kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan so‘ng Homid ustidagi yukni otqandek so‘lish olib 
qo‘yg‘an edi. 
— Man kishining xizmatini unutaturg‘an yigit emasman, — dedi Homid va davom qildi, 
— o‘g‘ul bola uchun o‘g‘ul bolalig‘im, yomon uchun yomonlig‘im bor, basharti shu 
xizmatni bajarib berishni bo‘yningga olsang, ond bilan aytamanki, davlatimning yarmisi 
saniki bo‘lsin! 
Sodiq o‘lturgan joydan qo‘lini Homidga uzatib «qaytmaysizmi?» deb so‘radi. Homid 
qo‘lini olib «so‘z ham bir, xudo ham bir» javobini berdi. 
Shu kunning ertasidan boshlab, Sodiq qutidorning eshik oldi tevaragida Otabekni 
kutmakchi, ul kelib yo‘lakka kirdi deguncha orqadan borib uning ishini saranjomlamoqchi 
edi. Sodiqning fikricha, bu ishni darbozadan tashqarida bajarish muvofiq bo‘lsa ham, 
nima uchundir Homid bunga ko‘nmay qutidorning uzun qorong‘i yo‘lagini qulay bilmish 
edi. Sodiqning «qay vaqtda kelar ekan?» savoliga: 
— Albatta, shaharning darbozasi ertalab ochilib, shom bilan yopiladir, gumonimcha 
ertalab Qo‘qondan chiqsa, asr vaqtlarida Marg‘ilong‘a kiradir, — dedi va so‘z oxirida 
orada so‘zlanib o‘tilgan shartni yana ta’kidladi. 
— Yaxshi o‘yla, Sodiq. Olam hodis qo‘lg‘a tushib qolsang, so‘roq kezida aybni faqat o‘z 
bo‘yningga olib, orag‘a meni qotishtirmaysan. 
— Xotirjam’ bo‘ling, Sodiq deganingiz bunday xumsalikni jallodning qo‘lida ham 
qilmas, azbaroyi xudo. 
— Undan so‘ng ikkinchi shart: bu sir faqat ikkimiz-ning oramizdag‘ina qoladir, o‘zing 
ham sezgan bo‘lsang kerakkim, Jannat opani etka ovora qilishim uni ham bu sirdan 
tashqarida tutish uchun edi. 
— Ko‘nglingizni mendan juda to‘q tutabering, aka! Avg‘oni xanjaringizni beraman 
degan edingiz-a? 
— Sho‘rba pishguncha kelturaman, — dedi Homid va ketdi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish