Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
106
— Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon, — aytkuchining so‘z ohangidan o‘rtoqliq
bo‘yi kelib Otabekning dimog‘iga ursa ham: 
— Rahmat sizga, aka, — dedi, lekin uning bu so‘zi ham o‘rinsiz ketkan edi. 
— O‘zingiz adashdim, dedingiz-ku, tag‘in qayoqqa bormoqchi bo‘lasiz?
 
— Sizga og‘ir kelmasa... 
— Og‘irlig‘i yo‘q, yuringiz, — dedi va olding‘a tushib Otabekka yo‘l boshladi: — Man 
ham sizga o‘xshagan bir g‘arib. 
Otabek kishi orqasidan ketdi, oldinma-keyin so‘zlashmasdangina ko‘chaning oyog‘ig‘a 
qarab borar edilar. Anchagina yurgach, boshlovchi «otingizga ham joy bor», deb qo‘ydi. 
Otabek javob bermadi. Shu ko‘yi so‘zsizgina ko‘chaning burilishiga yetdilar-da, kishi 
Otabekni to‘xtashg‘a buyurdi, o‘zi shoshilib o‘qug‘uchig‘a ma’lum Jannat opa eshigining 
chap tomonidag‘i ikkinchi eshikni ochish uchun qulfni timiskiladi. Eshikni ochishi bilan: 
— Otdan qo‘ningiz, mehmon, — dedi otni Otabek qo‘lidan olg‘ach, — siz xurjiningizni 
olib yo‘lakdan to‘g‘rig‘a kiraberingiz, — dedi. Otabek xurjinni ko‘tarib eshikka kirdi, usti 
yopiq qop-qorong‘i yo‘lakdan o‘tib kattagina bir havliga chiqdi va xurjunni havlining 
o‘rtasig‘a eltib qo‘ydi. Kishi otni burchakdagi usti yopiq oxirg‘ami, sufagami bog‘lag‘ach, 
kelib xurjinini oldi. 
— Qani ayvong‘a, — deb yo‘l boshladi. Kishi Otabekni o‘tquzg‘ach, tokchadan sopol 
lagan bilan qovuqni olib chaqmoq surtdi. Sham’ yoqildi. Bu kishi qirq yoshlar chamaliq, 
qonsiz yuzlik, siyrakkina soqollik, qo‘y ko‘z, ko‘b vaqt madrasa riyozatini chekkannamo, 
qotma, uzun bo‘ylik bir odam edi. Ayvonning polos va asboblarida uncha boyliq 
ko‘rilmasa ham puxta, ozoda, chirk yuqturilmag‘an yo‘sunda yig‘ishtiril-g‘anlig‘idan 
egasining rind tabi’atlik ekaniga shahodat bermakda edi. Ayvonning so‘l tomonida 
ko‘rilgan bir eshik ila uymi, hujrami, borlig‘i bilinar edi. 
Uy egasi Otabekni yaxshilab ko‘z ostidan o‘tquzg‘ach, so‘radi: 
— Qorningiz albatta ochdir, mehmon? — Otabekdan javob kutib turmay o‘zi hukum 
ham berib qo‘ydi. — Yo‘l bilan albatta ochiqqansiz, savzi-piyoz va go‘shtlarim hammasi 
tayyor, faqat o‘choqqa olov yoqsam, xolos, o‘zim ham hali xo‘rak qilg‘anim yo‘q, ko‘b 
emas ozg‘ina, bir chimdimgina qilaman. — Otabekning uzriga quloq bermay oshg‘a 
urnashka oldi. Otabek endi o‘tkan ishlarni ko‘z o‘ngidan o‘tkuza boshlag‘an edi. Bu kungi 
besh daqiqa orasida bo‘lib o‘tkan voqi’ani hech bir yo‘sun bilan miyasiga sig‘dira olmas, 
chindan bo‘lg‘an ish deb o‘ylashg‘a aqli bovar qilmas edi. Lekin quloqlari ostida 
hozirg‘ina aytilgan «Uyatsizga maning uyimdan o‘rin yo‘q... Boringiz, eshigim yonida 
to‘xtamangiz!» so‘zining sadosi qanday bo‘lsa ham unga bir haqiqatni ochiq so‘zlar va 
nafsida sezilgan xo‘rlanish va hayajon buni tasdiqlar, bugina emas yuziga yopilg‘an 
darboza-ning, shildir-shildir qilib bog‘langan zanjirning sadosi ham bu haqiqatni ta’kidlar 
edi. Bundan so‘ng Kumushning zaharlik muammo maktubi bir sidira ko‘z o‘ngidan o‘tib 
ketdi. Maktubdagi tushunishi qiyin bo‘lg‘an nukta va ishoratlar yana bir qayta zahar 
sochib o‘tkandek bo‘ldilar. Lekin bularning barchasini yig‘ib ochiq-oydin bir natija 
chiqarish kuchidan ojiz, go‘yo isitma vaqtida bo‘laturg‘an tuturiqsiz, bog‘lanishsiz alji-bilji 
holatni kechirib, ishni bir-birisiga bog‘lay bilmas edi. Ammo hozirgi daqiqada unga eng 
ochiq ta’sir etkan narsa: «Boringiz, eshigim yonida to‘xtamangiz!» jumlasi bo‘lib, 
to‘lqinlang‘an izzati nafsi hamisha «qora ohu ko‘zlarni» ko‘rishka o‘rganmish yurak 
ko‘zini xo‘rlik pardasi bilan yashirishg‘a tirishar edi. Voqia’n tug‘ilib erkalikdagina o‘skan, 
hayotning dag‘al muomalasidan begona, faqat uning chuchuk so‘zlarinigina tinglab 
kelgan Otabekka bu xo‘rlik turmishdan birinchi zarba edi. Shuning uchun Kumushka 
bag‘ishlang‘an yurak tugunini yeshilg‘an holda ko‘rar, go‘yo marvarid tugilgan harir 
ro‘ymol o‘g‘irliqdan so‘ng oyoq ostlarida bo‘m-bo‘sh yotqandek va egasi shu o‘g‘irlang‘an 
javohirotining alamini chekib turg‘andek edi. 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish