3. Duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan logopedik - korreksion ishlarni to’g’ri tashkillashtirish usullari
Bola nutqini shakllantirish uning fikrlashini rivojlantirish bilan uzviy bog’liq. Logopedik ishda dikkat, xotirani rivojlantirish; tushunchani differensasiya qilish va umumlashtirish bo’yicha ishlar ya’ni so’zning eng keng ma’nosida fikrlashni rivojlantirish bo’yicha ishlar muhim moment bo’lib hisoblanadi. Bu ayniksa psixik rivojlanishida orqada qolish fonida keluvchi asabga bog’liq duduqlanish shaklidagi bolalar uchun muhim hisoblanadi.
Shuning uchun nutq rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan, shu yillarda bolada anglash jarayonlarining shakllanishiga katta ahamiyat bergan holda logopedik ishda bolalarning intellektual va yemosional hayotini boyituvchi turli mashgulotlar, o’yinlardan keng foydalaniladi. Bu o’yinlar va mashgulotlarni bola yoshiga bog’liq holda tanlaydilar. Masalan, fikrlashni rivojlantirish uchun syujetli rasmlar, bo’yicha hikoyalar, ketma-ketlik tartibida joylashtirilgan rasmlar seriyasi bo’yicha hikoyalar tuzish bo’yicha mashgulotlar katta ahamiyatga yega. Bunday topshiriq bir rasmdan ikkinchisiga o’tishda fikrlashning to’griligini namoyon qilishga imkon beradi. Bolalarga berilgan 2-3 predmetli rasmlar bo’yicha hikoya tuzishni ham imkon beradi. Bunday vaziyatlarda bolaning ijodiy tasavvuri keng rivojlanadi. Bu kabi topshiriqlar ko’plab mavjud.
O’yinlar, kiyinish, ovqat va shu kabilar davomidagi hamsuhbatning turli darajalari rivojlantirish uchun bolalarga predmetlarning konkret va umumiy ma’nodagi so’zlar aytish juda muhim. Masalan, sabzavotli sho’rva - nimalardan iborat? Yangi yilda bolalarga o’yinchoqlar sovga qilishdi - boyligi to’planishi, nutqning fonetik va grammatik tomonlarining shakllanishi sodir bo’ladi. Bundan tashqari bu yosh nutqning semantik tomonlari rivojlanishning yanada murakkab, ma’suliyatli jarayon davri bo’lib hisoblanadi.
Nutqiga yerishib bola nafakat so’zlashishni balki mavhum fikrlashni boshlaydi. Bu yoshda bolalarda vaziyatli nutqdan, kontekstli nutqqa izchil o’tish yuzaga keladi.
Bolalarda ko’rgazmali materiallar ishtirokisiz berilgan so’z yoki mavzu haqida, mustaqil, yerkin, ijodiy so’zlash katta qiziqish uyg’otadi. Mazkur topshiriklarni 6-7 yoshdagi bolalar yaxshi bajaradilar. Ularning kichik hikoyalari bog’langan, mantiqiy, tushunarli va haqiqatni to’g’ri aks ettiradigan bo’lishini anglash lozim. Vazifani engillashtirish uchun mazmuni tanish bo’lgan tanish so’zlar beriladi.
Masalan, ularga «Momakaymoq guli», «Mushukcha», «Qurbaqacha» va shu kabi so’zlarga katta bo’lmagan hikoyalarni kurish taklif etiladi.
Hatto bolalarning kichik hikoyalari o’zida juda aniq kuzatuvlar va fikrlarining mantiqiy qurilishini mujassamlaydi.
Bu kabi suhbatlarda bolalarning o’zi savollar beradilar. Logoped faqat ularni yehtiyot qilgan holda yo’naltiradi. Ularning nutqlari shoshqaloqlik bo’lmasligini kuzatib boradilar va kerak vaqtda yordam beradilar. Bolalar mustaqil nutqni yegallab olganlaridan so’ng, ularga bir-birlari bilan suhbatlar olib borish imkonini berish mumkin.
Dialogni telefon o’yini yordamida tashkil yetish yaxshi hisoblanadi. Bunday suhbat - o’yinda har doim to’satdan sodir bo’lish yelementi mavjuddir va bu boladan avvaldan tayyor bo’lmagan holda to’g’ri javob berishni talab etadi.
Nutqiy muloqot shakli sifatidagi bu kabi dialoglar juda katta ahamiyatga yega. Chunki ular bolalarda ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Nutqni qayta tarbiyalashini turli darajalarida bo’lgan bolalarning barcha o’yinlar va mashgulotlarida ishtirok yetishlari muhim. Birok avval aytib o’tilganidek logoped suzlashuvida yoki rasmlar bo’yicha aytib berishda qiyinchilik tuzilganda o’z vaqtida bolalarga yordamga kelishni diqqat bilan kuzatib borishi zarur. Nutqdagi bu yordam bolalar uchun shunchalik tushunarliki, ularning uzlari bir-birlariga yordam ko’rsatishni boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |