Duduqlanishni barataraf etish.
(CHeveleva metodikasi).
Duduqlanishni bartaraf etish, duduqlanuvchini nutqini yaxshilash borasida juda ko`p ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borilgan va hozir ham olib boriladi.
Har bir yosh kategoriyasidagi duduqlanuvchi bolalar bilan ular yosh, ruhiy xususiyatlaridan kelib chiqgan holda, logoped ta`sir ko`rsatish usuli, metodikasi bayon qilinadi. Mironova S.A ning maktabgacha yoshdagi bolalarning, YAstrebova A.V ning maktab o`quvchilarining, Mo`minova L.R.ning bog`cha o`smirlarni CHevelyova N.A.ning bog`cha bolalari va nutq maktablari ikkinchi bo`limi o`quvchilarining Sleverstov V.I.ning bolalarni duduqlanish deb ataluvchi murakkab nutq buzilishidan farq qilish, nuqsonni imkoni boricha barataraf qilish, yumshatish yo`llari bayon etilgan metodikalarni keltirishimiz mumkin. Biz N.A.CHevelevaning «Ta`lim jarayonida o`quvchilarda duduqlanishni to`g`rilash» («Ispravlenie ») qo`llanmasida bayon etilgan fikrlarni quyida yoritmoqchimiz.
Qo`llanmada kichik maktab o`quvchilarda, duduqlanishni barataraf etish bo`yicha logopedik ish metodikasi yoritilgan. Qo`llanma muallifi duduqlanishni bartaraf etishda umumiy tan olingan kompleks metodikalarni rad etilgan holda, Logopedik ta`sirga yangicha yondashuvni bayon qiladi. Metodika (uslubiyat) maktab dasturi materialida bolalarni bog`langan nutq sistemasini ko`zda tutadi. Bu sistemani ishlab chiqarishda muallif bolalar nutqi rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqgan holda yondashish.
Muallif kichik maktab o`quvchilarida «1-3 sinflarda» nutqi rivojlanishi normada bo`lgan bolalarda maxsus maktabning ikkinchi bo`limda o`qiydigan o`quvchilar nuqsoni-duduqlanishni bartaraf etish masalalariga bag`ishlanadi.
Duduqlanuvchilarni o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, duduqlanishni bartaraf etish bo`yicha ish ikki yo`nalishda olib borishi kerak: 1. Nutqni qayta tarbiyalash. 2. Nutqiy jarayonni normal kechishga ta`sir qiluvchi psixik faoliyat xususiyatlarini korreksiyalash.
Normal nutqni tarbiyalash jarayonida so`z va jumlalarni mexanik qaytarishdan emas, o`rgatilgan tekst va jumlalarni, avtomatik qaytarishdan emas, mustaqil nutqni sekin-asta rivojlantirishni prosessida kechishi kerak.
Sekin-asta aytilgan ikki yo`nalish bo`yicha maktab programmasining har bir predmeti davomida ish olib boriladi.
O`quv prosesini korreksion maqsadda qo`llash o`ziga xos afzalliklarga egadir, alohida tashkil qilingan logopedik mashg`ulotlardan farqli o`laroq birinchidan, o`quv prosesini normal nutqini tarbiyalash bilan birikishi bolalarni kuchini ko`p bo`limidan saqlaydi, ikkinchidan bolalarni bu nnnnn «YAshirin» logopedik mashg`ulotlarga qiziqishi doimo ushlab turiladi.
Uchinchidan, bunday uslubiyat darsdan tashqari vaqtda hamda to`g`ri nutq malakalarini mustahkamlash, bolalarni erkin so`rash, javob berish kabi ko`nikmalarini takomillashtirish.
Duduqlanuvchilarda nutqning kammunikativ funksiyasini rivojlantirishning asosiy yo`li nutqni sekin-asta situasiyasidan noteks nutqga rivojlantirishdan iborat. Bu narsa ta`lim bilan bog`liqdir, ta`lim esa mantiqiy tafakkurni rivojlanishdan mustasno emasligi uchun, bolalarni tafakkur jarayonlarini tobora rivojlantiradi.
Duduqlanuvchi bolalarning nutqini kommunikativ funksiyasini rivojlantirishning butun jarayoni shartli ravishda to`liq to`rt davrga bo`linadi, har bir davr o`quv choragi bilan to`g`ri keladi.
Davr muddatini qisqartirishi yoki boshqasini hisobiga chizish mumkin. Boshqa davrga o`tishning asosiy sharti bo`lib, ishning belgilangan etapiga zoir nutq shakllarini egallash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |