Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti


Tovushlar talaffuzi buzilgan bolalar bilan korreksiyalovchi logopedik ish quyidagi bosqichda olib boriladi



Download 3,43 Mb.
bet27/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Tovushlar talaffuzi buzilgan bolalar bilan korreksiyalovchi logopedik ish quyidagi bosqichda olib boriladi:

1 – bosqich tayyorgarlik davri. Bu davrda nutq eshituv organiga doir, fonemalarni tugri kabul kilishga karatilgan, artikulyasion motorikani rivojlantiruvchi va nafas mashqlari urgatiladi.

2 – bosqich tovush pastonovkasi davri. Bu davrda tovushlar nutqka kuyila boshlaydi. Kushimcha ravishda yuzni mimik xaraatlariga doir, umumiy motorikaning rivojlanishiga xam e`tibor karatiladi. Bolalar musika sadosi ostida, kuzgu oldida utirgan xolda sezgi belgilarini ( xursand-xafa, achchik, SHur ) Bolaga barcha mashqlarni ( lab, til, jag mashqlarini) ongli ravishda musika sadosi ostida bajartirishga urgatish, barcha mashqlarni ritmik tarzda olib borish, anik xarakatlar va sanok tarzida o`tkazish zarurdir.

3 – bosqich tovushlar avtomatizasiyasi davri. Bu davrda artikulyasion apparatni rivojlantiruvchi mashqlar, xarakatlarni va intonasiyani rivojlantiruvchi mashqlardan foydalaniladi. Mavzu bolaning talaffuzida kaysi xarf buzilganligiga karab logoped tomonidan tanlanadi.

4 – bosqich tovushlar differensasiyasi davri bulib, tovushlarni bir va kup buginli suzlarda mustaxkamlanadi. Musika yoki musikasiz turli – xil uyinlar, kuprok roli uyinlar, dialoglar asosida ish olibboriladi. Uyin mavzusi turli – xil bulib maksad tovushlarni bir – biridan farklashga karatilgan buladi.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq kamchiliklariga ega bo`lgan bolalarni tarbiyalash bolalar bog`chasi tarbiya dasturiga muvofiq tashkil qilinadi Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo`lgan bolalar ommaviy turdagi maktabgacha tarbiya muassasalarning maktabga tayyorlov guruhlariga mo`ljallangan bilim, ko`nikma va malakalar hajmini o`zlashtirishlari kerak.

Fonetik-fonematik jihatdan nutq rivojlanmagan bolalar guruhlariga olib kelingan bolalar 10 oy ichida umumta`lim maktabida muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo`lgan asosiy topshiriqlar, ko`nikma va malakalar hajmini o`zlashtirib olishlari lozim.

Nutq faoliyatining ayrim tomonlarini rivojlantirishga qo`yiladigan talablarni aniqlash maqsadida quyidagi maxsus ishlar amalga oshiriladi:

- talaffuz malakalarini shakllantirish;

- fonematik idrokni rivojlantirish;

- tovush analiz va sintezi ko`nikmalarini rivojlantirish.

Tuzatuvchi ta`limning maqsadi: bolalarda umumiy va nutq kamchiliklarini tuzatish hamda bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan maxsus logopedik metod va usullarni qo`llash yo`li bilan bolaning yoshiga muvofiq lug`at boyligi va mustaqil nutq bilan birga to`g`ri, aniq ravon nutqni tarbiyalash.

Tuzatilgan nutqiy material ustida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

- bolalarda so`zning morfologik tarkibiga va so`zlarning o`zgarishga e`tiborni jalb etish hamda so`zlarning gapda bog`lanishini rivojlantirish;

- bolalarda oddiy yoyiq va qo`shma gaplarni to`g`ri tuzish, mustaqil nutqda turli konstruksiyadagi gaplarni qo`llash ko`nikmalarini tarbiyalash;

- mustaqil nutqni rivojlantirish;

- lug`atini boyitish;

- talaffuzini to`g`rilash asosida savodga o`rgatish:

- ixtiyoriy diqqat va xotirani rivojlantirish.



2. Quyida biz fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo`yicha M.Ayupova (1992) tomonidan tavsiya etilgan logopedik ish tizimi bilan tanishamiz.

Fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish bo`yicha olib boriladigan korreksion ish tizimi shartli ravishda 3 davrga bo`linadi. Ularning har birining mazmuni va hajmi jihatidan farq qilgan holda bir-biriga bog`liq hamdir. Korreksion logopedik ishning oldingi davri keyingi davrdagi ish mazmunini o`zlashtirib olishga bolalarni tayyorlaydi.




Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish