Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 3,43 Mb.
bet26/150
Sana23.01.2022
Hajmi3,43 Mb.
#406221
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Bog'liq
3-kursga MAJMUA MAKTABGACHA LOGO 2018

Tayanch tushunchalar

  1. Dislaliya - (grekcha dis -qisman, lalia - Nutq) Nutqning qisman buzilishi.

  2. Progeniya - (grekcha progenys - pastki jag’) - pastki jag’ning oldinga chikishi.

  3. Prognatiya - (grekcha prognathas - jag’) - yuqori jag’ning oldinga chikishi.


Adabiyotlar

  1. Logopediya (pod.red. L.S.Volkovoy) M., Prosvehenie, 1989.

  2. Logopediya (L.Muminova, M. Ayupova) T., 1993 y.

  3. L.Muminova Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar Nutqini logopedik tekshirish bo’yicha metodik yo’llanma. T., 1989 y.

  4. Osnovы teorii i praktiki logopedii (pod.red. R.E.Levinoy) - M., 1968 g.

Nutqning fonetik-fonematik tomondan rivojlanmaganligi – bu tovushlarni talaffuz etish va idrok kilish jarayonidagi kamchiliklar natijasida bolalarda ona tilidagi tovushlarni talaffuz qilish tizimi shakllanishining buzilishidir.

Bunday nutq kamchiligida nutqning idrok va talaffuz qilish nuqsonlariga asoslangan fonetik-fonematik tomonining buzilishi birinchi o`rinda turadi. SHu bilan birga ba`zi bolalarda leksika-grammatik taraqqiyotida yaqqol ifodalanmagan orqada qolish hollari ham kuzatilishi mumkin. Bu toifadagi bolalarga xos xususiyat artikulyasion yoki akustik belgilariga ko`ra farq kiladigan tovushlarning shakllanish jarayonining tugallanmagan bo`lishidir. Bu holda bola nutqida differensiyalanmagan tovushlar bo`lishi tovushlarni almashtirish, nutqda ularni qo`llamaslik, ko`plab tovushlarni buzib talaffuz qilish, shuningdek tovushlarni eshitishga ko`ra yetarli farqlamaslik kuzatiladi.

Nutqni idrok qilishni tekshirish jarayonida olimlar (V.Ananьev 1955,1960; V,I. Belьtyukov 1958; A.N Gvozdev 1961) bolalarda birinchi fonematik eshituv nutq normal rivojlangan holda juda erta yuzaga kelar ekan degan xulosaga keldilar. Mualliflarning ta`kidlashicha, bolaning eshitish analizatori funksiyasi erta rivojlanishining boshidayoq akustik jihatdan qarama-qarshi bo`lgan tovushlarni ajrata biladi, rivojlangan fonematik eshituv bolaga faqat to`liq nutqni egallashga yordam beribgina qolmay ona-tilida bemalol muloqot qila olish malakalarini ham shakllantiradi.

Fonematik idrok sensor funksiya sifatida juda erta shakllanadi. Bu holni tadqiqotchi olimlar fonematik eshituv nutqiy muloqotning asosi bo`lganligi deb tushuntiradilar (L,S.Vigotskiy 1934; L.T.SHvorsь 1931; N,M SHelovanov 1954; A N Gvozdev 1981; A.M Leontьev 1961; G.L Rozengard-Pupka 1963; L V Neyman 1970; V I Belьtyukov 1977 ).

N.X SHvachkin bolaning nutqni idrok qilishning rivojlanishida ikkita davrni ajratgan: nutqning fonemagacha bo`lgan rivojlanishi va fonemali nutq.

Fonemagacha bo`lgan davrda bola kattalar nutqi intonasiyasiga, uning ritmiga, so`zlarning umumiy tovush tizimiga reaksiya ko`rsatadi. Bolada muloqotning nutqiy shakllariga bo`lgan ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu davrga kelib bola tovushlarni idrok qila boshlaydi, so`zlardan fikrni ifodalash maqsadida foydalanadi. Huddi shu davrni N.X.SHvachkin «fonemali nutq» deb atagan va nutqiy tizimni shakllantiruvchi deb hal qiluvchi baho bergan. Bir yoshdan ikki yoshgacha nutqni idrok qilish shakllanadi, ikki yoshning oxiriga borganda esa to`liq nutqni egallash asosi bo`lgan birlamchi fonematik eshitish rovojlanadi va bola nutqdagi barcha tovushlarni idrok eta boshlaydi.

Oxangdor nutqni bola tomonidan o`zlashtirib olinishi Gvozdev (1961) tomonidan tahlil qilib berilgan. Uning ta`kidlashicha bola boshqa tovush ta`surotlaridan tovushli nutqi tez ajratadi, eshitish tassavurlari uning shaxsiy talaffuzida fonematik elementlarni ishlab chiquvchi regulyator hisoblanadi. Eshitish tassavurlari bolaning ikki yoshida yetarli rovojlanishga ega bo`ladi. Bu yoshda bola nutqdagi barcha tovushlarni eshitadi va ajrata boshlaydi. Bu faktni A.N.Gvozdev bolaning fonematik eshitish darajasini belgilashdagi asosiy omil deb hisoblagan.

Huddi shu fikrni V.I.Belьtyukov ham qo`llab quvvatlaydi. U tomonidan ishlangan «Bolaning fonematik eshituvi rivojlanishi kartasi»da bolaning alohida tovushlarning va tildagi tovushli guruhlarni ajratish qobiliyatining rivojlanishi qonun-qoidalari ochib berilgan. Ma`lumotlar shuni ko`rsatadiki bola ikki yoshda hatto akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo`lgan tovushlarni ham ajrata oladi. Muallif, bola ikki yoshga yetganda bolaning fonematik eshitishi eng yuqori shakllangan darajaga yetadi deb xulosa qiladi.

Psixologiya, lingvistika, defektologiya va pedagogikada fonematik eshitishni turli nuqtai nazar bo`yicha talqin etadilar.

Mualliflar turli terminlardan foydalanadilar ya`ni nutqiy eshituv, nutqiy idrok qilish fonematik idrok va fonematik tassavvur.

V.G.Ananьev (1955) nutqiy eshitishni ikki xil shaklda o`rganib chiqadi ya`ni absolyut va ajratuvchi eshitish sezgilari.

S.F.Ivanenko (1984) nutqiy eshitishni kishini idrok qilishga diqqatning qaratishning psixolingvistik qobiliyati sifatida ko`rsatib beradi. Uning fikricha nutqiy eshituv nutqiy qobiliyatning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va har bir qobiliyat singari u ham nutq madaniyatining bir butunligi va tilning fonologik vositalarini o`zlashtirish asosida rivojlanadi, ta`minlanadi va takomillashadi.

S.P.Redozubov (1961), D.V.Elьkonin (1964) fonematik eshitishning insonning so`zdagi ma`lum nutqiy tovushlarni eshita olish qobiliyati deb tushuntiradilar.

A.R.Luriya (1969,1975) bu tushuncha bilan chegaralanib qolmay, fonematik eshitishni tasodifiy tovush belgilarini ajrata bilgan holda alohida guruhlardagi turli tovushlarni umumlashtirish qobiliyati deb qaraydi.

Fonematik eshitishning bu xususiyatiga N.V.Arxangelьskaya (1972), Ye.G.Karyasen (1972), A.V.Kalineva (1972) ham e`tibor beradilar. Ular fonematik eshitishni nutqiy tovushlarni hamda ularning jaranglash sifatini ajratish qobiliyati deb biladilar.

T.G.Egorov (1953) fonematik eshitish nutqning tovush tomondan analiz va sintez qilish qobiliyati deb ta`kidlaydi.

A.Voskresenskaya (1960) V.G.Goreskiy, N.I.Kuzьmina va V.I.Rojdestvenskaya (1968), M.F.Fomicheva (1971) fonematik eshitishni so`zdagi boshqa tovushlar orasida alohida tovushlarni ajratish qobiliyati deb qaraydilar.

Bizning fikrimizcha fonematik eshituv faqat nutqdagi tovushlarni idrok qilgan holda perseptiv funksiyadir. Boshqa hamma qobiliyatlar tovushlarni ajratish, tovush guruhlariga umumlashtirish, fonematik eshitishning yaxshi rivojlanganligi natijasida tovush analiz va sintezini qila olish muloqot va ta`lim jarayonida shakllanadi.

Ko`pgina tadqiqotchi olimlar ( G.A.Lyamina (1958), A.N.Gvozdev (1983), A.R.Luriya (1979), A.F.Zayseva (1981) va boshqalar) fonematik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi bolalarda tovush hosil bo`lishini tormozlaydi. Buning natijasida tovushlar juda kech va noto`g`ri shakllanadi deb ta`kidlaydilar.

Tovushlar talaffuzi buzilishining mustaqil defekt sifatida talqin qilinishi M.E.Radina (1947, 1952, 1961, 1968), M.A.Aleksandrova (1955), L.M.CHudinova (1955), M.E.Xvatsev (1958 1961), F.A.Rau (1958), M.F.Fomicheva (1966, 1971), M.G.Gening, N.A.German (1966, 1971), O.N.Usanova (1970), Ye.F.Sobotovich (1970), M.M.Alekseeva (1971), T.B.Filicheva (1974), M.YU.Ayupova (1992) va boshqalar tomonidan ko`rsatib berilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar talaffuzidagi kamchiliklar, tovush analizi va fonematik eshitishning rivojlanish xususiyatlari M.A.Aleksandrova (1955) ishlarida yoritib berilgan. Muallifning ta`kidlashicha fonematik eshitishning rivojlantirishga qaratilgan korreksion ishlar bolaning to`g`ri talaffuz qilishni o`zlashtirib olishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar talaffuzidagi kamchiliklarni korreksiyalashda ko`proq eshitish idrokiga e`tibor berish kerak. Muallif maktabgacha yoshdagi bolalarda tovush talaffuzidagi kamchiliklar ko`p uchraydi va u maxsus pedagogik yordamsiz bartaraf etib bo`lmaydi deb xulosa qiladi.

Ko`pgina mualliflarning (R.E.Levina (1959), G.A.Kashe (1968), M.F.Fomicheva (1981), A.V.YAstrebova (1984), J.T.Raximova (1988), L.I.Sovka (1989) ta`kidlashicha maktabgacha chiqayotgan bolalarning 20%-30% da tovushlar talaffuzida kamchiliklar kuzatilar ekan.

Bolalardagi ba`zi bir tovushlarning nuqsonli talaffuzi quyidagi ketma-ketlikda kuzatilgan:

R tovushi talaffuzidagi kamchilik sirg`aluvchi tovushlar, shovqinli tovushlar, til orqa tovushlar, L tovushi va kam miqdorda boshqa tovushlar. Mualliflar og`zaki nutqdagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini turlicha talqin qiladilar va bartaraf etish uchun turli metodik ko`rsatmalar beradilar.

Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar sabablarini o`rgana turib, mualliflar bolaning motor sferasida yoki akustik idrokda qiyinchiliklar bo`lishni ko`rsatadilar. (R.M.Boskis, R.E.Levena, N.X.SHvachkin, L.F.Spirova, L.K.Nazarova).

L.F.Spirova (1937) normal va nutq buzilishiga ega bo`lgan bolalarni tovush analiz qilish xususiyatlarini taqqoslab tekshirish ishlarini olib borgan. Tekshirishlar natijasi shuni ko`rsatadiki, hatto bitta tovushni noto`g`ri talaffuz qilish ham tovush analizigi o`z ta`sirini ko`rsatar ekan.

L.F.Spirova (1957) normal talaffuzga ega bo`lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tovush analizi qobiliyatini aniqlash uchun so`zdagi berilgan tovushni topish orqali aniqlash mumkinligini ko`rsatdi. Bolalarda tovush analiz qilish qobiliyatini aniqlashning yanada yengil shakli bu berilgan tovushni so`z tarkibidan topish yoki shu tovushga oid rasm topishdir. Keyinrok esa berilgan tovushga oid so`z o`ylab topish, so`zdagi oxirgi undosh tovushni topish kabi tovush analizini shakllantiruvchi shakllardan foydalanish mumkin.

L.F.Spirovaning ma`lumotiga ko`ra fonematik idrok hamda tovushlar talaffuzidagi kamchilaklar namoyon bo`lishiga ko`ra xilma-xildir. Ba`zi bir bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyasion apparat tuzilishi va harakatidagi kamchiliklar natijasida kelib chiqadi. Bunda juda ko`p tovushlarni umuman talaffuz eta olmaslik, artikulyasion jihatdan oson talaffuz etiladigan yoki artikulyasion jihatdan bir-biriga o`xshash tovushlarga almashtirish hamda tovushlarni noto`g`ri talaffuz etish hollari kuzatiladi.

Ba`zi bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulyasion apparat harakatidagi qiyinchiliklar bilan bog`liq bo`lmay, balki tovushlarni noaniq idrok qilish natijasida kelib chiqadi.

L.F.Spirova fonematik kamchiliklar sabablarini o`rgana turib bola nutqining talaffuz tomoni qanchalik buzilgan bo`lsa, u so`zlarda tovushlarni analiz qilishga shunchalik qiynaladi. Bu esa o`qish va yozish malakalarini o`zlashtirishda qiyinchilik tug`diradi degan xulosaga keldi.

Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni tahlil qilish N.A.Nikashinaning (1959) quyidagi tovush turlari kamchiliklari uchun umumiy xulosa qilishga sabab bo`ldi:

- tovushning nutqda bo`lmasligi – uni talaffuz qila olmaslik, artikulyasiya va talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin tovushlarni almashtirish;

- tovushlarni almashtirish-tovush alohida to`g`ri talaffuz qilinadi, lekin so`z va gaplarda bir guruhdagi tovushlar bilan almashtiriladi;

- tovushlar nutqda bo`ladi, lekin artikulyasion jihatdan aniq talaffuz qilinmaydi.

N.A.Nikashina tovushlar taaffuzida ko`p uchraydigan kamchiliklar deb quyidagi xulosaga keldi:

L, R tovushlari uchun ularning nutqda bo`lmasligi, sirg`aluvchi tovushlar uchun noto`g`ri talaffuz, shovqinli tovushlar uchun boshqa tovushlarga almashtirish, portlovchi tovushlar uchun-noaniq talaffuz etish kabilar xosdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda talaffuz kamchiliklari Ye.F.Sibonovich (1970) va M.M.Alekseeva (1971) tomonidan tahlil etilgan. Nutqqa qo`yilgan tovushlarni mustaqil nutqqa kiritish, ba`zi alohida tovushlar ustida ishlash ketma-ketligi, logopedik ishlar metodikasi va mazmuni ular tomonidan ishlab chiqilgan.

Nutqida kamchiligi bor bolalarning fonematik eshituvini rivojlantirish samaradorligini oshirish ishlariga M.Zeeman (1962) e`tibor berib, to`g`ri talaffuz shartlaridan biri bu fonematik eshitishning yaxshi rivojlanishi deb hisoblaydi. SHuning uchun ham talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishda birinchi navbatda eshitish idrokini rivojlantirish zarur.

G.Mistkovskaya (1969) talaffuz ustidagi ishlar artikulyasion apparat motorikasini rivojlantirishga, to`g`ri nafas olishga, fonematik eshitishni rivojlantirishga, bolalarni savodga o`rgatishga tayyorlashga qaratilmog`i lozim deb hisoblaydi.

Z.K.Gabashvili gruzin bolalarida A.S.Vinokur ukrain bolalarida, A.I.Mikulьskite litva tilida ta`lim oladigan bolalarda, R.A.Ayozbekova qozoq, V.Pashalakov turkman bolalarda, L.I.Sovka moldavon bolalarida, L.R.Muminova, M.Ayupova o`zbek bolalarida nutq kamchiliklarini o`rgandilar. Ular o`zlarining tadqiqot ishlarida artikulyasion xarakterga ega bo`lgan talaffuz kamchiliklarini, fonematik idrok jarayonlarining rivojlanmaganligidan kelib chiqadigan kamchiliklarni, yozuv va talaffuz kamchiliklarini tahlil qilib berdilar.

Turli millat bolalarida nutq buzilishlarini o`rganish, korreksion ish usullarini tanlashda har bir millatning til xususiyatlirini e`tiborga olish zarurligini ko`rsatdi.

M.Ayupova (1992) maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining fonetik hamda fonematik tomonini o`rganishda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bolalar orasida keng tarqalganligi aniqladi. Uning ma`lumotigi ko`ra 270 ta tekshiriluvchi 5 yoshli bolalardan 112 tasida (41,5%) tovushlar talaffuzida kamchiliklar borligi belgilandi. SHulardan «R» tovushi talaffuzidagi kamchiliklar 60,7% ni, shovqinli tovushlar 38,4%, sirg`aluvchi 32,1%, til orqa 2,5%, chuqur til orqa 7,1%, «L» tovush talaffuzidagi kamchilik 5,4%, tashkil etar ekan.

M.Ayupova tomonidan olib borilgan fonematik jarayonlarning tekshirish natijalari shuni ko`rsatdiki, fonematik idrokning rivojlanmaganligi tovush tuzilishi bo`yicha o`xshash bo`g`in, so`zlarni bilishda va ularni aniq ajrata olmaslikda, tovushlarni differensiasiya jarayonini tugallanmaganligida ayniqsa nozik akustik va artikulyasion belgilari bilan farq qiladigan tovushlarni farqlashda namoyon bo`lar ekan.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda tovush analizini o`rganish ularda bu malakalarni shakllanmaganligini ko`rsatdi.

YUqorida nomlari keltirilgan barcha mualliflar bolalarda kuzatiladigan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar hamda fonematik eshituvning rivojlanmaganligini maxsus logopedik yordamsiz bartaraf etib bo`lmaydi deb e`tirof etadilar.

Bunday nutq buzilishiga ega bo`lgan bolalarga ko`rsatiladigan logopedik yordam maxsus bolalar bog`chalarida, poliklinikalarda, umumta`lim maktablari qoshidagi logopunktlarda amalga oshiriladi.

FFN bolalar nutqini tekshirishda avval kuzatish metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Kuzatish metodi bolalar kollektivi bilan hamda ayrim bolalar bilan tanishish uchun foydalaniladi. Kuzatish metodi orqali bolalar xulqi, ularning o`ziga xos xarakteri, emosional-iroda sferasi, ularning umumiy rivojlanish darajasi, umumiy qiziqishi, qat`iyligi haqida birlamchi ma`lumotlarni olish mumkin.

Kuzatish metodi o`yin jarayonida, bolalarni bir-birlari bilan hamda tarbiyachi bilan muloqotda bo`lish vaqtida o`tkazish mumkin.

Logopedik mashg`ulotlarda ham kuzatish metodidan foydalangan holda bolalar nutqini kuzatish tavsiya etiladi.

Kuzatish metodidan tashqari FFN bolalarni tekshirishda suhbat metodidan ham foydalanish mumkin. Suhbat jarayonida bolalardagi nutqiy imkoniyatlarni, nutqni tushunish holati, aktiv lug`ati, grammatik tizimini rivojlanish darajasi haqida birinchi ma`ulmotlarni olish mumkin.

Suhbat jarayonida bolalar uchun tanish bo`lmagan mavzulardan foydalanish lozim. FFN bolalar nutqini tekshirish eksperiment




Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish