Pedagogik vaziyatlar bo’yicha natijalar
Tajriba-sinov
guruhlari
|
O’quvchilar
soni
|
Aniq to’g’ri
|
Qisman to’g’ri
|
xato
|
Tajriba
guruhi
|
20
|
11
|
6
|
3
|
Maktab o‘quvchilarida oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorganligi samaradorligi
Tajribadan avval
Tajriba – sinov
guruhlari
|
O`quvchilar
Soni
|
Darajalar
|
Yuqori
|
O`rta
|
Past
|
Tajriba guruhi
|
20
|
7
|
6
|
7
|
Nazorat guruhi
|
20
|
7
|
7
|
6
|
Tajribadan keyin
Tajriba-sinov
guruhlari
|
O’quvchilar
soni
|
Darajalar
|
Yuqori
|
O’rta
|
Past
|
Tajriba guruhi
|
20
|
14
|
4
|
2
|
Nazorat guruhi
|
20
|
9
|
7
|
4
|
Tajriba guruhining gistogrammasi
Oilada qiz bolalarni oilaviy hayotga tayyorlash muhim jarayon hisoblanib u ko’p qirrali uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Tajriba-sinovimizda samaradorlikni oshirish uchun o’quvchi qizlar bilan “Oilaviy munosabatlar”, “Oilaviy madaniyat”, “Oilada bola tarbiyasi”,“Oilada madaniy hordiq” kabi mavzularda davra suhbatlar, tarbiyaviy tadbirlar,munozaralar o’tkazildi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani munozarasi o’tkazdik undagi Otabek-Yusuf Hoji, Otabek-Kumush, Otabek-Zaynab munosabatlari, asardagi har bir qizning xarakeriga tavsif berildi va o’quvchi qizlar o’zlariga kerakli bo’lgan muhim xulosalarga ega bo’ldilar.
III bobga xulosa
Bizga ma’lumki, hozirda mamlakatimizda qizlarga, ularning ilm olish va kasb-xunar egasi bo’lishiga katta e’tibor berilmoqda. Lekin bularning o’zi qizlarning kelgusi hayotlarining farovon bo’lishligi uchun yetarli emas, balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berishga to’g’ri keladi. Chunki mustahkam oiladagina farzandlarga xohlagancha yashashi uchun imkon yaratiladi.
Ko’zatishlardan ma’lum bo’ladiki, oila qurgan ayrim qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasliklari, o’zaro munosabatlarida kelishmovchilik, bir-birini hurmat qilmaslik, jiddiy mas’uliyat hissining yetishmasligi, yengil-yelpi hayot kechirishga o’rganib qolish, turli fiziologik va psixologik xususiyatlarini yaxshi bilmaslik holatlari ko’rinadi. Sog’lom oila vujudga kelishi uchun, eng avvalo, jamiyat va davlat qayg’urishi, shunga zamin yaratib berishi lozim. Shundagina mustahkam oila dunyoga keladi. Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat sog’lom, mamlakat qudratli, yurt tinch-osoyishta bo’ladi. Hozirgi kunda oilaning muqaddasligi hamda nikoh mas’uliyati bo’yicha turmush qurayotgan yoshlarning bilim va tushunchalarini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, oila qurish har bir inson hayotida ulkan hodisa ekanligi, bu masala shaxsiy, xususiy doiradan chiqib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi tushuntirilayapti. Voyaga yetayotgan o’smirlar, avvalo, qizlarimiz ongida oila mas’uliyati, ularni turmush qurishga tayyorlash bo’yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Yosh oilalarning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi bo’yicha tadbirlar tashkil qilinmoqda. Chunonchi, davra suhbatlari, seminarlarda mutaxassislar yordamida oila qurishning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-huquqiy jihatlari, balog’at yoshi bilan bog’liq biologik, fiziologik o’zgarishlar hamda bu davrda nimalarga e’tibor berish lozimligi, qarindosh-urug’chilik asosida oila qurishning zararli oqibatlari, qolaversa, sanitariya, shaxsiy- gigiyena masalalari batafsil tushuntirib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |