Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet17/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

Avstraliya, Kanada, Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Daniyada nafaqani qayta hisoblab chiqish negizida ish haqi ko‘rsatkichini o‘zgartirish tartibi yotadi. Shu bilan birga ish haqining umuman narxga nisbatan tez o‘sishi va pensionerlarning turmush darajasi ishlaydiganlarnikiga muvofiq ravishda ortib borishi zarurligi e’tiborga olinadi.
23 Qarang: Sahovat. 1997 yil, 6-son, 15-bet.
24 Qarang: O’sha manba, 18-bet.
AQSH, Shvetsiya, Yaponiya, Kanada, Finlandiya, Norvegiya, Shvetsariyada nafaqani qayta hisoblab chiqishda yashash qiymati (jon boshiga iste’mol holati) ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bunday holda nafaqa darajasi va ish haqi darajasi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, iste’mol mollari narxining oshishi munosabati bilan pensionerlar ko‘radigan zararni aks ettiruvchi qat’iy miqdorda nafaqaga qo‘shimcha qo‘shiladi. 25 Bu ijtimoiy kafolatning bir shaklidir.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida umummilliy ijtimoiy sug‘urta tizimidan tashqari, xususiy firmalar tomonidan to‘lanadigan qo‘shimcha nafaqalar keng tarqalgan. Masalan, Fransiyada barcha yollanma ishchilar mana shunday qo‘shimcha ta’minot tizimi bilan qamrab olingan. Nafaqa olishga haqi bo‘lmagan yoki nafaqa, nafaqa miqdori turmush kechirishga yetmaydigan shaxslarga kelganda shuni aytish kerakki, muhtojlarga yordam beruvchi jamg‘armalar idoralarning e’tibori ana shunday shaxslarga qaratilgan bo‘ladi. Bunday faoliyatga murruvat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar tizimi ham jalb etilgandir.
Shu o‘rinda xususiy jamg‘armalari o‘zlarining ishtirokchilarini yetarli nafaqa bilan ta’minlay olmasalar nima bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu jarayon ham rivojlangan demokratik mamlakatlar qonunlarida o‘z ifodasini topgan. Ya’ni, xususiy nafaqa jamg‘armalari yaxshi faoliyat ko‘rsatmay yetarli nafaqa miqdorini ta’minlay olmasa, yangi nafaqa tizimiga 20 yildan kam bo‘lmagan davrda sug‘urta badali o‘tkazgan fuqarolarga yashash minimumi miqdorida nafaqa to‘lashni kafolatlaydi.26
Janubiy Koreyaning iqtisodiy yutug‘i koreys xalqining hormay-tolmay, g‘ayrat bilan qilgan mehnatining, shuningdek uzoqni ko‘ra biladigan korxona egalarining tavakkal qilishga tayorligining, hukumatning kerakli paytda siyosiy tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishi va ularni samarali amalga oshirishning natijasi hisoblanadi. Koreya industrlashtirishning keskin siyosati keyingi uch o‘n


25 Qarang: Sotsialneye prava: Rossiya i Yevropa // Sotsialnaya zashita -.,1998.№3. S. 65.
26 Qarang: Majidov I. Pensiya tizimi va uni isloh etish zarurati. // Sahovat, 2002, 1-son,28-29-betlar.
yillikda tengsiz ravishda iqtisodiy yuksalishga olib keldi. Lekin aholining ijtimoiy himoyasiga yaqin kunlargacha yetarli darajada ahamiyat berilmay kelindi. Biroq ijtimoiy ta’minot dasturini ishlab chiqishdagi bunday vazminlikni iqtisod rivojini birinchi o‘ringa qo‘yish yoki hukumatning e’tiborsizligi deb ta’riflash kerak emas. Bu vazminlik insoniy oriyatning asosiy tamoyili yuzaga chiqishi bilan bog‘liq xususiyatdir. Shunga ko‘ra har bir o‘g‘il o‘z ota-onasini ta’minlashga mas’uldir. Koreya shaharlarida ko‘p bolali oilalar ham, katta yoshdagi bolalar va keksa ota-onalar ham bir-birlaridan alohida yashaydilar. Shunga qaramay, Koreyada oila a’zolari yoki qarindosh-urug‘lardan biri og‘ir ahvolga tushib qolgudek bo‘lsa, bir-birlariga yordamlashadilar. Bu yerda “katta oila” kontseptsiyasiga asoslangan oilaviy hamkorlik hissi tufayli muhtoj kishilarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvatlashga kuchli ahamiyat beriladi. Bu hamkorlikni saqlash va rag‘batlantirish uchun Koreya hukumati tomonidan keksaygan ota-onalariga qarab turgan shaxslarga imtiyozli soliq va boshqa yengilliklar joriy qilingan.27
Shuni alohida takidlash zarurki, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy yordamning davlat dasturi nafaqa berish va tibbiy yordamning davlat dasturi doirasida xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi. Davlat dasturi doirasiga ma’lumot olish va uy joy qurilishi homilador ayollarga yordam va vafot etganda nafaqa berish ham kiradi. Fuqarolarning maishiy turmushiga doir dasturning masqsadi kambag‘allar, jumladan, boshpanasiz bolalar, qariyalar, og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va nogironlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvatlash hisoblanadi.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish