Germaniyaning ijtimoiy tizimi bir yil mobaynida shakllangan emas. Uning yuqori samaradorligi chet elda ham tan olinadi. Masalan, yalpi ichki mahsulotlardagi ijtimoiy xizmatlar ulushi 34.2 foizni tashkil etadi. Germaniyada kasallik holatidan baxtsiz hodisadan va qarilikni sug‘urtalash tizimi mavjud. 1957-yilda fermerlar kasallik holati bo‘yicha yordam olish huquqiga ega bo‘dilar. 1990-yildan boshlab ijtimoiy ta’minot turlari bilan pensionirlar, urush
27 Qarang: Sahovat. 1998.8-son,14-bet.
nogironlari, urushda halok bo‘lganlar oilalari va nogironlar taminlanmoqdalar. Nafaqa ta’minoti tizimi qayta 1992 yilda isloh qilingan. Germaniyaning deyarli barcha aholisi majburiy yoki ko‘ngilli tartibda yoxud xususiy sug‘urta agentliklari doirasida kasalliklar bo‘yicha sug‘urta qilinadi. Kasallik holatidan, shuningdek, pensionerlar, ishsizlar, o‘quvchilar va talabalar sug‘urta qilingan. Nafaqa sug‘urtasi bo‘yicha to‘lanadigan to‘lov miqdori hozirda umumiy daromadning 20.3 foizini tashkil etadi. Sug‘urta badallari tengma-teng (50% ga 50%) miqdorida ishchi va ish beruvchi tomonidan to‘lanadi. Nafaqa sug‘urtasi orqali qarilik va kasbiy ishga layoqatsizlik nafaqalari to‘lanadi. Ayollar keksalik nafaqasini 60 yoshga yetganlaridan so‘ng oladilar. Nafaqa miqdori avvalo maosh miqdoriga bog‘liq. Nochorlik nafaqasi Germaniyada faqatgina o‘z- o‘ziga yordam bera olmaydigan va biron kimsadan yordam olmaydiganlarga beriladi.28
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, mustaqillikka erishgan yoki bo‘lmasa, o‘z vaqtida tub islohotlar o‘tkazgan rivojlangan mamlakatlarda ham Germaniyadagidek kuchli ijtimoiy muhofaza qo‘llanilmagan.
Ijtimoiy himoya eng kuchli hisoblangan Shvetsariyada ham faqatgina 12 foiz oila davlat tomonidan turli xil ijtimoiy yordam oladi. Bu ko‘rsatkich Buyuk Britaniyada 7 foizni tashkil etadi. Yoki bo‘lmasa, iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan AQSHda ham davlat faqatgina o‘zini-o‘zi boqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoki bo‘lmasa ijtimoiy yordamga o‘ta muhtoj aholi toifalarigagina yordam beradi xolos. 29
Aholini ijtmoiy himoya qilishning Osiyo davlatlari tajribasi esa, G‘arb davlatlarinikidan ancha farq qiladi. Masalan, Yaponiyada Ikkkinchi jahon urishidan keyin asosiy e’tibor jamiyatni isloh qilishga va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
Yaponiya ijtimoiy ta’minot tizimining bosh bo‘g‘ini ijtimoiy sug‘urta hisoblanadi va uning vazifasi vaqtinchalik yoki butunlay mehnatga yaroqsiz
28 J.Spinnarke Soziale Sicherheit Heidelber Huthig 1993. P.21-55.
29 Qarang: Mirzaqulov Z., Sodiqov A. Ijtimoiy siyosat. // Ishonch. 1998 yil 2 aprel.
bo‘lib qolganlarga yordam ko‘rsatishdir. Ijtimoiy yordam sug‘urta fondlari hisobidan faoliyat ko‘rsatadi. Mamlakatda ijtimoiy ta’minot tizimi bo‘yicha 1973-hamda 1983-yillari islohot o‘tkazilib, aholi ijtimoiy ta’minoti doirasi yanada kengaytirildi.
Davlat ayrim hollarda nafaqaga qo‘shimcha miqdorda dotatsiya to‘laydi. 1941-yildan boshlab Yaponiyada “farovonlik nafaqasi” tashkil qilingan bo‘lib, 1980-yilda bu nafaqani oluvchilar 26,8 million kishini tashkil etgan, ularning hammasi xususiy korxonalarning ishchilari bo‘lgan. Sug‘urta fondi mablag‘larining asosini ishchilarga to‘lanadigan badal tashkil qiladi. Bu ish haqqining 11,3-13,6 foizini tashkil etib, mablag‘ning yarmini sug‘urtalanuvchilar, qolgan yarmini esa ish beruvchi beradi. O‘z navbatida hukumat nafaqa summasining 20-25 foizini to‘laydi. Nafaqa qariligi, nogironligi, boquvchisidan ajralganligi uchun beriladi.
Yaponiya sog‘liqni saqlash sug‘urtasi Osiyo qit’asida eng namunali sanaladi. Sog‘liqni saqlash fondi sug‘urta fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Aholining ma’lum guruhlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Sog‘liqni saqlash sug‘urta fondi ishchilarning sug‘urta badallari, davlat mablag‘lari hisobiga hamda korxonalar o‘tkazadigan mablag‘ hisobiga vujudga keltiriladi. Mamlakat sog‘liqni Sug‘urtalash milliy tizimi asosan kichik mulkdorlar sinfini qamrab olgan bo‘lib, 45 million kishiga xizmat ko‘rsatadi.
Fuqaro kasalxonada davolansa, birovlarning qaramog‘ida yashaydiganlarga davlat 70 foiz xarajatni to‘laydi, 30 foizini esa fuqarolarning o‘zlari to‘lashadi. Ayrim hollarda kasalni davolash uchun xarajatlar ko‘payib ketsa, xarajatlarning bir qismi sug‘urta puli hisobidan qoplanadi. Yaponiya sug‘urta tizimi fuqarolarga hamma sharoitda ham yordam berishga mo‘ljallangan. Tashkilot va muassasalar bilan hisob-kitoblarni Sog‘liqni saqlash va Ijtimoiy ta’minot vazirligi tasdiqlagan tibbiy xizmat ko‘rsatish ta’riflariga asosan olib borish mamlakat bo‘yicha joriy etilgan.
Sug‘urtalangan fuqaro ishga chiqmagan, jarohat olgan, ta’til va boshqa hollarda 4-kundan boshlab mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun 60 foiz
miqdorda ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday to‘lovlar eng ko‘pi bilan 6 oy muddatga to‘lanishi mumkin. Bola tug‘ilganligi va bolaga qarash uchun ham maxsus pul to‘lovlari amalga oshiriladi.
Yaponiyada har yili 60 yoshgacha bo‘lgan qariyalarni tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkazish va 70 yoshga kirganlarga bepul yordam ko‘rsatish joriy qilingan.30
Shuni alohida aytib o‘tish joizki, rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy ta’minot tizimining tajribasi mehnatkashlar huquqini himoya qiluvchi jamoat tashkilotlari, avvalo kasaba uyushmalarining jonbozligi tufayli qo‘lga kiritilagan.
Endi bu jarayonni MDH davlatlari bilan bog‘liq holda tahliliy jihatdan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, sobiq Ittifoqning aksariyat davlatlarida aholining ijtimoiy himoyalash turli darajada kechmoqda. SHu bois qator mamlakatlarda ijtimoiy muammolar keskinligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |