Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti


mavzu: Jamiyatni erkinlashtirishda ijtimoiy siyosat



Download 180,82 Kb.
bet19/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

mavzu: Jamiyatni erkinlashtirishda ijtimoiy siyosat


Kuzatishlarimizga qaraganda, O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirishda ijtimoiy kafolatlar tizimining quyidagi shakllari amalga oshirildi:

  1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish jarayoni tashkil etildi. Bunda har bir fuqaro davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etadi. O‘zbekistonda fuqarolarning saylovlarda ishtirok etishlari, ya’ni erkin tarzda ovoz berishlari huquqiy tomondan kafolatlangan. Bundagi ijtimoiy kafolat tizimi shuki, fuqaro o‘z xohish-irodasini erkin bildiradi va ijtimoiy faoliyatda qatnashadi.

  2. Qonunlar majmuini ishlab chiqish va xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga a’zo bo‘lish orqali fuqarolarni kafolatlash. Bunda fuqarolar o‘z haq-huquqlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. O‘zbekistonda Inson huquqlari Milliy Markazi, Oliy Majlis inson huquqlari



30 Qarang: Boboyev H., Qo‘ldoshev Q. Yaponiyada ijtimoiy ta’minot. // O‘zbekiston ovozi, 2002 yil 16 iyul.
vakilligi (ombudsman) singari tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu tashkilotlar fuqarolarning huquqiy faolligini zamon talablariga asosan ta’minlaydi.

  1. Fuqarolarning siyosiy manfaatlarini ifodalovchi siyosiy uyushma va partiyalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bu partiya va uyushmalar fuqarolarni ijtimoiy kafolatlashning siyosiy jihatlarini ta’minlashga ko‘maklashadi.

  2. O‘zbekistonda turli madaniy-ma’rifiy jamoat tashkilotlari mavjud. Misol uchun Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi shular jumlasidandir. Bu madaniy-ma’rifiy jamoat tashkilotlari fuqarolarni madaniy- ma’naviy tomondan kafolatlashda o‘z o‘rniga ega.

Shunday qilib, O‘zbekistonda ijtimoiy kafolatlar tizimi uchun ma’sul bo‘lgan tuzilmalar faoliyati jamiyatni demokratlashtirish jarayoni bilan uyg‘un holda olib borilmoqda. Shunisi aniqki, O‘zbekiston bu borada o‘z tajribalariga tayanadi. Muayyan xorijiy mamlakatlar tajribasidan avtomatik ravishda nusxa ko‘chirilayotgani yo‘q. Zero, “demokratik davlatning tayyor andozasi yo‘q. Yoki demokratik davlat qurishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish mumkin bo‘lgan namunali tajribasi ham mavjud emas. Demokratik huquqiy davlatni har bir mamlakat o‘z yo‘li bilan quradi.”37
Bizga ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirish jarayonida demokratik institutlarni tashkil qilish jarayoni muqarrar ravishda uzoq vaqt talab qiladi, sababi u jamoatchilik fikri, hayotiy qadriyatlar tizimi va xalqning tarixiy tafakkuri kabi ahamiyatli, chuqur zaminga ega bo‘lgan sohalarni qamrab oladi. Siyosiy demokratlshtirish, iqtisodiy islohotlar va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni o‘z ichiga olgan erkinlashtirish jarayoni mamlakat siyosiy va iqtisodiy turmush tarzini tubdan o‘zlashtirishni talab etadi. Bunday sharoitda insonlar o‘z ichki imkoniyatlarini, salohiyatini doimo oshirishlari zarur.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida shaxsga qo‘yiladigan talab ortib borganligi sababli, kishilar ilm o‘rganadilar, kasb egallaydilar, zamonaviy texnika, texnologiyani o‘zlashtiradilar, komp’yuter va xorijiy tillarni o‘rganish




37 Qarang: Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat. – T.:Sharq, 1996. B. 24
choralarini ko‘radilar. Bular shunchaki oddiy bir istak bo‘lmasdan, bugungi zamon talabi darajasidagi erkinlikni kafolatlaydi, yangi imkoniyatlar ochadi, erkin faoliyatni ta’minlaydi. Shu talablarga javob bera oladigan insonlar hayotda o‘z o‘rinlarini topa oladilar. Ularga doimo ehtiyoj bo‘ladi.
Boshqa tomondan, jamiyat hayotining barcha jihatlari bo‘yicha turli fikrlar, yondashuv va isbotlarning mavjudligi demokratik jamiyatni muvaffaqiyatli qurish shartidir. Jamiyat o‘ziga xos iqtisodiy va siyosiy manfaatlarga ega turli xil ijtimoiy guruhlarning yonma-yon mavjudligida aks etuvchi bunday xilma-xillikdan cho‘chimaslik kerak. Rang-barang va qarama- qarshi fikrlar jahondagi eng yashovchan demokratik jamiyatlarga xos belgidir. Demokratik institutlar samarali ishlab, siyosiy qarorlarni shakllantirishda barcha guruhlarning fikrini birlashtirib, yetakchilikni qo‘lga olsalar, jamiyatdagi maqsadlar va fikrlar xilma-xilligi yurtimiz tinchligi, ozodligi va farovonligi yo‘lida xizmat qilishlariga erishiladi.
Ma’lumki, har qanday jamiyat turli shart sharoitlar tufayli ko‘pgina murakkab muammolarga duch keladi. O‘tish iqtisodiyotiga ega davlatlarda mazkur murakkab muammolarni hal qilishda o‘ziga xos imkoniyatlar mavjud. O‘zbekistonda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • fuqarolar siyosiy faolligining yetarli darajada emasligi;

  • siyosiy partiyalar faolligining sustligi;

  • ayollar va yoshlarning ijtimoiy hayotdagi rolining zaifligi;

  • ommaviy axborot vositalarining yetishmasligi;

  • inson huquqlarini himoya qilish mexanizmining takommillashmaganligi va b.

Demak, bu holat o‘z navbatida fuqarolarning siyosiy ishtirokini kengaytirishdek muhim vazifani hal qilishni zarurat qilib qo‘yadi. Uni hal qilish esa barqaror demokratik jamiyat asosi sifatidagi inson huquqlarini ta’minlash uchun institutsional mexanizmlarni mustahkamlashni talab etadi. SHu bilan
birga, insonparvarlik, hamkorlik va ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish ham ijtimoiy kafolatlar tizimini mustahkamlaydi.
So‘z erkinligi, axborot olish va tarqatish erkinligiga rioya qilish kafolotiga ega bo‘lgan mustaqil ommaviy axborot vositalarini vujudga keltirish ham shu sohaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.
O‘zbekiston ijtimoiy kafoltlar tizimini yaratishda va uni amalga oshirishda ana shu muammolarni hal etib bormoqda. Bunda asta-sekin, ammo muttasil rivojlanish muhim omil hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik jamiyatning milliy modeli ishlab chiqilishiga diqqat qilindi. Negaki “fuqarolik jamiyati muayyan ijtimoiy hudud va mustaqil muassasaviy, shaxslararo munosabatlar va pirovardida vujudga kelgan jamoat tashkilotlari tizimi tarzida maydonga chiqar ekan u insonning mustaqilligini himoya qilishga, o‘z izmi bilan ish ko‘ra olish imkoniyatini saqlab qolishga da’vat etadi. Shunga ko‘ra fuqarolar o‘rtasidagi normal aloqalar turli harakatlar, birlashmalar va muassasalarda shakllanib, konkret ijtimoiy manfaatlarni aks ettiradi… O‘zbekiston Respublikasida bunday ijtimoiy o‘zaro aloqalarning qonuniy asoslarini yaratish bo‘yicha hal qiluvchi qadamlar qo‘yildi.” 39
Respublikamizdagi aholini ijtimoiy himoyalashning amaldagi tizimi oilaga, ayniqsa, ko‘p bolali oilalarga qaratilgan manzilli yo‘nalishga ega bo‘lib, u barcha muhtoj oilalarni moddiy himoyalashga qaratilgan.
O‘zbekistonda iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va islohotlarning imkon darajasida olg‘a borishi sari aholini ijtimoiy himoyalash tizimi, kambag‘allik va ishsizlikning oldini olish shakl va uslublari o‘zgarib boradi. Ijtimoiy himoyalashning yangi tizimiga aholining turli qatlamlariga qat’iy tabaqalashgan holda yondashish, maqsadli va aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam masalalarini hal qilishda davlat korxonalari bilan birga jamoa




39 Qarang: Jumaev R.Z. Qobilov M. Ko‘ppartiyaviylik – davr talabi. Sharqona bosiqlik siri. To‘plam. –T.: O‘zbekiston, 1994. B. 86
korxonalari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv organlari, hayriya va nodavlat jamg‘armalar asos qilib olingan.
Amaldagi ijtimoiy himoyalash tizimi turli qatlamdagi aholi guruhlari daromad darajalarini davlat yo‘li bilan ortiqcha nazorat qilishning oldini oladi. Bunda kam daromadli va kam ta’minlangan aholi qatlamini moddiy qo‘llab- quvvatlash uchun turli imkoniyatlrdan foydalanadi.
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalarning ro‘xatiga keladigan bo‘lsak, u quyidagilardan iborat:

  • oilalarga bola yoshiga yetgunga qadar, minimal ish haqi miqdorida yordam puli to‘lash. Ushbu to‘lov 1998 yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 mlrd so‘m miqdordagi nafaqa tarzida berilgan;

  • homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish;

  • farzand tugilganligi uchun birvarakayiga 2 ta eng kam ish haqi miqdorida yordam puli berish;

  • 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga qaragani uchun to‘lanadigan yordam puli;

  • kommunal xizmat ko‘rsatish va xonadondan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50% miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun);

  • qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko‘rsatish va kommunal to‘lovlaridan to‘la ozod etish va shaharlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari va o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari) 50% miqdorida imtiyoz berish (2003 yildan kompensatsiya yo‘li bilan amaliyotda qo‘llanilyapti);

  • kommunal xizmat ko‘rsatish va kommunal to‘lovlardan to‘liq ozod etish (1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan oilasi, yolg‘iz pensionerlar);

  • elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50% chegirma berish (oyiga 110kv.s.), (nogironlar oilasi);

  • er solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari);

  • olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz onalar); 16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz otalar, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30% dan;

  • yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan birortasi daromad solig‘ini 30%ni to‘lashdan ozod etiladi.

Ma’lumki, hozirda muhtoj oilalarni aniqlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi – mahalla fuqarolar boshqaruvi zimmasi yuklatilgan. Ijtimoiy siyosat bo‘yicha xalqaro yetakchi mutaxassislar fikricha, bu moslashuvchan va unchalik qimmatga tushmaydigan tizim uzoq muddatli (an’anaviy, tarixiy) rivojlanishga asoslangan va mahalliy aholi ishonchini qozonmoqda. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mahalla tomonidan muhtoj deb aniqlangan aholi qatlami haqiqatan ham biror nochor guruhga tegishli yoki kam daromad, yoki minimal miqdorida pul topadi.
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalshtirishning asosiy manbai respublika va mahalliy byudjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998 yilda to‘langan umumiy miqdori 3 mlrd so‘mni, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar esa 15,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.
1994-yil oktabrdan e’tiboran kam ta’minlangan oilalarga davlatning moddiy pul yordami mahallalar orqali berilmoqda. Aholi ijtimoiy muammolarining mahalla orqali yechilishi, mahallaning tarixiy roli va mavqeini tiklashga qaratilgan ilk choralardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 1997-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularning muhtojlik darajasini aniqlash, serfarzand oilalarga nafaqa belgilash kabi ilgari korxonalar yoki ijtimoiy ta’minot organlari bajargan vazifalar yuklandi.
Keyingi yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ularning daromad darajasiga ko‘ra haddan tashqari tabaqalashib ketishini jilovlash, nochor oilalar miqdori ko‘payishining oldini olishga imkon beradi. Aholi mehnat faoliyatininfg o‘sishi, iqtisodiy yuksalishning barqarorligi esa respublika aholisi barcha qatlamlari turmush darajasining o‘sishi uchun sharoit yaratadi.
Oilaviy qatlamni ijtimoiy himoyalash jamiyat rivoji uchun asos yaratishga olib keldi. Hozir O‘zbekiston sharoitida oila masalasi davlat himoyasida bo‘lib, “har bir oila boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi” mazmunidagi g‘oya ilgari surilgan. Endi oilaning ijtimoiy-iqtisodiy daromadi ham normallasha boshladi. Fikrimizni tasdiqlash uchun, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan “2003 yil ijtimoiy monitoringi” tadqiqotining ayrim natijalariga e’tibor qaratish mumkin.40
Tadqiqotda aholi turmush darajasida haqiqiy o‘zgarishni ta’minlash uchun iqtisodiy islohotlar samarali ijtimoiy siyosat bilan uyg‘un bo‘lishi lozimligi ta’kidlanadi.
YUNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash, maktab va kasb-hunar texnik ta’limiga sarflanayotgan davlat xarajatlari hajmi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistonda eng yuqori.
O‘zbekistonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bolalar, yoshlar, oila, onalik va keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan maxsus dasturlar ijrosining ta’minlanayotganligi tufayli aholining nisbatan himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish darajasini ifodalovchi quyidagi ko‘satkichlarga erishildi:

  1. O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning atigi 4,7 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan onalarning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu Markaziy va sharqiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir (Pol’shada – 7,5 foiz, Vengriyada – 7,4 foiz, Slovakiyada – 9,1 foiz). MDH mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 8,8 fiozdan (Qozog‘iston) 16,3 foizgacha (Moldova) tashkil etadi.



40 Qarang: YUNISEFning “2003-yil ijtimoiy monitoringi tadqiqoti”. // Xalq so’zi, 2003 yil 14 oktyabr’.

  1. O‘zbekistonda 20 yoshgacha bo‘lgan onalarning nikohsiz bola tug‘ishi sharqiy Yevropaning ko‘pgina davlatlaridagiga nisbatan uch barobar, Rossiya, Qozog‘iston va Qirqizistondagidan ikki barobar kam.

  2. O‘zbekistonda go‘daklarning o‘limi keskin kamaydi, ya’ni ilgari har ming nafar chaqaloqdan 38,1 nafari nobud bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich istiqlol yillarida 18,3 nafarga tushdi. Bu Markaziy Osiyoda eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Onalar o‘tasida ham o‘limning keskin kamayishi kuzatilmoqda, ya’ni har 100 ming homilador ayoladan 42,8 nafari tug‘ish jarayonida hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich mustaqillik yillarida 33,5 nafargacha kamaydi. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 43,8, Tojikistonda 45,4 nafarni tashkil etadi.

  3. So‘nggi 12 yilda O‘zbekistonda bola oldirish (abortlar) soni uch barobar kamayib, bugunga kunda homilani sun’iy tushirish Estoniyadagidan 10 barobar, Rossiyadan 15 barobar, Qozog‘istondagidan 6 barobar, Turkmanistondagidan 2 barobar kam ro‘y bermoqda.

  4. O‘zbekistonda o‘limning umumiy darajasi ming kishiga nisbatan 5,3 nafarni tashkil etadi, bu sharqiy Yevropa davlatlaridagidan o‘rtacha ikki marta, Yevropa mamlakatlaridagidan uch marta kam demakdir.

  5. Nikohning bekor qilinish darajasi so‘nggi 12 yilda 1,5 barobar pasayib,

100 ta nikohga nisbatan 9,2 holatni tashkil etadi, bu esa Chexiya va Belarussiyadagidan 6 marta, Rossiyadagidan 7,5 marta, Qozog‘istondagidan marta, Turkmaniston va Qirg‘izistondagidan ikki marta kamdir.

  1. O‘zbekistonda mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar 100 ming kishiga 34,8 bola to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonda 10 barobar ko‘pdir.

  2. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida jinoyatchilikning umimiy darajasi uchdan birga kamaiyib, 2002 yilda 100 ming kishiga nisbatan 298 holatni tashkil etdi. SHu davrda Rossiyada jinoyatchilik 2056 taga to‘g‘ri keladi. Ukraina, Moldava va Qozog‘istonda jinoyatchilik darajasi O‘zbekistondagidan uch barobar yuqori. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyat sodir etish holatlari

Rossiyada 15 barobar, Ukrainada 10 barobar Qozog‘istonda esa 6 barobardan ko‘proqdir.

  1. Ekologik muammolarga qaramay, respublikamizda sil kasali tarqalishining oldi olindi. Qozog‘istonda so‘nggi 12 yil ichida silga chalinganlar soni ikki barobar o‘sib, har 100 ming kishining 155,5 nafari ushbu kasallkka duchor bo‘lgan, Qirg‘izistonda esa bu kasallik qariyb uch barobar ko‘paygan, shunungdek, YUNISEF ekspertlari Turkmaniston va Tojikistonda ham mazkur havfli xastalikka uchraganlar ko‘payib borayotganligini qayd etgan.

  2. Mamlakatimizda 25-39 yoshdagi (eng layoqatli yosh) erkaklar o‘rtasida o‘lim darajasi MDH mamlakatlari o‘rtasida eng kam ko‘rsatkichni tashkil etadi. Rossiya, Belarus va Qozog‘istonda bunday holat respublikamizdagiga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.

  3. O‘zbekistonda 17 yoshgacha bo‘lgan yangi avlod 10 million 924 ming kishini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Bolgariya, Moldova bizdan 10 barobar, Vengriya, Chexiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston 5 barobar, Tojikiston 2 barobardan ko‘proq orqada. Mamlakat kelajagi bo‘lgan yosh fuqarolar soni bo‘yicha biz Ukrainadan o‘zib ketdik.41

  1. Jamiyat siyosiy hayoti Konstitutsiya va qonunlar majmuiga asosan mulkiy, so‘z va faoliyat erkinligi bo‘yicha kafolatlab qo‘yilgan. Bu bilan fuqarolarning ijtimoiy manfaatlari muhofaza qilinadi. Ular turli uyushmalar jamoat tashkilotlari va partiyalar vositasida bu kafolatlarni istifoda etadilar.

Jamiyatni taraqqiy ettirish uchun fuqarolarni siyosiy himoyalashni kafolatlash muhimdir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, siyosiy himoyalash bilan jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlash mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy plyuralizmga asoslangan jamiyat dogmatik g‘oyalarga yo‘l bermaydi, turli ijtimoiy va siyosiy inqirozlarga duchor bo‘lmaydi.
Jamiyat a’zolarini ijtimoiy muxofazasini kafolatlashda eng muhim masala ijtimoiy himoyadir. Fuqarolar ko‘chmas mulk turlariga, moliyaviy va texnik


41 Qarang: YUNISEFning “2003-yil ijtimoiy monitoringi tadqiqoti”. // Halq so’zi, 2003 yil 14 oktyabr’
jihozlarga ega bo‘ladi. Bu mulk daxlsizdir. Chunki u fuqarolarning o‘z huquqlari va imkoniyatlari natijasida ishlab topilgan mulkdir. Demokratik jamiyatda shaxsni muhofaza qilish va tadbirkorlik bilan erkin shug‘ullanishga imkon yaratish, shu sohani ijtimoiy kafolatlash o‘zining natijalarini beruvchi ta’sirchan omildir.

  1. Muayyan jamiyatda diniy va ilmiy e’tiqodni hayotning maslagiga aylantirgan fuqarolar bo‘ladi. Bunday maslakiy qatlamning ijtimoiy kafolatini amalga oshirish jamiyatda jarayonlarning tarkib topishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillikdan keyin O‘zbekistonda ruhoniy va ziyoli qatlamning huquqiy erkinliklari ro‘yobga chiqarildi, ular tashkilotlarining mulkiy munosabatlari qununlar vositasida tartibga solinmoqda.
O‘zbekistonda ruhoniy qatlam xalq hayotida muayyan ta’sirga ega. Shu sababli ularning ijtimoiy faoliyatlari jamiyat uchun foydali bo‘lishi uchun zamin hozirlandi. Har yili minglab fuqarolarimiz haj ibodatini o‘tashlariga davlat ko‘mak bermoqda. Ularning davlat tomonidan muhofaza qilinishi O‘zbekiston sharoitida o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
O‘zbekistonda olib borilgan kuchli ijtimoiy siyosat mamlakatda mulkchilikning eng kuchli va ishonchli shakli bo‘lmish - xususiy mulkchilikning tarkib topishiga ham zamin hozirladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida xususiy mulkchilikka nisbatan shubha bilan qaralgan edi va 1998 yilga kelib jamiyatda kuchli tarzda tarkib topgan siyosiy barqarorlik xususiy mulkchilikning qonuniy ravishda rivojlanishiga imkon yaratdi. Bu jarayonni Prezident Islom Karimov shunday ifodalaydi: “Yodingizda bo‘lsa, yaqindagina, mustaqillikning dastlabki yillarida biz xususiy mulk tushunchasi bilan bog‘liq barcha narsalarga… salbiy munosabatda edik. Xususiy mulk degan iboraning o‘ziyoq ko‘pchilikda nohushlik va ijtimoiy norozilik uyg‘otardi… O‘z mehnati bilan boyligini, o‘z oilasi boyligini, binobarin jamiyat boyligini yaratayotga odam, uning tashvish va maqsadlari bilan diqqat markazimizda,
islohotlarimiz markazida bo‘lmog‘i darkor”.55 Shu tariqa fuqaroning o‘z xususiy mulkini shakllantirish muammolari hal etila bordi. Ijtimoiy siyosatning tizimli va uzluksiz tarzda amalga oshirila borishi natijasida xususiy mulkning shakllanishiga erishildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etishda kuchli ijtimoiy siyosatning ta’siri sezilarli bo‘ldi. Islohotlarni amalga oshirishning besh tamoyilidan birini tashkil qiluvchi ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyat siyosiy hayotidan tashqari, iqtisodiy, huquqiy va umuminsoniy muammolarni hal etishdan tashqari, iqtisodiy, huquqiy va umuminsoniy muammolarni hal etishda ham muhim omil bo‘ldi.
Biz yuqorida ta’kidlagan mulohazalardan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

  • kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekiston uchun uzluksiz va ustuvor yo‘nalishdir;

  • bu siyosat jamiyat siyosiy barqarorligini ta’minlashda va taraqqiyot yo‘lini tanlab olishda muhim omillardan biri bo‘ldi;

  • kuchli ijtimoiy siyosat O‘zbekiston jamiyatida yangicha fikrlashga, tafakkur qilishga zamin yaratdi;

  • bu siyosat jamiyatda xususiy mulkchilikning shakllanishi uchun imkoniyatlarni ochdi;

  • O‘zbekiston jamiyati kuchli ijtimoiy siyosat vositasida jamiyat a’zolari uchun ijtimoiy kafolot tizimining real ko‘rinishiga ega bo‘ldi.

Albatta, mamlakatimiz o‘tish davrida ekan, ijtimoiy sohadagi islohotlar hali o‘zining to‘liq natijalariga ega bo‘lganicha yo‘q. Lekin ijtimoiy sohadagi islohotlarning konstitutsion – huquqiy asoslari to‘la barpo etildi, deb aytish mumkin. Aynan shu sohadagi sa’y-harakatlar strategiyasini modellashtirsak, ijtimoiy yordam, ijtimoiy sugurtalash, ijtimoiy xizmatlar tizimidagi huquqiy hujjatlar, qonunlar majmuasini ajratib ko‘rsatish zarur bo‘ladi (2-jadval).
      1. jadval




55 Qarang: Karimov I.A. Xalqimiz jipsligi – tichlik va taraqqiyot garovi. –T.: O‘zbekiston, 1998. B.5-6

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish