Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet15/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

2.1- jadval.


Oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan qiz bolalarning talabalarga nisbatan ko‘rsatgichi (foiz hisobida).




1995-96

1996-97

1997-98

1998-99

Hammasi

38,9

39,4

37,9

38,1

Shuningdek
barcha O.O‘.yurtlarida













Sanoat

16,8

20,1

20,5

20,0

Qurilish

13,7

16,4

18,6

19,5

Transport

17,3

22,8

19,4

19,9

Aloqa

19,8

21,4

20,5

19,4

Qishloq xo‘jaligi

8.7

10.8

12.2

13.4

Iqtisod

22.5

23.1

20.9

29.5

Huquq

17.8

23.9

19.6

18.6

Sog‘liqni saqlash

52.4

52.6

51.1

53.6

Jismoniy tarbiya
va sport

17.3

19.5

17.2

16.4

Maorif

49.6

51.1

49.2

47.9

Pedagogika
institutlari

65.2

64.8

62.3

62.7

San’at va kino
sohasi

37.9

38.0

40.9

45.8

O‘zbekiston sharoitida to‘lov-kontrakt tizimini yo‘lga qo‘yish ikki holatda bo‘ladi. Birinchisi, naqd pul to‘lovi va ikkinchisi, homiylar yoki banklar orqali universitet (akademiya, institut) hisob-raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjat va qonunlarida umuman boquvchisini yo‘qotgan va sharoiti o‘ta og‘ir talabalarga nisbatan imtiyozlar yaratilgan. Bunda ular kontrakt yo‘nalishida o‘qishdan butkul ozod qilinib, davlat budjetida ta’lim oladilar yoki shartnomada belgilangan pul miqdoridan ayrim chegirmalar bilan muhofaza qilinadilar. SHuningdek, ta’lim yo‘nalishiga qarab to‘lov-kontrakt shakli kunduzgi va sirtqi shakllarda bo‘lib, bunda to‘lovdagi farq kunduzgiga nisbatan sirtqi ta’limda 50% miqdorida belgilangan.


Tabiiy savol tug‘ilishi mumkin. Nima uchun so‘nggi yillarda o‘quv tizimi pullik shartnoma asosida bo‘lishiga qaramasdan unda o‘quvchilarning soni oshib bormoqda. Bunda biz quyidagi mulohazalarni ilgari surdik. Birinchidan, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanib borishi ta’limni har bir shaxsning keyingi ish faoliyati va jamiyatdagi mavqeini belgilab berishdagi
kafolat sifatida anglanishi bilan. Ikkinchidan, uzluksiz ta’lim tizimining jahon andozalari talablari asosida yaratilishi barcha talabalarga ta’lim olish huquqini berishi. Uchinchidan, zamonaviy jamiyatda texnologiya va axborotlar tizimining kun sayin murakkablashib borishi, hamda insonlarning ularni tahlil qilishga bo‘lgan intilishlari. To‘rtinchidan, bugungi kunda kasb tanlash va unda faoliyat yuritish uchun ham maxsus ta’lim ko‘nikmalarining talab etilishi. Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlab o‘tishni joiz deb hisoblaymiz, ya’ni O‘zbekistonda ham bundan keyin tarmoq yo‘nalishidagi sohalarga qiziqish ortib boradi.
To‘lov-kontrakt tizimida ta’lim olayotgan talabalarning ijtimoiy holatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadigan ko‘rsatkichlardan yana biri – bu talabalarning ijtimoiy kelib chiqishidir. Ko‘pincha talabalarda ma’lum bir o‘quv yurtida o‘qishga bo‘lgan istak vorislik asosida bo‘lishi kuzatiladi. Ammo bozor talablari keyingi yillarda ota-onalari oliy ma’lumotli bo‘lmasalarda, ko‘pchilik yoshlarni universitet yoki institutlarda o‘qiyotganlarini e’tirof qilish mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalarda eng yuqori foizni tashkil etadi. Chunki sobiq ittifoq davrida mavjud mentalitet ko‘pincha ayollarni o‘rta ma’lumotli bo‘lish bilan kifoyalanishini ta’minlardi. Shuningdek, o‘sha davrlarda ta’limning barcha turlari davlat byudjeti hisobiga bo‘lishiga qaramasdan mavjud ijtimoiy kafolat ota-onalar tomonidan asosan o‘g‘il bolalarga sarflanardi. Bugungi bu holatni ijobiy tomonlarga o‘zgarganini kuzatish mumkin. Endi ota-onalar nafaqat ijtimoiy, balki moliyaviy ta’minot masalasida ham o‘g‘il va qiz bolalar uchun tenglik muhitini yaratib berishga harakat qilmoqdalar. Shunday bo‘lsada, bu jihatlar hududiy ko‘rsatkichlarda mavjud an’anaviy holatlarning hisobiga hamon o‘z holatini saqlab qolmoqda.
Dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida fuqarolarning ta’lim muassasalarining ma’lum xarajatlarini ta’lim oluvchi tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilgan. Respublikamiz oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida to‘lov- kontrakt asosida o‘qitish tizimining kiritilishi dunyo tajribalariga tayangan bo‘lib, farzandlarimizning asosiy qismini ma’lumotli qilish uchun imkoniyat yaratmoqda.
Mamlakatda abituriyentlarning test sinovida to‘plagan reyting ballariga muvofiq, ayrim fuqarolar uchun oliy ta’limning pullik etib belgilanishi bozor iqtisodiyoti sharoitlariga va dunyo tajribalariga mos keladi. To‘lov-kontrakt hisobidan kelib tushgan mablag‘ oliy ta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, bu bilan esa pirovard natijada kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, hamda talabalar va proffesor-o‘qituvchilarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlashga imkon bermoqda.
Ammo shu bilan birga to‘lov-kontrakt tizimida bugungi kunga kelib bir qator nomutanosibliklar mavjudligini takidlab o‘tish joiz bo‘ladi. Masalan, byudjet hisobidan bilim olishga kirgan talabalarning ro‘yxatdagi oxirgilari to‘plagan ballar, to‘lov-kontrakt asosida kirgan talabalarning ro‘yxatda oldingi qatorda turganlarining to‘plagan ballaridan farqi ko‘p holatlarda 0,1 – 0,2 ballni tashkil etadi xolos. Bunda bilim olish darajasi bir xil bo‘lgan talabalarning bir qismi byudjet hisobida o‘qisa, qolganlari to‘lov-kontrakt tizimida differentsiyalashgan to‘lov tizimini joriy etishni lozim deb topuvchi ekspertlar fikri shakllanmoqda. Chunki bu narsa, tabiiyki ijtimoiy adolat me’zonlarini ta’minlagan bo‘ladi.
Shu bilan birga talabalarning o‘qish ko‘rsatkichlarining tahlili ayrim byudjet hisobida bilim olayotgan talabalarning bir qismi institutga yuqori ballar bilan kirganliklariga qaramay, o‘qish jarayonida past ko‘rsatkichlar bilan o‘qimoqdalar. Bunga qarshi o‘laroq, ko‘p holatlarda hattoki to‘lov-kontraktiga eng past baholar bilan kirgan ayrim talabalar esa yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlar bilan ta’lim olishmoqda. Misol tariqasida Jizzah politexnika instltutining “Avtomexanika” fakulteti birinchi va ikkinchi bosqich talabalari baholaridagi ko‘rsatkichlarni keltirish mumkin (jadvalga qaralsin). Aslida bu holat deyarli ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida ham mavjud.
Shu sababli imkon qadar barcha oliy ta’lim muassasalaridagi kirish imtihonlari nazoratini jiddiy tahlil etish kerak. Har yili shunda hoziru-nozir bo‘lib turgan, va o‘z ishlarining “ustasi” bo‘lib ketgan mutaxassislarga doimiy imkon berish holatini to‘htatish kerak. Jamiyatning kelajagi va taqdiri malakali
mutahassislar faoliyati bilan bog‘liq ekan hamma narsada bo‘lgani kabi oliy ta’limning to‘lov-kontrakt tizimida ham adolat tamoyillarini doimiy ta’minlab borish lozim.

10 mavzu: Xorijiy mamlakatlarda ijtimoiy siyosat


Insonning barcha qobiliyatlari orqali jamiyatga foyda keltirishi ko‘p jihatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga bog‘liq. Dastavval har bir oila o‘z turar joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir.
Baholarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy xizmat sohasining bir maromda xususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim. Iste’mol mollarining ko‘pini o‘zimiz yetishtirishni ta’minlash uchun mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, qishloq joylarda savdo shaxobchalari va maishiy xizmat muassasalarini ko‘plab barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo‘ldir. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining borishi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining mulkchilik shakllari bo‘yicha tarkibi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, respublikamizda erkinlashtirish jarayonlari aniq maqsadda amalga oshirilayotganligining guvohi bo‘lamiz.
Shunisi aniqki, har bir yetuk jamiyat uchun inson eng oliy maqsad hisoblanadi. Insonni ulug‘lamay, uning qadr-qimmatini o‘z o‘rniga qo‘ymasdan turib demokratik va odil jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda inson manfaatlariga e’tiborning oshib borayotganligi ham ijtomoiy kafolatlarni davr talablari darajasiga ko‘tarishga bo‘lgan urinishlarni bildiradi.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich o‘tilishi munosabati bilan aholini kuchli ijtimoiy himoyalash siyosatini olib borishda va bu tamoyilni yanada rivojlantirish va takomillashtirishda, uning yanada aniq maqsadli va adresli yo‘naltirilishida dunyodagi taraqqiy etgan davlatlarning bu sohadagi tajribalarini o‘rganish, tahlil etish va ularning ijobiy
yutuqlaridan amalda foydalanish, ba’zi elementlarini xalqimiz milliy qadriyatlariga va xususiyatlariga mos ravishda tadbiq etish masalalari respublikamizning jahon hamjamiyatiga yanada jadalroq kirib borishiga (integratsiyasiga) sabab bo‘ladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash masalalarida davlatning roli va vazifalari bo‘yicha Jahon banki iqtisodiy rivojlanish Instituti inson resurslari bo‘limining 1992- yilda tayyorlangan “Iqtisodiy o‘sish davrida ijtimoiy islohotlar o‘tkazish” (SPRITE) dasturiga ko‘ra, Markaziy YEvropa davlatlari va sobiq Ittifoqning 12 ta mustaqil davlati, shu ijtimoiy himoya (sotsial protection) va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (sotsial safety net) Kompleks rejalari asosida qator amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu dasturning negizini ijtimoiy sug‘urtalar (nafaqa sug‘urtasi, kasallik sug‘urtasi, ishsizlikdan sug‘urta, tibbiy sug‘urta, baxtsiz hodisalardan sug‘urta, oilaviy va kam ta’minlanganlar uchun nafaqa) tadbiq etish tavsiya qilingan. Bu sug‘rtalarning ba’zilari O‘zbekistonda hozirning o‘zidayoq amalga oshirilmoqda.
Dunyoda hozirgi davrda aholini ijtimoiy himoya qilishda bir qator modellar mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlandiya, Shvetsiya) qo‘llanilayotgan sotsial-demokratik model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha ma’suliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish