Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet23/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

jadval


Ijtimoiy muammolar va ularni hal etish tadbirlari





Ijtimoiy muammolar

Ularni hal etish tadbirlari




Sotsial tabaqalashuv va qutblanish

Fuqarolar tomonidan o‘zlari va oila a’zolarini sotsial xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab topish
imkoniyatlarining ortishi.




Kambag‘allik

Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi imkoniyatlarni vujudga
keltirish




Ishsizlik

Ishlab chiqarishda sotsial ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan
xizmat va mahsulotlar ulushining







ortishi




Hududlarning tabaqalashuvi

Daromadlar tengsizligi va shaxsiy
manfaatdorlikning ortishi.




Ta’lim tizimidagi muammolar

Ta’limning boshqa shakllarining
kengayishi, ta’lim tizimini izchil isloh qilish.

Ma’lumki, sotsial soha rivojini modellashtirishda parametrlar, ya’ni ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Bunday parametrlar ikki turga, ya’ni: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan turga bo‘linadi.


Masalan, Jahon Banki prognoziga ko‘ra, 1999-2005 yillarda mamlakatimiz aholisining demografik strukturasi o‘zgarmas element bo‘lib qolishi kutilmoqda. Qolgan barcha ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin.
Shuningdek, sotsial muammolarni modellashtirishda parametrlar bilan birga sotsial indikatorlar ham qo‘llaniladi. Bunday sotsial indikatorlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin.

  1. Kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar.

  2. Aholining umumiy sonida nafaqaxo‘rlarning ulushi.

  3. Saqlashga yo‘naltirilgan umumiy harakatlardagi aholi ulushi.

  4. Eng kam nafaqa miqdorining ish haqi eng kam miqdoriga bo‘lgan nisbati.

  5. Djini koeffitsenti.

  6. Ishsizlik bo‘yicha nafaqaning miqdori.

  7. Bolalar uchun nafaqalar.

  8. Davlat budjetining umumiy xarajatlaridagi ta’limga yo‘naltirilgan xarajatlar ulushi.

  9. Ta’limga yo‘naltirilgan umumiy xarajatlardagi aholi ulushi. 10.Ishsizlik bo‘yicha nafaqa oluvchilarning soni.

11.Toza ichimlik suvi bilan taminlanganlar soni. 12.Imtiyozlarga ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar soni.

  1. Iste’mol tovarlari va xizmatlarning bahosidagi farqlarni qoplash uchun subsidiyalar (iqtisodiy yordam) miqdori.

  2. Sog‘liqni saqlash nafaqa fondining daromadlari. 15.Ularning kutilayotgan davomliligi.

Biz yuqorida sotsial ta’minot tizimi haqida so‘z yuritdik.
Shu sohani modellashtirishni olib ko‘radigan bo‘lsak, umuman har qanday sotsial modellashtirish kabi bunda ham dastlabki ikki jihatni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:

  1. U yoki bu sohaning real ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish.

  2. Sotsial sohaning tegishli sohasida amalga oshirilishi mo‘ljalanayotgan chora tadbirlarni tashkiliy modellashtirish.

O‘zbekistonda hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot tizimida boshqaruv idoralari hisoblangan 1 ta vazirlik, 12 ta viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda 170 ta tuman va 14 ta shahar ijtimoiy ta’minot tizimlari mavjud. Shunindek, yolg‘iz nogironlarga va qariyalarga mo‘jallangan o‘nlab internat uylari, nogirinlik sababi va guruhini belgilovchi tibbiy ekspertiza komissiyalari, xususan nogironlikni ekspertiza qilish va nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha bitta ilmiy tekshirish instituti faoliyat yuritmoqda. Nafaqaxo‘rlarning davolanishi va dam olishiga mo‘ljallangan bir qancha maxsus sanatoriyalar ishlab turibdi.57
Ma’lumki, inson mehnati uning hayotini farovon qilishda muhim kafolat vazifasini bajaradi. Fuqarolarning mehnat sohasidagi qadriyatli ustuvor yo‘nalishlari tizimini, shu jumladan ularning mehnatga bo‘lgan munosabatini aniqlash maqsadida “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2002-yilda “Umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar” mavzusida o‘tkazilgan sotsologik tadqiqot dasturiga “Inson va mehnat” deb nomlangan mahsus bo‘lim kiritilgan bo‘lib, aholining mehnatga va o‘zlari bajarayotgan aniq bir ishga munosabatini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi. Mazkur


57 Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari.
jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari 2000-yilda o‘tkazilgan ana huddi shunday so‘rovga qiyoslangan holda amalga oshirildi.58
So‘rovda O‘zbekistonning 9ta viloyatidan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 1956 kishi, aholining barcha qatlamlari vakillari- shaharliklar va qishloqda yashovchilar, erkaklar va ayollar, har xil yoshdagi kishilar, ma’lumoti darajasi turlicha bo‘lgan odamlar qatnashdilar. Bunday maqbul tanlash olingan natijalar va xulosalar ishonchliligi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. So‘rab chiqilgan fuqarolarning katta qismi (41,5 %) kishida zarur bilimlar mavjudligi obro‘li kasbga ega bo‘lish yoki nufuzli ishda ishlashning asosiy shartidir deb bilishadi. Respondentlarning fikricha, pul (11,7 %) obro‘li ish bilan shug‘ullanishning navbatdagi sharti hisoblanadi. Respondentlarning 10,8 foizi nufuzli ishda ishlashning sharti sifatida kuchli xohish va qobiliyatni, 3,6 foizi tanish-bilishchilik va qarindoshlik aloqalarni 1,9 foizi yaxshi jismoniy tayyorgarlik, sog‘liqni qayd etishdi.
Ikki so‘rov natijalari taqqoslansa, asosiy pozitsiyalar bo‘yicha javoblar amalda bir xilda taqsimlanganligini ko‘ramiz. Masalan, respondentlarning ko‘pchiligi (2000-yilda – 54,4% va 2002-yilda – 60,1% ) aholini doimiy va barqaror daromad keltiradigan ish bilan ta’minlash fuqarolarning o‘zining ishi bo‘lishidan ko‘ra ko‘proq davlatning vazifasi ekanligi haqidagi nuqtai nazarni qo‘llab – quvvatlaydilar. Bu fuqarolar to‘liq darajada erkin emasligidan va ijtimoiy munosabatlar sohasiga kirib borishga tayyor emasligidan dalolat beradi. Ular hamon ish bilan ta’minlashdek eng ahamiyatli muammolarning hal etilishi davlatning zimmasida deb bilishadi. To‘g‘ri, ushbu masalalarning hal etilishi nafaqat shaxsiy azilatlarga, balki davlat tomonidan yaratilgan shart – sharoitlarga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir.
Shu bilan birga mustaqillikka erishish tendensiyasi bari bir namoyon bo‘lmoqda. Masalan, so‘rab chiqilganlarning tegishli ravishda 37,1 foizi va 26,7 foizi aholini doimiy va barqaror daromad keltiruvchi ish bilan ta’minlash




58 1Qarang: Ubaydullayeva R.A. Inson va mehnat. Iqtisodiy qadriyatlar. // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. 2003 yil № 2, B. 59-65.
davlatdan ko‘ra fuqarolarning o‘zining ishi hisoblanishi fikrini qo‘llab- quvvatlaydilar. Respondentlar javoblarning bunday nisbati amalda aholining barcha guruhlari bo‘yicha saqlanib qoladi.
Umuman olganda ushbu ma’lumotlar jamiyatda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish bo‘yicha muntazam ish olib borish zarurligidan dalolat beradi. Fuqarolar iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning shakllanayotgan yangi tizimining xolisona ta’siri ostida bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda o‘zlarida eng avvalo o‘z istak va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, individualim, pragmatim, aql bilan ish tutish, erkin tanlash kabi hayotiy zarur bo‘lgan fazilatlarni shakllantirishlari lozim. Aynan mana shunday kishilar “Barqarorlikning asosiy kafolatiga, jamiyatimizning taraqqiyot va yuksalish sari borishida mustahkam tayanch va harakatlantiruvchi kuchga aylanmoqda”, deb ta’kidlaydi Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yilning birinchi yarim yilligida Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlangan “Odamlarning tashvish va orzu-intilishlari bilan yashash faoliyatimiz mezoniga aylansin” nomli ma’ruzasida.
“Quyidagi tavsiflardan qaysi biri insonning barcha huquqlari har tomonlama kafolatlangan ijtimoiy adolatli va iqtisodiy rivojlangan, demokratik davlat uchun xos?” degan savolga olingan javoblar o‘rganib chiqilganda barcha qismlar bo‘yicha amalda ayni bir xil manzarani ko‘rsatmoqda. Respondentlarning yarmi (51,8%) bu “barcha fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy tenglik ta’minlangan, haddan tashqari boylar bo‘lmaganidek, nihoyatda kambag‘allar ham bo‘lmagan jamiyat ” deb bilishadi. “Barcha fuqarolar teng bo‘lgan, biroq ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik iqtisodiyotni tashkil etishi sababli ular o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglikka yo‘l qo‘yiladigan jamiyat” variantini so‘rab chiqilganlarning 32,0 foizi tanlashdi.
Mamlakatda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar, kichik va o‘rta
biznesni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi asosiy vazifa hal etishga – har bir insonni xo‘jayin deb his qilishi, o‘zi mustaqil qabul qilgan qaror uchun butun mas’uliyatni zimmasiga olish imkoniyatini beruvchi bozor iqtisodiyotini barpo etishga qaratilgandir.60
So‘rov natijalaridan kelib chiqib shuni qayd etish zarurki, birinchidan mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida asta sekinlik bilan bo‘lsada, fuqarolarning mehnatga bo‘lgan yangicha munosabatlari qaror topishi jarayoni bormoqda. Ko‘pchilik fuqarolar tomonidan mehnat yashashning zarur vositasi bo‘libgina qolmasdan, balki shaxsning o‘zligini namoyon qilishi vositasi, insonning hayotdagi asosiy burchi sifatida idrok etilmoqda.
Ikkinchidan, yangi iqtisodiy tafakkur shakllanishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Inson hech bir mulkka ega bo‘lmagan, davlatga to‘liq qaram bo‘lgan ( “Davlat bizni boqadi, davlat bizni ta’minlaydi”) boqimandachilik kayfiyatidan o‘z mehnati bilan yaratilgan mulkka egalik qiluvchi, o‘z kuchi va bilmlariga, tajribasi va tashabbusiga tayanuvchi mulkdor odam bo‘lish holatiga o‘tish yuz bermoqda.

12 -mavzu: Turli sohalarda amalda bo‘lgan ijtimoiy siyosat


Agar XX asr boshlarida dunyo davlatchiligida totalitarizmning kuchayishi kuzatilgan bo‘lsa, XXI asr boshlariga kelib butunlay teskari hol, ya’ni davlatning jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti uchun mas’ul bo‘lishga intilishi oshganligi ko‘zga tashlanadi. Bu avvalo, jamiyat rivojining ob’ektiv qonuniyatlari davlat tomonidan e’tirof etilishida ko‘zga tashlanmoqda.
Ijtimoiy siyosat tizimi ham jamiyatning yashash qonuniyatlari doirasiga kiruvchi jarayon bo‘lib, u hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga xos demokratlashuvidagi asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda.
Taraqqiyotning besh tamoyilidan biri, ya’ni asosiy tamoyillardan biri jamiyatning barcha nochor tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish edi. Bu hol dunyo


60 Qarang: O’sha joyda.
davlatchiligidagi mutlaqo yangi hodisa edi. Mustaqil O‘zbekiston o‘zi xaqli tanlab olgan yo‘l erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan bosqichma – bosqich olg‘a borish g‘oyasini ochiq e’lon qildi. Agar diqqat qilinsa, ijtimoiy taraqqiyotning ushbu besh tamoyili jamiyatning barcha tabaqalari taraqqiyotiga yo‘naltirilgan, ya’ni jamiyatda keskin tabaqalanishga yo‘l qo‘ymaydi, u mamlakatimizning umumiy ijtimoiy taraqqiyotiga qaratilgan.
Shu o‘rinda tamoyillardagi “jamiyatning kam ta’minlangan tabaqasini ijtimoiy himoya qilish” masalasiga e’tiborni qaratish zarur. Ushbu tamoyil hozirgi zamon taraqqiyot va demokratiyaga erishgan bugungi Yevropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o‘tgan edilar. Biroq, O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat tizimi avval boshdanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
O‘z vaqtida Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasini e’lon qilib, unga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyotni uch yo‘nalishda amalga oshirish zarurligini ko‘zda tutgan edi. Bular:

  1. jamiyat hayotini demokratlashtirish;

  2. iqtisodiyotda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor tizimiga o‘tish;

4) shaxs ma’naviyatini takomillashtirish.
Bu jamiyat taraqqiyotining butunlay yangicha tamoyillarga asoslangan konsepsiyasi, ya’ni mustaqillik davrida mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlarga mos ravishda ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim yaratishni talab etar edi.
Shu maqsad yo‘lida istiqbolni belgilashda barcha fuqarorlarning hamkorligiga, umumilliy yakdilligiga erishish, shu tariqa islohotlarning har tomonlama chuqurlashishi uchun qulay sharoit vujudga keltirish va uni barqaror saqlab turish talab etiladi. Hozirda aytish mumkinki, O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ana shu aniq natijaga erishildi. Bu real yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar kontseptsiyasi, O‘zbekistonda ularni
amalga oshirishning asosiy bosqichlari jamiyatda aynan barqarorlik va xavfsizik kafolatlari mustahkamlanishiga qaratildi. Natijada O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror o‘zgarishlarga erishildi. Bunga avvalo, siyosatning inson omiliga qaratilganligi tufayli erishildi. Jahon ekspertlarining xulosalariga ko‘ra, aynan ushbu kontseptsiya O‘zbekistonning ijtomoiy taraqqiyot bosqichiga kirishiga asos bo‘ldi. Xususan, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlar ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lon qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari ham fikrimizni tasdiqlaydi.10
O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab bajarilsagina, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri-ijtimoiy totuvlik saqlanadi. Ijtimoiy totuvlik jamiyat va inson taraqqiyotining muhim jihatidir. Shu jihatdan, ijtimoiy siyosat o‘z barqaror yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Uning O‘zbekistonda quyidagi jihatlari namoyon bo‘lmoqda:

  • Iqtisodiy rivojlanish;

  • Ma’naviy va madaniy rivojlanish;

  • Aholi sog‘ligining holati;

  • Huquqiy muhitning yaratilganligi;

  • Atrof muhit muhofazasi;

Inson omilini tashkil qiluvchi ushbu yo‘nalishlar, oxir oqibatda fikrimizcha, O‘zbekistonda qaror topayotgan demokratik tartibot va ijtimoiy barqaror taraqqiyotga asos bolishi zarur.
Ijtimoiy totuvlik bo‘lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. Ammo ijtimoiy totuvlik o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. Zero, har qanday jamiyatda turli ijtimoiy tafovutlarning quyidagi guruhlar o‘rtasida ma’lum ma’noda ijtimoiy “qutblarning” mavjudligida o‘z ifodasini topadi:

  • Boylar va kambag‘allar orasida;



10 Qarang: YUNISEFning “2003 yil ijtimoiy manitoringi tadqiqoti”. // Xalq so‘zi, 2003 yil 14 oktabr.

  • Ko‘pmillatli davlatlarda aholining etnik guruhlari orasida;

  • Aholining diniy guruhlari orasida;

  • Federal Markaz va mintaqalar orasida;

  • Erkaklar va ayollar orasida;

  • Turli avlodlarga mansub odamlar orasida.

Bu tafovutlar O‘zbekiston jamiyatida ham ko‘zga tashlanadi. SHu sababli imkon qadar aytib o‘tilgan tafovutlar ko‘rinishini qisqartirish borasida chora- tadbirlar amalga oshirilib borishi ijtimoiy siyosatning maqsadlaridan biridir. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham shular jumlasidandir. Ayni paytda ijtimoiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri O‘zbekistonda jamiyatning keskin tabaqalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Jamiyatda mulkiy munosabatlarga adolatli yondoshuv uni rivojlantirishning omilidir.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, ijtimoiy siyosiy barqarorlashuvni ta’minlash qat’iy boshqaruv siyosatini taqozo etadi. Ayrim hollarda muxolifatlarimiz bunday siyosat demokratik jarayonni bo‘g‘adi, deb noto‘g‘ri talqin qilinadi. Lekin, O‘zbekiston misolida, boshqaruv tizimining qat’iyligi ijtimoiy totuvlikning bosh manbai sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi yillarda quyidagi sohalarda qat’iy intizom olib borilgan:

  • iqtisodiyotda ishlab chiqarishning keskin qoloqlashib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi;

  • islohotlar davrida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlandi;

  • jamiyat umummanfaatlariga mos ijtimoiy siyosat yurgizildi.13 Jamiyatning bir holatidan boshqa bir mutlaqo yangi holatiga o‘tilayotgan

paytda bunday ijtimoiy siyosat yurgizish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning uchun ijtimoiy taraqqiyotning strategik yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlab olish harakatning samarali va zaruriy shartidir.




13 Qarang: Inson taraqqiyoti to‘g‘risida hisobot. –T.: O‘zbekiston, 1997. B. 14-15.
Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy kafolatlar tizimining yuzaga kelishidagi omillardan yana biri huquqiy islohotlarning amalga oshirilishidir. O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida bu masala kun tartibida jiddiy turibdi. Chunki jamiyatda huquqiy islohotlarni o‘tkazmasdan turib kuchli ijtimoiy kafolot tizimini yuzaga keltirish mumkin emas. Shu sababli, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning asosiy vazifalari sifatida quydagilar belgilab qo‘yilgan:

  • qonunchilik asosini yaratish, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar poydevorini yanada mustahkamlash;

  • hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linish tamoyilini hayotga izchil ravishda tatbiq etib borish;

  • yangi iqtisodiy sharoitlarga mos kuchli davlat boshqaruvini amalga oshira borish;

  • qonun himoyasida turuvchi va uning tadbiq etilishini ta’minlovchi huquq-tartibot organlarining samarali tizimini yaratish va uni takomillashtirish;

  • fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

  • inson va fuqaro huquqlarini himoyalash, umumfuqaro va millatlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlik himoyasini ta’minlab borish.14

Albatta, huquqiy islohotlarni bunday vazifalarga asosan amalga oshirilishi bilan O‘zbekiston hukumati kuchli ijtimoiy siyosat uchun poydevor hozirladi, desa bo‘ladi. Natijada ijtimoiy siyosatning o‘zida ham barqarorlik va izchillik yuzaga keldi.
O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ijtimoiy kafolat tizimini shakllantirishdagi yana bir omil bu–iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich, dasturiy yo‘nalishlarda olib borilishidir. Bunda quyidagi yo‘nalishlar asosiy etiborda turdi:

  • davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

  • demonopoliyalashtirish va raqobatni imkoni boricha kengaytirish;

  • milliy iqtisodning barcha tarmoqlari va sohalarida xususiy ishbilarmonlikni oyoqqa turg‘azish va rivojlantirish;



14 Qarang: Inson taraqqiyoti to’g’risida hisobot. – T., 1997. B. 21

  • davlat korxonalarining faoliyatini tijoratlashtirish;

  • bozor infrastrukturasini shakllantirish;

  • ichki iqtisodiyot va tashqi tijoratni erkinlashtirish sharti sifatida narx-navolarni erkinlashtirish;

  • davlat mulkchiligi va uning qurilmalarini isloh etish;

  • tegishli xo‘jalik-huquqiy bazani shakllantirish va yo‘lga qo‘yish.

Iqtisodiy islohotlarning bunday rejali asosda olib borilishi O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining jahon standarti darajalariga ko‘tarilishiga va ayni vaqtda o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishiga olib keladi. Bu O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi. Zamon talabiga mos bo‘lib borishga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda mavjud ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan jihatlari.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish