2.2 . UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
|
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivijlanishi va sog`lomlashishida muhim rol o`ynaydi, hamda yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik mushakla guruhlarining rivojlanishi, shuningdek, mustahkamlanishiga, bo`g`imlarning harakatchan bo`lishiga mushaklar taranglashuvi va bo`shashuvi jarayonini meyorlashtirishga yordam beradi.
Bu mashqlarning vazifasi qaddi-qomatni to`g`ri shakillantirish, butun tayanch harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy emotsional kayfiyat uyg`otadi.
Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmni asta-sekin faoliyat holatiga jalb etishga uning umumiy hayotiy faoliyatiga yordam beradigan funksional jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgandir.
Mashqlarning 1-guruhi yelka kamari va qo`l mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir.
Ular ko`krak qafasining nafas olish ko`lamini kengaytirish va oshirishga yordam beradi, deafragmani, qovurg`alararo mushaklarni, butun nafas olish mushaklarini mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, orqa mushaklarni mustahkamlaydi, umurtqani rostlaydi, yurak mushagini mustahkamlashga yordam beradi, yurak qisqarishlari retmini optemallashtiradi. Mashqlarning 2-guruhi gavda, orqa mushaklarni rivojlantirish va mustahkamlshga qaratilgandir. Bu mashqlar qaddi-qomatning to`g`ri shakllanishiga tasir qiladi va gavdani oldinga hamda yon tomonlarga engashtirishda, o`nga, chapga burilishda, shuningdek aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi (so`ngi mashqlarning asosiy vazifasi o`tirganda oyoqni chalishtirib, chordona qurib o`tirib, yoki oyoqlarni kerib turib harakatsiz holat), gavdani aylantirayotganda tos holatini mustahkamlashdan iborat.
Mashqlarning 3-guruhi oyoq va qorin mushaklarini rivojlantirish va mustahkamlashga mo`ljallangandir. Ular ichki organlarni intinsiv harakatlar (sakrash, sakrab tushishlar va h.k) paytida chayqalishdan saqlaydigan qorin mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qontomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (mashqlar, tizza mashqlari, yarim cho`qqayish). Shunday qilib biz ko`rib o`tgan bir vaqtda foydalanadigan mashqlar majmui bola organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi tasir ko`rsatadi. Shu bilan birga aniqlik, zukkolik, muayyan alohidalik va ayni paytda, yaxlitlik talab qiluvchi umumrivojlantiruvchi mashqlar, diqqat, iroda, maqsadga yo`nalganlik, tormoz reaksiyalari, o`z harakatlarini butun bolalar jamoasining harakati bilan muvofiqlashtirish, fazoda mo`ljal ola bilishni taminlaydi. Dastlabki har bir harkat dastlabki holatdan: gavdaning tog`ri holati (tik turgan), o`tirgan yotgan holatlardan hamda oyoq va qo`llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |