Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat



Download 274 Kb.
bet11/21
Sana21.01.2022
Hajmi274 Kb.
#397503
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
RASULOVA VISOLA B.M.ISh

Shest bilan sakrash – Olimpiya o’yinlari qatoriga kiradi ( erkaklar uchun 1896-yildan, ayollar uchun 2000-yildan).

O’yin qoidalari. Shest bilan sakrash musobaqalari sakrash va qo’nish uchun moslashgan sektorlarda o’tkaziladi. Sportchiga boshlang’ich etapda va finalda har bir balandlikda uchta harakat beriladi. Balandlikning oshishi hakamlar tomonidan belgilanadi va u kamida 5 smni tashkil etishi kerak.

Uchtali sakrash – Yengil atletikaning programmalaridan biridir. U Olimpiya o’yinlarida 1896-yildan beri o’tkaziladi. Sportchi maxsus sektordan yugurib kelib, brusokga yetib kelgandan keyin undan itarilib sakraydi. Sakrash 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda – sakrashni amalga oshirayotganda brusokka qaysi oyog’i bilan birinchi sakragan bo’lsa, huddi o’sha oyog’i bilan brusokdan qumga sakrashni amalga oshirishi kerak. 2-boshqich qadam deyiladi, bunda yerga boshqa oyog’ bilan teyish kerak. Ohirgi bosqich esa qumga sakrab tushishdir.

Sakrashning bu turlari Olimpiada o'yinlariga kirad. Sakrab o’ynaladigan o’yinlar. “Mening sho’x koptogim”, “Oq quyonim”, “Ariqchadan sakrab o’t” kabilar. “Kimning nomi aytilsa, o’sha koptokni ilib oladi”, “To’xta”, “Eng mergan kim”, “Ovchilar va hayvonlar”. Sportning asosiy turlaridan biri bo‘lgan yengil atletikaga quyidagilar kiradi;

a) past startga turish;



b) masofaga yugurish;

d) marraga yetib kelish;

1-3 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhlarida haftada 1 marotabadan, 3-7 yoshdagi bolalar guruhlarida haftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Yosh ortgan sari mashg’ulotlarning davomiyligi 10-45 daqiqagacha oshirilib borilaveradi. Mashg’ulotlar 4 qismdan - kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat bo’ladi va ularning har birida aniq vazifalar hal qilinadi. Jismoniy mashqlar osonlashtirilib, harakatli va syujetli (O’rmonga sayohat va boshqa) shakllarda olib boriladi. Tarbiyachi oldin jismoniy mashqlarni tanlab, so’ngra syujet tanlaydi. Yurish, yugurish, to’siqlardan oshish, suzish va ochiq havoda bo’lish ob-havoga hamda jihozlarga qarab o’tkaziladi. Ertalabki gimnastika yasli va bog’chalarda ertalabki ovqatlanishdan oldin, bolalar uylarida esa uyqudan turgandan keyin o’tkaziladi. Yaslilarda 2 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan ertalabki gimnastika individual yoki 5-10 kishiga bo’lingan guruhlarda, kattaroq yoshda esa bolalarning barchasi bilan birgalikda umumiy o’tkaziladi. ertalabki gimnastika xilma-xil yurish, yugurish va turli mashqlar bajarish hamda sakrash bilan olib boriladi. Ayrim hollarda mashq syujetiga, ritmiga moslashtirilgan qo’shiqlar bilan o’tkaziladi. Tizimli o’tkazilgan jismoniy mashqlar, asosan, bolalarning kuchini, egiluvchanligini mustahkamlaydi, nafas olish, qon aylanish va yurak-tomir tizimi ishlarini, organlardagi modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ertalabki gimnastika uyushgan holda yaxshi kayfiyat bilan boshlansa, jismoniy mashqlarning ta’sir kuchi qomatni tutish va jismoniy mashqlarning sog’liqqa foydasi haqidagi dastlabki elementar bilimlarning shakllanishiga olib keladi. Kichik yoshdagi bolalarning jismoniy mashqlari kimlarga yoki nimalargadir taqlid qilish asosida hayotda uchraydigan syujetlarni o’z ichiga olishi kerak. Mashqlar 3 dan 6 gacha, yosh ulg’aygan sari 8 tagacha bir kompleksga birlashtirilib, bir haftaga mo’ljallab tuziladi va 3-4 kundan so’ng murakkablashtiriladi. Ular 7-12 daqiqa davomida o’tkaziladi. 6-7 yoshdagi bolalarga esa maktab dasturi materialiga yaqin bo’lgan jismoniy mashqlar tavsiya qilinadi. Jismoniy mashqlar me’yori ularni bajarish og’irligiga qarab belgilanadi. Elka va bo’yin mushaklari mashqlari 6-12 marta, qorin va bel mushaklari mashqlari 4-8 marta takrorlanadi. Chiniqtiruvchi muolajalarga yasli va bog’chalarda bolalarni kundalik va hayotiy chiniqtirishdan tashqari, maxsus havo va quyosh nurlarida, suvda cho’miltirish orqali chiniqtirishlar kiradi. Bulardan tashqari, yana ayrim muolajalar borki, ular jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borilgandagina samara beradi. 6 – 7 yoshli bolalarning gimnastika mashqlarni bajara olish imkoniyatlari: Uzunlikka va balandlikka sakrashni tez o’rgana oladi, arqonda sakray oladi, gimnastika devoriga tirmashib chiqa oladi. Kichik koptokni uzoqqa va nishonga uloqtira oladi. Ikki g’ildirakli velosipedda yura oladi. Suzishga o’rgatish mumkin. Harakatida aniqlik, bir tekislik umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni bajarishda ko’rinadi. Bolalarda kattalarga nisbatan tez va engil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa, bu shartli aloqa mustahkam bo’lmaydi. Harakat malakasini mustahkamlash uchun uni ko’p takrorlash charchashni vujudga keltiradi. Shuning uchun takrorlashni xilma-xil variantlarda bajarish lozim. Mashqni takroriy bajarishlar faqat o’zlashtirilayotgan material texnikasi haqida shug’ullanuvchi mukammal tasavvurga ega bo’lganidan so’nggina amalga oshiriladi. Harakat malakalarini mustahkamlash har xil sharoitda o’yin, musobaqa, turli xil topshiriqlarni bajarish shaklida amalga oshiriladi. Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi? Kim bayroqchaga tez yugurib borib qaytib kela oladi? To’pni kim uzoqroqqa ota oladi? yoki Mo’ljalni ura oladi? kabilar. Jismoniy mashqlarni o’rgatishdagi o’ziga xoslik uslubiyatlarning o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga o’rgatishda taqlid qilish, ko’rinib turgan narsaga yoki uning yonidagi boshqa narsaga, unga teskari tomonga, pastga, balandga, orqaga va h.k. deb mo’ljalga olish kabi o’yin usullarini kiritish o’qitishning hissiy ko’tarinkiligini oshiradi. Bu yoshdagi bolalar maxsus bilimlarni diafilmlar, kinofilmlardan, mashqni tushuntirayotganda eshitib, harakat texnikasini, harakatli o’yinlar qoidalarini o’rganishda foydalanadilar va, shu bilan bir qatorda, shaxsiy va umumiy gigienik tushunchalarga ega bo’lib boradilar.

Sakrash atsiklik tipdagi harakatdir. Sakrashlar tsikillar takrori yo`q sakrashning butun jarayoni bir tugal harakatdan iborat. Sakrashda harakat elemenlarning muayyan izchilligi va ritm mavjud. Sakrash 4 bosqichdan iborat.



  • Tayyorlov bosqichi- dastlabki holatta turish yoki yugurib kelish;

  • Asosiy bosqich- debsinish;

  • Parvoz etish

  • Oxirgi bosqich-yerga tushsish

Turgan joydan sakrashdagi tayyorgarlik bosqichi quydagicha bo`ladi: cho`qqayib, gavda umumiy og`irlik markazi pasaytiriladi, qo`llar juda kuchli siltash maqsadida orqaga uzatiladi, oyoq mushaklari keying bosqichda yaxshi qisqarishi uchun cho`ziladi.

Yugurib kelib sakrashda tezlanuvchan yugurish, bir oyoq bilan tiralib itarilish usuli qo`llaniladi. Asosiy bosqich itarilish va parvozdir. Itarilish parvozning dastlabki tezligi va to`g`ri yo`nalishini taminlaydigan yozuvchi mushaklarning kuchli qisqarishi bilan bog`liqdir, parvoz ko`tarilish va yerga tushishga tayyorlanishda gavdaga kerakli xolat baxsh etadi.

Yakunlovchi bosqich- yerga tushish parvozni keskin chyqalmasdan va zarbsiz tugallanishidir. Bunda muozanatni saqlash uchun barcha harkatlar kordinatsiyasi zarur. Turgan joydan (100sm dank am emas) va yugurib kelib, (180-190sm kame mas) uzunlikda sakrashda ikkala oyoqda, oyoq uchidan butun kaftga o`tib yo`lga tushiladi. Turgan joydan (ip uncha katta kub ustidan) va yugurib kelib, (50sm dan k am bo`lmagan) balandlika sakrashda avval oyoq uchida ko`tarilib so`ng oyoq kafti to`liq bosiladi va u oyoq kaftining amrtizatsiya ro`lini o`ynashiga imkon beradi.



CHuqurlikkga sakrashda (sakrab tushsishda) avval oyoq uchida tushadi, so`ng oyoq to`la bosiladi.

Yarim bukilgan oyoqlarda yumshoq tushish itarilish kuchi harakatini bo`g`imdan bog`imga asta sekin o`tishini taminlaydi, ichki organlar va bosh miyyani chayqalishdan, shiningdek, oyoq tagini qotib qolishdan saqlaydi. Tizimli mashqlar jarayonida bolalarda asta sekin zarur harakat kordinatsiyasi shakillana boradi. Bunda properiotsetsit sezish, vistibulyar apparat, ko`rish bilan bog`liq shartli reflektorli harakat reaksiyalari muhum ro`l o`ynaydi. Sakrashlar bosh miyya po`slog`I rivojlanganliginig muayyan darajasini, oyoq va qo`l suyaklarning mustahkamligini, qayishqoqligini hamda ko`z mo`ljalini talab qiladi. Ko`rastib o`tilgan barcha sifatlarning rivojlanishi mashqlar jaryonida kichadi: ular miyya po`tlogining harakat markazlarni chiniqtiradi, ular funksuyasini va shu asnoda harkatlarni idora qilish qobilyatni yaxshilaydi. Sakrashlarnin organizmga fizilalogik tasiri juda katta, shuning uchun bolalar bilan mash o`tkazganda rioya qilish, tayyorgarlik mashqlarni qo`llash va barcha bolalar holatni diqqat bilan kuzatib borish zarur. Sakrash ko`nikmasining rivojlanishi u to`la shakillantirilmasdan oldin boshlanadi: Bolalar bir yoshda kattalar ko`magida ikki oyoqda yerdan ajralmasdan ritmik tarzda cho`qqaya boshlaydilar so`ngra ritmik sakray boshlaydilar. So`ngra ritmik sakray boshlaydilar 2 yoshga yetganda bolalar turgan joylarida mustaqil cho`qqayib o`tirish, purijinasimon harakatlar qilish yerdan oyog`ini biroa uzish va yengil sakrash malakalarni egallaydi. Blalar chuqurlikga sakrash (sakrab tushish) va turgan joyidan uzunlika sakrash (yerda yotgan ikki ip yoki ikki chiziq osha sakrash) ni balandlikga sakrashdan ko`ra osonroq bajaradi. S Urova malumotlariga ko`ra 3 yoshgacha bo`lgan bolalar kamdan kam to`g`ri sakraydilar, buning uchun ularda zarur harakatlar kordinatsiyasi muazanat saqlash tayan harakat apparatlaning tayyorgarligi (suyak mushak tizimi va paylar yaxshi rivojlanmagan, tovon gumbazi to`la shakillanmagan bo`ladi) shuning uchun ularda purjinasimon harakatlar yetishmaydi. Yetti yoshga qadam qo`ygan bolalar xilma xil sakrash texnikasini yetarli darjada egallagan bo`ladilar ularda qo`l va oyoqlar harakatning yengilligi, ritmliligi muofiqliligi bir muncha kuchli itarilish pavoz uzoqligining ortishini yerga tushishining yumshoqligini kuzatiladi.

Bolalar to`g`ri yugurib kelib balandlikga sakrash (50sm dan bpast bo`lmagan) bilan birga yon tomondan ham yugurib kelib xatlash usulida balandlikga sakrashni ham oson o`zlashtiradilar. 7 yoshli bolalar balandlikga sakrashning bu usulini maqul ko`radilar va to`g`ri yurib kelib, sakrashganida 3-5 sm ortiqroqni ishg`ol qiladilar. Yon tomondan yugurib kelishda uninng masofasi 5-7 qadamni tashkil etadi. Chap oyoq bilan itariganda, o`ng tomondan yugurib kelinadi.

Sakrashni takomillshtirish uchun qisqa uzun va aylantiriladigan arg`imchilar bilan bajariladigan mashqalar bir oyoqda navbati bilan sakrashlar (Klass o`yini), oyoqlarni to`g`ri va chalishtirilgan holda yengil sakrashlar, polga qator qilib qo`yilgan anjomlardan sakrab o`tish mashqlari, buralib hamda qo`llarini turlicha harakatlantirib bajariladigan sakrashlar, oldinga, orqaga, yon tomonlarga siljib sakrash va boshqalar tavsiya etiladi. Maktabga tayyorlov guruhiga sakrashning turli xillari o`rgatiladi. Shu bilan birga yugurib kelib sakrash mashqni depsinib bajrishni o`rgatmoq zarur. Sakrash uchun mashqlar quydagilardir:

Sharni sakrab ol, Tepalikdan sakrash, Ikki oyoqlab turgan joyida sakrash, sekin-asta oldinga surilish, bola qo‘lidan yuqoriroq qilib osilgan predmetga tegishga harakat qilish.

Chiziqchadan yoki polga parallel holda ikki qator qilib tashlab qo‘yilgan arqonchadan (20-25sm. kengligida) xatlash. Turgan joyida ikki oyoqda, iloji boricha uzoqqa sakrash, 20-30 sm. balandlikdagi predmetdan sakrash.

“Sharni sakrab ol” Xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga, bolalar sakrab, qo`li cho`zilganda bo`yi yetadigan darjada ustunchalar qo`yiladi, ularning o`rtalariga qalinroq ip tortiladi. Ipning har bir 25-30 sm oralig`iga 3-4 ta shar bayroqcha qo`ng`iroqlar osib qo`yilad. Ustunchalar yoniga 4-5 bola turib shar, qo`ng`iroqlar tagida yarim soat o`tirish holatidan qattiq sakraydilar va qo`llari bilan osilgan sharni, qo`ng`iroqlani qo`zg`tib yuboradilar. Shuningdek ushbu mashqni yugurib kelib (yugurish masofa 4-5 m) barish ham mumkun. “Tepalikdan sakrash” Tepalikdan pastga qarab (30-40 sm oralig`da) sakrashlarni bolalar ozmi ko`pmi 3 yoshlaridan o`rganib olishgan. Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar esa bu turdagi sakrashni mashqlar, harakatli o`yinlarda bajarishni o`rganishgan. Lekin bolalar balandlikdan sakraganda masofa 40 sm dan oshmasligi kerak.

II.BOB. YENGIL ATLETIKADA ULOQTIRISH TURLARI VA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR



2.1.ULOQTIRISH VA ULOQTIRISH TURLARINI O`RGATISH

Uloqtirish atsiklik tipdagi harakatdir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uchun yuqoriga pastga oldinga, pastga uloqtirish maqul keladi. U barcha mushak guruhlari ayniqsa yelka Kamari mushaklarni rivojlantirishga, shuningdek chaqqonlik epchillik, egilluvchanlik, tezkorlik muvozanat saqlash, ko`z bilan mo`ljal olishni tarbiyalshga yordam beradi.

Uzoqqa va nishonga uloqtirish mumkun birinchi harakat ikkinchi uchun qo`l kelishi lozim, chunki uzzoqa uloqtirishda asosiy kuch asosan to`g`ri uloqtirish usullarini egallashga qaratiladi; ayni paytda bolalar masofaga uloqtirishn ham mashq qiladilar. Nishonga uloqtirishda bolalaning diqqati buyumni belgilangan nishonga tekizishga muofiq qaratiladi. Bunda irodaviy kuch diqqatni to`plash diqqat maqsadga yo`naltriilganlik va masofni ko`z bilan chamalashdagi harakatlar koordinatsiyasi bilan birga qo`shib olib boriladi. Maktabgacha tarbiy yoshidagi bolalar bilan shug`ullanganda uzoqqa va nishonga uloqtirishning turli: “orqaga yelka osha uloqtirish” “o`ng qo`l bilan pastadan uloqtirish”, “o`ng qo`l bilan yuqoridan uloqtirish”, “o`ng qo`l bilan yondan uloqtirish”, usullari qo`llaniladi.

“Orqadan o`ng qo`l bilan yelka osha uloqtirish”, texnikasi quydagicha bo`ladi: dastlabki holatda o`ng oyoq orqaga olinib, yelka biroz keriladi gavda uloqtiruvchi qo`l tomon birozgina buriladi, o`ng qo`l ko`krak oldi tomon yarim bukuladi, chap qo`l yonga tushuriladi.

Silkish paytida gavda uloqtiruvchi q`ol tomonga buriladi orqaga tashlanadi va gavda og`irligi oraqaga olingan oyoqqa ko`chiriladi, o`ng qo`l orqa tomonga uzatilgan bo`ladi.

Uloqtirish paytida o`ng oyoq gavda rostlanadi, rostlanayotganda oldinga buruladi uloqtirishning yakunlovchi bosqichida gavda og`irligi oldinda turgan oyoqqa ko`chiriladi. O`ng oyoq chap oyoq yoniga qo`yiladi. Chap qo`lda uloqtirish ham huddi shu usulda bajariladi.

“O`ng qo`l bilan pastdan uloqtirish” usuli. Dastlabki holatda oyoqlar yelkadan kengroq qo`yiladi, o`ng oyoq orqaga (uloqtirishning qo`l bilan yuqorida usuli) olinadi, o`ng qo`l ko`krak oldi tomon yarim bukildi. Silkishda o`ng qo`l pastga orqaga imkon boricha uzatiladi va uloqtirish qo`lni olding yuqoriga harakatlantirsh bilan bajariladi.

“O`ng qo`l bilan yuqoridan” uloqtirish usuli. dastlabki holatda oyoqlar yelkadan kengroq qilib qo`yiladi o`ng oyoq orqaga olinadi. O`ng qo`l (to`p yoki xaltacha ushlangan holada) gavda yonida bo`ladi silkishda o`ng qo`l orqaga harakatlantiriladi so`ngra oldinga yo`naltiriladi va xaltacha uloqtiriladi.

O` qo`l bilan yonidan uloqtirish usuli dastlabki holat oyoqlar yelkadan biroz kengroq qilib qo`yiladi, o`ng oyoq orqaga olinadi biroz narsa ushlagan o`ng qo`l gavda yonida tutiladi. Silishda gavda yon tomonga engashadi, o`ng qo`l iloji boricha uzatladi, gavda og`irligi tizzadan bukulgan o`ng iyqqa olinadi uloqtirishda o`ng oyoq rostlanadi gavda chapga oldinga burladi, o`ng qo`l oldinga harakat qilib narsani uloqtiradi, barch usullardagi uloqtirishlar joyida turib bajarladi. Katta yoshdagi boalalarni ham to`rt qadam yurib kelib uliqtirishga o`rgatish maqsadga mufiqdir.

To`t qadam yurib uloqtrish bolalarni yugurib kelib uloqtishni o`rganishga tayyorlaydi. O`ng qo`l bilan anjomni uloqtirshda o`ng oyoq bilan qadam tashlanadi, ikkinchi qadam chap oyoqda qo`yiladi dastlabki ikki qadam odatdagicha, uchinchisi chalishtirib qo`yiladi. O`ng oyoq uchi bilan va oldinga, uloqtirish yo`nalishiga perpendikulayar qo`yiladi. Uhinchi qadam qo`yilyotganda o`ng qo`l orqaga olnadi. To`rtinchi qadamda chap oyoq oldinga tashlanadi, gavda og`irligi o`ng oyoqda qolib, roslangan holda o`nga buriladi, qo`l iloji boricha orqaga uzoqtiriladi- uloqtirladi.

Yugurib kelib uloqtirish. Tezlashtirlgan yugurish o`ng oyoqni chalishtirilb chap oyoqni oldinga tashlash bilan, yani uloqtirish bialn dastlabki holat bilan tugallanadi. Yugurib kelib chalishtrib oldinga qada tashlash va uloqtirsih qo`shib bajariladi yugurib kelib, uzoqlikga uloqtirish 2- 2,5 ga ortadi to`pni yoki boshqa anjomni otishning tayyorlov shaklidir. Otish ko`nikmasinig rivojlanishi ikkinchi yarm yillikda bolada o`yinchoqni itarish malakasi paydo bolgan paytda boshlanadi. Otish ikkala qo`lda yoki o`ng va chap qo`l bilan alohida tarzda bajariladi. Otish yo`nalishi yuqoriga yon tomonlarga, oldinga, gorizantal va vaerikal nishonga tamon bo`lishi mumkin. Bola 5- 6 yoshda harakatning to`g`ri texnikasi to`la o`zlashtrilgan bo`ladi. Kichik topni nishonga uloqtirish qiyin bo`ladi.

Harakatning bu turida kuchni, nishonga bo`lgan uloqtirish masofasini va nishonni muvofiqlashtirish lozim. Bunday muvofiqlik uchun bola markaziy asab tizimini rivojlantirish, “mushak hissi” ning mavjudligi, ko`rish idrokning aniqligi, harakatlarni eslab qolish va qayta bajara olish talab etiladi.

N.P. Kochitova malumotlariga qaraganda 3-4 yoshli bolalar uchun uzoqqa va nishonga otishda o`z holatiga befarqlik xos. 3-4 yoshdagi bolalarning juda kamchigi dastlabki holatni tog`ri egallay oladilar. Bu yoshdagi bolalar hali gavdalarini o`ng qo`l tomonga bura olmaydilar. Nishonni ko`zlab otishda bola nigohi faqat kerakli tomonga qaratiladi xolos. Nishonni ko`zlash vaqti 1dan 3-4 soniyagacha bo`ladi.

Bola kuchsiz siltaydi, otish kuchi va masofasini o`lchash qiyin.

Shuning uchun ham bolalar faqat 1-1,5 metrdan nishonga tekkizadilar.

3-4yoshli bolalar uchun to`pni yuqoriga otib ilish ham qiyinlik qiladi. Yuqoriga otishda 3yoshga qadam qoygan bolalarning faqat 20%i, 4yoshga qadam qo`yganlarning esa 37%i, 5 yoshga qadam qo`yganlarning 62%i, 6yoshga qadam qo`yganlarning 94%i, 7yoshga qadam qoyganlarning 97%igina yo`nalishga rioya qila oladilar.

Bolalarning Yoshi o`sishi bilan to`pni ilib olish malakasi takomillashib boradi: 3yoshli bola to`pni biroz yuqoriga otib (20-25sm) qo`lidan deyarli uzmay otadi, 4yoshdagi bolalarning 30%i ilib oladilar, bunda ularning 25%igina to`pni panjasi bilan ilib oladi. 5yoshda bu ko`rsatgich 52%ni, 6yoshda 95%ni, 7-yoshda esa 95,5%ni tashkel etadi. O`rta va katta guruhlarda uloqtishga oid turli mashqlar (dumalash, otish, ilib olish, uzoqqa nishonga olish) xar kuni o`tkazilishi, to`p esa bolalarga ekin foydalanish uchun beerib qo`yilishi lozim. Turlicha mashqlar qancha ko`p qo`llanilsa bu murakkab harakat usullarni shuncha yaxshiroq o`zlashtiriladi. To`p bilan o`tkaziladigan turli variantlarda tizimli mashqlar asta sekin bolalarga mos uloqtirsh texnikasini hosil qiladi bolalar bog`chaga qatnash davrida dumalatish, g`ildiratish, to`pni otish va ilib olish to`pni uloqtirish uzatish olib yurish, qaytarishning barcha turlarini, “to`p maktabini” o`zlashtirishlari lozim. Bolalar imkoniyatini kengaytirgan holda ularga ijodiy yo`sindagi topshiriq to`p o`yining yangi kombinatsiyalarini o`ylab topishtavsiya etiladi. Xonada va maydonchada valeybol, basketbol o`yinining bazi ko`nikmalarini egallash uchun halqa to`p tashlagich, kegli, gorodki, badminton, to`rlar, savatlar bolalar ixtiyoriga berilishi kerak.


Download 274 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish