Talabalar bilimini mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Rekreatsion geografiya nimani o’rganadi?
Rekreatsion tizim tarkibiga nimalar kiradi?
Tabiiy va madaniy majmualarga tavsif bering.
Tarixiy qiyoslash va iqtisodiy – matematik usullarga tavsif bering.
Statistik va ko’p o’lchamli statistik usullarga tavsif bering.
Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuliga tavsif bering.
Me’yoriy-balans hisobi va kartografik usullarga tavsif bering.
Sotsiologik so’rovlar o’tkazish usuliga tavsif bering.
Rayonlashtirish va omillarni tahlil qilish usuliga tavsif bering.
Aerokosmik tadqiqot usullariga tavsif bering.
Rekreatsion mashg’ulot nima?
Jizzax viloyati rekreatsiya mintaqalaridan foydalanish masalalari izohlang.
1 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari
1. Rekreatsion geografiya nechanchi asrning ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi.
A) XX - asrning ikkinchi
B) XX - asrning birinchi
V) XIX - asrning ikkinchi
G) XXI - asrning birinchi
2. Hududiy rekreatsion tizimlar nechta asosiy turga bo’linadi:
A) 4 ta turga I – davolovchi; II – sog’lomlashtiruvchi; III – sport; IV – bilish.
B) 2 ta turga I – sog’lomlashtiruvchi; II – sport;
V) 3 ta turga I – sport; II – bilish; III – tiklovchi;
G) 2 ta turga I – davolovchi; II – sog’lomlashtiruvchi;
3. Nechanchi yillarda hozirgi Rossiya Fanlar Akademiyasi geografiya instituti mutaxassislar jamoasi (V.S.Preobrajenskiy, Yu.A.Vedenin, I.V.Zorin, V.N.Lexonov, L.I. Muxina, L.S.Filippovich va boshqalar) tomonidan “Rekreatsion geografiyaning nazariy asoslari” nomli monografiya tayyorlandi.
A) 1963-1975 yillarda
B) 1980-1995 yillarda
V) 1996-1998 yillarda
G) 1990-1999 yillarda
4. Nechanchi yilda esa Rossiya xalqaro turizm akademiyasida V.S.Preobrajenskiy, Yu.A.Vedenin,I.V.Zorin, V.A.Kvartol’nov, V.M.Krivosheev, L.S.Filippovichlar muallifligida “Rekealogiya va rekreatsion geografiya nazariyasi” nomli yangi monografiya chop etildi.
A) 1992 yilda
B) 1996 yilda
V) 1999 yilda
G) 1998 yilda
5. ……….. – landshaft va uning xususiyatlarini bosh omil hisoblovchi birinchi fanlardan biri sifatida maydonga chiqdi.
A) Rekrealogiya
B) Rekreatsiya
V) Turizm
G) Landshaft
6. ……….. - dam oluvchilar guruhi, tabiiy va madaniy majmualar, texnik tizim, xizmat ko’rsatuvchilar, boshqaruv organlari kabi rekreatsion ehtiyojlarni ta’minlash guruhlarini o’z ichiga olgan ijtimoiy – demoekologik tizim hisoblanadi.
A) Rekreatsion tizim (RT)
B) Ekologik turizm
V) Landshaft mintaqasi
G) Turizm turlari
7. Dam oluvchilarning …………… esa – inson ma’naviy, ruhiy, jismoniy, intellektual quvvatining ortishi, ruhiyat tetikligini ta’minlashdagi ehtiyojning ta’minlanishidagi faoliyat yo’nalishidan iborat.
A) rekreatsion faoliyati
B) ilmiy faoliyati
V) rekreatsion faoliyati
G) turizm faoliyati
8. Iqlim omillari, buloqlar, malhamli balchiqlar kabi omillarga ko‘ra farq qiladigan rekreatsiya vazifasini belgilang.
A) Davolanish va kurort rekreatsiyasi
B) Sog‘lomlashtirish va sport rekreatsiyasi
V) Yo‘nalishli turizm
G) Ong va tafakkurni boyituvchi rekreatsiya
9. Rekreatsion faoliyat xududiy maqomiga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi.
A) Qisqa muddatli, uzoq muddatli
B) Shahar atrofii, rayon ichida
V) Milliy, xalqaro
G) Markazdan qochuvchi, markazga intiluvchi
10. O‘zbekiston Respublikasi xududidagi noyob endemik turlar necha turga bo‘linadi.
A) 400
B) 200
V) 300
G) 100
Do'stlaringiz bilan baham: |