Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Jizzax viloyati rekreatsiya mintaqalari va ulardan turistik maqsadlarda



Download 5,2 Mb.
bet6/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

4. Jizzax viloyati rekreatsiya mintaqalari va ulardan turistik maqsadlarda
foydalanish masalalari
Jizzax viloyatida 10 dan ortiq landshaft mintaqalari borligi aniqlandi. Ushbu ajratilgan landshaft mintaqalari o’zlarining kelib chiqishi va o’rniga ko’ra bir-birlaridan farq qiladi. Shu bilan birgalikda landshaftlarda o’ziga xos umumiylik ham ko’zga tashlanadi. Ulardagi umumiylik shundan iboratki, viloyatning tekislik qismida joylashgan landshaftlar o’zining tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari va xo’jalikda foydalanishga ko’ra viloyatning tog’li hududlarida joylashgan landshaftlardan farq qiladi. Tekislik landshaftlari tog’li landshaftlardan nafaqat xo’jalikda foydalanish jihatdan farq qilibgina qolmasdan, balki rekreatsiya imkoniyatlari jihatdan farq qiladi. Shuni hisobga olib viloyat hududidagi landshaftlarni rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish xususiyatiga ko’ra ikki guruhga ya’ni, tekislik landshaftlari va tog’oldi hamda tog’li landshaftlar guruhiga ajratiladi.


1. Tekislik landshaft rekreatsiya mintaqalari
Viloyatning tekislik landshaftlariga Jizzax, Mirzacho’l, Forish, Qizilqumbo’yi tekislik landshaftlari kiradi.
Viloyatning tog’oldi va tog’li landshaftlariga Zomin, Chumqortov, Molguzar, Shimoliy Nurota, Qaroqchitog’, G’o’bdin, Sangzor vodiysi va G’allaorol tog’oldi tekisligi landshaftlari kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi landshaftlarning rekreatsiya imkoniyatlari va ulardan foydalanish jihatlari bir-biridan farq qiladi.
Jumladan, viloyatning tekislik landshaftlari rekreatsiya imkoniyatlaridan foydalanish yo’nalishiga ko’ra, qisqa muddatli foydalanish mumkin bo’lgan rekreatsiya imkoniyatlarining kattaligi yaqqol ko’zga tashlanib turibdi. Tekislik landshaftlarining rekreatsiya imkoniyatlarini asosan qisqa muddatli rekreatsiya resurslariga ajratish mumkin.
Viloyat tekislik landshaftlaridagi qisqa muddatli rekreatsiya imkoniyatlarini foydalanish xususiyatiga ko’ra - baliq ovlash va cho’milish, cho’milib hordiq chiqarish hamda qadimiy gidrotexnik inshootlarni ko’rish kabi yo’nalishlarga bo’lish mumkin.
Viloyat tekislik landshaftlarida baliq ovlab, cho’milib, qisqa muddatli dam oladigan joylarga Aydar, Arnasoy, Tuzkon ko’llari misol bo’la oladi. Ushbu ko’llar tizimida Mirzacho’lni o’zlashtirish hisobiga hosil bo’lgan zax suvlarining tashlanishi hamda Chordara suv omborlaridan ortiqcha suvning quyilishi hisobiga hosil bo’ldi. Ayniqsa, 1969 yil qishning sovuq va serqorli kelishi hisobiga Sirdaryoda suv toshqini yuzaga qildi. Natijada, Chordara suv omborining to’g’onini suv olib ketishi xavfi tug’ildi. Chordara suv omboridan Tuzkonga 21,8 km3 suv tashlandi. Buning evaziga Tuzkonda suv sathi 10 metrga ko’tarildi.
Hozirgi kunda Aydar, Arnasoy, Tuzkon ko’l tizimida aholi baliq ovlab, suvda cho’milib dam olmoqda. Ushbu ko’l tizimida baliq ovlash va cho’milish uchun nafaqat Jizzax viloyatidan balki Sirdaryo, Navoyi viloyatlaridan ham kelishadi.
Jizzax viloyati tekislik landshaftlarida aholining baliq ovlab, cho’milib dam oladigan joylaridan biri Jizzax suv ombori hisoblanadi. Ushbu suv ombor, Sangzor daryosi va Qilli daryolaridagi sel suvlarini to’plash maqsadida qurilgan. Suv omborining suv sig’imi 83 mln m3. Hozirgi kunda Jizzax suv ombori Tuyatortar kanali orqali Zarafshon daryosidan suv oladi. Ushbu suv ombori atrofida Jizzax shahri aholisi baliq ovlab, suvda cho’milib qisqa muddatli dam olish imkoniyatiga ega.
Jizzax viloyati tekislik landshaftlarida aholining qisqa muddatli dam olib hordiq chiqaradigan joylariga Janubiy Mirzacho’l kanalini ham kiritishimiz mumkin. Ushbu kanal Jizzax cho’lini o’zlashtirish maqsadida qazilgan. Kanal Sirdaryodan boshlanadi. Uning suv sig’imi 300 m/sek ni tashkil qiladi. Ushbu kanaldan Zafarobod, Paxtakor, Zarbdor, Do’stlik tumanlari yerlarini sug’orishda foydalaniladi. Ushbu kanal nafaqat yerga obi-hayot bag’ishlab qolmasdan, kanal atrofidagi aholi cho’milib hordiq chiqarishadi.
Jizzax viloyati tekislik landshaftlari nafaqat baliq ovlab, cho’milib dam oladigan joylaridan biri bo’lib qolmasdan, balki qadimgi gidrotexnik inshootlarga ham boy hisoblanadi. Bunday obidalarga qadimgi sardobalar va qadimgi suv omborlarining qoldiqlari misol bo’la oladi.
O’zbekistonda qadimgi gidrotexnik inshootlarni A.Nizomov tomonidan har tomonlama o’rganilgan. A.Nizomovning ta’kidlashicha Jizzax, Sirdaryo viloyatlari hududi qadimdan sardobalarga boy bo’lgan. Chunki ushbu viloyatlarning tekislik landshaftlari o’zlashtirilganga qadar asosan jazirama cho’l landshaftlaridan iborat bo’lgan. Savdogarlar yo’lda suvdan charchamasligi uchun yo’l yoqalarida suv to’planadigan xandaklar qazilgan va ulardagi suv bug’lanib ketmasligi uchun ularning ustini maxsus binolar bilan yopib qo’yilgan.
A.Nizomov ta’kidlashicha Jizzax-Sirdaryo havzalarida sardobalar tizimi to’rt yo’nalishda o’tkazilgan. Ulardan birinchi yo’nalish Jizzax-Toshkent shahri yo’nalishi bo’ylab o’tgan. Bu yo’nalishda Jizzax-O’rda yog’ochli, Murza Rabot, Jikka sardoba kabi inshoatlar bo’lgan. Jumladan, hozirgi kunda faqat yog’ochli sardobasining saqlanganligini ko’ramiz.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish