1.1-rasm. Turistik destinatsiya doirasidagi o’zaro munosabatlar modeli Nazorat uchun savollar va topshiriqlar: Turizm bozori iqtisodiy munosabatlarning ko’rinishi sifatida nimani anglatadi?
Turistik bozorning asosiy funktsiyalari nimalardan iborat?
Turoperator va turagent tushinchalarining ma’zmuni nima?
Turizm bozorining xajmi nimani anglatadi?
Turistik bozorning amal qilish chizmasi nimani ko’rsatadi?
Turistik aylanma xarakatda kimlar qatnashadi va ularning maqsadi nima?
Turizmda mavsumiylikka qanday omillar ta’sir qiladi?
10 - Ma’ruza yuzasidan nazorat testlari 1. …….. - bu turistik - sayohat xizmatlarini pulga aylanishi va aksincha, pulni turistik - sayohat xizmatlariga aylanish jarayonini amalga oshiriladigan jahon xo’jaligi aloqalari tizimi bo’lib hisoblanadi.
A) Turizm bozori
B) Rekreatsion resurslar
V) Infrastruktura omili
G) geografik joylashuvi omili
2. Turistik bozorning asosiy funktsiyalari sifatida qo’yidagilarni ko’rsatish mumkin:
A) Barcha javoblar to’g’ri
B) mahsulot iste’molchiga (turistga) yetkazib berishni tashkil etish;
V) Mehnatni moddiy rag’batlantirishni iqtisodiy ta’minoti.
G) Turistik mahsulotda shakllangan qiymat va iste’mol qiymatini realizatsiya qilish;
3. ………. – bu turistik marshrutlarni va turlar komplektatsiyasini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi turistik tashkilotlar bo’lib, ularni amal qilishini ta’minlaydi.
A) Turoperator
B) Turagent
V) Turist
G) Turistik bozor xajmi
4. ………. – bu turoperator tomonidan ishlab chiqilgan turistik marshrutlar bo’yicha turlarni xarid qiluvchi xo’jalik sub’ekti yoki shaxsiy tadbirkor bo’lib hisoblanib ular bo’yicha putyovkalar ishlab chiqardi va bu putyovkalarni bevosita turistlarga chakana ravishda realizatsiya qiladi.
A) Turagent
B) Turoperator
V) Turist
G) Turistik bozor xajmi
5. ………. – bu doimiy yashash joyini o’zgartirish va ish axtarib topishdan tashqari, doimiy yashash joyidan istalgan maqsadlarda 24 soatdan kam bo’lmagan muddatga (24 soatdan kam bo’lsa sayohatchi hisoblanadi) sayohat qiluvchi shaxsdir.
A) Turist
B) Turoperator
V) Turagent
G) Turistik bozor xajmi
6. ………. – ekzotik joylarga, vulqonlarga, orollarga, sharsharalarga va shu kabi joylarga borishga aytiladi.
A) Sarguzashtli turizm
B) Ekoturizm
V) Speloturizm
G) Diniy turizm
7. “Turistik destinatsiya” termini Leyper tomonidan nechanchi yillarning o’rtasida fanga kiritilgan.
A) 1980 yillarning o’rtasida
B) 1985 yillarning o’rtasida
V) 1992 yillarning o’rtasida
G) 1996 yillarning o’rtasida
8. Turizm so’zi qaysi tildan olingan.
A) Franuzcha
B) Arabcha
V) Yunoncha
G) Xitoy
9. Turist bo’lishi uchun ikki shart kerak bu:
A) bo’sh vaqt va mablag’
B) Karta va mablag’
V) Mablag’ va yo’lboshchi
G) Yo’lboshchi va transoort
10. Turistlarning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga tomosha qilishga, ko’rishga, dam olishga, davolanishga borishi nima deyiladi.
A) Xalqaro turizm.
B) Mintaqaviy turizm
V) Maxalliy turizm
G) Barcha javoblar to’g’ri
11. Mamlakatimiz hududida turli madaniyat va tarixiy davrlarga oid necha mingdan ziyod arxitektura, san’at va tarixiy yodgorliklar mavjud bo’lib, ularning aksariyati YuNESKOning butun dunyo madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan.
A) 4000 dan ziyod.
B) 4200 dan ziyod
V) 5000 dan ziyod
G) 6000 dan ziyod