Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet78/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

MILLIY PARK VA REZERVASIYALAR
1. Milliy park haqida tushuncha
Hududlarning o’zgartirilishi dastlabki tabiatning ozgina qismini bo’lsa ham saqlab qolish muammosini, hamda ma’lum bir mamlakat, jamiyat yoki butun insoniyatning madaniyatidagi madaniy - tarixiy qadriyatlarini ifodalovchi inson tomonidan yaratilgan ob’ektlarni saqlash muammosini keltirib chiqardi. Buning uchun dunyoning deyarli barcha davlatlarida quruqlik va suv maydonlarida ma’lum bir uchastkalar ajratilgan va qo’riqlanuvchi xududlar, - deb e’lon qilingan. Bu erlarda insonning xo’jalik faoliyati qat’iy cheklangan, o’simlik va hayvonot olami rivojlanishini qo’llab - quvvatlash uchun zarur bo’lgan barcha sharoitlar yaratilgan hamda inson tomonidan yaratilgan ob’ektlarni saqlashdagi faoliyatdan tashqari barchasi tam’qiqlangan.
Turizm xo’jalik faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va alohida qo’riqlanuvchi xududlarda qat’iy nazorat qilinuvchi hajmda rejali amalga oshiriladi.
Milliy parklardagi va boshqa qo’riqlanuvchi rezervasiya va ob’ektlardagi faoliyat o’z - o’zini moliyalash vositasi va manbai, tabiatni qo’riqlash vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin, ko’pincha park va xududlar ushbu mamlakat budjetidan moliyalanadi va milliy tam’sir zonasidan tashqarida joylashgan bo’lsa xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalanadi. Buning uchun turizmni tartibga solish va boshqarish, hudud yoki ob’ektni ro’yxatga kiritish ko’rsatkichlariga amal qilish lozim.
Tabiiy turizm yoki ekoturizm deyilganda tabiatning inson tomonidan o’zlashtirilmagan joylaridagi turizmi tushuniladi. Bunda turizmning maqsadi va usuli - o’simlik va hayvonot olamini, ushbu hududda joylashgan barcha tarixiy, zamonaviy, madaniy qadriyatlarni kuzatish va o’rganishdan iborat. Tabiiy turizm turizmning boshqa turlaridan tabiiy muhitga kuchsiz tam’siri bilan farqlanadi va keng rivojlangan infratuzilmaga muhtoj bo’lmaydi. Lekin, Amerikalik ekoturistlar besh yulduzli otellarda tunashni hush ko’rishadi. Ekoturizm usullari qamrovi juda keng bo’lib, ularga o’simlik va hayvonot olamidagi tabiiy holatlarni o’rganishda ilmiy yondashuvdan tortib tabiatga nomuntazam sarflargacha kirishi mumkin.
Qo’riqlanuvchi hududni tashkil etishning eng keng tarqalgan shakli milliy bog’larni yaratish hisoblanadi. Parklar shunday joylarda tashkil qilinadiki, u erlarda ekoturizm sezilarli tam’sirga uchramagan va inson xo’jalik faoliyati natijasida o’zgarmagan bo’lishi, o’simlik va hayvonot olami dastlabki ko’rinishda saqlangan va alohida qiziqish uyg’otadigan hamda o’ziga xos juda chiroyli landshaftlar mavjud bo’lgan hududlar bo’lishi kerak. Parklar davlatning yuqori organlari qarori va kelishuviga binoan xalqaro tashkilotlar, masalan, YuNESKO qaroriga binoan yaratiladi.
Bunday qarorlarga asosan ajratilgan hududlarda, ya’ni milliy park deb e’lon qilingan hududlarda xo’jalik faoliyati, tabiiy resurslarni ekspluatasiya qilish, foydali qazilmalar qazib olish, aholi ko’chib kelishi tam’qiqlanadi. Bir vaqtning o’zida belgilangan nazorat qilinuvchi chegaralarda ilmiy maqsadlarda parkka kirish hamda estetik rohatlanish maqsadlarida turistlarga kelib ketishiga ruxsat beriladi. Bunday hududlarga turizm juda katta miqdorlarda daromad keltiradi. Masalan, Ruanda milliy bog’ida g’orlarni tomosha qilishga kelgan turistlar yiliga 1 mln. dollargacha daromad keltirishadi. Galapagos orollaridagi (Ekvador) milliy bog’ yiliga turizmdan tushuvchi bevosita daromad ko’rinishida 700 ming dollargacha oladi. Hisoblar shuni ko’rsatadiki, Keniya milliy bog’ida har bir er 27 ming AQSh dollari, fillar to’dasi 600 ming dollar turizmdan daromad keltiradi. Bu raqamlar shuni izohlamoqdaki, ushbu hayvonlar tirikligida, ovchilar o’ljasiga aylanishiga nisbatan bir necha marotaba ko’p daromad keltiradi, shuning uchun ular uzoq yashaydi. Ushbu adolatli shior Afrika milliy bog’lari ishchilari orasida mashhur.
Quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
- ilmiy qo’riqxona, qat’iy ilmiy maqsadlarda qo’llaniluvchi qo’riqlanadigan hudud, masalan, hayvonot olamining noyob vakillari saqlangan Galapagos oroli;
- milliy park, fan, ma’rifat, dam olish maqsadlarida milliy yoki xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan mashhur tabiiy va landshaft hududlarni himoya qilish uchun yaratiladi. Tijorat faoliyati, foydali qazilmalar qazib olish, sanoat,
qishloq xo’jaligi ishlari tam’qiqlangan. Turli mamlakatlarda joylashgan 300 dan ortiq katta milliy parklarni himoya qilish mumkin. Masalan, Kanadada Banff milliy parki mashhur bo’lib, unga 1885 - yil asos solingan, xududi 6400 kv. km., nina bargli o’rmon bilan qoplangan. Unda kiyik, tog’ echkisi, keng shohli qo’y, ikki yuzga yaqin qushlar yashaydi;
- tabiat esdaliklari, tabiiy yoki inson yaratgan madaniy - tarixiy diqqatga sazovor joy va ob’ektlarni saqlash uchun yaratilgan. Bular qatoriga Giza ehromlarini va dunyoning boshqa qismlaridagi tarixiy yodgorliklarni kiritish mumkin;
- yovvoyi hayvonlar qo’riqxonasi, hayvonlarning alohida turlari, biologik jonivorlar guruhini saqlanib qolish uchun tashkil etiladi;
- qo’riqlanuvchi landshaft (manzara), alohida muhim elementlarning gormonik bir - biriga muvofiq bo’lgan va noyob holatlarni tashkil etuvchi tabiat landshaftlarini saqlab qolish uchun tashkil etiladi. Landshaftda qurilish, ya’ni yo’llar, inshootlar, sanoat ob’ektlari, elektr uzatuv liniyalari qurish tam’qiqlanadi. Bunday hududlar odatiy turmush tarzi va ushbu rayonning iqtisodiy faoliyati chegarasida turizm va dam olish shaklida ijtimoiy foydalanishga topshirilgan. Lekin, ko’pincha landshaft noyob inshootlar bilan bezaladi, masalan, ko’priklar, ular insoniyat aqlining sof mo’jizalarini o’zlarida ifoda qilishadi. Qadimiylaridan quyidagilarni aytish mumkin: Italiya, Ispaniya va Portugaliyadagi rim akveduk (osma quvur)lari, hozirgi kunda ular turistik markaz landshaftlarining ajralmas qismiga aylangan. Ular qatoriga yana The Bay Bridge ko’prigini kiritish mumkin. San - Fransisko ko’rfazidan o’tgan ko’prik, uni bm’zan "San - Mateo ko’prigi" - San Mateo Bridge deb ham atashadi. U 1963 - yili qurilgan va AQShda eng uzun va chiroyli ko’prik hisoblanadi, uzunligi 13 km;
- antrapologiya - tabiat bilan uyg’unlikda yashovchi va uning resurslaridan an’anaviy foydalanuvchi mahalliy aholi hayotining tabiiy sharoitlarini muhofvzv qilish uchun yaratiladi;
- ko’p tomonlama foydalanuvchi boshqariladigan hudud (boshqariluv resursli hudud) tabiiy resurslar, hayvonot dunyosi, rekreasion salohiyatini barqaror rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish maqsadida yaratiladi. Bunday parklar qit’alarning turli qismlarida qurilgan va bm’zan juda katta hududni egallaydi.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish