Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul


Aqli zaif bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhitning ijtimoiy –psixologik ta’siri



Download 238 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2017
Hajmi238 Kb.
#8291
1   2   3

Aqli zaif bolalarni ongli kasb tanlashda maktab va oilaviy muhitning ijtimoiy –psixologik ta’siri

Ishonchli manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra “Avesto”ga bizning vatanimizda asos solingan. Bu dalil ta’lim-tarbniya faoliyatimiz va aqidalarimiz qadimiyligidan dalolat beradi. Bolalar yoshligida har bir kasbga qiziquvchan bo’lishadi, lekin ularning ma’lum bir kasbga layoqatdan aniqlashdan ko’zlangan maqsad, bolalarga ularning qiziqish va qobiliyatlariga muvofiq mehnat faoliyatining turiga doir bilim va ko’nikmalarini, malakalarini tarkib toptirishdir. Ularga kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, kasbiy tarbiya, kasb diagnostikasi haqida kasbiy maslahatlarni faol yo’sunda olib borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish dastlab oilada amalgam oshirilsa samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir bilimlarni keyinchalik maktabda, to’garak va klublarda kengaytiradi va chuqurlashtiriladi.

Mehnatning korreksiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifasi aqli zaif o’quvchilarning psixofiziologik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatishda, ularda ijtimoiy mehnat va maishiy ko’nikma hosil qilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy sifatlarni tarbiyalashda ifodalanadi. 1-3 sinflardagi qo’l mehnati aqli zaif bolalarga kasb- mehnat ta’limi berishning proektiv (kirish) bug’ini hisoblanadi. Qo’l mehnati darslarida kasb –mehnat tayyorgarligini bog’liqligini yordamchi maktab o’quvchilarida mehnat ta’limiga hozirlikni shakllantirishdan iborat. Yordamchi maktab o’quvchilari dastlabki mehnat ko’nikmalarini hosil qiladilar. O’zlariga qulay bo’lgan turli materiallar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning xususiyatlari, asboblar bilan ishlash usullarini o’zlashtiradilar, ularning xususiyatlari,asboblar bilan tanishadilar. Buyumlar tayyorlashda ulardan foydalanish mahoratini egallaydilar. To’g’ri ish holatini o’zgalarning ishga bo’lgan g’ayratlarini boshqaradilar. Oligofrenopedagog qo’l mehnati darslarida doimo o’quvchilarga turli shakllagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim. Ta’limning yakunlovchi bosqichida muayyan ixtisosliklarga qiziqish uyg’otish ishlarini kuchaytirish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishlarini boshlash mumkin.

Keyincha o’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan barcha kasblarning muhimligi, zarurligini qulay va qiziqarli shaklda ochib berishi zarur. Ana shu maqsadda maktab ustaxonalariga, korxonalarga ishlab chiqarish ekskursiyalari uyushtirish tavsiya etiladi. O’quvchilar bu yerda ommaviy ishlab chiqarish ishlari, o’z ota-onalarining mehnati bilan dastlabki tarzda tanishadilar. Ota-onalar bolalarga ta’lim berishning muvaffaqiyati o’quvchilarning o’zlariga taklif etiladigan mehnat topshiriqlarini o’zlashtirishga, olingan bilimlar asosida mashqlar bajarishga qanchalik tayyorgarligi bog’liq bo’ladi. Bunday bolalar o’z psixologik rivojlanishlari xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada chuqur o’zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o’ziga xos xususiyati ta’limning kirish yo’nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalgam oshiriladi. Masalan, aqli zaif bolalar buyumning tayyorlashning butun jarayonini esda saqlab qololmasligi mumkin. Shu sababli ish tushuntirib beriladi, ayrim usullar operasiyalar bo’yicha namoyish qilinadi. Bundan maqsad bola butun ish jarayonini yaxlit va har bir detalni alohida tasavvur qila olsin. Tuzatish va yo’naltirish vazifasini hal qilishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. O’quv –tarbiya jarayoni metodik jihatdan to’g’ri yo’lga qo’yilgan taqdirdagina aqli zaif o’quvchila rning psixofiziologik rivojlanishdagi kamchiliklarini muvaffaqiyatli tuzatish mumkin. Defektolog o’qituvchi o’z fanini o’z o’quvchilarini yaxshi bilishi, o’quv materialini, ta’lim metodlarini, ko’rgazmali qurollarini, bolalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradigan didaktik materialni sinchiklab tanlashi lozim. O’qituvchi o’quvchiga o’z shaxi bilan ham ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyalanuvchilarga hurmat bilan o’yg’unlashtirib borishga talabchanlik, pedagoglik nazokati aqli zaif bolalarga ta’lim va tarbiya berishga alohida ta’sirchanlik bag’ishlaydi. Shunday qilib, qul mehnati darslari orqali o’quvchilarni har tomonlama rivojlanishiga va ularni kasb-mehnat ta’limiga tayyorlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ishonchli manbalarga ko’ra “Avesto” bizning Vatanimiz xududida asos solingan. Bu dalil ta’lim-tarbiya faoliyatimiz va aqidalarimizning nihoyatda qadimiyligiga kafolat beradi.

Shuningdek, musulmon dunyosining muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham Muxammad alauhissalom Hadislarida ham din va tasavvuf asoschilari davomchilari o’git va asarlarida ham, xullas, mumtoz fan va madaniyat arboblarining ma’daniy-ma’rifiy meroslarida ham ta’lim-tarbiya, xususan bolalarga kasb –kor o’rgatish masalasi birinchi o’ringa qo’yiladi. Har bir oilada ota-ona sevimli farzandlari tarbiyasi bilan mashg’ul ekan, ulardan albatta ertaga sog’lom komil inson, yaxshi kasb-kor egalari chiqishini hohlaydilar. Chunki bolaning bilimli, ilmli, o’quvchi yaxshi kasb egasi bo’lishidan avalo oila manfaatdor, qolaversa solih farzand tarbiyalab borish ota-onaning burchidir. Shunday ekan bola ulg’ayib borishi bilan biror kasb-hunarga yo’nalish berishda bosh-qosh bo’lish, maslahatlar berib borish, fikrini bildirish, mazkur yo’nalish bo’yicha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berish ota-ona tarbiyasining bir qismi hisoblanadi. Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rang-barang kasblar olamida bola qanday qilib muljal olish kerak? Hayot yo’lining mehnat faoliyatining to’g’ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagn maqul? Bolaning ichki dunyosida shu kabi savollar g’ujg’on o’ynar ekan, shu asnoda albatta, birinchi yordam sevimli oilasidan, ota-onasidan bo’lmog’I lozim. Ota-ona esa o’z navbatida esa albatta bolaning qiziqishlari, Mayllari va qobiliyatlariga tayangn holda ish ko’rishlari muhim ahamiyatga ega. Xush bular nima? U bolada qanday aks etadi?

Qiziqish – bu odamning muayyan mehnat sohasidagi ijobiy munosabatlarda bo’lib, uning bilimga va faoliyat ko’rsatishga bo’lgan intilishdir. Qiziqishlarning mazmuni va ko’lami bolaning bilim darajasini hamda muayyan narsaga qiziquvchanligini aks ettiradi. Bunday qiziqishlar ko’pincha o’sib ulg’aya borib, maylga, bolaning muayyan faoliyat bilan shug’ullanishga bo’lgan intilishida hamda mazkur faoliyat turiga munosib keladigan mahorat va malakalarni takomillashtirib doimiy ravishda o’z bilimini oshirib borishi uchun intilishga aylanadi. Qobiliyat esa odamning biror faoliyati sohasida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan indibudual psixologik xususiyatdir. Demak, ota-ona shularning barchasini hisobga olgan holda bu masalaga to’g’ri yondoshishi kerak bo’ladi, chunki boshlang’ich tarbiyani bola oiladan oladi.

Menimcha bolaga juda erta vaqtlardanoq turli kasb –hunarlar haqida baholi qudrat ma’lumot va tushunchalar berib boorish joiz. Sababiki ular o’zlarini qiziqtirgan kasb sirlariga, ularning yaxshi tomonlariga barvaqt e’tibor bilan qaraydigan bo’lishadi. Bundan tashqari bolaga kasblarning yomon bo’lmasligini albatta o’qtirish lozim (aksincha ma’lum kasb egalarining hulq-atvori, xarakterlari, turlicha bo’lishi mumkin). Bolani kasb-hunarga yo’llashga dastavval o’yinlar va o’yinchoqlar vositasida kechadi. Shu asosda bolada kasb-hunarga bo’lgan mehr shakllanib boradi. Shu barobarida bolani mehnatga ham o’rgatib boorish muhim ahmiyat kasb etadi. Bog’cha davrida ota-onaga bog’cha tarbiyachilari hamkorlik qilishsa, o’qish davrida esa bunga muallimlar, tarbiyachilar va tugarak rahbarlari qo’yiladi. Har jihatdan bolani nazorat qilib esa alohida ahamiyatga ega. Ma’lumki, o’qishni yaxshi o’zlashtirgan bola o’zini qiziqtirgan kasb-hunarga ham tez ko’nikib ketadi. Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, oilada ota-ona (yoki bobo-buvi)lar bolaning kelajagini oldindan belgilab qo’yishi mutloqo noto’g’ri hisoblanadi. Bolalar yoshligida ham kasbga qiziquvchan bo’lishadi. Lekin uning ma’lum bir kasbga layoqatini aniqlashdan ko’zlangan maqsad, bolalarda ularning qiziqishi va qobiliyatlariga muvofiq mehnat faoliyatini turiga qarab bilim, kunikma va malakalarini tarkib toptirishdir.

Ularning kasbga yo’naltirishning asosiy yo’nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, kasbiy maslahatlarni faol yo’sinda olib borishdan iborat. Bolaga kasbiy ma’lumot berish dastlab ailada amalgam oshirilsa samarasi yaxshi bo’ladi. Ular kasbga doir bilimlarni kiyinchalik bog’cha maktabda tugarak va klublarda oladilar. U yerda o’z bilimlarini amalda sinab ko’radi. Ota-onaning bola bilan kasb haqidagi suhbatlari bolada kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari fazilatlarni shkllantirish imkonini beradi. Bolaning kasbiy maqsadlari aniqlangach, ular erishayotgan yutuqlarni muntazam nazorat qilib, ularning o’zini o’zi tarbiyalashni rag’batlantiriladi va o’z maqsadlariga erishishlarida o’z vaqtida yordam beriladi. Keyinchalik ular tugarak, klublardagi mashg’ulotlari jarayonida bu kasbga kunikib qoladilar.

Binobarin “Kasbga yo’naltirish bo’yicha” oiladagi tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va uning beqiyos ahamiyati mavjud.

Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga tarbiya vositalari (adabiyot, san’at, matbuot, kino, radio, televideniy, kutubxona, klub va hakozalar) ta’siri samaradorligini oshirish yanada yaxshi natija beradi.

Shu asnoda sevimli farzandlari uchun ota-ona yaratib berishi kerak bo’lgan oddiy shart-sharoitlarni bir nechta kasblar misolida ko’rib chiqishimiz mumkin.

Yog’och ustachiligiga qiziqayotgan bolani avval keraksiz, mayda –chuyda taxta bo’laklaridan qanday foydalanishi kuzatilsa yaxshi bo’ladi. Keyinchalik qo’shimcha yaroqli taxta materiallar, chizish va rejalash asboblari, so’ngra mix, bolg’acha, arra, bolta, randa kabi asboblardan foydalanishiga ruxsat etilsa malakasi oshgan sari zaruriy jiddiy asboblar va materiallar bilan ta’min etib boorish mqsadga muvofiq bo’ladi. Duradgorlik to’garagida esa bu ishlari yana davom ettiriladi va nazorat qilib hamda rag’batlantirib boriladi.

Shu bilan birga bola kasb-hunarning murakkab va salbiy tomonlaridan avvaldan xabardor bo’lishi shart, chunki borib bir kuni kutilmagan shu arzimas jihati uchun kasbidan ko’ngli sovib ketishi ham ehtimoldan holi emas. Har bir kasb –kor yo’nalishida va unga o’rinishda oddiydan boshlab murakkab sari harakatda bo’linadi.

Kasbga yo’naltirish ishlarida kasb tanlashning nazariy va amaliy vazifalarini bajaradigan ruhshunos, pedagog va shifokor mutaxassislar bilan maslahatlashish yaxshi foyda beradi. Chunki ba’zi bir kasb turlariga sog’lig’I to’g’ri kelmasligi ehtimoli bo’lishi mumkin, yoki boshqabir kasbga jur’at va irodasi yetishmayotganini aniqlash, mumkin bo’ladi.

Kasbiy maslahatlarda bola voyaga yetgan o’qish uchun boradigan o’quv yurtlari va korxonalar haqida ma’lumotlarni berish, kasbning ahamiyati, ishlab chiqarish tizimidagi o’rni, kasb bo’yicha mehnatning mazmuni haqida hikoya qilish foydali bo’ladi. Suhbat vaqtida mazkur kasb egalarining ish sharoitlari, mehnat faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, ish kuni, ta’til, ish haqi, imtiyozlar haqida va ayniqsa malaka oshirish imkoniyatilari alohida ta’kidlanadi.

Farzandlarimizni kasb tanlashidan bir necha mativlar:

Birinchi guruhga – farzandlarining kasb tanlashiga faol ta’sir etuvchi oilalar (59,5 %) kiradi. Bu guruhdagi ota-onalar farzandlarining I n d I v I d u a l - p s I x ol o g I I k xususiyatlari – xarakteri, qobiliyati, qiziqishi va sog’ligiga qarab, bolalariga aniq maslahatlar berishadi, har bir kasbning o’ziga xos tomonlari, talablari, mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida so’zlab beradilar. Bunday oilalarda bolalarning kasb tanlashi va rivojlanishi uchun barcha sharoit etarli.

Ota-onalar o’z farzandlarida hali bolalik davridan boshlaboq mehnat ko’nikmalarini hosil qiladi, mehnat qilishga o’rgatadi.

Darhaqiqat, ota-ona to’g’ri tarbiya mehnat tarbiyasidan boshlanishini doimo yodda tutib, bolalarni kuchi yetadigan ish bilan band qilishlari, bu borada o’zlari ibrat namuna bo’lishlari lozim.

Ota-ona uy ishlarida kuchi etadigan ish bilan o’z bilganicha qarasha boshlagan bolalarning yordamini ma’qullashi va maqtashi zarur. Bola ham ko’pgina hatti –harakatlarini qilingan mehnat bilan o'lchaydi, uni qadrlaydi. Bu esa ular qalbida e’tiqod va ishonch to’yg’ularini o’yg’otadi.

Ota-ona nafaqat bolalarning kiyinishi, kundalik turmushi haqida, balki ularning kelajagi, ma’naviy shakllanishi, iqtidoriga mos kasb tanlashi, hayotga, faoliyatga tayyorlash haqida ham o’ylaydilar. Ikkinchi guruhga mansub oilalar (25%) farzandlarining kasb tanlashga e’tiborsiz qarashadi, ularga amaliy yordam berishmaydi va qo’yidagicha hukm chiqaradilar: “Qaysi kasb yaxshi bo’lsa, ushal kasbni tanla” va ularning hayot kasb haqidagi tasavvurlari ham yetarli bo’lmaganligi tufayli o’z qobiliyatiga mos kasb topguncha ancha yillar o’tib ketadi.

Uchunchi guruhdagi (15,5%) ota-onalarni – avtoritar ota-onalar deb atash mumkin. Bu guruhdagi ota-onalar farzandlarining hayotiy rejalariga aralashadi. Bunda bolalarning qiziqishi, imkoniyatga olinmaydi. Barcha rejalar ota-onalar tomonidan tuziladi va hal etiladi. Ota-ona tomonidan qo’llaniladigan ushbu tarbiyaviy usul natijada hayotdan, tanlagan kasbidan, o’z faoliyatidan qoniqmaslik xissini keltirib chiqaradi.

Boladagi biron bir narsaga bo’lgan havasni bo’g’ib qo’yish, bola qiziqqan narsa bilan shug’ullanishni man qilish ularga nisbatan bo’lgan adolatsizlikning bir ko’rinishidir. Bu yo’l bilan bola tarbiyasining yoki ularning o’qishga, kasbga bo’lgan qiziqishini o’zgartirib bo’lmaydi. O’sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo’llash – ko’p qirrali, ko’p yo’nalishli muammodir. Ota-onalarning shaxsiy ibrati, kasblar haqida yetarli bilim va tajriba egaligi, kasbiy tarbiyaning mohiyatini tushunishi, oila pedagogikasidan xabardorligi, ularning ma’naviy saviyasi, bilimi, ma’daniyati, ijtimoiy faolligi – kasb tanlash ishlarining muvaffaqiyatli bo’lishi garovidir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, kasb tanlash ishining muvaffaqiyatli bo’lishida oilaning o’rni beqiyosdir. Chunki, birinchidan, ota –ona katta hayotiy tajribaga,ikkinchidan, ular o’z bolalarining psixofizlologik xususiyatlarini boshqalarga qaraganda yaxshi biladi., uchunchidan faqatgina oilada mehnat tarbiyasining asosi shakllanadi.


    1. Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarni egallashning o’ziga xos xususiyatlari

Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga o’quv dasturining asosiy tarkibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlansa inson uchun mehnat quvonchi, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham jamiyat uchun ham foydalidir. Jamiyatning intelektual, ma’naviy imkoniyatlari rivojlanishida hozirgi sharoitda mamlakatning barcha bulg’usi mutahasislarini tayyorlab beruvchi maktab oldida muhim vazifalar turadi.

Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mustaqil mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqliy zaif o’quvchilarni ijtimoiy reabilitasiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhim o’rin egallaydi.

Jahon pedagogik hamjamiyatidagi ishlab chiqarish va o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni o’rta umumta’limni yaxshilashning muhim omili sifatida tan oldi. Ta’lim masalalari bo’yicha Yuniskoning halqaro Konferensiyasining tavsiyalarida asosiy sohalarida qo’llaniladigan asosiy ilmiy qoidalarni tushunishga yordam berishi o’quvchilarni jismonan va aqliy qobiliyatlarini hamohang kamol toptirishga xizmat qilishi, ishlar sharoitida stanok va boshqa jihozlar bilan ishlash, ko’nikmalar, malakalarini egallashda yordam berishini ta’kidlab o’tganlar. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish har bir shahsning alohida fzilatlari mamlakat halq xo’jaligining iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, mehnat bozorining to’laqonli hisobga olib yorqin v mustaqil kasb tanlashga tayyorlashga asoslangan tizimidir. Ishchi kasblarni o’rganishning imkoniyatlari mavjud, jumladan, Respublikada ishchi –kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor berilmoqda. Kasb hunar kollejlarida yoshlar turli kasblarni o’rganishmoqda. O’quvchilarni yordamchi maktabda aniq ixtisos bo’yicha kasbiy tayyorgarlik berish lozim. Maktab tizimida tugaraklar muxim o’rin tutadi.

Fan tugaraklari, elektrotexnika, radiotexnika traktor, tillachilik, o’simlikshunoslik, duradgorchilik, kosibchilik, tikuvchilik, bog’bonlik to’garaklarida bolalar bilimlarini kengaytirish bilan barcha kasb tanlashga amaliy tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda ularning maktabdagi ko’zda tutilgan unumli mehnati va ijtimoiy foydali ishlaridan ham foydalanish zarur. Masalan, o’quvchilarni qishloq xo’jaligi ishlarida jalb qilish ko’rgazmali qurollar yasash, shanbalik obodonlashtirish ishlari shular jumlasidandir. Kasbga yo’naltirishda maktab jamoasining barcha a’zolari ishtirok etadi.

O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda maqsad, maktabda kasbga yo’naltirish kengashi tuziladi. Kengashning asosiy vazifasi pedagogic jamoada va ommaviy korxonalarda o’quvchilarning kasbga yo’naltirish ishini tubdan yaxshilash uchun birlashtirish va yo’llashdan iborat. Maktab kasbga yo’naltirish kengashi har bir o’quv yili uchun maktabdi direktori buyrug’I bilan tasdiqlanadi.

Kengash ishiga qo’yidagi pedagogik talablar qo’yiladi;

-kasbga yo’naltirish ishlarini rivojlannishidagi turli kasb egalari ilg’orlari bilan uchrashuvlar o’tkazish;

-maktabda kasbga yo’naltirish o’quv metodlari kabinti ashkil etish, uni jihozlash, rivojlanishini tasdiqlash;

-ota-onalar bilan aloqa o’rnatish;

-o’quvchilar uchun kasbga yo’naltirish bo’yicha konsultatsiyalar uyushtiriladi; kasbga yo’naltirishda ma’ruza va suhbatlarda kasb mazmuni istiqboli, ishning tahkil etish shakllari va metodlari, mehnat qurollari, imkoniyatlari, moddiy ahvolini o’rganish yo’llari haqida fikr yuritish lozim.

-o’quvchilar diqqatini kasb tanlash masalalarida jalb etish va ularga kasblar haqida tushuncha berish uchun maktablarda kasbga yo’naltirish kabinet burchaklari tashkil etiladi.

Tajribalar hamda ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha yordamchi maktab o’quvchilari mehnat faoliyatining turli jabhalarida muvoffaqiyatli ishtirok etish mumkin.


Jamoa bo’ib mehnat qilish asosida o’quvchilar aqliy, estetik jismoniy rivojlanib, ularni dunyo qarashlari, axloqiy sifatlari, harakteri shakllanib boradi. Aqli zaif bolalarni mehnat tarbiyasisiz korreksion rivojlanishini tasavvur etish mumkin emas.

Yordamchi maktablarda mehnat tarbiyasini amalgam oshirishda mehnat haqida suhbatlar, ayrim mehnat jamoalari haqida hikoya qilib berish, mashhur, ilg’or kishilar to’g’risida ma’lumot berish, qishloq mehnatkashlari haqida savol-javoblar tashkil etish yaxshi natijalar beradi.

Turli mavzularda qiziqarli suhbatlarda o’tkazish, aqli zaif bolalardagi qator salbiy sifatlarni to’g’rilanishiga olib keladi. “Barcha kasblar kerak”, “Bizning rejalarimiz –bizning sevgan ishimiz”, “Barcha mehnat faxrlidir”, “Usimliklarni asrang”, “Nonni tayyorlash jarayoni” va boshqa mavzular bolalar tomonidan sevib o’rganiladi.

Dars jarayonida va to’garaklarda o’yla, izla top, kasbiy daqiqa o’tkazish kabi mashg’ulotlar o’tkaziladi. O’yla, izla, top mashg’ulotlarida bolalar aylana bo’lib o’tiradilar.

O’qituvchi turli topishmoqlarni aytadi: o’quvchilar topishmoq javobiga qo’shib kasb nomini ham aytadi. O’yin oxirida g’olib aniqlanib, rag’batlantiriladi. Bu o’yin o’quvchilarni zehnini o’tkirlaydi, nutqini kasbiy tasavvurini rivojlantiradi.

1.Kulga o’xshar, mayindir, qotirmog’I tayindir (sement, quruvchi).

2.Ortida tishi, yer haydash ishi (traktor, haydovchi) shular jumlasidandir.

Har bir o’yinda avvalo qo’l va meya ishlatiladi, o’yin bolalarga shodlik bag’sh etiladi. Ko’plab taniqli pedagoglar o’yinni mehnatga, mustaqil hayotga tayyorgarlik deb hisoblaydilar.

A.S.Makarenkoning aytishicha, bola o’yinda o’yinda qanday tarzda o’zini tutsa, hayotda o’sib katta bo’lgandan keyin, ishda ham o’zini shunday tutadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini asosiy faoliyati o’yin bilan bog’liq.

Demak, ularning har bir o’yinlarda o’zlari his etmagan holda mehnat elementlari tarkib topgan bo’ladi.

“Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirish orqali maktab mehnat ustaxonalaridagi, mehnatga boshqa munosabatda bo’ladilar” –deb ta’kidlaydi Ya.Ya.Karvales.

Demak sayohat faqat tomoshja uchun o’tkazilmaydi, balki ijtimoiy ongni shakllantirishga xizmat qiladi. Buning uchun maxsus tayyorgarlik ishlari turli korxonalarga, jamoa xo’jaliklariga ikskursiyalar uyushtirish asosida aqli zaif o’quvchilarda o’ziga xos ishonch hosil qiladi.

Hayotda asosiy narsa vijdon mehnat qilish kerak, degan fikr paydo bo’ladi. Mehnatdagi yutuqlar uchun berilgan turli mukofotlar tanqidiy sur’at ko’rish yordamchi maktab internatlari o’quvchilarini qanday yashash, ishlash kerakligi haqida o’ylay boshlaydilar.

Har bir sayohat oxirida suhbat uyushtiriladi. Yordamchi maktablarda bolalar vaqtini shunday tashkil qilish kerakki, ularni miyasi fikrlashsiz, qo’li ishsiz qolmasin, aks holda qator noxush holatlar kungil voqeyalar xuddi shi bekorchi vaqtda yuz berishi mumkin.




    1. BOB. YORDAMCHI MAKTAB O’QUVCHILARINI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHNING TA’LIMIY NAZARIYASI

2.1. Yordamchi maktab “mehnat ta’limi dasturi”ni mazmuni va vazifalari
Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb –hunarga yo’naltirish maktabning asosiy va bosh vazifasi. Chunki ular ertangi hayotida jamiyatda o’z o’rnini topishlari uchun bu zarur vosita hisoblanadi. Yoshlarni kasbga yo’naltirishda o’quvchilarning alohida qobiliyatlari va mehnat resurslarini jamiyat manfaatlariga mos tarzda taqsimlanishini hisobga olish lozim. Kasbga yo’naltirish tizimi – individga kasblarni va uning shaxsiy sifatlarini o’rganishga yordam beruvchi maqsadlar mohiyat hamda qoidalar uslublar va vositalar birligidir.

Kasbga yo’naltirish barcha o’quv tarbiya ishlari bilan uyg’un tarzda olib boriladi. O’quvchi yetarli darajada umumiy tayyorgarlikka ega bo’lgan taqdirdaginaongli ravishda kasb tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. O’quvchilarni biror kasbga maqsadli yo’naltirishdan avval uning shaxsini o’rganish lozim. Buning uchun uni ko’zatish (bevosita, bilvosita) o’quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilib, so’rovnoma o’tkazish, suhbat, test, interval olish mumkin. Kasb-hunarga yo’naltirishd turli kasblar, ularga qo’yiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. Bu esa o’quvchilarni aniq kasbni tanlashga ongli munosabatda bo’lishga tayyorlaydi. O’quvchilar kasblar to’g’risida ma’lumotlar, bilimlar faqat maktabda emas balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlaridan oladilar. Yoshlarni kelajakdagi hayot yo’llarini to’g’ri belgilab olishlari uchun o’z iqtidoriga muvofiq holda ko’ngillariga yoqqan jamiyatga zarur va foydali kasbni tanlashlari zarurdir. Talim berishda o’quvchilarga mehnat inson hayotining asosiy va birinchi sharti, mehnatkash esa jamiyatning bosh ishlab chiqaruvchi kuchi deb tushuntiriladi.

Mehnat jismoniy va aqliy kuch sarflanadigan xarakatgina emas, balki avvalo odamning biror maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati hamdir. Hozirgi jamiyatda mehnat tarbiyasi bolalar, o’smirlar va yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatigata’lim bilan bog’langan holda tarbiyalash jarayonidir. O’quvchilar mehnat tarbiyasi natijasida jamiyat foydasi uchun zarurligini yanada chuqurroq anglab yetishi mehnat qilish ehtiyojini sezishlari lozim. Mehnat jarayonida o’quvchilarni jamiyatchilik, ongli intizom, mehnat sevarlik, tejamkorlik, ijtimoiy mulkka xo’jayinlarcha munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar ham vujudga keladi.

O’quvchilarning mehnatga bo’lgan munosabatlari maktabda mehnat ta’limi darslarida o’tkazladigan amaliy darslarda singdirib boriladi. Mehnat ta’limi darslarida amaliy ishlarga ko’proq vaqt ajratish zarur. O’quvchi qizlar bilan olib boriladigan amaliy ishlarda o’quvchilar pazandachilik, gazlamalarga ishlov berish, tikuv mashinasidan foydalanish, uy-ro’zg’or tutimini, kiyimlarni ta’mirlash kabi bilim va malakalarga ega bo’ladilar. Pazandachilik bo’yicha o’tkaziladigan amaliy darslarda har xil sabzavot va mevalarga birinchi ishlov berish, ulardan har xil taomlar, salatlar tayyorlashni, ularni did bilan dasturxonga tortish pazandachilik sir-asrorlaridan puxta bilim hosil qiladilar. Gazlamalarga ishlov berishda gazlamalarning hossalari, ularning chidamliligi, bichish tikish ishlari o’rganiladi. Qizlar mustaqil ravishda o’zlari ko’ylak, xalat, nimcha, ish fartugi, lozimlar tikadilar. Amaliy darslarda o’quvchilarning mehnat jarayoniga qiziqishi o’rtoqlaridan orqada qolmaslikka intilish tabiiy intilishi boshqalarga qaraganda ko’proq yutuqlarga erishish istagi tug’iladi.

Shaxsning kasbiy shakllanishi o’zoq davom etadigan jarayon u kasbiy faoliyat turlari, yo’nalishlari, mativlari, maqsad va mazmuni hamda bu faoliyatning ta’minlash vositalari, usul va shakllari bilan uzviy bog’liq. Shu bois kasbiy tarbiyaga pedagoglar noyob mutaxassis tayyorlash tizimi sifatida qarashlari kerak. Kasbiy tarbiya bir necha bosqichda amalgam oshiriladi.

Birinchi bosqich o’z ichiga kasbga yo’naltirish ishlarini qamrab oladi.

Ikkinchi bosqich kasbiy tashxis qo’yish va o’quvchining kasbga bo’lgan mayili, kasbiy maqsadi, kasbiy qiziqishi, kasbiy imkoniyatini aniqlash asosida kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini ta’minlab boradi.

Pedagogik jamoaning tarbiyaviy vazifalari qo’yidagilardan iborat bo’lmog’I lozim.

-ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, qiziqishi va mayiliga qarab o’zini namoyon etishiga imkoniyat yaratish, ularni shaxs va individ sifatida psixologik pedagogic jihatdan qo’llab-quvvatlash:

-ta’lim oluvchilarda o’z-o’zini rivojlantirishga bo’lgan ehtiyojini, ijtimoiy muhitga moslashish, raqobatbardoshlik qobiliyatini, o’zini mehnat bozorida taqdim eta olish malakalarini shakllantirish:

-o’quvchilarda salomatlik asosiy qobiliyat qadriyatlardan biri ekanligini tushuntirish ularni sog’lom hayot tarziga o’rgatish:

Bugungi kunda ta’lim muassasasi faoliyati natijalari faqat bilim, ko’nikma va malakasini belgilamaydi. Chunki bilim ko’nikma va malaka maqsadli vazifalarni bajarishga emas, ko’proq o’quvchilarning mutaxassis sifatida rivojlanishi uchun xizmat qiladi.

O’quvchilar duradgorlik va parket ishlari, kesish asboblarini charxlovchisi, qurilish, pardozlash ishlari ustasi, umumqurilish ishlari ustasi va vahokozo kasblarga oid bilimlarga ega bo’lishi lozim. O’z ishining ustasi bo’lish mashaqqatli mehnat va o’zluksiz kasbiy tarbiyani talab etadi. Aqli zaif bola o’zlashtirgan ijtimoiy tajribalar asosida faoliyatning murakkab turlarini amalgam oshirish qobiliyati, o’z ishining ustasi bo’lishi uchun ijtimoiy tajribalarning qo’yidagi turlarini o’zlashtirishi lozim.

-bilish faoliyati (uning natijasi o’zlashtirilgan bilim hisoblanadi).

-ma’lum bo’lgan faoliyat turlarini amalgam oshirish (namunaga qarab faoliyat ko’rsatish huquqini).

-hissiy qadriyatiy munosabatlarni yo’lga qo’yish (shaxsiy yo’nalishlar shakli).

-faoliyatni ijodiy tashkil etish (shaxsni yo’nalishklar shakli. Mommali vaziyatlarda samarali yechimlarni qo’llay bilish o’quvi).

Pedagogik ko’zatish natijalari shuni ko’rsatadiki, reja va dasturlar ishlab chiqishda kasbiy tarbiya masalasiga kam e’tibor beriladi. Xolbuku kasbiy tarbiya aqli zaif bolani uzluksiz ta’limning ajralmas qismidir.

Kasbiy tarbiyani tashkil etish uchun alohida uslubiy ishlanma va tavsiyalar zarur.

Aqli zaif bolalar juda yoshligidan boshlab nafaqat tibbiy yordamga, balki tarbiya va ta’limning maxsus sharoiti hamda usullariga muhtoj bo’ladilar. Ularning jamiyat hayotiga moslashuv darajasi ko’pchilik mutaxassislar, birinchi navbatdan pedagog –defektologlarni kuch-g’ayrat bilan ishlashlarini talab qiladi. Aqli zaif bolalarda ta’lim va tarbiya jarayonida zaruriy ahloqiy tushunchalar, ma’daniyat xulqi malakasi shakllanadi, shaxs shakllanadi, rivojlanishdagi kamchilik tug’irlanadi va natijada ijtimoy moslashuv uchun zamin yaratiladi. Nogiron va alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb-hunarga tayyorlashning avvalo O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonun talablaridan kelib chiqqan holda hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari xalq xo’jalik tarmoqlari haqida yetarli darajada cguqur bilim berishda pedagoglik texnologiyaga asoslanish ham talab etiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” ijrosi ham ana shundan kelib chiqadi. Ayni paytda nogiron va alohida yordamga muhtoj o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda yorqin, mustaqil fikrlashga o’rgatish ularni o’z kuchiga – o’ziga xos qobiliyatiga ishonish kabi xislatlarni shakllantirish kabi masalalar ham dolzarbdir. Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarga tayyorlashda oligofreno pedagoglar mutaxassislar oldida nogiron va alohida yordamga muhtoj bolalarni psixik va jismoniy nuqsonlarini inobatga olgan holda yangi dastur va darsliklar o’z vaqtida ishlabchiqarish tugaraklar ishi samaradorligini oshirish, turli kasblarga oid axborotlar, kasblar bo’yicha konsultatsiyalar ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish kasbga yo’llash markazlarini ishini takomillashtirish orqaligina erishish mumkin. Karimov I.A. asarlarida davlat ravnaqi va taraqqiyoti mutaxassislarga ishbilarmonlarga, umuman insonga o’z imkoniyatlarini namoyon qilish shart-sharoit yaratib berish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan nogiron bolalar kasb-hunar o’rganishda biron –bir kasb egasi bo’lishiga chaqqondirlar.

O’zbek xalqi azaldan mehnatkashdir. Ajdodlarimiz “Mehnat –mehnatning tagi rohatdir”, “Mehnatning ziynati”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta –katta olarsan” kabi xalq hikmatlariga to’la amal qilgan holda mehnat qilib yashagan, chunki ijtimoiy –iqtisodiy muammolar birinchi navbatda mehnat orqali yechiladi. O’zbekiston Mustaqillikga erishdi deb qayta-qayta gapiramiz. Albatta har bir inson bundan faxrlanish g’ururlanishga haqli, lekin uning gullab yashnashiga, ravnaqiga taraqqiyotiga, mustahkamlanishiga, uni suvini, osmonini, o’simlik, hayvonat olamini-tabiatni asrash bilan o’z mehnati bilan hissasini qo’shish lozim ekanligini maxsus maktab o’quvchilari ongiga har soniya singdirib boorish lozim. Ana shundagina yordamchi maktab o’quvchilarining mustaqillikdan g’ururlanishi to’la oqlanadi.

Yordamchi maktab o’quvchilarini mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash ya’ni ularda mehnat qilish odobini istagini shakllantirish va ko’nikmalarini hosil etishning juda ko’p shakllari mavjud. Mehnat mavzusi yaxshi tasvirlangan badiiy asarlarnii jamoa bo’lib mutoolo qilish, ularni sinfda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda masalan, asar qahramonlarini muhokama qilish. Mehnat qahramonlarini muxim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda Zardushtiylarning muqaddas kitobi, Qur’oni Karim, xadislaridan foydakanish ham kutilgan natijalar beradi. Avestoda Zardushtiylarning chorvachilik va dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lganligini, uning doimiy mehnat bilan shug’ullanganligini, shuningdek mehnat tufayli baxt saodatga erishish, bog’-rog’lar yaratish mumkinligi haqidagi fikrlari misol qilib keltiriladi. Xuddi shuningdek Qur’oni Karimda atrof-olamni asrash, mehnatga munosabat yaxshi mavzular yoritilgan.

Ayniqsa nogiron kishilarni joylardagi mehnat qahramonliklari va ular bilan uchrashuv kechalari uyushtirish ular bilan mehnat mavzusida suhbatlar tashkil qilish yordamchi maktab o’quvchilari yanada samaraliroq ta’sir etadi. Umuman olganda yordamchi maktablarda 1-sinfdan 9-sinfgacha yordamchi maktab o’quvchilarini mehnat va turmushga tayorlash birinchi galdagi vazifasidir.

Hayot va turmushni mehnatsiz tasavvur etish also mumkin emas. Maxsus maktablarda mehnat tarbiyasini faqat mehnat darslarida emas balki boshqa fanlar darslarida ham hal etish ularni ya’ni kelgusi hayotga ongli mehnatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini nazardan qochirmaslik kerak.

Uy ro’zg’or mehnatlari (ishlari), qo’ni –qo’shnilarga yordam, hashar, ota-onaga barcha ishlarida qarashish, tomarqasidagi mehnat, chorvachiligidagi mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, korxonadagi mehnat, shahar obodonchiligidagi mehnat – bularning barchasiga jismoniy mehnat mavjud.

Yordamchi maktab o’quvchilari 40 ortiq mehnat (turmush) turlarini bajara oladilar, bu ilmiy asoslangan. O’qtirilgan fikrlarni amalda sinab ko’rib mehnatni malaka va ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va bevosita mehnat o’qituvchilari.

Korxona, muassasa va tashkilotlar jamoatchilikning birgalikdagi faoliyati muhim ahamiyatga egadir.

Demak, yordamchi maktabda mehnat tarbiyasi ham kechiktirib bo’lishmaydigan kundalik va doimiy bajarilishi shart bo’lgan muhim variantlardir.

Yangi Mustaqullik O’zbekiston davlatning olib borayotgan siyosati va ilgar surilayotgan ilmiy g’oyalar negizida umum ta’lim bilan bir qatorda maxsus ta’lim hamda yordamchi maktab o’quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash borasidagi say-harakatlarda mehnat qilishga diqqat e’tibor qaratilishi ham taqqozo etadi.

Bu borada defektolog olimlar (G.M.Dulnev, K.M.Mirskiy, S.S.X.Ayetmetova, D.A.Gordiyenko, K.H.Mamedov, P.M.Pulatova va boshqalar) takidlashicha yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb - hunarga tayyorlashda o’quvchilarning yosh tanlash kutilgan natijalar berishi haqida fikr bildirganlar. Bunda ular yordamchi maktab o’quvchilariga differensial yondashuvga bir muncha e’tibor beradilar.

Bunda yordamchi maktab o’quvchilarni intellektual, jismoniy va emotsional iroda xususiyatlar, qiziqishlari, ularning matorikasi harakat koordinatsiyasining o’ziga xos xususiyatini nuqson, tur hususiyatlarini inobatga olgan holda mehnat ta’limi berishi kasb hunarga o’rgatilishi taqoza etadi.

Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning tayyorlovchi maxsus kollejlarga tanlagan kasbini mukammal o’rganish uchun o’qishni davom ettirishga yuboriladi. Chunki yordamchi maktab o’quvchilari 9-sinfni tugatgach ularning yoshi yetishmaganligi sababli kasb –hunarni chegaraganligi tufayli ishga joylashish muammo bo’ladi. Aynan anashuning uchun ham yordamchi maktab o’quvchilari kasb-hunarga oid bilimlarini maxsus kollejlarda davom ettirishga to’g’ri keladi.

Shundagina yordamchi maktab o’quvchilari kuchada ishsiz bekor qolmaydilar. Hayotda o’z o’rinlarini topa oladilar. Jamiyatimizga ishchi kuchi sifatida foyda keltirar edilar. Kuchadagi ba’zi yomon ta’surotlar ta’siriga tushib qolmaydilar. yordamchi maktabda o’quvchilarni iloji boricha ko’proq ijtimoiy mehnatga ishtirok ettirish kerak. Ma’lumki yordamchi maktabda ijtimoiy- foydali mehnat ga faol ravishda tayyorlash har xil yo’nalishlar (ekologik, huquqiy, mehnat, axloqiy) bo’yicha olib boriladi. Yordamchi maktab o’quvchilarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida har tomonlama diagnostic nuqtai nazardan yondashish shaxsning bundan keyingi rivojlanishini prognozlashni nazarda tutadi. Shu maqsadda biz yordamchi maktablarda ijtimoiy foydali mehnat jarayonida o’quvchilarning milliy g’oyaviy jixatdan tarbiyalashga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.

Masalan:

1.Tanlagan ixtisosi bo’yicha mehnat qilish jarayoninig asosiy qonuniyatlarini bilishi kerak. Mazkur kasb bo’yicha tajriba orttirish yo’llarini mustaqil ishlashga zarur malaka va ko’nikmalarini egallashga o’rgatish.

2.Burch va ma’suliyat yordamchi maktab o’quvchisi jamiyat va kollektiv oldidagi burchini anglab yetish malakasini shakllantiradi, jamoat ishlari va xodisalariga qiziqish bildiradi : ularda faol ishtirok etishga o’rgatish.

3.Ongli intizom o’rgatish maktab o’quvchisi har doim va har tomonlama intizomli va bunga boshqalarni jalb qilishga o’rgatish.

4.Bahamjihatlikka birodarlik. Yordamchi maktab o’quvchilar muomala qilishda dilkash va andishalik ularga sidqidildan beg’araz yordam berishga o’rgatish.

5.Mehnatsevarlik, insonparvarlik boshqalarning halol mehnatlarini hurmat qilishni ongiga singdirib borishdan iboratdir.

Yuqorida aytib o’tilganlarni amalgam oshirishga axloqiy tarbiya bilan birga mehnat tarbiyasi barcha tarbiya turlaridan ustunligi bilan ajralib turishi kerak. Ayni paytda mehnat yordamchi maktab o’quvchilaridagi psixofizik yetishmovchiliklarning korreksiyalaydi.

Yordamchi maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning asosiy vazifasi maktabni tamomlayotgan o’quvchilarni o’z mayllari hamda qobiliyatlariga muvofiq qiladigan kasbni to’g’ri, ongli ravishda anglashlariga erishishdan iboratdir.

Bu borada ya’ni bolalarni mehnatga o’rgatish borasida Az –zamaxshariyning aytganlari juda o’rinlidir. U mehnatning tarbiyaviy tomonlari haqida fikrlar bildirar ekan shunday deydi “Mehnat insonni 3 bolodan asraydi; bezorilikdan, o’g’irlikdan, qashshoqlikdan asraydi” zamaxshariy aytganlarini yordamchi maktab o’quvchilari uchun shior qilib olsa arziydi, chunki yordamchi maktab o’quvchilari maktabni tugatgach mustaqil hayotga qadam quyar ekanlar ularga hayotda o’z yo’llarini topishda ana shu olgan kasb-hunarlarigina, mehnat malakalarigina as qotadi. To’g’ri adashmay halol non topib yeydi.

Qo’llarida hunarlari bor ekan nojuya ish qilishga o’rin qolmaydi. Yuqorida aytib o’tilganlardan xulosa qilgan holda aynan yordamchi maktablarda shu kecha kunduzda kechikmay jamiyatimizga foyda keltiradigan mehnatsevar kishilarni yetishtirish, bolalar qiziqishga monand holda kasb-hunarga o’rgatishning samarali usullarini zamon talabiga mos holda talablardan kelib chiqib takomillashtirib borishi yordamchi maktab oligofrenopedagoglarining muqaddas burchidir.

Yordamchi maktabda mehnat ta’limida kasbga tayyorgarlikni aniqlash va unga nisbatan mehr o’yg’otish va diagnostic metodlarini amaliyotga tatbiq qilish va moslashtirish; kasb –hunar kabinetlarini jihozlash professionallashtirish ishlarini o’tkazish va boshqalar muhim jarayondir.

Shuning bilan bilan birga o’quvchilarda tug’ma qobiliyat, ishtiyoq, o’qishga va kasbga qiziqish hamda bularning yordamchi maktab o’quvchilaridan barqarorligini amaliy ifodasini va ko’rinishi singari ijobiy fazilatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishi muhimdir.

Yuqorida sanab o’tilgan eng zarur jihatlar yordamchi maktabda korreksion – pedagogik yo’nalishlar zamirida amalgam oshiriladi. Kasb –hunar maorifi, kasb tanlashga yo’llash, kasb konsultatsiyasi, kasbni saralash, kasbga moslashish, kasb tarbiyasi kabilardir.

Hozirgi davr talabiga binoan kasb-hunarning boshqa turlaridan yordamchi maktab o’quvchilariga o’rgatish taqozo etmoqda. Masalan, chorvachilik, qishloq – xo’jalik ishlarini, obodonchilik, kosibchilik. Yordamchi maktab o’quvchilar shaxsininh jismoniy rivojlanishi, salomatligi, moyilligi, aqliy taraqqiyotning umumiy darajasi, u yoki bu kasbga nisbatan qobiliyati kabilarni esa kasb konsultatsiyasi orqali amalgam oshiriladi. Ayni paytda aniqlangan natijalar ma’lumotlardan kelib chiqib kasb –hunar egallashga doir maslahatlar beriladi.

Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda oligofren –pedagoglardir. Psixologlar, vrach –terapevt va boshqa mutaxassislar hamkorlikda ish olib borishi lozim. Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb –hunarga tayyorlashda o’quvchilarning ota –onalari kasbiga, avlodlar kasb koriga ham e’tibor beriladi. Bolalarda ota kasbiga qiziqish bo’lsa kasbga o’rgatish oson kechadi.

Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb hunarga tayyorlashda hunarga tayyorda ularni kasbga yaroqliligi darajasini ko’rsatuvchi jismoniy hamda psixik sifatlarini aniqlash muhim rol o’ynaydi.

Yordamchi maktab o’quvchilarini o’z ko’chiga ishontirish mehnat natijalari jamiyatimiz uchun ahamiyatli, o’z mehnatidan zavqlanish kabi, psixologik – pedagogik ish tizimini amalgam oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yordamchi maktab o’quvchilarni kasb-hunarga o’rgatishning qimmatliligi shundaki. Mehnat orqali ular turli fanlarga oid bilimlar olish bilan birga ularda shaxsiy ijobiy sifatlar shakllanib boradi. Mehnat orqali esa davolovchi – korreksion ish hm amalgam oshiriladi.

Yordamchi maktab o’quvchilari uchun to’g’ri tanlashgan mehnat, mehnat jarayonlarda ularda fiziologik jarayonini yaxshilaydi. Ularning ruxiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Ular faoliyatiga tashkiliy ma’no beradi. Asosan yordamchi maktab o’quvchilari mehnat tufayli o’z kasalliklariga, nuqsonlariga oid fikrlardan chalg’iydilar, taskin topadilar. Lekin bunda mehnat topshiriqlari bolalarning individual xususiyatlariga, nuqson darajasiga qarab boradigan samarali natijaga olib keladi.


Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish