Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika psixologiya fakul


Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’nltirishning omillari



Download 238 Kb.
bet3/3
Sana05.05.2017
Hajmi238 Kb.
#8291
1   2   3

2.2. Yordamchi maktab ta’lim jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’nltirishning omillari

Yordamchi maktablarda o’quvchilar mehnat ta’limi va kasb yo’naltirishdan chuqur va puxta bilim olishlari lozim. Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning o’quv, umummehnat, umummilliy, umummadaniy bilimlari, boshlang’ich kasbiy ma’lumotlari, dastlabki ijtimoiy va mehnat munosabatlari shakllanib boradi. O’quvchilarni mehnat jarayoniga tayyorlashda ularning mehnat jihozlari, kishilar ongli va ishchan munosabatda bo’lishi talab etiladi. O’quvchilar mehnat mahsulotlarini iste’molga chiqarish mazkur jarayonda tejamkorlik,uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni shakllantirilishi, ularning mehnatga tayyorlashning asosini tashkil etadi va qo’yidagilarni amalgam oshirishni maqsad qilib qo’yadi:



  • O’quvchilarda mehnat jarayonida hamda mehnatni yuzaga keltiruvchi kishilarga hurmatni shakllantirish;

  • O’quvchilarni zamonaviy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish, qurilish, mashinasozlik va xalq hunarmandchiligi asoslari bilan tanishtirish;

  • O’quvchilarni umummehnat bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda ularni oddiy mehnat jarayonida ishtirok etishga tayyorlash;

  • O’quvchilarni ta’lim jarayonida va uni bitirgandan so’ng turli xil yo’nalishlardagi kasb –hunarlarga tayyorlash kabilardir.

9-16 yoshli o’quvchilarning mehnatga tayyorgarlash yordamchi maktablarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida oila, mahalla, ishlab chiqarish va mustaqil faoliyatda amalga oshiriladi hamda qator vazifalarni bajarishni nazarda tutadi.

Mehnat tayyorgarligining vazifalarini amalga oshirishda ta’lim va tarbiyaning rivojlantiruvchilik, ta’limiylik, amaliylik, yaratuvchanlik, kasbiy yo’nltirilganlik, ishlab chiqaruvchilik kabi jihatlari qo’yidagilar nazarda tutiladi.

Hozirgi davrda o’quvchilarni mehnatga tayyorlashning vazifalari qo’yidagilardan iborat;


  • O’quvchilarda va mehnatga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, uning aqliy va jismoniy rivojlanishini korreksiyalash va ta’minlash;

  • O’quvchilarda, ahloqiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik, fuqarolik, ijodkorlik kabi fazilatlarni tarbiyalash hamda ular faoliyatida mehnatni doimiy ehtiyojga aylantirib boorish;

  • O’quvchilarda bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshlik xususiyatlarini shakllantirish;

  • Tabiat zahiralari, moddiy buyumlar, narsalar va materiallarga bo’lgan tejamkorlik munosabatlarini shakllantirish;

  • Fikrimcha, o’quvchi – yoshlarni mehnat tayyorgarligi hozirgi davrda mehnat tarbiyasi, ma’limni, kasbga yo’naltirishlari, ishlab chiqarishda ishtirok etish, turli kasblarni egallash kabi jarayonlarni qamrab oladi.

Mehnat ta’limida kasb –hunarga yo’naltirish omillari qo’yidagilar deb hisoblayman;

  • Mehnat ta’limi darsida bolalarga kasb –hunarlar to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarni berib boorish;

  • Bolalarni qo’l motorikasini rivojlantirib boorish;

Yordamchi maktablarning umumiy vazifasi o’quvchilarni mustaqil hayotga va ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qilishga tayyorlashdir. Aqli zaif o’quvchilarni ijtimoiy realibitatsiya masalasini hal qilishda kasb –hunarga yo’naltirish muhimi omil hisoblanadi. Yordamchi maktablarda kasb-hunarga yo’naltirish psixologik –pedagogik va tibbiy chora-tadbirlar tizimidan iborat bo’lib maktab bitiruvchisiga jamiyat ehtiyojlari va uning qobiliyatlarini inobatga olgan holda kasb tanlashga yordam beradi. Ko’zatishlar natijasiga ko’ra aqli zaif o’quvchilar juda kam hollarda o’zlariga kasb tanlashadi. Ularning kasbiy qiziqishlari asosan mehnat ta’limi sohasi ta’sirida shakllanadi; o’quvchilar ko’pincha maktabda tayyorgarlik ko’rgan mutaxassislikni tanlashadi yoki aksincha, bu mutaxassislik bo’yicha ishlashni istashmaydi.

Yordamchi maktab bitiruvchilarining katamnezini tahlili shuni ko’rsatadiki, ular ishlab chiqarish korxonalarida, maishiy xizmat va qishloq xo’jaligida turli hil majburiyatlarini bajarib, mehnat qilmoqdalar. Biroq o’sha ma’lumotlar yordamchi maktab bitiruvchilari uchun yuqori intilektual talablar qilinmaydigan kasblarni tanlashlari mumkinligini ko’rsatadi.

Odatda ular pult boshqaruv operatori kabi murakkab ishchi mutaxasisliklarni tanlay olmaydilar. Yordamchi maktablarda kasbiy mehnat ta’limi ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olgan holda quriladi. Maktabda hunarga yo’naltirish masalasiga ham ahamiyat berilgan hollarda o’quvchilarning kasbiy yo’naltirilganligi ularning qobiliyatlarini berilgan mehnat turiga mos kelmaslik holatlarning sonini o’sishiga sabab bo’ladi.

Odatda bu vaziyat o’quvchilarni kasbiy qobiliyatlarini o’rganish va mehnat ta’limi turlari bo’yicha saralash ishlari yetarli darajada tashkil qilinmasa yoki butunlay bo’lmasa yuzaga keladi. O’quvchilarni mustaqil kasbni tanlash imkoniyatlari saviyasining pastligi sababli yordamchi maktabda kasb –hunarga yo’naltirish ishlari eng avvalo ularning kasbiy qobiliyatlari va mayilliklarini aniqlash, shuningdek rivojlanish dinamikasini o’rganish vazifalarini hal qilishni taqozo etadi.

Bu ishdagi 2-yo’nalish o’quvchilarda ulardagi real qobiliyati, imkoniyati va maishiy sharoitlarni hisobga olgan holda kasbga turg’un qiziqishini shakllantirishdan iboratdir.

O’quvchining mehnat ta’limi yo’nalishini tanlashda uning intilektual darajasi, asosiy va ikkilamchi nuqsonlari xarakteri, jismoniy taraqqiyoti xisobga olinadi.

Berilgan mehnat turiga o’quvchining qobiliyatlarini baholashda kasblar professiogrammalari qo’llaniladi. Professiogramma insonga u yoki bu kasb tomonidan qo’yiladigan talablar tizimidan iborat. Mehnat turini tanlashda o’quvchining taraqqiyoti davomida olingan ma’lumotlarga asoslanish ham muhim ahamiyatga egadir (masalan, mehnatda nutqdan foydalanish, amaliy ishda fazoviy munosabatlarni idrok etish malakalari).

Kasb hunarga yo’nltirish ishlarining katta qismini boshlang’ich sinf o’qituvchilari va tarbiyachilari bajaradi. “Umumta’lim predmetlari bo’yicha ta’lim jarayonida qo’l mehnati darslari va sinfdan tashqari mashg’ulotlar davomida o’quvchilarni kuzatish orqali o’qituvchi va tarbiyachi o’quvchilarning ilk mehnati qobiliyatlarining turli ta’lim bosqichlarida o’tkaziladigan ko’zatishlar natijalarini qiyoslash orqali ularning mehnatga bo’lgan qobiliyatlarini rivojlanish dinamikasiga baho beriladi. Boshlang’ich sinf o’ituvchilari o’quvchilarni yuqori sinf o’quvchilarini sinf o’quvchilarining mehnat faoliyati bilan tanishtiradi. Ona tili darslarida bu mutaxassiliklar haqida ma’lumot beradilar. Maktab o’quv ustaxonalarida ekskursiyalar tashkil qiladilar, shuningdek, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish xonasi (burchagi) ayrim materiallari bilan tanishtiradilar. O’quvchining mehnat yo’nalishi belgilash uning ota-onalari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ota-onalar o’quvchilar tanlagan mehnat turiga ijobiy munosabatni tabiyalashda maktabga faol yordam berilishi lozim. Kasb-hunarga yo’naltirish va mehnat ta’limiga oid masalalar muntazam ravishda ota onalar majlislarida yoritib borilishi kerak. O’quvchilarda mehnatga, o’rgatilayotgan kasbga ijobiy munosabat, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalashda kasb-hunarga yo’naltirish xonalari katta rol o’ynaydi. Kasb –hunarga yo’naltirish xonalarida maktab o’quvchilariga berilayotgan mutaxassisliklar bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari haqida ma’lumotlar, zavod (fabrika) mehnat jamoasining mehnati, dam olishi, ommaviy – ma’daniy chora tadbirlarni aks ettiruvchi fotosuratlar bilan jihozlangan stendlar, tumandagi ishchi mutaxassisliklarga bo’lgan ehtiyoj haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Bundan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish xonalarida maktab bitiruvchilari bilimlari lozim bo’lgan hujjatlarning na’munalari bo’lishi kerak. Kasb-hunarga yo’naltirish xonasining materiallarini muntaz m yangilab turish, fotosuratlarni almashtirish, kutubxonani mehnat mavzusidagi kitob va broshyuralar bilan to’ldirib borishi zarur.

Maktabda olib borilayotgan o’quv –tarbiya ishlarining natijalarini natijalari ko’p jihatdan kasb –hunarga yo’naltirish xonasining materiallaridan o’qituvchi va tarbiyachilar qay tarzda unumli foydalanishlarga bog’liq.

2.3. O’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning o’rni

Sinfdan tashqari ishlar yordamchi maktabdagi o’quv-tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, nuqsonli bolalarni har tomonlama rivojlantirishga, ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etishga tayyorlashga xizmat qilishdan tashqari, ishlar asosan ta’lim –tarbiyani davom ettirib, aqli zaif bolalardagi ruhiy kamchiliklarni yumshatishga, tuzatishga sharoit yaratadi. Sinfdan tashqari ishlardan ko’ra ijtimoiy, ta’limiy, ijtimoiy foydali, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish san’atining turli sohalari, o’quvchilarning ma’daniy dam olishlari bo’yicha tashkil etishlari mumkin. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarning mazmuni turlicha bo’lishiga qaramay, bo’larning barchasida asosiy e’tibor o’quvchilardagi nuqsonni korreksiyalah ishlarini qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy jismoniy nuqsonli korreksilash ishlariga qaratiladi. Bolalardagi turli ruhiy, jismoniy nuqsonlar xarakteri ish mazmunini tanalshga yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlar darsdan tashqari o’tkaziladi. Ularning tizimi izchil bo’lishi aqli zaif bolalarning psixofizik imkoniyatlarini, ularning qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilinishi darkor. Sinfdagi o’quv –tarbiyaviy ishlar bilan sinfdan tashqari ishlar orasida uzviy mintaqaviy bog’lanish bo’lishi kerak. Shuningdek, ularda sinfdan tashqari ishlar davomida sinfda olgan bilimlarini amalda qo’llay olish malakalari shakllanadi. Sinfdan tashqari ishlarga asosan o’qituvchi va tarbiyachi rahbarlik qiladi. Sinfdan tashqari ishlarda kasb –hunarga yo’naltirishdan tashqari o’zlarini boshqarish malakalari ham shakillantirib boriladi.

Maktabdan tashqari ishlar shaklan, mazmunan, vazifalari bo’yicha sinfdan tashqari ishlarga o'xshab ketadi. Maktabdan tashqari ishlar asosan maktab rahbarlari tomonidan amalgam oshiriladi. Turli toifadagi bolalarga kasb –hunar o’rgatishda turli kechalar, musobaqalar, ustaxonalar tashkil etadi. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlar nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ularni to’g’ri tashkil etish maktabning aqli zaif bolalarga bo’lgan ta’lim tarbiyasini oshiradi.

Sinfdan tashqari ishlar bolani mehnat darsida o’rganganini mustahkamlash uchun yarashadi. Shu bilan birga bolada kasbiy etika, ma’daniyat, jamoa bilan ishlash, ijtimoiy moslashuv, mehnatsevarlik kabi tuyg’ular shakllanishiga yordam beradi.

Shu o’rinda tugarak ishi faoliyatini ham kiritib o’tishni lozim deb topdim. Tugarak ishlariga asosan 4-9 sinf o’quvchilari qabul qilinadi. Ba’zan esa yoki katta 3-sinf o’quvchilari ham qabul qilinishi ham mumkin. To’garak ishlari haftada bir marta ma’lum soatlarda o’tkaziladi.

Sinfdan tashqari ishlarga to’garak ishlari kirar ekan to’garak ishlari ,aktabda ma’lum soatda o’tkaziladi. Ba’zan o’quvchilar to’garak ishlarining og’ir yengilligiga qarab mashg’ulotni tayyorlashdan oldin tayyorgalik vaqti, tanaffus belgilanadi. O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot jarayonida ularni ruhini ko’taruvchi, qiziqishlarini orttiruvchi mehnat faoliyatida ularning qiziqishini orttiruvchi materiallardan kuproq foydalanish kerak.

Har bir bolaning aqliy rivojlanishi mashgulotlarga tayyorgarligi charchash kabi xislatlarga etibor beriladi. Ba’zan o’quvchilar 2 ta to’garakka ham qatnashishlari mumkin. To’garak ishlarining og’ir, yengilligiga qarab, mashg’ulotning boshlashdan oldin tayyorgarlik vaqti tanaffus belgilanadi. To’garakka o’quvchilar o’z hohishi bilan qatnashadilar. Bolalarning qiziqishlari, imkoniyatlari, qobiliyatlari hisobga olinadi. To’garak ishlari bir yilga rejalashtiriladi. To’garak rahbarlari qaysi materialni qachon, qanday o’rganish kerakligini hisobga olinadi. Mashg’ulot uchun tayyorlangan mavzu o’quvchilarning tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash xususiyatlarini o’stiradigan nutqdagi kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishlari kerak. Mashg’ulot jarayonida kasb nomlari to’g’risidagi lug’at ustida ishlanadi. Kasblar to’g’risidagi yangi so’z va atamalarga duch kelsalar, o’qituvchi shu so’z haqida tushuncha berib, mashg’ulot uchun lug’at daftarga yozib boriladi. To’garakda har bir o’quvchilarning muvoffaqiyatini yoritib boruvchi alohida jurnal tutiladi. Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlarda kasb hunarga yo’naltirishgan tashqari bolani nuqsonini bartaraf etish inobatga olinadi.

Turli hayotiy hisoblash ishlari aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishiga, lug’atning boyishida, muljal olish ishlarida, savdo ishlarida mehnat qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga, estetik did, muomila ma’daniyatini, odamlar bilan ishlashga yordam beradi.

Sinfdan tashqari ishlarga badiiy kechalar, tabiatni o’rganishga oid tadbirlar, maktab yer maydonida mehnat qilish, gigiyenik tarbiyaga oid tadbirlar, navbatchilik, o’lkani o’rganish, bayram tadbirlari, jonli burchakda mehnat qilish, to’garaklar, ijtimoiy foydali mehnat, texnika vositalari bilan ishlash, olimpiada, kuzatish, o’quv qurollari tayyorlash, qo’shimcha adabiyot o’qish, kutubxona, boshqa maktablar bilan aloqa, ko’rgazma tayyorlash, kecha va o’yinlar, sayohat va ekskursiyalar kiradi.

Sinfdan tashqari ishlarda to’garak ishlari rahbari ishlarini bir yilga rejalashtiradi. Qaysi materialni qachon, qanday o’rganish kerakligini yaxshilab ko’rib chiqib, rejalashtiradi. Mashg’ulot uchun tanlagan mavzu o’quvchilarni tafakkurini rivojlantiradigan, chamalash xususiyatini o’stiradigan nutqdagi kamchiliklarni tuzatadigan bo’lishi kerak, mashg’ulot jarayonida lug’at ustida ish olib boriladi. O’quvchilar kasb haqida yangi so’z va atamalarga duch kelsa o’qituvchi shu so’z haqida tushuncha berib, mashg’ulot uchun yangi so’zlar yozib boriladi. Mashg’ulotda har bir o’quvchining muvaffaqiyatini yoritib boruvchi jurnal tutiladi. Sinfdan –sinfga ko’chirish, tavsifnoma berishda shu jurnaldan foydalaniladi. O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot jarayonida individual ishlash lozim. Maktabda bolalar mehnat ustaxonalarida turli stanoklarda ishlash jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish qatiyan belgikanadi. Qizlar tikuvchilik, tuquvchilik, pazandachilik, o’g’ibolalar yog’och o’ymakorligi, duradgorlik, silesirlik kabi to’garaklarda o’z mahsulatlarini ko’rsatishi mumkin. Maktabdan tashqari ishlarda turli toifadagi bolalar yozgi umumiy va maxsus lagerlar tashkil etilganda turli xil klublar, to’garaklar ham tashkil etiladi. Bundan ko’zlangan maqsad bolani bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish. Xulosa qilib aytganda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni kasb –hunarga yo’naltirishning samarali bir omili sifatida qaraladi.



XULOSA

O’zbekistonda 860 ta kasb –hunar kollejlari, 288 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha faoliyat yo’ritayotgan bo’lsa, 77 ta akademik liseyda yoshlarga fundamental fanlar o’qitilmoqda. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda yoshlarimiz, ularning kelajagi, zamonaviy kasblar egallashlari uchun yetarli sharoit bor.

“Ta’lim to’g’risida” Qonunning 23-moddasida “Jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan, shuningdek, o’zoq vaqt davolanishiga muhtoj b

Olalar va o’smirlarni o’qitish, ularni tarbiyalash uchun maxsus ixtisoslahtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi” deyilishini ng o’zi ham jamiyatimizning naqadar insonparvarligidan dalolatdir.

“Ta’lim to’g’risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari talablarini ta’minlash maqsadida Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida hukumatimiz tomonidan katta ishlar amalgam oshirilmoqda. O’zbkiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 17 maydagi, “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyatu to’g’sida”gi 100-sonli qaroriga asosan imkoniyati cheklangan shaxslarga ehtiyojlarini qondirish uchun kasb-hunar ta’limini olishning qonuniy bazasi yaratildi.

Davlatimiz rahbari rahnomaligida qisqa vaqt ichida o’rta –maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida bo’layotgan ijoboiy o’zgarishlat bugun jahon miqiyosida tan olinmoqda. Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, yoshlarni kasbiy ta’limga to’liq jalb etish va ularga sifatli kasbiy ta’lim berish borasida bu darajada qisqa davrda yuksak natijalarga erishish hali tarixda yuz bermagan. Bir yarimdan ortiq kasb –hunar kollejlari va akademik leytsiylarining barpo etilishi, ularda Respublika uchun zarur bo’lgan barcha mutaxassislik va kasblar bo’yicha ta’limning olib borilishi hamda boshqa bir qator ezgu ishlar kasbiy ta’limning mamlakatimiz uchun o’ta dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Kelajakdagi mamlakatimizning ijtimoiy ravnaqi bugungi kunda olib borilayotgan kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga bevosita bog’liq. Bu jarayon avvalo shas uchun, qolaversa jamiyat uchun birxilda manfaat keltiradi.

Ongli ravishda tanlangan mutaxassislik yo’nalishi shaxsning kasbiy o’sishida katta yutiqlarga erishishiga yordam bersa, o’ zishining ustalari, mamlakat ixtisodini rivojlantirishga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shadilar. Ijtimoiy jihatdan ongli ravishda kasb tanlash natijasida mamlakatda tinchlik, barqarorlik, aholining aksariyat qismini o’zi tanlagan kasbidan qoniqishi va kasbiga bo’lgan muhabbati natijasida jamiyatdagi salbiy holatlarning oldi olingan bo’adi. Vatanga, jamiyatga, mehnat qilayotga jamiyatga, oilaga muhabbat, hamda shaxslararo, o’zaro munosabatlar ham to’g’ri va ongli ravishda qabul qilingan kasbiy tanlovga bog’liq.

Kasbga yo’naltirishning asosiy maqsad – o’sib kelayotgan yosh avlodni o’zi ma’qul ko’rgan kasbni ongli ravishda tanlashdan iborat bo’lib, bu jarayon shaxsning bo’lg’usi kasbiy faoliyat sub’yekti sifatida shakllanish jarayonini o’tadi, bozor iqtisodi munosabatlariga moslashib borishiga ko’maklashadi. Kasbga yo’naltirish ishiga yoshlarning kasbning erkin va mustaqil tanlashlarining ilmiy amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Kasb tanlashda har bir bolaning avvalo nuqsoni individual psixologik xususiyatlari, xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat resurslarini to’la qonli ta’minlash zaruriyati kabi omillar hisobga olinishi lozim.

Hozirgi davrda Respublikamizda amalgam oshirilayotgan, bosqichma-bosqich ta’ssis etilgan “Kadrlar tayyorlash milli dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda kasb-hunarga yo’naltirish sohasida mavjud bo’lgan ilmiy xulosalar va tavsiyalarni ta’lim islohatlari bosh maqsadidan kelib chiqqan holda yangilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.



  • kasbga yo’naltitirish bu yoshlarning qiziqishlari, layoqati va qobiliyatini va jamiyatning turli xil kasblarga bo’lgan ihtiyojiga mos ularni asoslangan kasb tanlashga yordam beradigan maqsadli faoliyati.

Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ta’lim jarayonida kasb-hunarga yo’naltirishda – avvalo mktab –ma’muriyatini, o’qituvchi va tarbiyachilarni, qolaversa, bolalarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o’qitishda, kelajak maktabini barpo etishda, ijtimoiy moslashuvida, hayotda o’z o’rnini topib yashashida ota-onani, jamoatchilikni o’rni beqiyosdir.

Yordamchi maktab o’quvchilarini kasb hunarga tayyorlashda defektolog mutaxassislar oldida nogiron va alohida yordamga muxtoj bolaning psixik hamda jismoniy nuqsonlarini inobatga olgan holda yangi dastur va darsliklarni o’z vaqtida ishlab chiqish, to’garaklar ishi samaradorligini oshirish, turli kasblarga oid axborotlar, kasblar bo’yicha maslahatli ishlarni yo’lga qo’yish, kasbga yo’llash markazlarining ishini takomillashtirish orqaligina erishish mumkin.

Mahsus ta’limda mehnat tarbiyasining hech bir turini nazardan qochirmaslik kerak. Shu o’rinda bolani kasb –hunar egallashida mehnatsevarlik, tejamkorlik kabi sifatlarni shakllantirishda ota-onani o’rni xususida to’xtalib o’tsam.

Ota-ona farzndini nuqsonini o’ylab bolani, ko’ngliga qarab tarbiyada bo’sh ketsa bola xarakterida egoistlik, dangasalik, ishyoqmaslik, injiqlik kabi illatli fazilatlar yuzaga keladi. Ota-ona bolani uy ro’zg’or ishlarida mehnatga, qo’ni qo’shnilarga yordam, hashar, tomorqadagi mehnat, chorvachilikdagi mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, xullas ota-onaga barcha ishlarga qarashishga, yordam berishga o’rgatishi lozim.

Ya.Ya.Karlalis, S.Sh.Ayetmetova yordamchi mehnat o’quvchilarini 40 dan ortiq mehnat turlarini bajara olishlarini ilmiy asoslab bergan. Yuqoridagi fikrlarni amalda sinab ko’rib, mehnatni malaka va ko’nikmaga aylantirishga yordam berish yordamchi maktab o’qituvchi va tarbiyachilarining asosiy vazifasidir.

Bunda oila, maktab va bevosita mehnat o’qituvchilarini, korxona, muassasa va tashkilotlar, jamoatchilikning faoliyati muhim ahamiyatga ega.


Yordamchi maktabda bolani o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga doir qo’yidagi mehnat ko’rinishlari davom ettirilishi; sinf xonalari va maktab binosi xovlisini ozoda saqlash, tartib –qoidalarga rioya qilish, xonadagi gullarga qarash, ularni parvarish qilish, gulxonalardagi gullarni o’stirish, maktab oshxonasida, sport zali va suv xavzalari (bassyen)da o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kabi yumushlariga o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda boshlang’ich turtkidir. Ushbu maishiy mehnat yoki o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish mehnatida mehnatsevarlik, qat’iylik, tashabbuskorlik, olg’a intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi, shu bilan birga aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni kasb-hunarga yo’naltirishning omili sanaladi. Yuqoridagilarni xulosalar ekanman, amaliyot davomida o’tkazgan tatqiqot va ko’zatuvlarim asosida qo’yidagilarni tavsiya etaman;

  • bolalarda turli kasb va mutaxassisliklar to’g’risidagi dastlabki tasavvur va bilimlarni shakllantirish va rivojlantirishni;

  • turli mehnat turlari, ommaviy kasblarga bo’lgan qiziqishni faollashtirish va rivojlantirish, ularda ijobiy munosabatlarni shakllantirish;

  • kattalar mehnatining natijalari, mehnat qurollari, turli yo’nalishlari to’g’risidagi dastlabki tasavvurlarni mustahkamlash uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

  • oila sharoitida bolalarda kasb-hunar haqida ota-onalarning tarbiyasi;

  • kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha qiziqarli ko’rgazmali –tasbiriy kasbiy axborotlar slaydlar, videofilmlar namoyish qilish;

  • ta’limiy va rivojlantiruvchi kasb hunarga yo’naltirish o’yinlarini o’tkazish;

  • o’quv mashg’ulotlari, “mehnat darslari”, tanlovlar;

  • ota-onalar uchun suhbat va topshiriqlar;

  • o’quvchilarning mehnat turlarini, o’z ota-onasining, boshqa oila a’zolarining kasblarini o’rganishga, “kasblar olami” bilan tanishishga bo’lgan qiziqishlarini faollashtirish va rivojlantirish;

  • kasbiy faoliyatning turli sohalariga, aniq kasb –hunar mutaxassisliklarni tanlashga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish va uni rag’batlantirish;

  • guruhlarda kasb-hunarga yo’naltirish suhbatlari va yakka tartibdagi kasbiy maslahatlar;

  • mehnat darslari, kasb-hunarga yo’naltirish darslari, ijodiy tanlovlar vektorinalar tashkil etish;

  • hunarmandlar uyiga, korxona, tashkilotlarga, muassasalarga ekskursiyalar uyishtirish.

Xulosa qilib aytganda ishlab chiqarish, xalq xo’jaligining barcha sohalarida mamlakatimiz rivojlanishini ta’minlovchi yetuk kadrlarni tayyoqlash har bir pedagog, defektolog, psixolog va tarbiyachining oldida turgan dolzarb masaladir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


  1. Karimov I. A « O’zbekiston mustaqillik ostonasida» T-2011.

  2. Karimov I.A. “Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. Toshkent. 1998.

  3. Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi buyuk davlat. Toshkent. O`zbekiston. 1992.

  4. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O`zbekiston. 1995.

  5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 2008

  6. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka yerishish ostonasida. Toshkent. 2012 yil.

  7. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni. 1997.

  8. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 1997.

  9. Mustaqil O`zbekistonning yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi konsepsiyasi. Toshkent. O`qituvchi. 1994.

  10. Hakimova M.F., Raxmonova V.S. Maxsus maktab internat (maktab)larda tarbiyaviy ishlarni uyushtirish va rejalashtirish. /Metodik tavsiyanoma.-Toshkent, RTM. 1998. -27 b.

  11. Hakimova M.F. Maxsus maktablarda ta’lim-tarbiyaning pedagogik asoslari O’quv qo’llanma. - Toshkent, Mehnat. 2000. -94 b.

  12. K.Mamedov, G.Berdiyev, S’H.Xoliqova. Maxsus psixologiya ma’ruzalar matni. Toshkent, 2001.

  13. S.Sh.Aytmetova Yordamchi maktab o’quvchilarining psixik rivojlanish xususiyatlari Toshkent Ukituvchi 1984-yil

  14. Mavlonova. O. Turayeva Murodov «Pedagogika» O’qituvchi 2000-yil

  15. L.R. Mo’minova «Nogiron bolalarni oilada tarbiyalash» 1996-yil

  16. Mamedov «Ruxiy rivojlanishida nuqson bo’lgan o’quvchilar psixologiyasi» Toshkent O’qituvchi 1994-yil

  17. V.S Raxmonova «Maxsus pedagogika» Toshkent G’. G’ulom 2005-yil

  18. .X.Mamedov A.M. Soatov R.M. Po’latova «Oligofrenopedagogika asoslari» Toshkent O’qituvchi 1994-yil

  19. R.M. Po’latova «Maxsus maktab o’quvchilariga ekalogik talim tarbiya berish harakat dasturi» Toshkent 2003-y

  20. R.M. Po’latova «Maxsus pedagogika» Toshkent G’. G’ulom 2005-yil

  21. «Maktab va xayot» ilmiy metodik jurnali 2005-yil 3,(31) - son

  22. «Maktab va xayot» ilmiy metodik jurnali 2005-yil 8,(36) – son

  23. D.A. Nurkeldiyeva «Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi» Toshkent 2010-yil

  24. Niyozmetova «Alohida yordamga muxtoj bolalarni axloqiy ruhda tarbiyalash» Toshkent «O’zbekiston» nashriyoti

  25. N.Nurmuxammedova «Mexnat talimida oilaning axamiyati va roli» Toshkent «Umid» nashriyoti 2010-yil

  26. Xaqberdiyev «Bola intelektini o’stirishda maktab va ota onalar hamkorligi» Toshkent «O’zbekiston»

  27. WWW.pedagog.uz

  28. WWW.TDPU.uz

  29. ZiyoNET.www.@mail.ru

ILOVA

“Kasb daraxti”

Ushbu o’yinni o’tkazish uchun katta qog’ozga daraxt shaklini chizib, orasidagi asosiy tanaga quruvchi, tikuvchi, o’qituvchi va hokozo kasb nomlarini yozib bittasini sikovch bilan yopishtirib qo’yamiz. Masalan “Quruvchi” so’zini yopishtirsak bukasbga kerakli predmetlar nomini yozadi. Qancha ko’p so’z yozilsa shuncha ko’p meva tergan hisoblanadi. Buni albatta o’quvchilarni guruhga ajratib belgilangan vaqt moboynida musobaqa tarzida o’tkazish mumkin.
I. “Menejir” daraxtiga yozilishi mumkin bo’lgan so’zlar.

1) Firma 6) Daromad

2) Tashkilot. 7) Marketing

3) Zavod 8) Kompyuter

4) Fabrika 9) Ruchka

5) Shartnoma 10) Qog’oz


Quruvchi daraxti.

I. G’isht 8) Chelak

2. Suv 9) Shag’al

3. Loy 10) Arava

4. Sement 11) Yog’och

5. Chumich 12) Taxta

6. Belkurak 13) Eshik

7. Zambil 14) Deraza.




Tikuvchi daraxtiga

1. Ip 4.To’quvchi

2.Igna 5. Bur.

3. Metr 6. Tikuv mashinasi.

O’yla, izla, top”


  1. Kulga o’xshar mayindir

Qotirmog’I tayindir. (Sement, quruvchi).


  1. Ortida tishi

Yer haydash ishi. (Traktor, haydovchi).


  1. Yerdan ukiriv ko’char,

Qator qoqmasdan uchar (Samalyot, uchuvchi)


  1. Uch xil rangda ko’zi bor

Har ko’zida so’zi bor (Svetafor, haydovchi).
5.U siz ovqat bemaza,

Bo’lmas qo’shib yemasa. (Tuz, oshpaz)


6. Boshiga o’rsang botar

Taxtani ushlab yotar (Mix, usta, durodgor)


7.Sakrab, sakrab yuradi

Iziga ip o’radi (Igna, tikuvchi).


8.Og’zi ochiq bag’ri keng

Ichiga o’t yoqilar

Inson bilan ishlar teng

Rizq –ro’zimiz yopilar (Tandir, nonvoy).


9.Futbol to’piday o’zi

Yer unga sig’adi (Globus, o’qituvchi)


10.Bo’yi navcha mevasiz

Bu daraxtni sevasiz

Ekib qo’ysang u bir kun

Uyga bular zo’r ustun (Terak, usta)


11.Hosil bo’lar chanoqda

Adashasiz sanoqda

Yumshoqlikda tengi yo’q

Uni ekkan xalqim to’q (paxta, dehqon)


12.Meva bo’lar bosh-boshlab

Qishda yotar yonboshlab (uzum, dehqon)


13.Ekinlarga tomchilar

Tezoq us deb qamchilar (yomg’ir, dehqon).


14.Kerak bo’lsa quymog’ing

Ishlatar qo’sh barmog’ing (qaychi, bichuvchi)


15.Qora, sariq, oq

O’sadi har chog’

Sonsiz, sanoqsiz,

chigak taroqsiz (sartarosh, soch)


16.Yomg’irdan so’ng qarasam,

Turar yog’du beqasam

U qo’yoshning tortig’i

Rangli barin ortig’in (kamalak, meteriolog)

Kasbiy daqiqa o’tkazish”
1.Shirin ovqat pishirar,

Qorinlarni shishirar.

Demak u ……………………..
2.Ravon o’qi, yozgin bexato

Beodoblik qilmagin also

Deydi u……………………….
3.Ko’chada tartib o’rnatar

Tinchlikni qo’riqlar u…………


4.O’zoqni yaqin qilar,

Ko’plarni manzilga eltar

Demak u……………………
5.Chiroyli uylar qurar

Hammaga bosh pana berar

Demak u………………..

6.Bulbulday xomush qilar,

Odamlar ko’nglin olar

Demak u………………..


7.Tanangizga quloq tutib,

Kasalingiz aniqlar

Cgekmasin ozob deya

Chorasin qidirar………….


Kasb –hunar haqida”

Xalq maqollari.
O’z kasbini sevgan odam xushchaqchaq hayot kechiradi.

Hunarmandning oriyati – maxsulotni guzallashtiradi.

Ilmu –hunar insonning doimiy hamrohidir.

Hunarga ega bo’ish, konga ega bo’lishdir.

O’quvlikka suluvli hamroh

Hunarmand odam elga hamdam.

Har hunarning o’z chamani bor.

Yoshlikdah o’rgansang hunar, hayot ayganingga kunar.

Kasb tanlash bilan ish bitmaydi, chunki kasb ham bini tanlaydi.

Hunar bilan band odamning g’urbati bo’lmaydi.

Ishtiyoq bilan ishlash, mirishkorlikka yetaklaydi.

Qo’l aql bo’yrug’idan chiqmasa, ish unumli bo’ladi.

Ishni egallamasdan turib, kasb egallab bo’lmaydi.

Hunarmand taqdir yaratadi.


Bu o’yin orqali o’quvchilarni fikrlash tezligi yozuv malakasi rivojlanadi, mehnat turlari, ish qurollari haqidagi bilimi kengayadi.




Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish