2-MAVZU: GURUH RAHBARINING TARBIYAVIY FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH SHART-SHAROITLARI
Reja:
1. Guruh rahbarining shaxsni shakllanishidagi o‘rni.
2. Guruh bilan ishlash va unga rahbarlik qilish.
3. Ma'naviy- tarbiyaviy ishlar tizimining mazmuni.
4. Tarbiya nazariyasida tarbiya turlari va ularning mohiyati. Mehnat tarbiyasi professional kasbiy ta'lim-tarbiya asosi ekanligi.
2.1.Guruh rahbarining shaxsni shakllanishidagi o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasida guruh rahbarining ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Bu yorug‘ olamda har bir odam o‘zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi. Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta'lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.
Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ma'rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki do‘nyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chindan ham, o‘qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan, o‘z o‘quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo‘'tabar zotdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugo‘ngi kun guruh rahbari shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy guruh rahbari qanday bo‘lishi zarur?
Guruh rahbari (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta'lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs sanaladi.
Zamonaviy guruh rahbari qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak (so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan guruh rahbari tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa, burch va mas'uliyatlarini ifodalaydi):
Guruh rahbari jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma'lumotlarni bera olishi lozim.
Zamonaviy guruh rahbarining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
Guruh rahbari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
Guruh rahbari pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta'lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
Guruh rahbari ta'lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan o‘numli foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Guruh rahbari ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi shart.
Guruh rahbari yuksak darajadagi pedagogik mahorat, cho‘nonchi, kommo‘nikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o‘zlashtirib olishga erishishlari lozim.
Guruh rahbari nutq madaniyatiga ega bo‘lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to‘g‘riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so‘zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘zga millatlarga xos so‘zlarni noo‘rin qo‘llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so‘kishda qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy so‘zlardan foydalanish) so‘zlardan holi bo‘lishi, o‘qituvchining nutqi sodda, ravon va tusho‘narli bo‘lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so‘zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish).
Guruh rahbari qiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim qiyinishi), ta'lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda to‘zilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda qiyinishni o‘zlashtirishga erishishi lozim.
Guruh rahbari shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
Guruh rahbari pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o‘zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHo‘nonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O‘quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to‘la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so‘zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o‘quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e'tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o‘qituvchining so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do‘stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishi zarur.
Guruh rahbari shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasida obro‘-e'tibor qozonishini ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |