Mavzuning dolzarbligi: Har bir ijtimoiy tuzum muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan holda taraqqiy etadi.
Ijtimoiysiyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan, xalqaro maydonda teng huquqli davlat sifatida tan olingan O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy rivojlanishning eng maqbul hamda o‘z xalqi manfaatlariga mos demokratik yo‘lni tanlab oldi.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tabiatni o‘z manfaatlariga bo‘ysindirishga urindi. Oqibatda atmosfera, litosfera, gidrosfera, biosfera, yaqin kosmik fazoda keskin o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yer, suv, havoning ifloslanishi, ozon qatlamining emirilishi, parnik effekti, havo haroratining ko‘tarilib, iqlimning o‘zgarishi, tabiat zaxiralarining tugashi, energiya qahatchiligi kabi muammolar yuzaga keldi.
Bu hol esa er sharida kuchli ekologik xavfni yuzaga keltirdi. Ekologik xavfning keskinlashuvi aholi salomatligiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ekologik xavfning yuzaga kelishi, uning tobora keskinlashishi, fauna, flora hamda ijtimoiy hayotga ko‘rasatayotgan salbiy ta’siri haqida to‘xtalar ekan, quyidagilarni alohida qayd etib o‘tadi: «... dunyoning jo‘g‘rofiysiyosiy tuzilishi o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda» deb alohida ta’kidlab o‘tgan.[3]
Ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashuvi, ishlab chiqarish munosabatlarining murakkablashuvi insonning tabiatga nisbatan ilmiyamaliy faoliyatini qat’iy ravishda tartibga solishni talab etmoqda. Mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasining huquqiyme’yoriy hujjatlari mazmunida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (XI bob, 50modda) da: «Fuqarolar atrof, tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar» deb ko‘rsatilgan. Bu har bir fuqaroning hayot tarziga aylanishi lozim.[1,4]
Bu qonunlarning amaliyotga samarali tadbiq etilishi ma’lum darajada maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigan ekologik ta’limtarbiyaga ham bog‘liq. SHuning uchun ham hozirgi kundagi dolzarb muammolar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan boshlab ekologik madaniyatini shakllantirishdan iborat. Zero ekologik madaniyat insonning tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrofmuhitga nisbatan ijobiy munosabatining yuksak ko‘rsatkichi, ongli va mas’uliyatli yondashuvi, bu esa ekologik muammolarni ijobiy hal etishning pedagogik kafolatidir.
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning roli katta. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni bog‘cha yoshidan boshlamoq kerak. SHunga ko‘ra bolalar bog‘chalarida murg‘ak qalblarga ta’lim tarbiya berayotgan tarbiyachilarning oldilarida eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz bera gan voqeahodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.Modomiki, kelajagimiz yoshlar qo‘lida ekan, bolalarni maktabgacha yoshliklaridanoq tabiatni asrab-avaylashga oid ekologik bilimlar bilan qurollantirish va tabiat bilan yaqindan tanishtirib borish, ularga ekologik tarbiya berish, shu orqali bolalarning borliq to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish, dunyoqarashini o‘stirish, hayotiy tajribalarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini, nutq madaniyatlarini, mahnaviy hissiyotlarini taraqqiy toptirish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, bolalarga inson umri tabiat bag‘rida kechishini, inson va tabiatning o‘zaro boo‘liqligini, ularning bir-biriga nisbatan tahsirko‘rsata olishini hamda bu tahsirlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini anglatish, shu orqali bolalar o‘rtasida ekologik tarbiyani yo‘lga qo‘yish, yosh qalblarda ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish-bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlarstrategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni, “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarorlari,“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmonining qabul qilinishi, shuningdek, maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”ning takomillashtirilgan variantini ishlab chiqilishi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. [ 14, 25,26,27,28]
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va xayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish haqida boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish, xayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta’lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.
Bolalarda mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va xayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin emas.
Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o‘sishiga ta’siri kattadir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda talim-tarbiya jarayonida ularning ongida atrofni o‘rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish muhimdir. Haqiqatni to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasi, bolalarda tabiat haqida noto‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘ladi.
Noto‘g‘ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidanoq, his etilish, qabul qilib olish va zehniy rivojlanish tajribalariga asoslangan holda tabiat haqida ilmiy dunyoqarashlarning shakllanishi juda muhimdir.
Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan sayohatlar tashkil etish orqali ularda ekologik bilim, madaniyatni bevosita tarkib toptirish tarbiyachining zimmasiga tushganligi bois ham ularni bolalarga ekologik ta’limtarbiya berishga tayyorlash o‘ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |