Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich



Download 485,77 Kb.
bet38/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

Birinchidan, jamiyatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni hamda aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida;

50

Ikkinchidan, o‘qituvchi faoliyatiga faqatgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi emas, balki nufuzli bilimlar manbai sifatida qaralayotganligi;



Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ularni yoshlarga etkazish uchun vaqtning chegaralanganligi;

To‘rtinchidan, kishilik jamiyati o‘z taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va emperik bilimlarga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;

Beshinchidan, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg‘or bilim berish usuli hisoblangan ob’ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilayotganligi.

Pedagogik faoliyatni integratsiyalashtirish yuqorida sanab o‘tilgan beshta shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta’limiy tadbirdir.

Tajriba va tahlillar asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablarni optimallashtirishga qaratilgan quyidagi takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: Ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqqan holda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari tarkibini belgilash vaularga ajratiladigan qabul kvotalarini haqiqiy talab va ehtiyoj nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yosh o‘quvchilarning ruhiy-fiziologik holatlarini e’tiborga olgan holda o‘qitiladigan fanlar miqdorini belgilash. Viloyatlardagi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari xodimlari tomonidan bevosita maktablarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqish. Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika fanini o‘qitishda fanlararo aloqadorlik prinsipi asosida o‘qitishning ishlab chiqilgan nazariy g‘oyalari asosida o‘quv jarayonida qo‘llashga yo‘naltirilgan dars loyihalarini ishlab chiqish.
51

Buyuk didaktik olim Yan Amos Komenskiy bu hususida shunday deya yozib qoldirgan: “Barcha o‘zaro bog‘liqliklar aynan ana shu bog‘liqlikda o‘rganilishi zarur” keyinchalik ko‘plab olimlarimiz mazkur fikrni umumlashtirgan holda uni yanada rivojlantirmoqdalar.

D.Lokkning g‘oyalari ta’limning mazmunini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir fan ikkinchi fanning elementlari va misollari asosiga boyitilishi nazarda tutiladi.

I.G.Pestalotssi katta didaktik material asosida o‘quv fanlarning turli yo‘nalishdagi o‘zaro bog‘liqliklarni yoritib berdi. Bunda u “O‘z ongingda barcha o‘zaro aloqador predmetlarni bog‘liqligini ular jonli tabiatda aynan qanday bog‘liq holda bo‘lsalar aynan shu holda tasavvur qilgin” deb talab qiladi. U bir fanning ikkinchi fandan ajratib olinishidagi alohida noo‘rin jihatlarini ham asoslab berdi.

Integratsiya jarayoni differensatsiya bilan mustahkam aloqaga ega bo‘lib, mazkur jarayonlar o‘quv fanlarining hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘rta ta’lim maktablari bilan integratsiyani shakllantirish orqali ularning bilim ko‘nikma malakalarini amaliyotda qo‘llay olish orqali kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishdagi o‘rni va ular orasidagi bog‘liqlik yuqori shaklda namoyon bo‘ladi.

Ta’lim integratsiyasining bosh maqsadi–shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashning muhim prinsipi sifatida maydonga keldi. Integratsiyalashgan ta’lim shaxsini intellektual va madaniy rivojlantirishning bosh omili bo‘lib qoldi. Oxirgi paytda ta’limni integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar bildirilmoqda. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalar qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda.


52

Chet el tajribasi bilan tanishish ham shuni ko‘rsatadiki, fan va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu integratsiyalangan fanlar jahon ham jamiyatida o‘quvchilarda o‘z oldiga qo‘yilgan har tomonlama insonparvarlik hissini shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to‘g‘risida xabar beradi.

Integrativ ta’limning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson jamiyat, fan, atrof-muhit hamda san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilan emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Integrativ ta’limning maqsadlaridan yana bir o‘zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallashgagina emas, balki ilmiy, ijodiy fikrlashni rivojlantirishdir.

Integrativ ta’lim shaxsga moslangan yondalishga ega, faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir ta’lim oluvchiga beriladigan qilib tashkil etish nazarda tutiladi. Bunda uning shaxsiy ijodiy fikrlashi, fazilatlari va qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. Integratsiyani amalga oshirishning usullari yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin, muammoning mohiyati shundaki, usullarning birlaridan yuz o‘girib, ikkinchisidan barcha darajalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning (psixalogik va fizalogik) xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzishni kiritishdir. Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim pog‘analarida turli xususiyatlarga ega. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki, o‘qitish va tarbiya jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki,
53

tarbiya ta’lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigenik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini qamrab oladi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida inson va uning dunyoga bo‘lgan munosabati: “inson va tabiat”, “inson va jamiyat”, “inson va inson”, “inson va texnika”, “inson va atrof muhit” muammosi tobora markaziy o‘rin egallamoqda, ya’ni atrofdagi muammolarni o‘rganuvchi turli o‘quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyani aks ettirmog‘i lozim. Bu esa fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ijodiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Hozirgi kunda o‘qitish va ta’lim berishdagi integratsiya muammosiga yanada kuchli e’tibor qaratilmoqda. Biroq, yuqoridagi fikrlarga tayangan holda aytish mumkinki, integratsiya jarayon sifatida fundamental ilmda ham uning shahobchalarida ham paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda zamonaviy ta’lim maskanida integratsiyani pedagogik muammolarni echimini topuvchi ta’lim maskanidagi faoliyatni yaxshilashga, pedagoglar jamoasini salohiyatini oshiruvchi, ularga ta’sir etishning optimal yo‘llarini topishga xizmat qiluvchi omil deb qaralmoqda.

Integratsiya pedagogik holat sifatida ikkita an’anaga ega: avvalo aytish lozimki, ayrim ta’lim maskani fanlari integrativ harakterga ega. Ko‘pincha bu fan ichidagi integratsiya darajasi bo‘lib: masalan, savodga o‘rgatish darslari (o‘qishni va yozishni o‘rgatish) o‘sha davrdayoq integratsiyalashgan dars edi. (K.D.Ushinskiy davridayoq bu darslar integratsiya tarzda olib borilgan) SHuningdek, maktabdagi adabiyot darsi yagona maqsad asosida amalga oshirilgan. Bunda o‘zaro bog‘langan adabiyotni o‘rganish, o‘qish malakasini takomillashtirish, ijodiy fikrlash, ijod qilish malakalarini birlashtirishga qaratilganligi fikrimizga dalildir.


54

Fransuz olimi Dj. Dyuining fikricha, “ayni paytda ta’limda uning og‘irlik markazini siljitishga qaratilgan o‘zgartirishlar boshlanadi. Bu o‘zgarishlar, Kopernikning ta’kidlashicha olam markazini erdan quyoshga siljitgan inqilobga o‘xshab ketadi. Bizning misolimizda o‘quvchi quyosh kabi, uning atrofida esa ta’lim vositalari girdi-kapalak bo‘lib aylanadi. O‘quvchi atrofida shakllantirilayotgan vositalarning markazidir”, deb qaraladi.

V.I.Zverey integratsiyani uzviy bog‘lanish, yaxlitlikni yaratish, turli o‘quv predmetlari elementlarini uyg‘unlashtirish asosida yagona sintezlash jarayoni, deb tushuntiradi.

Ta’limda bilimlar integratsiyasining muhim ahamiyati haqida L.V.Tarasov: “XIX acrda fan, texnika va xo‘jalik mehanizmlarini biosfera bilan chambarchas bog‘liqligini, “tor doirali” mutaxassisliklar tomonidan ko‘rmaslik asosida muammolarni bir tomonlama echish, jamiyat uchun juda qimmatga tushadi. Ta’limda integratsiya, eng avvalo, fanlararo aloqani keskin rivojlantirishni, turli fanlarni o‘zaro hamkorlikda o‘qitishdan, ularni chuqur o‘zaro tasirlashishiga o‘tishini taqoza qiladi”, deb uqtiradi.

G.F.Federsovning integrativ – tematik yondashuvi ham fanlarni integratsiyalab o‘qitishning pedagogik asoslari bo‘lib hisoblanadi. Integrativ – tematik yondashuvda o‘quv jarayonining mazmuni, metodik va tashkiliy birligi sifatida o‘quv fanining mavzusi (bo‘limi) olinadi. Har bir mavzuning etakchi g‘oyalariga tegishli bo‘ladi, ikkinchi tomondan bu g‘oyalar mohiyatini ochib beradi, ya’ni mavzuni o‘rganish jarayonida etakchi g‘oyalar aniqlashtiriladi. O‘quv fanining etakchi g‘oyalari (tushunchalar, qonunlar, hodisalar va nazariyalar) o‘rganadigan materiallarning mohiyatini ifodalaydi, ichki birligi va organik yaxlitligini ta’minlaydi. Bunday yondashuv o‘qitishni sermazmun va metodik birlikdagi uyushgan, samarali tashkil etishga yordam beradi.

XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida integratsiya g‘oyasi etakchi harakter kasb etadi. 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, an’anaviy ta’lim-


55

dagi integrativ yondashuvlar etakchi rol o‘ynay boshladi. Bunda an’anaga ko‘ra quyidagi to‘rt asosiy yondashuvdan foydalaniladi.

Bugungi kunga kelib ta’lim maskanidagi predmetlarni birlashtirishga nisbatan yangi bosqichi boshlanmoqda. Fanlararo bog‘liqlikdan turli bir-biriga yaqin bo‘lgan predmetlarni yaqinlashtirish, yaxlit holda integratsiyalash muammosiga murojat qilinmoqda.


  • alohida predmetlarni yagona integrativ kursiga birlashtirish;

  • barcha fanlarni ijodiy rivojlanuvchi paradigma asosida o‘rganishni (metod bo‘yicha integratsiyalash);

  • ta’lim jarayonini kompyuterli asosga o‘tkazish (texnologiyaga oid integratsiya)

  • darslardagi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan kommunikativ muloqotning barcha pedagoglar uchun bir hil bo‘lgan usulini qo‘llashga kelishish.

Shuni ta’kidlash joizki integrativ yondashuv negizida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi ta’lim mazmunini modernizatsiyalash so‘zsiz ravishda milliy pedagogikamizda etakchi o‘rin egallaydi.

Integratsiya tafakkur o‘stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. Integratsiya - o‘quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir. Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida o‘quv fanlarining soni kamayib, samarasi puxta bo‘ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish oson kechadi.

Integrativ darslarni tashkil qilish orqali o‘quvchilar bilan munozara qilish, ularni fantaziya qilishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqalarni tashkil etish, savol javoblarni uyushtirish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishlarining yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslik-
56

ka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rangbarangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon yaratadi.

Integratsiya tafakkur o‘stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. Integratsiya - o‘quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir. Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida o‘quv fanlarining soni kamayib, samarasi puxta bo‘ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish oson kechadi.

O‘quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida voqea va hodisalarni, ularning izohi, isbotini yagona bir tizimga soladi, xulosa chiqaradi umumlashtiradi, xayol va fantaziya qila oladi. O‘quvchilar mustaqil fikr yuritish, mustaqil so‘zlashga o‘rgatish uchun ma’lumotlarni qabul qilish darajasiga ko‘ra aniqlash mumkin, buning uchun o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berishi o‘rinlidir: o‘quvchiga ma’lum bo‘lgan ob’ektlar orasidagi bog‘lanishni aniqlash lozim.

Bunday topshiriqlar o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi. Xamda nazariy tahlil, amaliy kuzatishlar amalga oshadi.

O‘quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida voqea va hodisalarni, ularning izohi, isbotini yagona bir tizimga soladi, xulosa chiqaradi, umumlashtiradi, xayol va fantaziya qila oladi.

Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish uchun avvalo qaysi darslar integratsiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi – turli fanlar asosiy mavzulari mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalarida ko‘rinadi.

Integratsiyalashgan darslarining samaradorligini oshirish texnologiyasidan foydalanishning shakl va usullarini asoslab berish hamda ta’lim oluvchilarda integratsiyalashgan darslarning samaradorligini


57

oshirish texnologiyasini shakllantirish muammosi zamonaviy pedagogikada taboro dolzarblik kasb etmoqda.

O‘quv – tarbiya jarayonida integratsion texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv –tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq. Pedagogik integratsiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o‘z nutqai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. pedagogik integratsiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Ta’limning keyingi pog‘onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang‘ich ta’lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi.

58


Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish