Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich


Integrativ yondashuv qilishning ilmiy – metodik ta’minoti tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari



Download 485,77 Kb.
bet34/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

1.2 Integrativ yondashuv qilishning ilmiy – metodik ta’minoti tahlili va uni takomillashtirish yo‘llari
Integratsiya – bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarida ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan.

Integratsiya jarayonini o‘rganishda buyuk pedagoglarning fikrlari.

Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidalshicha: ,,Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, huddi shunday o‘rganilishi kerak”. Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga bog‘liqlik keyinchalik juda ko‘p pedagoglar yondashib, uning rivojlanishi va umumlashtirishga hissa qo‘shdilar. D.Lokk g‘oyasiga ko‘ra: ,,Ta’limning mazmunini aniqlashda bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to‘ldirilishi kerak” [1-2].

O‘tmish pedagogikasida didaktik ta’sirining ruhiy-pedagogik xususiyati hamda psixalogik-pedagogik bog‘liqlik to‘g‘risida K.D.Usheniskiy shunday deydi: ,,Har qanday fan tomonidan habar qilinayotgan bilim va g‘oya dunyo va hayotga keng nigoh va yorituvchan holatda berilishi lozim”. Fanlararo bog‘liqlik nazariyasini ishlab chiqishda K.D.Ushenskiy juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu metodika rivojida juda ko‘plab pedagoglar samarali ishlar olib bordilar. Fanlararo aloqa va integratsiyaning maktablarda o‘qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko‘plab pedagog olimlar tomonidan ko‘rib chiqildi [1-2].

Bir qator ilmiy ishlar boshlang‘ich maktablarda fanlararo va fanlar ichidagi bog‘liqliklar orasidagi muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quv qo‘llanmalar integratsiyasini asta-sekin yaratib, yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratilgan. Integratsiya jarayonini o‘rganishda I.Boguslovskiyning “Go‘dakdan- olamga,
33

olamdan - go‘dakka” maqolasi katta ahamiyatga ega [1-2].

Unda aytilishicha: Bolalarning atrof muhitni xis qilish, unga o‘rganish va maktab ta’limida bu muhitni turli fanlarga sun’iy ravishda bo‘linishi turli xil bo‘linishlarga sabab bo‘ladi. Bunday qarashlar XIX asrning o‘rtalaridayoq olimlarimiz tomonidan e’tirof etilgan edi. G‘arbiy Evropaning birqator mamlakatlarida (ayniqsa Germaniyada) umumlashtirilgan dasturlar tuzila boshlandi. Bu dastur mualliflari o‘rganilayotgan hodisalarni muayyan bir o‘zak atrofiga jipslashtirishga harakat qiladilar. Ko‘pincha bu o‘zak atrof muhitni o‘rganishdan iborat bo‘lib, mehnat jarayoni va madaniyatini ham o‘ziga biriktirgan edi. XIX asr va XX asr boshlarida integratsiya g‘oyasi ilg‘or g‘oyalar qatori qadrlandi. Nomdor ta’lim islohotchisi Dj.Dyun farzandni quyosh qatori qo‘yib, uni pedagogika markazi deb o‘quv dasturlarini takomillashtirishning yangi prinsiplarini ilgari surdi.

Keyinchalik markazlashtirilgan fanlar o‘ziga bolaning ongini kengaytiruvchi mavzular paydo bo‘ldi. Bola ulg‘aygan sari uning dunyoqarashi kengayib, ongida oila, maktab, tuman, shahar, mamlakat, insoniyat, koinot kabi tushunchalar paydo bola boshlaydi va ilm darajasi ham o‘sib boradi.

Masalan: Pedagog -navator N.I.Papov rahbarligida ochilgan “Moskva shahri o‘qituvchilari to‘garagi” (1910-1915) yillarda samarali ish olib bordi. Bu o‘qituvchilar o‘zlarining ish dasturlarini ishlab chiqdilar. Unda iloji boricha ko‘proq fanlarni birlashtirib, integratsiyalash imkoniyatlarini kengaytirish g‘oyasi ilgari surildi. Bu holatda boshlang‘ich maktablarda asosiy fanlar va mavzular uyg‘unligini ko‘rish mumkin.

Gumanitar va tabiiy fanlar bo‘lmish tarix, geografiya, tabiatshunoslikni bir-biri bilan chuqur va keng bog‘liqlikni qayd etib o‘tiladi. Gramatika va arifmetika fanlari esa boshqa fan materiallari orqali birlashtirilishi ko‘zda tutdi. Bu bilan boshlang‘ich ta’lim maktablarida o‘z ichiga ko‘p fanlarni mujassamlashtirigan bitta fan-olamshunoslik (dunyoshunoslik) fanini o‘qitish g‘oyasi o‘rtaga tashlandi.

34

Bu fan ta’lim tarbiya yo‘nalishida integratsiya yo‘lini tutgan asosiy fan hisoblanadi.



O‘quv materiallarini integratsiyalash, fanlararo uzviylikni mustahkamlash va maktab islohati hususida (1915-1916) yillarda xalq ta’limi yo‘nalishida samarali ishlar olib borilgan. Shu davrda o‘quvchilar atrof-muhit hayoti materiallarini o‘zlashtirish va kuzatishga mo‘ljallangan “Vatanshunoslik” kursini qo‘llash nazarda tutilgan. Bunda tabiat, hayvonot olami, inson kanbi tushunchalarni o‘z ichiga olgan keng dastur mo‘ljallangan. Birlashtiruvchi o‘zak sifatida maktab ko‘cha, qishloq, shahar va viloyatlar olindi. Lekin integratsiya muammosi o‘zining yuqori pedagogik darajasiga 1920-yillarga kelib erishdi[1-2].

Bunda olimlar tomonidan fanlarni asosan uchta blokka ajratdilar. Bu bloklar bilimlar mazmunini yo‘naltirishda katta axamiyatga ega edi. Integrativ manbada hamma fanlar rivojlangan ijod maxsuli sifatida hal qilinishi, texnalogik integratsiya asosga umumta’lim jarayoni kompyuterlashtirish yo‘nalishiga o‘tish, dars jarayonida hamma o‘qituvchilar uchun aktiv bo‘lgan usulda o‘qitish usullarini va sintetik harakterga (Dunyo badiiy madaniyatiga) ega bo‘lgan darslar hamda sun’iy ravishda barpo etilgan metopredmetlar (belgi, son, simvol) bo‘lishi nazarda tutilga.

Shunday qilib o‘quv materiallarini integratsiyalashga bo‘lgan intilishi butun dunyo va bizning maorif tizimimizda asosiy e’tiborda turgan muammolardan biridir.

Hozirgi vaqtda ham integratsiya muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda ta’limda integratsiya deganda biz yangi aktiv pedagogik jamoada ijodiy o‘sishini, o‘quvchilarga foydali, hamda ularning ongiga singdirishning qulay usullarini qo‘llash mahoratini tushunamiz.

Boshlang‘ich ta’limda integrativ ta’lim jarayonining uslubiy jihozlanish. Bugungi kunda lug‘atlarda integratsiya so‘zining uslubiy ma’nosi ko‘rsatilmagan. Lekin hammaga ma’lum lotincha so‘z bo‘lib “Integratio” tiklanish, to‘ldirish,
35

“integrir” bir butun ikki ma’noda foydalanishga qabul qilingan. Ya’ni, Birinchisi

qandaydir qismlar elementlarni bir qilib birlashtirish. Ikkinchisi ikki yoki undan ko‘p davlatlar bir turdagi ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan bo‘lsa, iqtisodiy yoki madaniy jixatdan uyg‘unlashtirish jarayoni.

Bir turdagi qism yoki elementlar mavjudligi va ularning bir maqsadga tabiiy yo‘naltirish imkoni va bir qator o‘quv fanlari uslubidagi yaqinlik integratsiya atamasini aniqlashga asos bo‘ladi. Ya’ni o‘qitish, tarbiya qilish va o‘quvchilarni ma’lum o‘quv fanlarini o‘zlashtirishini uyg‘unlashtirish usullari haqidagi fan, integratsiyani uslubiy hodisa sifatida tahlil qilib bergan. “Qanday qilib integratsiyalangan darsni tashkil qilish mumkin?” nomli maqolada ta’kidlashicha <>.

Maktabda mavjud hamma fanlar o‘ziga xos integratsion imkonga ega. Lekin ularning bir-biriga mos bo‘lishi integratsiyalangan kurslarning samaradorligi ko‘p sharoitlarga bog‘liq. Shuning uchun yangi dastur yaratishdan oldin pedagoglar va uslubchilarga integratsiyaning imkoniyati va zaruriyati xulosa ishiga yordam beradigan vaziyatlarni hisobga olish kerak.

Buning uchum o‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldin tahlil qilishi, ularning ma’naviy xususiyatlarini, o‘rganishga qiziqishlarini o‘rganadi. O‘quv faoliyatida mavjud bo‘lgan qiyinchiliklar integratsiya usulidan foydalanish sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Ba’zi o‘quvchilarning bir fandagi muvaffaqiyati ikkinchi fandan olgan bilim va ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Biz bilamizki, dunyo bir sanoqsiz ichki aloqalar bilan bog‘langan, shuning
36

uchun bitta muhim masalani, boshqa ko‘pgina masalalarga tegmasdan echish qiyin. Shunga o‘xshash solishtirishlar integratsiyaga asos bo‘la oladi. Bir qator fanlarning dasturlarida <> bor, ya’ni umumiy muomla va masalalar bilan bir bo‘lgan, tez-tez bir hodisa, ya’ni boshqa-boshqa nuqtalardan bir ob’ektni o‘rganiladi. Bularning barchasi integratsiyaga talabnoma bo‘lishidir. Lekin, birlashtirish, uyg‘unlashtirish asosi juda chuqur. Agar o‘qituvchi o‘zi dars berayotgan fandan shunday o‘zaro muloqotga oid joylarini aniqlasa ular o‘z navbatida o‘qitish samaradorligini oshirishga yordam berish mumkinligini aniqlasa qo‘yilgan maqsadga erishish uchun uning texnologiyasini ishlab chiqishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining shakillanishini hisobga olsak integratsiyalangan dars sharoitida u tez-tez baxs va kelishmovchilikka sabab bo‘ladi.

Tabiiyki, har bir ta’lim oluvchilar bir-birlaridan xotirasiga ko‘ra farq qilishadi, qabul qilishiga, diqqat e’tiboriga va ongiga ko‘ra farq qiladi. Ularning bazilari o‘qituvchi olib borgan dars tezligi qoniqtiradi, kimgadir tezlik qiladi. Kimgadir darsda ishlatilgan jadval tushunarli, boshqalari qayta-qayta izohlanganda keyin tushunadi.

Mustaqil tashkiliy ish o‘quvchilarning imkoniyatlarini biroz tenglashtiradi, chunki har biri o‘ziga hos qarorni tanlashga yo‘l izlaydi, lekin albatta bir muammo qoladi – o‘quvchiga qo‘yilgan maqsadni topishga qanaqa usul, vosita bilan qurollantirish kerak. Darsning cheklangan vaqti ham, har bir o‘quvchining topshiriqni bajarish vaqti ham mos emas, lekin ularning faoliyatini ta’minlovchi yagona shaxs–o‘qituvchi. Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, intelek-tuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari negizida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash va shu asosda samarali innovatsion uslublarni hamda texnologiyalarni o‘zlashtirish, shuningdek, ularni amaliyotga joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda mustaxkam didaktik asos bo‘ladi.

Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad-vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlar-
37

ning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan intergratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Tadqiqot mobaynida shunga amin bo‘ldikki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib shu bilim ko‘nikmalarni boshqa fanlarni o‘rganishda qo‘llashga qiynalyaptilar, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni o‘shxash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari etishmayapti. Bularning hammasi boshlang‘ich sinflardagi turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘layapti. Bu xolatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatining almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi deduktiv ekvivalent (mos bo‘lgan, o‘xshash, teng keladigan narsa) larni yaratish jarayonidir.



Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan ta’lim yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondashish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda gap faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.

Holbuki, aynan globallashuv davri butun insoniyatning kelajagiga jiddiy xatarlar solib kelayotganligini kundalik hayot, qolaversa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning axborot oqimi, turli xarakterdagi va tashqi tomondan etarlicha anglanmagan g‘oyalar bilan sug‘orilgan mafkuralar girdobida adashmay to‘g‘ri yo‘lni tanlashida yuzaga kelayotgan to‘siqlar isbotlamoqda.
38

Jamiyat rivoji, istiqboli bilan bog‘liq muammolar bilan shug‘ullanuvchi fanlarning falsafiy masalalari qatorida, ta’lim falsafasi ham insonning ta’lim olish jarayonidagi intellektual darajasini o‘rganishga yondosh holda, shaxsni ijtimoiy-insonparvalik, tabiiy-ilmiy jihatdan kamolga etkazish masalalari bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, integratsion ta’limning samarasi ta’lim shaklini to‘g‘ri, pedagogik asoslangan tarzda tanlash bilan keskin ravishda bog‘liq bo‘lib, bunda har uch turdagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarning chuqur tahlili talab qilinadi.

Mantiqan olib qaralganda ham, « ta’lim » so‘zi insonga o‘qitish,tushuntirish asosida bilim berish; unga tarbiyaning nazariy faziatlari, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarini o‘rgatishdir. Demak, darslarni integratsion shaklda tashkil etish nafaqat darsning maroqli va sermazmun o‘tishini, balki o‘quvchilar dunyoqarashining har tomonlama rivojlanishini kafolatlaydi.


39


    1. Download 485,77 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish