Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich



Download 485,77 Kb.
bet33/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

Tadqiqot natijalarining tadbiqi: qaralayotgan muammo bo‘yicha erishilgan natijalar bo‘yicha 1 ta Xalqaro, 3 ta Respublika miqyosidagi ilmiy amaliy anjumanlarda va ilmiy – metodik jurnallar, shu jumladan davriy ilmiy maqolalar to‘plamida 1 ta maqola va ma’ruza tezislari e’lon qilingan.

Tadqiqot ishining tuzilishi va tarkibi: dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

23

I BOB TA’LIM MAZMUNINI MODERNIZATSIYALASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI


    1. Integrativ yondashuvning mazmuni-mohiyati va uning

tarkibiy qismlari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarga muvofiq, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarni uyg‘unlashtirishgan xolda yondashish o‘rganilayotgan manbaga ijodiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish muammolarini xal etishga imkoniyat yaratadi. Shu sababli uyg‘unlashtirilgan yondashuv ta’lim-tarbiyada amalga oshiriluvchi isloxotlar unga mantiqqa mos tarzda jamiyatga xizmat ko‘rsatishi lozim. Bu o‘rinda no’ananaviy o‘qitish shakli integratsiyaning axamiyati yanada oshib boradi. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning qo‘llanilish texnikasiga ko‘ra, amalga oshirilgan texnologiyaning istiqbolini belgilash mumkin bo‘ladi. Chunki, integratsiya etarlicha namoyon bo‘lgan, turli harakterli mazmunning singdirilishi natijasida yangi sifatiy xolatga o‘tishda asosiy omil bo‘lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi. Integratsiya chuqur, no’ananaviy ta’lim bilan tavsiflana oluvchi, turfa harakterdagi katta xajmli o‘quv materialining uyg‘unlashuvini o‘zida namoyon etadi.

Integratsiya jarayonining ildizi uzoq o‘tmishdagi klassik pedagogikaga borib taqaladi hamda fanlararo bog‘liqlik g‘oyasi bilan ifodalanib, o‘quv materialini mazmunini o‘rganish atrof-muhitga, hozirgi kunda tobaro rivojlanib borayotgan ta’lim sifatini yaxshilashga yaxlit bir butun ya’ni integratsiyalash ta’lim sifatida talqin qilish nazarda tutilgan

Jamiyatimizni qayta qurish va yangilash uning moddiy va ma’naviy hayotning barcha sohalariga ta’sir qiladi.

O‘qituvchilarning amaliyot texnologiya tayyorgarligi qanchalik chuqur va ko‘p qirrali bo‘lsa, shu vaqtning o‘zida pedagogik integratsiya vektorini to‘g‘ri tanlash lozim. O‘ylaymanki uchta har xil, lekin bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan komponentlarini metodologik, texnologik va shaxsiy integratsiya pedagogik


24

bilimlarni o‘rganish uchun oson, tez va produktiv bo‘ladi. Birinchisi nazariy bilimlarga ega bo‘lish va metodologik refliksiya tajribasini oshirish orqali faollashadi. Ikkinchidan, metodik va texnologik darajadagi pedagogik bilimlarni o‘z ichiga oladi. Uchinchidan, vazifaga pedagogning shaxsiy rivojlanishi, o‘zligini shakllantirish kiradi. Yuqoridagi komponentlar o‘z ishlarida quyidagi talablarga javob berishi kerak:

a) bilim olish bo‘lajak o‘qituvchining kerakli xususiyatlarini va ish turlarini shakllantirishga qarab olinishi kerak;

b) pedagogik fanlar strukturasi jarayoniga ko‘ra, bilimga ega bo‘lish sharoitlarini yaratib berishi kerak;

v) bo‘lajak o‘qituvchining imkoniyat, xususiyat, shakl va metodlarning birligini, qulay tanlov sharoitlarini yaratib berishi kerak, shuningdek, o‘quvchilarni egallagan tushunchalarini o‘quv jarayonida uzluksiz foydalanishi va rivojlanish sharoitlarini yaratib berish kerak. Natijada “Bolalik” pedagogika asosidagi ish bo‘yicha integratsiya kursi ishlab chiqilgan. Bularning ichida quyidagi ma’noli qatorlar yotadi: ish bo‘yicha bolalikning turli davrlardagi tarbiya va bilim olinishining texnologiyasi, bolalikning turli davrlarda shaxsni shakllantirishi va rivojlanishining psixologik-pedagogik tashxisi, shaxsiy o‘zlashtirish texnologiyalari.

Uzluksizlik prinsipi

Ilmiylik prinsipi

Tarbiya yo‘nalishining prinsipi

Tashxis-ma’lumot yo‘nalishining prinsipi

Pragnostik prinsiplar

Muammoning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim islohotlari jadallashib borayotgan bir vaqtda boshlang‘ich ta’lim o‘quvchi shaxsini shakllantirish, ularga mavjud ilmiy bilimlarning boshlang‘ich asoslarini etkazishda muhim bosqichdir.
25

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ta’lim sohasida mavjud bo‘lgan kamchiliklarga to‘xtalar ekan, muammolarni hal etishning dastlabki sharti –ta’lim tizimiga malakali, mahoratli o‘qituvchilarni jalb etish,tayyorlash, ularning kasbiy malakalarini takomillashtirishdan iborat ekanligiga alohida urg‘u berib: «Eski ta’limning eng yomon qusuri ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir deya aytib o‘tgan: Vaholanki, ta’lim oluvchining dunyoqarashi, did, salohiyati shakllanadigan eng etuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi» - deb ta’kidlab o‘tgan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ham, har bir mutaxassisning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kasbiy-shaxsiy mahorati, o‘z kasbiga bo‘lgan munosabati, qiziqishini shakllantirish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni tarkib toptirishdan iboratdir.

Mazkur tadqiqot ishida ham ta’lim mazmuning innovatsiyalashtirishga oid integrativ yondashuv qilish masalasi echimi qaraladi. Boshlang‘ich ta’limga integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Hozirgi kunda integratsiyalangan ta’limni yaratish orqali yangilangan ta’lim mazmunini shakllantirish muammosi zamonaviy pedagogikada tabora dolzarb kasb etmoqda O‘qitishga integratsiyalashgan yondashuvni metodologik asoslari asosiy fanlarni o‘zlashtirishdagi, tabiat va jamiyatning biriligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy - iqtisodiy, axloqiy – estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.

Oxirgi paytda ta’limni integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p fikrlar bildirilmoqda. Olimlar va amaliyotchi-o‘qituvchilar bolalar qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etishga harakatlar bo‘lmoqda.


26

Chet el tajribasi bilan tanishish ham shuni ko‘rsatadiki, fan va jamiyat (amaliyot) haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu integratsiyalangan fanlar jahon hamjamiyatida o‘quvchilarda o‘z oldiga qo‘yilgan har tomonlama insonparvarlik hissini shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to‘g‘risida xabar beradi. Integrativ ta’limning maqsadi bolani dunyo bilan suhbatga tortish, inson jamiyat, fan, atrof-muhit hamda san’at bilan suxbatlashishga faqat odamlar suhbatlashadigan til bilan emas, hayvonlar, o‘simliklar tili bilan, rassomlar, musiqachilar, olimlar foydalanadigan til bilan tanishtirishdir. Integrativ ta’limning maqsadlaridan yana bir o‘zi yashayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog‘liqlik, o‘zaro yordam, moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va asosiysi, insonning ichki (ma’naviy) va ijtimoiy dunyosi haqida, olamda hukm suruvchi qonunlar (tabiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berish. Bunda asosiy urg‘u faqat ma’lum bilimlarni egallshgagina emas, balki ilmiy, ijodiy fikrlashni rivojlantirishdir.

Integrativ ta’lim shaxsga moslangan yondalishga ega, faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir ta’lim oluvchiga beriladigan qilib tashkil etish nazarda tutiladi. Bunda uning shaxsiy ijodiy fikrlashi, fazilatlari va qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. Integratsiyani amalga oshirishning usullari samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin, bunday hollarda ba’zan integratsion yondashuvni amalga oshirish usullarning birlaridan yuz o‘girib, ikkinchisidan barcha darajalarda ulardan foydalanish xususiyatlarini hisobga oladigan integratsion choralar tuzish talab qiladi. Muammoning bunday qo‘yilishi integratsiyaning turli ta’lim pog‘analarida turli xususiyatlarga ega ekanligi dalillanadi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

Ma’lumki, ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Chunki, tarbiya ta’lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy intelektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy,

27

axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigenik, xuquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini qamrab oladi. O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, ya’ni innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi. Bu esa fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi ijodiy o‘zgarishlarga olib keladi. Ma’lumki, ta’lim jarayonida o‘quv fanlariga oid bilimlar integratsiyalanganda xalqning ijtimoiy tajribasi, til boyligi, ma’naviy –madaniy qadryatlari, intellektual salohiyatlari, axloqiy me’yorlari xaqidagi bilim va tushunchalar hamda innovatsion metod va texnologiyalar shaklida o‘rgatilishi lozim.



Amaldagi ta’lim jarayonini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatadiki, u yoki bu o‘quv fani mazmunida o‘quvchining ijtimoiy tajribasiga kirmay qolgan bilim va tushunchalar mavjud. Buning asosiy sababi o‘quv fanining mazmunini o‘ta murakkab yoki haddan tashqari sodda ekanligidadir. Agar o‘quv materiali o‘ta murakkab bo‘lsa, o‘quvchi uni to‘liq o‘zlashtirishiga qiynaladi. Bu o‘quvchida zerikarli xolatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar sodda va takror holda ifodalangan bo‘lsa bunday o‘quv materialini o‘zlashtirishiga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qoladi.

Bugungi kunga kelib jahondagi ko‘plab mamlakatlari ta’lim tizimida integrativ harakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklaridan foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta’lim tizimiga qo‘yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan holda integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda. Chunonchi, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Korea va SHveysariyada integratsiyalshgan fanlar yoki alohida o‘quv predmetlari, Avstraliyada integratsiyalashgan fanlar, Vengiryada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv predmetlari, inson va tabiat,

integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o‘quv predmatlari, Irlandiyada fan va

texnika kabi bloklarda barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi.

28

Bizda bu sohada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Jumladan, boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartlarida Ona tili, O‘qish, Matematika, Tabiat, hamda Inson va jamiyat ta’lim sohalari belgilab berilgan. Inson va jamiyat ta’lim sohasi o‘zida bir qator o‘quv predmetlariga oid tushunchalar mujassamlashtirilgan.



Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda ham “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya, integratsiya”, “Texnologiya”, “Boshlang‘ich ta’limda dizaynerlik ishlari” kabi integrativ fanlar o‘quv rejasiga kiritilmoqda. Ularni tashkil qilish orqali o‘quv-bilish jarayonini samaradorlikka erishish nazarda tutilgan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, mavzularni integratsiya asosida o‘quv materiallarini bayon qilishda oldingi o‘quv materialini keyingisini toldiradi.Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi. Bunday integrativ yondashuv natijasida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.

O‘quv dasturlarida o‘zaro uyg‘unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga asoslangan integratsiya bunda dasturlarda mavzulararo uyg‘unlikni ta’minlash muhim axamiyatga ega.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarga muvofiq, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda jamiyat va ta’lim o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, manbalarni o‘rganishga ijodiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish muammolari muxim axamiyat kasb etadi.

Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta’lim jarayonida qo‘llash natijasida quydagidek imkoniyatlar yaratadi: birinchidan, ta’lim oluvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari kengayadi; ikkinchidan, ota-onalarning hamda davlatning o‘qish jarayoniga sarflaydigan mablag‘ni iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi; uchinchidan, mavzular aro integratsiya asosida o‘quv-bilish jarayoni natijalarini istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi; to‘rtinchidan, integratsiyalashgan ta’lim jarayonini boshqaradigan

o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun
29

huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi; beshinchidan, integral dasturlar asosida o‘quv-biluv jarayonning iqtisodiy jihatdan samaradorlik darajasi aniqlanadi; oltinchidan, o‘quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi va shu kabilar.

Dars jarayoni faqat ta’limiy bo‘lib qolmasdan, ta’lim oluvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyot haqidagi ilmiy bilimlar Respublikamiz kelajagiga ishonch va e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda integratsiyalangan dars bir-biriga mos kelishi (mavzu jihatdan) va puxta reja asosida tuzilgan bo‘lishi kerak.

Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish va tarbiyalash integratsiyasi muammo-larining nazariy va amaliy jihatdan asoslangan bo‘lishi o‘ta muhim bo‘lib, yangi ijtimoiy talablar asosida yanada dolzarblik kasb etadi.

Bugungi kunda fan rivoji va amaliyotdagi ulkan o‘zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar zamonaviy boshlang‘ich ta’lim oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Hozirgi kunda tobora ommalashib borayotgan bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar bizning yurtimizda ham hayotga tatbiq etilib kelinmoqdaki, bu holat Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov ilgari surgan g‘oyalarini amalga oshirmoqlikning yana bir samarador yo‘li hisoblanadi.

Xususan, atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rnatiladi.

Insonning bilish qobiliyati, uni qurshab turgan tevarak-olamga nisbatan sergak munosabatini tarbiyalash o‘z-o‘zidan shakllanib qoluvchi jarayon bo‘lmasdan,

insonning ta’lim olish jarayonidagi kompleksli rivojlanishini ehtimol qiluvchi: mashg‘ulotlarni darsning mundarijasi, mazmuniga muvofiq pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri va ongli qo‘llashni nazarda tutgan holda tashkil etish talab

30

etiladi.

Bunda pedagog asosiy e’tiborni ta’lim oluvchining dunyoqarashini kengaytirish maqsadiga qaratadi. Bu ko‘proq integratsion tipda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bo‘lib, ularni tashkil etishda o‘qituvchi fanlararo integratsiyaga xos qator jihatlarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim bo‘ladi.

Zamonaviy ta’lim tizimi yuqori darajada fan asoslarini o‘rnatishga, tafakkurni rivojlangan olamni bir butunlikda aniqlashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglashga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan.

Olimlarning fikricha, integratsiya didaktik tamoyillar qatoriga kiradi va ular orasida etakchi o‘rin egallaydi. Bunday tushuncha ta’lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog‘liqlik masalasini yana bir bor ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi.

Ta’lim tizimiga integratsiyani kiritish ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasida turgan ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Integratsiyalangan mashg‘ulotlar ta’lim oluvchilar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab etishga o‘rgatadi. Bu erda shuni ta’kidlash kerakki, boshlang‘ich ta’limga oid darslarining integratsion yondashuvlari ilmiy jihatdan xam ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Negaki, integratsiyaning darajasiga qarab, uning qo‘llanilish texnikasiga ko‘ra, amalga oshirilgan texnologiyaning istiqbolini belgilash mumkin bo‘ladi. Zero, integratsiya etarlicha namoyon bo‘la olgan, turli xarakterli mazmunning singdirilishi natijasida yangi sifatiy holatga o‘tishda asosiy omil bo‘lib yuzaga chiqa oluvchi faktor hisoblanadi.

Integratsiyalashgan darsda maqsadni bir necha fanlarning aloqadorligini



inobatga olgan holda belgilash lozim bo‘ladi.

Bunday mashg‘ulotda o‘quvchiga beriladigan topshiriqlarning optimal yuklama ko‘lamini zimdan hisob-kitob qilib olish kerak.

O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy


31
pedagogik tushunchalar rivoji, asosiy va muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differensiya bilan uzviy bogliqdir. Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari ta’limni shakllantirishda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu tadqiqot ishi integrativ metodologik xarakterga ega va shu sababli ham mazkur integrativ yondashuv metodologiyasidan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘zining yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy faoliyatda bemalol foydalanishi mumkin.


32


Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish