To‘rtinchisi - maqsadlarga etish usullarini aniqlash,
Beshinchisi - bir butunlik tamoyiliga asoslanib, dars qismlari orasidagi zaruriy bog‘liqliklar va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish hisoblanadi9.
Integratsiya tafakkur o‘stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi.
Integratsiya - o‘quvchi bilan individual ishlash va uni faollashtirishning muhim vositasidir.
Fanlararo aloqani darslarda tashkil qilish natijasida o‘quv fanlarining soni kamayib, samarasi puxta bo‘ladi, tahsil oluvchilarni mustaqil ishlashga jalb etish
Abdullaeva B.S.Fanlararo aloqadorlik turlari haqida // Uzluksiz ta’lim. –2005. -.№1. - B.14.7G‘ulomov A., Ne’matov O‘. Ona tili ta’lim mazmuni.-T.: O‘qituvchi, 1995.-B. 38.
8Ro‘zimuhammad B. Buyuk shaxslar silsilasi // Ma’rifat. - 2002. -№26. -B.6.
9Ziyomuhammadov B., Abdullaeva SH. Ilg‘or pedagogik texnologiya.-T.: Abu Ali ibn Sino, 2001.-B.24-25.
67
oson kechadi.
Integrativ darslarni tashkil qilish orqali munozara qildirish, mustaqil tarzda ijodiy mulohaza yuritishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqa, savol-javoblar tashkil qilish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida tinglovchilar faoliyatini faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon yaratadi.
Integrativ ta’limda-fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqur-lashtirish va oshirish, ularni shakllantirish o‘rganiladi.
Integrativ ta’lim zamonaviy bilimlarning har bir bo‘limini qamrab oluvchi asosiy fanlar asosida tuziladi. Ular qatoriga pedagogika, pedagogik texnologiya, pedagogik psixologiya, inson yoshi psixologiyasini rivojlanishi jarayonini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya, fanning insonning boshqa hayot jarayonlariga bog‘liqligini o‘rganuvchi: kibernetika – boshqarish, aloqa va informatsiyani qayta ishlash: informatsiyaning tuzilishi va xususiyatlarini, uning shaxs shakllanishidagi o‘rnini o‘rganuvchi fan informatikani kiritish mumkin.
Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko‘rsatadi. Ta’lim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o‘qituvchi va u bilan birgalikda o‘quvchilar o‘z bilim, qobiliyat va ko‘nikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash shaklida ifodalaydilar.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlikning hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligini tartibga solinadi.
Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin?
68
Zamonaviy didaktika va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida predmetlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv predmetlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondoshish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi:
Boshlang‘ich integratsiya.
Oraliq integratsiya.
Yakuniy integratsiya
Shu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Pedagogik ta’limini integratsiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog Y.A.Samarinning assotsiativ tafakkur to‘g‘risidagi fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarniig mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o‘xshatish, bilimlar tizimi esa o‘xshatishlar tizimidir.
Tabiat yoki predmet haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralan-gan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganish asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarning tanlanishi, ularni bir-biri bilan taqqoslanishi asosida amalga oshiriladi. Bunda bilimlarning eng oddiy umumlashtirilishi sodir bo‘lib, o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimini bilishlarini ta’minlaydi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarni aks ettiradi. Predmetlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisob-
69
lanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini anglash imkoniyatini beradi.
Shu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqliklarni aniqlashga imkon beradi. SHunday qilib, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar integrativ harakterga ega bo‘lishini va bir tomondan gumanitar boshqa tomondan esa texnogratik tarkibiy qism bilan belgilanadi. Bunda mazkur tarkibiy qismlarning har biri boshqasiga ta’sir ko‘rsatib, ta’lim oluvchilarning har tomonlama shakllanish jarayonini o‘zgartiradi.
Bayon qilingan pedagogik dalillar boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. O‘quv predmetlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi, integratsiya tizimni takomillashtirishning, kamchiliklarni bartaraf etishning yo‘li bo‘lib, predmetlar orasidagi aloqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishga qaratilgan bunday yondoshuv-differensiya va integratsiya orasidagi muno-sabatlarni tushunishga tayanadi.
70
Do'stlaringiz bilan baham: |