O`quv davrining umumiy xajmi kuyidagicha taksimlanadi:
XULOSA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalarining istiqbollari mutaxassis tayyorlashda dunyoda umumiy tan olingan talablarga rioya qilingan holda sifatni oshirishga yoʻnaltirilgan. Bunda, xususan, zamonaviy dunyo globalizatsiyasi sharoitida ilmiy-texnik yuksalish va bozor munosabatlarini oʻzida aks ettiruvchi Lissabon konvensiyasi, Bolonya Deklaratsiyasi va xalqaro taʼlim standartlari tasniflagichi tamoyillariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bugungi kunda mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy sifat koʻrsatkichlari – mehnat bozorida bitiruvchilarga boʻlgan talab, ularning raqobatbardoshligi va kasbiy faoliyatdagi yutuqlari hisoblanadi.
Taʼlim tizimi, oʻz tabiatiga koʻra taraqqiyotning oldingi saflarida boruvchi mexanizm sifatida zamonaviy dunyodagi dinamik oʻzgarishlarga oʻz vaqtida javob qaytarishi, iqtisodiy oʻsish va ilgʻor tuzilmaviy oʻzgarish jarayonlarini kadrlar bilan taʼminlashi zarur.
Milliy taʼlim tizimini dunyo taʼlim muhitiga integratsiyalash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimimizning Bolonya jarayonlariga har tomonlama mukammal tarzda oʻtishini taʼminlash borasida strategik rejalar ishlab chiqildi. Bu jarayonlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi alohida ahamiyatga ega boʻlib, ushbu Konsepsiya taʼlim jarayonining xalqaro miqyosida shaffof boʻlishiga erishish, milliy taʼlim tizimining dunyoning xohlagan boshqa taʼlim tizimlari bilan mosligini taʼminlash, dunyoning yetakchi unversitetlari sifatidan oʻrin olish gʻoyalariga yoʻnaltirilgan.
Hozirgi kunda kredit-modul tizimi Oʻzbekitson Respublikasi Oliy taʼlim tizimini xalqaro taʼlim muhitiga integratsiyalovchi mexanizmlaridan biri sifatida yuzaga kelmoqda. Bu tizimning oʻziga xos jihatlaridan biri shuki, bunda talabalarning mustaqil taʼlimiga alohida urgʻu beriladi, bu esa oʻz navbatida bulgʻusi mutaxassislarda butun umr davomida oʻqib-oʻrganish koʻnikmasini shakllantiradi.
Aynan shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlimini modernizatsiya qilish boʻyicha keyingi qadamlar kredit-modul tizimini xalqaro akademik taʼlim tizimini tashkil qilishning asosi sifatida sinab koʻrishga qaratildi oʻquv qoʻllanmada kredit-modul tizimiga oid atamalar keltirilib va qisqa izohlab oʻtilgan boʻlib, ular yangi tizimning asosiy tushunchalari bilan tanishishga, turli mamlakatlardagi taʼlim siyosatiga munosabat bildirishga va talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda koʻp bosqichli yagonalashtirilgan xalqaro dasturlarga oʻtishga imkon beradi oʻquv qoʻllanmada bob va mavzularida esa ushbu atama va tushunchalarning mohiyati aniq vaziyatlar boʻyicha ochib berilgan.
GLOSSARIY
Do'stlaringiz bilan baham: |