3.Arralash.
Slesarlik dastarrasi yordamida polosa,list,lenta,tunukalarni kvadrat,chiviq,burchaklik va boshka profildagi prokatlarni, trubalarni arralashda;
a) Arralanadigan detal’ yoki zagatovka rejalanadi.
b) polosa, list, lentalarni arralashda ularning qalinligi polotnoning uchta tishi oralig’idan kam bulmasligi kerak:
v) polosa, list,lentalarni arralashda zagatovkalar tiski jag’lardan chap tomonga 15-20 mm chiqarib o’rnatiladi:
g) arra izi reja chizig’i bo’yicha uchburchakli egov bilan egovlanib belgilab olinadi yoki chap qo’lning bosh barmog’ini reja chizig’iga cheklagich sifatida tutib, arrani orqaga bir necha bor tortib iz hosil qilinadi.
d) polotno uzunligining kamida 4 dan 3 qismi arralashda ishtirok etishi kerak.
ye) arrani oldinga surishdagina (ish yo’nalishida) unga ma’lum bosim berilib, orqaga tortishda (salat kaytishida) bosilmaydi:
j) metallarning so’nngi qatlamini arralashda uning arralab olinadigan qismini chap qo’lda tutib bosmasdan arralanadi.
Tunukalarni arralashda ularni taxtakach orasiga olib o’rnatiladi va taxta bilan qo’shib arralanadi.
Trubalarni arralashda:
a) Ular tunukadan trubasimon qilib egib tayyorlangan andaza yordamida rejalanadi.
b) ularni ezib qo’ymaslik uchun moslamalar (taxtakachlar) orasiga olib tiskiga o’rnatiladi.
v) arra stanogiga mayin tishli polotno o’rnatiladi.
g) yupqa trubalarni arralashda polotno tishlarining unga kadalib kolmasligi uchun uni vaqti-vaqti bilan aylantirib turiladi.
d) arra reja chizig’idan chetlashib ketgan hollarda ham truba aylantirib o’rnatiladi.
ye) arralashda imkoni boricha polotnoning barcha tishi ishtirok etishi kerak.
Metallarni arralashda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Polotnosi salki yoki uta taranglangan arra bilan arralash qa’tiy man etiladi. Bu hol polotnoning sinishiga va qo’lning shikastlanishiga olib keladi.
Polotnoni sinishdan va qo’lni shikastlashdan saqlash uchun arralash vaqtida arraga ortiqcha bosim bermaslik kerak.
Yoriq yoki bo’sh o’rnatilgan dastali arradan foydalanmaslik lozim.
Polotnoni o’rnatishda tulik (jips) tushadigan shtiftlar o’rnatish kerak.
Tishlar yoyilgan polotnodan arralash maqsadida foydalanish yaramaydi.
Dasta chiqib ketmasligi va qo’lni jaroxatlab olmaslik uchun arralash vaqtida arrani arralayotgan metallga urmaslik kerak.
Polotno qizib ketib tishlarining yeyilmasligi va kesish xususiyatini yukotmasligi uchun bir tekisda shoshilmasdan arralash kerak.
Metall materiallarni kesib ishlashda zubilo yordamida kesish mumkin bulmagan hollarda arralash usulidan foydalaniladi. Bu maqsadda slesarlik dastarralari ishlatiladi.
Metallarni arralashda ulardan arralab olinadigan zagatovkalarning o’lchami va shakliga qarab arralar ishga sozlanadi, ish urni moslanadi va unga nisbatan ish vaziyati tanlanadi, so’ngra arralash mashq qilinib, keyinchalik tayyorlanadigan detal’ va buyumlarga mos yumaloq, kvadrat,oltiyoklik,to’g’ri turtburchaklik qirqimli zagatovkalar,dastalar uchun xar xil diametrdagi trubalardan xalkalar va boshkalar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |