Metal qaychining tuzilishi, turlari va unda qirqish usullari.
Qaychilar bilan qirqish. Metallni qaychilar bilan qirqish juda unumli bo’lib, u istalgan shakldagi detallni qirindi yo’nmay qirqishga imkon beradi, lekin katta kuch ishlatishni talab etadi.
Dastaki qaychilar bilan yupqa listaviy material: 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’lat, tombop tunuka, 1,5 mm gacha qalinlikdagi rangli metallar qirqiladi. Qaychilar chapaqay va o’ngaqay bo’ladi. Asosan o’ngaqay qaychilar ishlatiladi, ularda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda yotadi. CHapaqay qaychilar bilan egri chiziqli detallar detallar qirqiladi. Egri tig’li qaychilar list va trubalarda shakldor teshiklarni ochish uchun ishlatiladi. Richagli qaychilar bilan 4 mm gacha qalinlikdagi listaviy metallni qirqish uchun ishlatiladi.
Slesarlik o’quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallarning turi, o’lchami va ulardan qirqib olinadigan zagatovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |