GLOSSARIY
Abris – nusxa ko’chirish usulida bajarilgan tasvirlanayotgan shaklning chiziqli ko’rinishi, surat konturi.
Aksonometriya – perspektiv tasvirlash usuli turlaridan biri, shakl, tekislikni uch tomonlama tasvirlash usuli.
Aksent – tasvirlanayotgan gavda, yuz, shakl bo’laklarini tomashabin e’tiborini jalb qilish maqsadida rangda, chiziqlarda va tuslash usuli bilan bo’rttirib ko’rsatish.
Bosqichma–bosqichlik – rasm chizishni nisbiy tarzda ketma ketlik asosida olib borish.
Voqyeaband kompozisiya – mavzuga asoslangan voqyelikni aks ettiruvchi tasvir, kompozisiya, asar.
Grafit, (grifel) – qora qalam va bo’yoq va h.k... tayyorlashda ishlatiladigan mineral uglerodning bir ko’rinishi, qalam o’zagi, toshqalam.
Gorizantal
Detallashtirish – tasvirning har bir detalini maydalab ishlash.
Dinamik – harakatdagi, tez o’zgaruvchan (holat).
Yorug’-soya – shakldagi eng och va eng to’q joylar, tasvirning kompozision qurish va narsaning o’zaro mutanosiblik xususiyatlarini ifodalash vositasi.
Yorug’lik – buyum yuza qismining eng ko’p yoritilgan qismi; yorug’ soya bo’lagi.
Janr – tasviriy san’at nazariyasida qo’llanadigan tasviriy san’at va adabiyot sohasiga tegishli atama. Tasviriy san’atda manzara, tabiat ko’rinishlarini aks ettiradigan rasmlarni manzara janriga oid rasmlar deyiladi. Shuningdek portret, natyurmort janrlari...
Kartina tekisligi – tasvir chizilayotgan sath, mato, polotno, qog’oz yuzasi.
Kompozisiya – (latin. “compositio” – tuzilish, qurilish) badiiy asardagi obrazlar va badiiy vositalarning muayyan g’oyaviy maqsadga xizmat qiladigan tartibda joylashishi va ularning muvofiqligi
Kompozisiya qurilishi – kartina yoki qog’oz tekisligida uning o’lchami, hajmi, formatiga muvofiq joylashtirish, kompozisiya markaziy o’qini aniqlash va unga nisbatan tasvirning ikkinchi darajali bo’laklarini bo’ysundirish, guruhlash va tasvirning barcha qismlarini asosiyga nisbatan bo’yundirib yaxlit biriktirish, asarning nafis yaxlitligi. Naturadan ishlaganda tasvir mavzusini izlash, tasvirlanayotgan narsalar ni saralash va qo’yib chiqish, qiyofachining harakat holatiini maqsadga muvofiq tarzda to’g’ri tashkil etish. Tasvirning eng jozibali tus yechimini topish, masshtablarning va nisbatlarining o’zaro mosligi bilan bog’liq bo’lgan uzoq jarayon bo’lgan tasvirning perspektiv qurishning eng ma’qul holatini topish uchun izlanish.
Kontrastlik – qarama qarshilik, zidma zidlik, ranglarning o’zaro qarama qarshiligi. Bir rangning yonida ikkinchi rangning yanada yorqinroq, jozibaliroq ko’rinishi. Masalan: Yashil rangning oldida qizil rang yanada jozibali, chiroyliroq ko’rinadi va hakozo...
Do'stlaringiz bilan baham: |